Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4861-son)
13.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda oʻsimliklar karantini tizimini yangi bosqichga koʻtarish, sohaga ilm-fan yangiliklari, xalqaro amaliyot va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish, ularni yetishtirish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
2. Quyidagilar Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va mintaqaviy filiallarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika hududida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning fitosanitar xavf tahlilini oʻtkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqish;
karantindagi va boshqa xavfli zararli organizmlar oʻchoqlarini yoʻq qilish va ulardan holi boʻlgan hududlarni belgilash, ular tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;
karantin obyektlari va oʻsimliklarning boshqa xavfli zararli organizmlarini aniqlash va ular diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqish;
zararli organizmlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga taʼsirini ilmiy jihatdan oʻrganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglar yaratish;
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) xodimlariga, tadbirkorlik subyektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan, akkreditatsiyadan oʻtgan karantin laboratoriyalari tomonidan eksportga yuklanayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga va boshqa materiallarga xulosa berishga ruxsat beriladi;
Agentlik tomonidan eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining mutaxassislariga xalqaro standartlar va import qiluvchi davlatlarning fitosanitar talablari haqida bilim berib borish boʻyicha muntazam ravishda maxsus oʻquv kurslari tashkil etiladi;
b) 2021-yil 1-apreldan boshlab respublika hududiga xorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari (samolyotlar, temir yoʻl vagonlari va konteynerlari, yuk avtomashinalari) yuk xonalarini karantin nazoratidan oʻtkazish va “detektor — xizmat it”laridan foydalanish hamda zarur hollarda fumigatsiya qilish (zararsizlantirish) tizimi joriy qilinadi;
v) 2020-yil 1-noyabrdan boshlab:
eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni xorijiy davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirish, tegishli maslahatlar va amaliy yordam berish uchun oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari biriktiriladi;
oʻz hududida aniqlangan zararli organizmlar hamda fitosanitar dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida Agentlikka ixtiyoriy murojaat qilgan va ularning oqibatlarini bartaraf etgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
8. Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga biriktirilayotgan muassasalar roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, har bir muassasa katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning fitosanitar xavf tahlilini oʻtkazish, kirib kelishining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy asoslangan choralar ishlab chiqish uchun mutaxassislarni biriktiradi.
9. Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda mazkur qarorga 7-ilovada keltirilgan muassasalar qoshida urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvi va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha karantin laboratoriyalarini tashkil qilsin. Bunda:
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarda ularning moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga mablagʻlar yoʻnaltirilishini;
Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universitetining xodimlari laboratoriyalarga biriktirilishini hamda zamonaviy asbob-uskunalarda ishlash koʻnikmalarini shakllantirish uchun xorijiy stajirovkalar tashkil etilishini taʼminlasin.
10. Agentlik va Institut vazifalaridan kelib chiqib:
Ilmiy-tadqiqot institutlari qoshidagi karantin laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 8-ilovaga muvofiq;
respublikadagi biolaboratoriyalar va oʻsimliklar klinikalarini tegishli ilmiy-tadiqot va oliy taʼlim muassasalari kafedralariga biriktirish jadvallari 9 va 9a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, biolaboratoriyalar va oʻsimliklar klinikalarining faoliyatini har bir hududning xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, yangi turdagi entomofaglarni koʻpaytirish va mahsulot yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha innovatsion usullarni ishlab chiqish, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha uslubiy va amaliy koʻmak berish orqali ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari kafedralari muvofiqlashtirib boradi.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Agentlikning xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari asosida tegishli oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan 144 soatlik qisqa muddatli kurslarni ishlab chiqsin hamda Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasini qayta koʻrib chiqsin;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin;
Agentlikning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab barcha qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan professional taʼlim muassasalarida “Oʻsimliklar himoyasi laboranti” va “Oʻsimliklar himoyasi va karantini agronomi” kabi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.
12. Inspeksiya:
a) quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
ikki oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tez buziladigan meva-sabzavot mahsulotlari eksportga yuklanadigan joylarda zarur infratuzilma yaratish va uskunalar bilan jihozlash boʻyicha takliflarni;
2021-yil 1-iyulga qadar Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻsimliklar karantini chegara punktlarini respublika hududiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning turi boʻyicha ixtisoslashtirish yuzasidan tegishli qaror loyihasini;
ikki oy muddatda Oʻzstandart agentligi bilan birgalikda xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan, akkreditatsiyadan oʻtgan karantin laboratoriyalari tomonidan eksportga yuklanayotgan meva-mahsulotlariga xulosa berish tartibini;
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha Xalqaro konvensiya kotibiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda 2020 — 2022-yillarda sohadagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka bosqichma-bosqich uygʻunlashtirish choralarini koʻrsin;
v) 2021-yil 1-yanvarga qadar Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini “Yagona darcha” bojxona axborotlashtirilgan tizimiga integratsiya qilish ishlarini toʻliq yakunlasin. Bunda:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi tegishli ravishda oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlari yetishtiradigan fermer va dehqon xoʻjaliklari, bogʻ-tokzorlar, aholi tomorqalari, ob-havo bashorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Inspeksiyaning “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga muntazam kiritilishi uchun ularni doimiy ravishda taqdim etib borsin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bazasida “daladan eksportgacha” boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi tizimni yaratsin va ishga tushirsin;
karantindagi va eksportga salbiy taʼsir etuvchi boshqa xavfli zararli organizmlar tarqalgan hamda ulardan holi boʻlgan hududlarning elektron xaritalari yuritilishini joriy qilsin;
“daladan eksportgacha” boʻlgan zanjirda “bar-kod” tizimini ishlab chiqish boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
13. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaz va uning mintaqaviy filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universitetining karantin laboratoriyalari barcha zarur laboratoriya uskunalari va texnik vositalar bilan jihozlanishi uchun ikki oy muddatda 50 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
14. “Oʻzstandart” agentligi karantin laboratoriyalari faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish maqsadida Konvensiyaning laboratoriya diagnostikasi yoʻnalishidagi standartlari belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
15. Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimliklarining 10-ilovaga muvofiq binolarni hududiy inspeksiyalarga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda, “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi tashkilotlarga tegishli binolar qayta baholangan bozor qiymatida Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Davlat budjeti oldidagi mavjud qarzdorliklarni qisqartirish hisobiga berilishi belgilansin.
