“Oʻzsalaman” Oʻzbekiston-Germaniya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida (60-son)
21.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining yuqori sifatli poyabzalga boʻlgan ehtiyojini qondirish, importdan keltiriladigan poyabzal oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish masalalarini hal qilish, charm-poyabzal tarmogʻining texnik darajasini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining “Fargʻona poyabzal” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining mavjud maydonlarida Germaniyaning “Salamander” firmasi bilan birgalikda yiliga 500 ming juft nemis markasi miqdorida boʻlgan (Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga teng qiymatda “Salamander” firmasining ulushi — 0,5 mln marka, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi ulushi — 0,5 mln marka, “Fargʻona poyabzal” aksionerlik jamiyati ulushi — 0,5 mln marka) yopiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “OʻzSalaman” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Salamander” firmasi “OʻzSalaman” qoʻshma korxonasiga olti yilgacha muddatga 5 foiz yillik daromad bilan 2,0 mln nemis markasi miqdorida lizing kredit va “Fargʻona poyabzal” aksionerlik jamiyati ana shu shartlarda oʻrnatilgan asbob-uskunalar bilan 0,5 mln nemis markasi miqdorida kredit berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda taʼsis hujjatlarini ekspertiza qilsin va “OʻzSalaman” qoʻshma korxonasini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1995-yilning birinchi choragida “OʻzSalaman” qoʻshma korxonasiga ishlarni tashkil etishi uchun 2,2 mln nemis markasi miqdorida kredit ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
6. “Salamander” firmasining qoʻshma korxona masalalari yuzasidan kelayotgan mutaxassislariga yashash va respublika hududida transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
7. “Oʻzbekyengilsanoat” va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Toshkent shahri va Fargʻona viloyati hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “OʻzSalaman” qoʻshma korxonasiga Toshkent va Fargʻona shaharlarida ixtisoslashtirilgan doʻkonlar va Savdo uyi tashkil etish uchun joylarni ijaraga berish masalalarini koʻrib chiqsinlar va belgilangan tartibda hal qilsinlar.
8. Fargʻona viloyati hokimligi nemis mutaxassislarining uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratishda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasiga yordam bersin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-fevral,
60-son