16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari Sh. Gʻaniyev bir hafta muddatda tashkiliy yigʻilish oʻtkazib, masʼul vazirlik, idora va hokimliklarning vazifalarini aniq belgilab bersin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning tasdiqlanishini taʼminlasin;
b) Inspeksiya (Ergashev):
ikki oy muddatda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari biriktirilishini taʼminlasin;
2020-yil yakuniga qadar eksport qilinadigan mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun xalqaro fitosanitariya sertifikati berilishi, ular yetishtirilgan dala, bogʻ va tomorqalar nazorati natijasida beriladigan ichki fitosanitariya sertifikatini joriy qilish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar klasterlar hududida davlat-xususiy sheriklik asosida biofabrika tashkil qilish, ularda yangi innovatsion texnologiyalar asosida entomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
2021-yil 1-yanvardan boshlab Markazda eksportbop mahsulot yetishtiruvchi, tayyorlovchi, saralovchi va qadoqlovchi tadbirkorlik subyektlaridagi hamkorlikni taʼminlovchi xodimlarning maxsus oʻquv kurslarida oʻqitilishini tashkil etsin;
olti oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda respublika manfaatlaridan kelib chiqqan holda 2020 — 2023-yillar davomida Ozarbayjon, Qatar, Turkiya, Latviya, Litva, Ukraina, Misr, Moʻgʻuliston, Chili, Afgʻoniston Islom Respublikasi va boshqa davlatlarning oʻsimliklar karantini sohasidagi vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha ikki tomonlama bitimlar tuzilishini taʼminlasin;
har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) Inspeksiya bilan birgalikda mahalliy meva-sabzavotlar eksportiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan karantindagi va boshqa xavfli organizmlarga qarshi samarali kurashish, ular tarqalishining tezkor oldini olish uchun AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa ilgʻor davlatlar tajribalarini oʻrganish natijalari asosida qoʻllaniladigan innovatsion kimyoviy preparatlar va pestitsidlarning oʻrnatilgan tartibda ruxsat etilgan roʻyxatini muntazam ravishda muvofiqlashtirib borsin;
g) Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev) muntazam ravishda xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro kelishuvga erishish orqali mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining eksport bozorlarini kengaytirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin va hamkorlik qilish boʻyicha ikki tomonlama bitimlar tuzishda har tomonlama koʻmaklashsin;
d) Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov) hamda Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) Inspeksiya talablaridan kelib chiqib, 2020-yil dekabrdan boshlab yiliga 5 tadan oʻsimliklar karantini sohasidagi “detektor — xizmat it”lari hamda 5 nafardan kinologlar tayyorlab berilishini taʼminlasin;
e) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
bir oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada belgilangan prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha Inspeksiya va “Oʻzagrokimyohimoya” AJ bilan kelishilgan holda aniq investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilab, maqbul yer maydonlari “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga qoʻyilishini taʼminlasin;
Inspeksiya bilan birgalikda meva-sabzavot eksportyorlari bilan ularda mavjud muammolarni aniqlash va tezkor bartaraf qilish maqsadida har chorakda kamida bir marta seminar va uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-martdagi “Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3626-son qarorining 2, 3, 4 va 8-bandlari hamda unga 1 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Inspeksiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari R.A. Gulyamov, A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-oktabr,
PQ-4861-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4861-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021-yillarda tashkil etiladigan oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar va qadoqlash sexlarining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi T/r Tumanlar nomi QFY, MFYlar soni Oʻsimliklar klinikalari Barcha shakldagi biolaboratoriyalar Qadoqlash sexlari Mavjud Qoʻshimcha tashkil qilinadi Shundan yillar boʻyicha Mavjud Qoʻshimcha tashkil qilinadi Shundan yillar boʻyicha Mavjud 2021-yilda qoʻshimcha tashkil qilinadi 2020-yil 2021-yil 2020-yil 2021-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Xoʻjayli 8 1 2 1 1 1 4 2 2 1 2. Ellikqalʼa 7 1 2 1 1 1 4 2 2 1 3. Toʻrtkoʻl 10 1 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Beruniy 8 1 4 2 2 1 4 2 2 1 5. Qoʻngʻirot 10 1 2 1 1 1 4 2 2 1 6. Taxtakoʻpir 4 1 2 1 1 1 4 2 2 1 7. Amudaryo 7 1 1 4 2 2 1 8. Qoraoʻzak 8 1 2 1 1 1 4 2 2 1 9. Kegeyli 7 1 1 1 1 4 2 2 1 10. Qonlikoʻl 8 1 1 1 1 4 2 2 1 11. Nukus 6 1 2 1 1 1 4 2 2 1 12. Chimboy 7 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Taxiatosh 3 1 1 4 2 2 1 14. Shumanay 6 1 1 1 1 4 2 2 1 15. Nukus shahar 39 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 138 15 23 14 9 15 60 30 30 15 2. Andijon viloyati 1. Baliqchi 64 1 1 1 1 4 2 2 1 2. Xoʻjaobod 37 2 10 5 5 1 4 2 2 1 3. Izboskan 62 1 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Paxtaobod 65 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Koʻrgʻontepa 75 1 2 1 1 1 4 2 2 1 6. Oltinkoʻl 58 1 1 1 1 4 2 2 1 7. Asaka 57 1 10 5 5 1 4 2 2 1 8. Andijon 77 1 10 5 5 1 4 2 2 1 9. Boʻz 25 1 1 1 1 4 2 2 1 10. Buloqboshi 37 1 8 4 4 1 4 2 2 1 11. Jalaquduq 64 1 10 5 5 1 4 2 2 1 12. Marhamat 48 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Shahrixon 76 1 1 1 1 4 2 2 1 14. Ulugʻnor 24 1 1 1 1 4 2 2 1 15. Xonobod shahar - 1 1 1 4 2 2 1 16. Andijon shahar 83 1 1 1 1 4 2 2 2 1 Jami: 852 16 61 35 26 16 64 32 32 2 16 3. Buxoro viloyati 1. Romitan 31 2 1 1 1 4 2 2 1 2. Vobkent 42 2 1 1 1 4 2 2 1 3. Gʻijduvon 73 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Buxoro 18 2 10 5 5 1 4 2 2 1 5. Buxoro shahar 4 2 1 1 1 4 2 2 1 6. Peshku 36 2 1 1 1 4 2 2 1 7. Jondor 52 2 1 1 1 4 2 2 1 8. Qorakoʻl 50 2 1 1 1 4 2 2 1 9. Olot 38 2 2 1 1 1 4 2 2 1 10. Kogon 22 1 1 1 1 4 2 2 1 11. Shofirkon 50 2 1 1 1 4 2 2 1 12. Qorovulbozor 7 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Kogon shahar 4 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 427 23 23 17 6 13 52 26 26 13 4. Jizzax viloyati 1. Jizzax shahar 34 1 1 1 1 4 2 2 1 2. Paxtakor 14 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Mirzachoʻl 12 1 1 1 1 4 2 2 1 4. Zafarobod 10 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Baxmal 27 2 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Yangiobod 8 1 5 2 3 1 4 2 2 1 7. Arnasoy 13 1 1 1 1 4 2 2 1 8. Doʻstlik 12 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Forish 25 1 1 1 1 4 2 2 1 10. Gʻallaorol 29 1 10 5 5 1 4 2 2 1 11. Zomin 37 1 6 3 3 1 4 2 2 1 12. Sh.Rashidov 48 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Zarbdor 22 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 291 14 40 24 16 13 52 26 26 13 5. Qashqadaryo viloyati 1. Koson 65 1 1 1 1 4 2 2 1 2. Qamashi 59 1 10 5 5 1 4 2 2 1 3. Kasbi 40 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Nishon 33 2 1 1 1 4 2 2 1 5. Chiroqchi 60 1 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Shahrisabz 51 1 10 5 5 1 4 2 2 1 7. Yakkabogʻ 59 1 10 5 5 1 4 2 2 1 8. Gʻuzor 43 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Dehqonobod 45 1 1 1 1 4 2 2 1 10. Qarshi 53 1 1 1 1 4 2 2 1 11. Kitob 55 1 10 5 5 1 4 2 2 1 12. Mirishkor 28 1 2 1 1 1 4 2 2 1 13. Muborak 28 1 2 1 1 1 4 2 2 1 14. Qarshi shahar 65 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 684 16 61 34 27 14 56 28 28 14 6 Navoiy viloyati 1. Qiziltepa 17 1 2 1 1 1 4 2 2 1 2. Xatirchi 23 2 10 5 5 1 4 2 2 1 3. Konimex 5 1 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Karmana 10 1 2 1 1 1 4 2 2 1 1 5. Navbahor 12 1 2 1 1 1 4 2 2 1 6. Nurota 9 1 10 5 5 1 4 2 2 1 7. Navoiy shahar 14 1 2 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 90 8 30 15 15 7 28 14 14 1 7 7. Namangan viloyati 1. Chust 70 2 2 1 1 1 4 2 2 1 2. Norin 57 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Uychi 56 1 1 1 1 4 2 2 1 4. Pop 77 1 1 1 1 4 2 2 1 1 5. Yangiqoʻrgʻon 71 1 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Namangan 54 1 1 1 1 4 2 2 1 7. Kosonsoy 60 1 10 5 5 1 4 2 2 1 8. Mingbuloq 40 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Toʻraqoʻrgʻon 68 1 10 5 5 1 4 2 2 1 1 10. Uchqoʻrgʻon 64 1 1 1 1 4 2 2 1 11. Chortoq 53 1 10 5 5 1 4 2 2 1 12. Namangan shahar 102 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 772 13 49 28 21 12 48 24 24 2 12 8. Samarqand viloyati 1. Kattaqoʻrgʻon 69 1 9 5 4 1 4 2 2 1 2. Pastdargʻom 106 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Nurobod 37 1 1 1 1 4 2 2 1 4. Ishtixon 62 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Narpay 56 1 1 1 1 4 2 2 1 6. Samarqand 79 1 10 5 5 1 4 2 2 1 7. Urgut 102 1 10 5 5 1 4 2 2 1 8. Payariq 65 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Bulungʻur 55 1 10 5 5 1 4 2 2 1 1 10. Tayloq 52 1 10 5 5 1 4 2 2 1 11. Jomboy 36 1 10 5 5 1 4 2 2 1 12. Oqdaryo 34 1 10 5 5 1 4 2 2 1 13. Qoʻshrabot 42 1 1 1 1 4 2 2 1 14. Paxtachi 59 1 1 1 1 4 2 2 1 15. Kattaqoʻrgʻon shahar 35 - 1 1 1 4 2 2 1 16. Samarqand shahar 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 889 15 78 44 34 16 64 32 32 1 16 9. Sirdaryo viloyati 1. Guliston shahar 17 1 1 1 1 4 2 2 1 2. Oqoltin 12 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Sardoba 15 1 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Guliston 25 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Boyovut 38 1 2 1 1 1 4 2 2 1 6. Sirdaryo shahar 38 1 1 1 1 4 2 2 1 1 7. Mirzaobod 17 1 8 4 4 1 4 2 2 1 8. Sayxunobod 19 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Xovos 26 1 8 4 4 1 4 2 2 1 Jami: 207 9 25 15 10 9 36 18 18 1 9 10. Surxondaryo viloyati 1. Qumqoʻrgʻon 63 1 1 1 1 4 2 2 1 2. Shoʻrchi 53 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Termiz 34 1 7 4 3 1 4 2 2 1 4. Oltinsoy 53 1 10 5 5 1 4 2 2 1 5. Angor 36 1 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Boysun 41 1 1 1 1 4 2 2 1 7. Denov 103 2 10 5 5 1 4 2 2 1 8. Jarqoʻrgʻon 65 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Qiziriq 49 2 1 1 1 4 2 2 1 10. Muzrabot 37 1 1 1 1 4 2 2 1 11. Sariosiyo 61 1 10 5 5 1 4 2 2 1 12. Uzun 45 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Sherobod 48 1 1 1 1 4 2 2 1 14 Termiz shahar 30 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 718 16 56 33 23 14 56 28 28 14 11. Toshkent viloyati 1. Qibray 83 1 10 5 5 1 4 2 2 1 2. Oʻrtachirchiq 19 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Toshkent 63 1 10 5 5 1 4 2 2 1 4. Yangiyoʻl 65 2 10 5 5 1 4 2 2 1 5. Parkent 56 1 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Chinoz 51 2 1 1 1 4 2 2 1 7. Bekobod 48 2 2 1 1 1 4 2 2 1 8. Chirchiq shahar 44 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Boʻstonliq 96 1 10 5 5 1 4 2 2 1 10. Yuqorichirchiq 47 1 10 5 5 1 4 2 2 1 11. Boʻka 40 1 1 1 1 4 2 2 1 12. Piskent 27 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Zangiota 85 1 9 5 4 1 4 2 2 1 14. Oqqoʻrgʻon 29 1 1 1 1 4 2 2 1 15. Ohangaron 29 1 10 5 5 1 4 2 2 1 16. Quyichirchiq 37 1 1 1 1 4 2 2 1 17. Olmaliq shahar 43 - 1 1 1 4 2 2 1 18 Angren shahar 51 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 913 20 90 50 40 18 72 36 36 18 12. Fargʻona viloyati 1. Bagʻdod 56 1 8 4 4 1 4 2 2 1 2. Qoʻshtepa 51 1 1 1 1 4 2 2 1 3. Fargʻona shahar 70 1 1 1 1 4 2 2 2 1 4. Rishton 69 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Quvasoy 30 2 10 5 5 1 4 2 2 1 6. Yozyovon 33 1 1 1 1 4 2 2 1 7. Oʻzbekiston 72 1 1 1 1 4 2 2 1 8. Beshariq 62 2 10 5 5 1 4 2 2 1 9. Fargʻona 73 1 10 5 5 1 4 2 2 1 10. Oltiariq 72 1 10 5 5 1 4 2 2 1 11. Buvayda 55 1 1 1 1 4 2 2 1 12. Dangʻara 49 1 1 1 1 4 2 2 1 13. Furqat 34 1 1 1 1 4 2 2 1 14. Quva 65 1 10 5 5 1 4 2 2 1 15. Soʻx 27 1 1 1 1 4 2 2 1 16. Uchkoʻprik 49 1 10 5 5 1 4 2 2 1 17. Toshloq 51 3 1 1 1 4 2 2 1 1 18. Margʻilon shahar 54 1 1 1 1 4 2 2 1 19. Qoʻqon shahar 66 1 1 1 1 4 2 2 1 Jami: 1 038 23 80 46 34 19 76 38 38 3 19 13. Xorazm viloyati 1. Bogʻot 11 1 2 1 1 1 4 2 2 1 2. Xiva 10 1 10 5 5 1 4 2 2 1 3. Qoʻshkoʻpir 12 2 1 1 1 4 2 2 1 4. Gurlan 9 1 1 1 1 4 2 2 1 5. Xonqa 11 3 1 1 1 4 2 2 1 6. Yangiariq 10 1 1 1 1 4 2 2 1 7. Yangibozor 9 1 1 1 1 4 2 2 1 8. Shovot 11 1 1 1 1 4 2 2 1 9. Urganch 10 1 9 5 4 1 4 2 2 1 10. Hazorasp 11 2 1 1 1 4 2 2 1 11. Xiva shahar - 1 0 1 4 2 2 1 12. Urganch shahar - - 0 1 4 2 2 1 Jami: 104 15 28 18 10 12 48 24 24 12 HAMMASI: 7 123 203 644 373 271 178 712 356 356 10 178
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4861-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga biriktirilayotgan muassasalar
ROʻYXATI
T/r Muassasa nomi Mutaxassislar biriktiriladigan yoʻnalishlar 2. Fanlar akademiyasi huzuridagi Zoologiya instituti Zararkunanda hasharotlar va oʻsimlik parazit nematodalarining tur tarkibi, ularning taksonomiyasi, zoogeografik taqsimlanishi, biologiyasi, ekologiyasini oʻrganish hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi atrof-muhitga bezarar boʻlgan ekologik toza biopreparatlar va oʻsimlik parazit nematodalariga qarshi nematotsid xususiyatli faol mikroorganizmlar (bakteriyalar va mikromitsetlar) asosidagi biopreparatlar yoʻnalishida tadqiqotlar olib borish 3. Fanlar Akademiyasi huzuridagi Botanika instituti Oʻsimliklarning iqtisodiy jihatdan samarali turlarini introduksiya va akklimatizatsiya qilish hamda karantindagi begona oʻtlar turlarini aniqlash, ularning bioekologiyasini oʻrganish asosida kompleks qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda tajriba maydonlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish 4. Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi Karantindagi zararkunanda hasharotlarni va kasallik tarqatuvchi mikroorganizm, bakteriya, viruslarni zamonaviy usulda aniqlash va ularga qarshi kurashish 5. Fanlar akademiyasi huzuridagi Mikrobiologiya instituti Oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bioekologiyasi, sistematikasini oʻrganish va ularni oʻsimliklardan ajratib olib identifikatsiya qilish 6. Fanlar akademiyasi huzuridagi Bioorganik kimyo instituti Karantindagi va boshqa asosiy zararkunandalarning feromonlarini yaratish 7. Agrosanoat majmui tizimidagi akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Bogʻdorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh hamda eksportbop meva va uzum mahsulotlarini yetishtirishda tajriba maydonlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha uzum va bogʻ kasalliklari, zararkunandalarining dala nazoratlarini olib borish 8. Agrosanoat majmui tizimidagi Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Sabzavot, poliz va kartoshka sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, tavsiyalar ishlab chiqish hamda karantindagi va asosiy zararkunandalar, kasalliklar hamda ularga qarshi uygʻunlashgan himoya qilish chora-tadbirlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish 9. Toshkent davlat agrar universiteti Oʻsimliklar karantini sohasi boʻyicha bakalavrlar, magistrlar, ilmiy xodimlar tayyorlash, karantin inspektorlarining malakasini oshirish, oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlarga qarshi ilmiy asoslangan uygʻunlashgan kurash tizimini ishlab chiqish boʻyicha mutaxassislarni bevosita Markaz va uning mintaqaviy filiallariga biriktirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4861-son qaroriga 9-ILOVA
Respublikadagi biolaboratoriyalar va oʻsimliklar klinikalarini tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari kafedralariga biriktirish
JADVALI
T/r Ilmiy-tadqiqot muassasalari Xizmat koʻrsatadigan hududlar Xususiy biolaboratoriyalar Oʻsimliklar klinikalari soni 1. Agrosanoat majmuasi tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand viloyati 18 15 Toshkent viloyati 35 20 Toshkent shahar – 2 2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi 52 15 Jizzax viloyati 36 13 Navoiy viloyati 8 8 3. Fanlar akademiyasi huzuridagi Zoologiya instituti Xorazm viloyati 76 15 4. Fanlar akademiyasi huzuridagi Mikrobiologiya instituti Sirdaryo viloyati 32 9 5. Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi Andijon viloyati 81 16 6. Fanlar akademiyasi huzuridagi Botanika instituti Namangan viloyati 4 13 Buxoro viloyati 9 23 7. Fanlar akademiyasi huzuridagi Bioorganik kimyo instituti Fargʻona viloyati 32 23 8. Agrosanoat majmui tizimidagi Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo viloyati 61 16 9. Toshkent davlat agrar universiteti Surxondaryo viloyati 41 17 Jami: 485 205
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4861-son qaroriga 9a-ILOVA
Respublikadagi biolaboratoriyalar va oʻsimliklar klinikalarini tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari kafedralariga biriktirish
JADVALI
T/r Ilmiy-tadqiqot muassasalari Tuman va shaharlar Xususiy biolaboratoriyalar Oʻsimliklar klinikalari soni Samarqand viloyati 1. Agrosanoat majmui tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Narpay Zirabuloq biolaboratoriyasi “Hosila Umar” XK Pastdargʻom Bio Xovrenko “Pastdargʻom Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Nurafshon biolaboratoriyasi Goʻzalkent biousul Biousul Pastdargʻom bioxizmat Juma porloq biolaboratoriyasi Samarqand Biofabrika Oqdaryo Biometod x/k “Royesh Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Paxtachi Namozov Norqul “Shifokor Farxod” MCHJ Muxlisa oltinkoʻzi Ishtixon Ishtixon biometod “Ishtixon tumani oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Kattaqoʻrgʻon Muslumbek biolaboratoriyasi “Oʻsimliklarni himoya qilish klinikasi” MCHJ Yorqinbek Payariq Kombio sitatrog “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Qoraxoni Biolaboratoriya servis Servis biolaboratoriyasi Samarqand Samarqand biolaboratoriya “D” “Amir Nodir Biznes” XK Nurobod “Nurobod o`simliklar klinikasi” MCHJ Urgut “Oʻsimliklarni himoya qilish klinikasi” MCHJ Bulungʻur “Shaxnoz Shaxzod Oʻsimliklar klinikasi” XK Tayloq “Tayloq oʻsimliklar klinikasi mms” MCHJ Jomboy “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Qoʻshrabot “Oʻsimliklarni himoya qilish klinikasi” MCHJ Samarqand shahar “O`simliklar klinikasixizmaiti” MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Ellikqalʼa Boʻston oltinkuz “Boʻston” MCHJ Toza Amirobod Amirobod bioservis Sarabiy joʻshqin bio Qirq qiz obod Matixon bobo Javohir oxunjon Guldursun Beruniy Asadbek “Shobboz” MCHJ Jasmina Oltinsoy Boburjon Toʻrtkoʻl Oltiboy “Jasurbek” yakka tartibdagi tadbirkor Toʻrtkoʻl oʻrmon xoʻjaligi Paxta Agronomi Muyaddin Muxtor Kelteminor bio Yanboshqalʼa oltikoʻzi Xoʻjayli Jasil tabiat bio oray “Biogumus” MCHJ Qurbondurdi Qurbonov Sanamjon bio Dosjan bio Jayxun oʻsimliklari Shumanay Qazaq Yesenov “Madeniyat” MCHJ Oltinkoʻz Diyxanabad Allashov Sharaf Qonlikoʻl Shoxrux Shoxsanam “Aysanem-Shoxrux” yakka tartibdagi tadbirkor Beskoʻpir Oltinkoʻz-Sartur Xonqizi Gulsan Kegeyli Gʻanibay Shavandoz “Xalqobod” MCHJ Karimberdiyev Daruaza qum Chimboy Kenes “Anar-Mira” yakka tartibdagi tadbirkor Shimboy biofabrika Shimboy biomahsulot Amudaryo Nazarxon bioservis “Olimboy” yakka tartibdagi tadbirkor Xoʻjamurod Ashir bioservis Amu toʻlqin Orol Bogʻi bioservis Amudaryo Amudaryo biomahsulot PTZ “Olimboy” yakka tartibdagi tadbirkor Muborak Boʻz suv bioservis Qanjigʻali Chordara bioservis Nanayqalʼa Bobur bioservis MCHJ Yerimbat bioservis Uyshin bioservis Xolimbeg Kumush bioservis Qoʻngʻirot “Agroolam” MCHJ Taxtakoʻpir “Korakalpok-agrohimoya” AJ Qaraoʻzak “Rashid” yakka tartibdagi tadbirkor Nukus “Ifoda” MCHJ Taxiatosh “Bibigul” MCHJ Nukus shahri “Biosanata” MCHJ Xorazm viloyati 3. Fanlar akademiyasi huzuridagi Zoologiya instituti Xiva Qiyot bioservis “Xiva aloqaxizmat oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Xumobioservis Xiva Agro bioservis Gullanbogʻ Juryon bioservis Qoʻshkoʻpir Zebiniso Amirxon “Xudargan Roxatjon” MCHJ Oltiboy Qurbonov bioservis Guliston bioservis Xonabod bioservis Oʻrtayop bioservis “Bunyod Xadrali” MCHJ Kenagas bioservis Xayrabod bioservis Yangilik bioservis Urganch Guliston bioservis “Oʻsimliklar klinikasi Urganch tumani” MCHJ Doʻrmon bioservis Urganch bioservis Farruxbek bioservis Kumush bioservis Bey Yangibozor Brakon “Yangibozor tuman Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Sardor Axmad Ramat Jayxun bioservis Diyor Amiragro Anvar Gurlan Olgʻa bioservis “Oʻsimliklar himoyachisi” MCHJ Elmurod bioservis Sharip bioservis Alisher bioservis Muhammadjon bioservis Shangʻi bioservis Baynal bioservis Dilmurod bioservis Gurlan oqqum bioservis Xizir eli Chinobod orzu Birlashgan bioservis Yangi baxt bioservis Shovot Shovot mehnatobod “Oʻsimliklar himoyachisi klinikasi” MCHJ Trans shovot don Shovot Sohibkor bioservis Shovot Beruniy Shovot Guliston bioservis Izzatbek bioservis Dilnura Sherzod Shovotqalʼa bioservis Shovot qozoq qalʼa bioservis Xazorasp Sanoat Gulshani Xazorasp boʻston qaldirgʻochi biokimyo servis” MCHJ “Xazorasp Mega Flora” MCHJ Boʻston qaldirgʻochi Muxomon bioservis Xonqa Xonqa jirmiz bioservis “Xonqa Yuksalish Agrofirmasi” MCHJ Amudaryo oltinkoʻzi Xonka madir bioservis Tamadurgadik bioservis “Xonqa Tomorqa Xizmati” MCHJ Qoraqosh oltinkoʻzi Navxoz shabnam bioservis Yangi turmush bioservis “Jasur Agro Servis” XK Xonqa Agro bioservis Xonqa sarapayon bioservis Bogʻot Bogʻot Beshariq “Bogʻot Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Bogʻot qorayantoq bioservis Kovotex mchj Qulonqorabogʻ bioservis Sherobod bioservis Bogʻot navroʻz Qipchoq bioservis Sohibkor bioservis Yangi kadam bioservis Yangiariq Gulobod bioservis “Yoʻldosh Texnik” MCHJ Kattabogʻ oltinkoʻzi Yangiarik zamin Chiqirchi oltinkoʻz Tagan sevgan bioservis Qarmish bioservis Qoʻriqtom oltinkoʻzi Jayxun bioservis Tuproqqalʼa Amirxon Jaloliddin bioservis Xiva shahri “Xiva-Urugʻ Kimyo” MCHJ Xiva “Xiva aloqaxizmat Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Jizzax viloyati 4. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Mirzachoʻl Omad Bioservis “Sarlochinvet” XK Tolli lolasi Shaybek Bioservis Yangidala oltinkoʻz Rasim-Irada Doʻstlik Otabek Ibroxim oʻgʻli “Agro kimyo himoya” XK Moxirbek Farzod Foydali oltinkoʻz Tabiati Zebo Qalandarova Matluba Laboratoriya oltinkoʻz Bio Agro Farovon MCHJ Arnasoy Bio oltinkoʻz servis “Arnasoy oʻsimliklar klinika markazi” XK Bio gʻalla servis Arnasoy biolaboratoriyasi Paxtakor Bioservis AVD “AgroVet” XK Renta Bonus Sirli Mahsulot Oybek Shams Tezkor Product Universal Foods Sh. Rashidov Hukumatoy Mirzaaliyeva “Uch tepa gold” MCHJ Qoʻshbarmoq marvaridi Uchtepa gold Saxovat Zafarobod Birlik Bioservis “Moʻmiyo shifo” XK Bioservis MCHJ Jonolim Zarbdor Feruzaxon “Javoxir Agroservizxim” XK Juvonsirak Alisher Daromadli Tanlov Gʻolib Bioservis Alisher Axmad Zarbdor Bilol servis Al Shox Oybek Bioservis Jizzax shahri “Ilmli bogʻbon” MCHJ Baxmal “Oʻsimliklar klinika shoxobcha” XK, “Nesibali Qarshiyev” XK Yangiobod “Elbek Abdumumin” XK Forish “Chorvodor Forish” XK Gʻallaorol “Tafakkur Serviz savdo” XK Zomin “Dasht lalmikori” koʻp tarmoqli f/x Sirdaryo viloyati 5. Fanlar akademiyasi huzuridagi Mikrobiologiya instituti Boyovut Alisher Mamatqulov “Agrokimyohimoya” MCHJ Sherzod bio samara Biomahsulot bulogʻi MCHJ Oltinkoʻz himoyasida Biomahsulot samarasi Xazina maskani Zamonaviy biosamara Navroʻzlik chorvador MCHJ Turon biofabrika PTZ Guliston Charos Bekmirzayeva orzusi “Ifoda” MCHJ Raʼno biomahsuloti Guliston biomahsulot servis MCHJ Oltinkoʻz Doʻstlik laboratoriya servis Sirdaryo Koʻcharov Abdumurod orzusi “Xasanov Xasan” MCHJ Ibratli Ishlov Olgʻabos Bio Ximiya Sirdaryo bioximiya Nafisabonu Davlatjon Bioservis yangi hayot Oqoltin Sidiqov agro himoya “Ifoda” MCHJ filiali Agro bio kapital Soyaqul Rahmon Ulugʻ Davlat xoʻja Sardoba Uzoqov Guliston bioservis “Saxovatli veterinar” MCHJ Sayfiddin Sher Bogʻ jaylov Samarali himoya Mustaqil biousul Xovos Xumo “Sayfiddinova Dildora” XK Xovos bioxizmat Turkiston Guliston shahar “Guliston Agronur” MCHJ Mirzaobod “Navroʻz Agro market” MCHJ Sayxunobod “Sayxun tomorka servis” MCHJ Toshkent viloyati 6. Agrosanoat majmui tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Oʻrtachirchiq Bio Oltinkoʻz Navoiy “Garant Ekspress Biznes” MCHJ Haqiqat bio Qorasuv Bio Doʻstlik bio Bagiz Baxtiyor Bio Universal Global Piskent Piskent bio mahsulot “Piskent agro set veterinariya” MCHJ Xaydarov Muxiddinxoʻja Gultepa Oltinkoʻzi Toshkent Bobur Ziroat shifo “Agro House” MCHJ Oqqoʻrgʻon Biohimoya “Xatamov Baxromjon” yakka tartibdagi tadbirkor Shoxruxiya Bio Oltinkoʻz OʻBXXL Paxta Bio himoya fayz Sayyora Asalxon Davron Diyor Quyichirchiq Boʻston Biohimoya “Gʻulomboyev Sherzod” XK Quyichirchiq kapalaklari Yuqorichirchiq Oltin koʻz boshogʻi “Rustam Agro Xavfsizlik” MCHJ Oltin Koʻz Durdonasi Oltinkoʻz Zar-Zamin Agrovita Plus Bekobod B. Mirzakarimov Biofabrikasi “Tez Kad” MCHJ “Ziyo Agro Ved” XK Boʻka Joʻra Xidoyat Chorbogʻi “Faynur agro ved servis” MCHJ Maryam Laylo Qurbonov Boboqul Farmonovich Agroxim bio Boʻka Bio Fazliddin “Faynur agro ved servis” MCHJ Shunqor Qalqon Boʻka Azizbek Egam Toʻlqin Raxima Fozil Yangiyoʻl Tinchlik Oltinkoʻzi “Ifoda” MCHJ Boʻka Master bio “Oʻsimliklar klinikasi 0101” MCHJ Chinoz Bio Golden Ayes “Ibragimov Dilmurod Muxtarovich” yakka tartibdagi tadbirkor Biousul Fayz “Azimova Dilfuza Mametxanovna”yakka tartibdagi tadbirkor Qibray “G. A. Nizomxodjayeva” yakka tartibdagi tadbirkor Parkent “Sirojiddinov Ziyomiddin Vasbiddin oʻgʻli” yakka tartibdagi tadbirkor Chirchiq shahri “Eks-Sintez” MCHJ Boʻstonliq “Ifoda” MCHJ Zangiota “Umida Baxrom Fayz savdo” oilaviy korxona Ohangaron “Xudoyberdiyev Azimjon” yakka tartibdagi tadbirkor Angren shahri “Abdullayev Baxtiyor” yakka tartibdagi tadbirkor Toshkent shahar 7. Agrosanoat majmui tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Yakkasaro? “Ifoda agro kimyo himoya” MCHJ Yashnobod “Rosita” MCHJ Andijon viloyati 8. Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi Izboskan Ixtiyorbek “Shoxsanam tashabbusi” MCHJ Sano Yakkatut kelajagi Barkamol Choʻnbogʻishxosilxamkori Mubinabonu hosili Moxiniso Nozlibegim Moxigulnoza Yahyobekbiobaraka Muzayyana Buyuk Latofatoy biomadat D Maʼmurjon ishonch biobaraka Andijon Bobogʻozi bio “Muslima saxovati” MCHJ Qoradaryo boʻylari “Boy” dehqon xoʻjaligi Moxlaroyim bio Joʻraboy bio Said Mirzo Jalaquduq Qoʻshtepa madad “Mador kuch kuvvati” yakka tartibdagi tadbirkor Solijon orzu maskani Paxtasanoat Bio Baraka Iroda Yangisor vodiymardi Jalaquduqbiokimyo Eʼtibor -Gulbaxor orzusi Isanovbiokimyo Oltinoy Oltin Koʻzlari Paxtaobod Zulayho Gulondon “Buronov Elyorbek Gʻulomovich” yakka tartibdagi tadbirkor Hayotillo Muqaddas Tojiboy Dilʼazam Xabubullo bioximik Altinova Chinnihon Malikaxon Ikromiddin Qoʻrgʻontepa Gulbadanbioservis “Namuna diyor dargohi” MCHJ Biosan Elit Shabnam Bioservis Yuksalish Stimul Madinabonu bioservis Hamkorlik Shaydosi Nazira bioservis Oltinkoʻl Oltinkoʻl Bio xizmat “Kimyo Barkamol Serviz” MCHJ Andijon bio lyuks Qoʻshtepa-Bioximservis Oltinkoʻl Bio parvoz Navoiy Bioxim lyuks Oltinkul biofon Xoʻjaobod Bio fon lyuks “Fidoiy diyor dargohi” MCHJ “Azimjonota oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Marxamat Istiqlol bio markazi “Bio kimyo himoya” MCHJ Xamdamjon Najmiddinov Toʻlqinoy mashʼalyulduzi Hamkor grant Azamat -Xursandbek Sotvoldiyevlar Shahrixon Bobochek porloq kelajagi “Kimyo-bio Azod” MCHJ Doʻlonmashʼali Andijon ezgulikimkoni Shaxrixon asl himoya Oltin tuproq mashʼali MuxammadIqbol bio Temurbek bio fayz Baliqchi Bio “Dilshotbek lyuks elegant” yakka tartibdagi tadbirkor Baliqchi toji Baliqchilik Ziyoda Chin Gʻalaba Bio Bio Oʻrmonbek Obixayot ziyosi Iltifotli Balikchi Buloqboshi Abdujalil ziynati “Subxidaszoofarm” yakka tartibdagi tadbirkor Chakandaguli Ulugʻnor Ulugʻnor Yorqin Yulduzi “Yigitaliyev Maxsutali” yakka tartibdagi tadbirkor Xalilullox-Kamronbek kelajagi Tabiat Bio Sirlari Asilbek Asadbek shuxrati Ulugʻnorda yagona xamkor nixoli Mashhur yurt Boʻston Baxodir “Boʻz farm fayz kimyo” MCHJ Yoqubjon Maxkamov Tetragibritbiometod Boʻz Bio markaz OdinaxonKelajagi Asaka Agro eksport jozibasi “Samar Agrozoovet servis” MCHJ Asaka Agrobiokimyoxizmat Andijon shahri “And Odil Agro” MCHJ Namangan viloyati 9. Fanlar akademiyasi huzuridagi Botanika instituti Uychi Agrokimyohimoya savdo servis “Uychi oʻsimliklar klinika agro xizmati” XK Uchqoʻrgʻon Sharq goʻzali “Zaynidinov Mirzaaxmad Oʻsimliklar klinikasi” yakka tartibdagi tadbirkor Yangi avlod Abdullox Chust Soliyeva Sanobar “Chust Oʻsimliklar klinikasi № 1” MCHJ “Chust Oʻsimliklar klinikasi № 2” MCHJ Norin “Mirsultonchek Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Pop “Ziyo-97” MCHJ Yangiqoʻrgʻon “Moʻbina Muslima Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Namangan “Chortoq tumani Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Kosonsoy “Optional Protection” MCHJ Mingbuloq “Mingbuloq oʻsimliklar agro klinikasi” MCHJ Toʻraqoʻrgʻon “Namuna diyor” i/ch korxonasi Chortoq “Chust tuman Varzik qishlogʻi Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Namangan shahar “Ibroximov Oqil Olimjonovich” yakka tartibdagi tadbirkor Fargʻona viloyati 10. Fanlar akademiyasi huzuridagi Bioorganik kimyo instituti Bogʻdod Fargʻona Spining MCHJga qarashli 1-markaziy biolaboratoriya “Nizomiddin mozortol” MCHJ Fargʻona Spining MCHJga qarashli 2-markaziy biolaboratoriya Fargʻona Spining MCHJga qarashli 3-markaziy biolaboratoriya Fargʻona Spining MCHJga qarashli 4-markaziy biolaboratoriya Fargʻona Spining MCHJga qarashli 5-markaziy biolaboratoriya “Nizomiddin mozortol” MCHJ Fargʻona Spining MCHJga qarashli 6-markaziy biolaboratoriya Fargʻona Shamsiddin Saidjon “Erkin”kichik korxonasi Logʻon Biolaboratoriya Qoʻshtepa Oltinoy Ermuxammad Nishon “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Mitti Polvon oltin koʻz Fayozbek Lochinbek bioservis Xoshimbek Al -Oxun Quva Biofond biolaboratoriyasi “Ifora” XK Oltinkoʻz biofabrikasi Yozyovon Akmaljon Tojiboyev “Maʼmirov Muxammadjon Shavkatjon oʻgʻli” MCHJ Rishton Abbos Joʻrayev “Qodirov Shoxobiddin Abdullajonovich” MCHJ Boburjon Barkamol biousul Bio Rishton fayz Garant Invest-M Oʻzbekiston Qudash MSE Oʻsimliklar klinikasi “Oʻrmonjon Sardor” MCHJ Muqimiy Sohibkor MCHJ Bulut tekstil Furqat Shoyimbek Biofabrikasi “Vetfarm-Tab” XK Buvayda Buvayda Obod Gulshan “Muxammadislom O`simliklar klinikasi” MCHJ Dangʻara Naymancha tongi biomahsuloti “Zoovet” XK Abduvaliyev Mardonqul Fazilati Xudoyberdiyev Biolaboratoriyasi Mirzamaxmudova Farogʻatxon Uchkoʻprik Erkinjon Madinaxon “J. Boypochchayev” XK Mehnatobod qaldirgʻochi Toshloq Nayman xizmat “Toshloq Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Bexzod Mirzo 87 Fargʻona shahar “Vodiy dez servis” MCHJ Quvasoy “Xakimov Said Ilxom”, MCHJ “Quvasoy vetservis” MCHJ Beshariq “Otabek O`simliklar klinikasi” MCHJ Oltiariq “Ziyo Nur Orzu” XK Soʻx “Sox tuman O`simliklar klinikasi” XK Margʻilon shahar “Vodiy dez servis” MCHJ filiali Qoʻqon shahar “Oʻsimlik himoyasi” MCHJ Qashqadaryo viloyati 11. Agrosanoat majmui tizimidagi Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Koson Quziboyev Panji Qoʻziboyevich “Oltinkuz UHQ” MCHJ Maxsus global servis MCHJ Ramazanova MukaddamRamazanovna Poʻlati bio agrohimoya Jabborov Shodmon Jabborovich GOLD BIYO KIMYO SERVIS MCHJ Jumayev Murod Jumayevich Oltin Kuz Koson Bioagrokimyohimoya Yakkabogʻ Xisor bahori “Sovuq buloq marjoni” MCHJ Roziya Yodgorovna Oqmirza Gʻulom oqsoqol Daryo agrokimyo Komila Qarshiyevna x/k Yangiboyeva Gulnoza Sovuq buloq marjo?i Shomurodov Yusuv Uzoqovich Nishon Sharipova Sitora “Ibragimov Anvar Rayimovich” MCHJ, “Jumayev Maʼrufjon Uralovich” MCHJ Ibragimov Anvar Raimovich Jumayev Maʼrufjon Oʻrolovich Agro Oltinkoʻz Namuna Yakubovna Qamashi Yoʻldosh qizi Umida “Suxrobbek” MCHJ Madinabonu Shomurodovna Akrombek Suxrobbek Eko-bioximservis Mirishkor Sanoatchi oltin yulduz “Oʻsimliklar klinikasi va Agrokimyo himoya” MCHJ Xayrulla qizi Shoxsanam Oltin kuz Mirishkor Bek Biolaboratoriya Bogʻzor biokimyo Qarshi Oʻsimliklarni uygʻunlashgan himoya qilish markazi “Poyonov Oybek” MCHJ Chirokchi Roʻziyev Sadat Boboyarovich “Aliqulov Baxriddin” yakka tartibdagi tadbirkor Abdiraxmon Bobo asali Chiroqchi bionur Oʻsimliklar klinikasi Muborak Nodira Nargiza “Usmonov Ruslan” yakka tartibdagi tadbirkor Yangiobod Biolaboratoriyasi Qurbonova Lobar Shaxrisabz Agrarhimoya “Aliqulova Xabiba” yakka tartibdagi tadbirkor Bio-usul taʼminot Ashurova Gulshoda Umarovna Nurchi-D Kasbi Agrobiologik va kimyoviy taʼminot “Aʼloyev Shaxobiddin” MCHJ, “Musaxonov Sayidaxror Oʻtkirovich” MCHJ Suyarov Ilhom Baratovich Bio flora Musaxonov Saidaxror Oʻtkirovich Saodat Said qizi Pardayeva Sharofat Qashqadaryo viloyat Agro kimyo himoya bio Shirinov Rashid Raximovich Oltinkuz kamalagi Oltinkoʻz bio kimyo MCHJ Fayzi bio invest Doʻstlik fayz nuri Arabova Zamira Ziyodovna Kasbi Mugʻlon jamoa korxonasi “Aʼloyev Shaxobiddin” MCHJ, “Musaxonov Sayidaxror Oʻtkirovich” MCHJ Sabrina Munavvara Begmatov Abdi Begmatovich Farmer Partner Gʻuzor Bozor Polvon Botirov “Botirov Baxtiyor” yakka tartibdagi tadbirkor Dehqonobod “Turaqulova Moxigul” yakka tartibdagi tadbirkor Kitob “Turayev Xayrullo” yakka tartibdagi tadbirkor Qarshi shahri “Raxmatov Rizo” yakka tartibdagi tadbirkor Buxoro viloyati 12. Fanlar akademiyasi huzuridagi Botanika instituti Vobkent Biokurashchi “Roʻziyev Inom № 1” MCHJ Vobkent Biohimoya x/b “Roʻziyev Inom № 2” MCHJ Peshku Madaniyat oltinkoʻz “Ibn Sino” MCHJ, “Narziyev Islom” MCHJ Romitan Ozodbek Brakon “Koʻziyev Oʻtkir № 1” MCHJ, “Koʻziyev Oʻtkir № 2” MCHJ Jondor Jondor bio servis MCHJ “Shukurjon dori-darmon” MCHJ, “Farm” MCHJ Qorakoʻl Shaxzod x/b “Sardor Sojida” MCHJ Sardor plyus Sojida “Inoyat” MCHJ Shofirkon Dilmurod Gʻulom “Diyorbek Rajab № 1” MCHJ “Diyorbek Rajab № 2” MCHJ Gʻijduvon Toshpoʻlat mehr tongi “Nurli nihol chashmalari”MCHJ, “Toshpoʻlot Mehir Tongi” MCHJ Buxoro “Oʻrinov Hamza” MCHJ, “Muhsinov Rifat Muzaffarovich” MCHJ Buxoro shahri “Mumtozbegim Buxoro Fayz” MCHJ, “Diyor” MCHJ Olot “Olot Oʻsimliklar klinikasi Xizmati” MCHJ, “Sohibov Erkin Hasanovich” MCHJ Kogon “Xolnazarov Oʻtkir” MCHJ Qoravulbozor “Jumayev Hamidjon” MCHJ Kogon shahri “Xolnazarov Oʻtkir” MCHJ Surxondaryo viloyati 13. Toshkent davlat agrar universiteti Jarqoʻrgʻon Surxon biolaboratoriyalari “Agro Servis Oʻsimliklar klinikasi” XK “Agro-Invest” MCHJ “Jarqoʻrgʻon Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Entomofag Baraka Sitotroga-Trixogramma Ziroatshunos biometod Oltinkoʻz-JMS Ziroatchi Olim-Oltinkoʻz Shoʻrchi Xasan biolaboratoriyasi “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Yashil tabiat Shoʻrchi Oʻsimlik klinikasi Shoʻrchi don biolaboratoriyasi Baxtlitepa oqoltin Angor Yulduz Angor bio. “Mamatov Farxod” yakka tartibdagi tadbirkor Qiziriq Husniddin Baratov “Zafar” FX, “Shukurov Sherali” yakka tartibdagi tadbirkor Asilbek ekspress Denov Obi nur xayrobod “Denov tumani Chogʻoniyonoʻsimliklar klinikasi” MCHJ, “Denov oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Shona-Shaxrizoda Denov Bobur Oltinsoy Abbos Fayzullayevich “Agro Trade Market Oltinsoy” XK Yulduz Oltinkoʻzi Uzun Olimova Nilyufar “Uzun Mehnat Binokor” XK Normoʻmin Asqarali biomahsulot Rustamxon Malohatxon Qumqoʻrgʻon Shoira Dildora oltinkoʻzi “Markaziy oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Abror Yuldoshovich agroeksport Besh qahramon Jaloir oltinkoʻzi Elsevar chinni Yangi chimboy Muzrabot Agrobioxim servis “Muzrobod Oʻsimliklar klinikasi” yakka tartibdagi tadbirkor Mamatqulov Sobit Termiz Xonqizi namuna “Jarqoʻrgʻonkimyo” MCHJ Matluba Doʻstlik Sherobod Raʼno Qobilova “SHerobod Agro O`simliklar klinikasi” MCHJ Toshtemir bobo nevarasi Saboxat Zulfiqor oʻgʻli Navruzbek New BIO TRADE Rokiya Aliboyeva Aliboyev Farmonqul Sariosiyo Abdiqodir Sardor Langar Oltinkoʻz Shaxnoza Davronbek Boysun “Oybek Surxon” XK Navoiy viloyati 14. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga qarashli Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Navbahor Tabiatni biologik himoya qilish “Oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish klinikasi” MCHJ Navoiy don mahsulotlari Karmana Zarafshon paxta servis “Karmana Agrokimyohimoya AJga qarashli oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Qiziltepa Sardor bioservis “Qiziltepa Agrokimyohimoya AJga qarashli oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Tavois bioxizmat Xatirchi Oltinkoʻz “Xatirchi Agrokimyohimoya AJga qarashli oʻsimliklar klinikasi” MCHJ, “Fartuna” MCHJ Xatirchi Fortuna ARXO Konimex “Oʻsimliklar klinikasi” MCHJ Nurota “Mineral oʻgʻitlar dunyosi” MCHJ Navoiy shahri “Zarafshon paxta servis” MCHJ
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4861-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan binolar
ROʻYXATI
T/r Binolar Ijro muddati Amalga oshirish mexanizmi Masʼul ijrochilar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga Nukus shahri, T. Kayipbergenov koʻchasi, 39-uy manzilida joylashgan 0,242 ga maydonga ega “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Qoraqalpoqpaxtasanoat” XAB tasarrufidagi 1865,9 kv. metrdan iborat maʼmuriy binoning 2-qavati 317,0 kv.m qismi va 3-qavatini ajratish. 2020-yil noyabr Tashkiliy chora-tadbirlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Oʻzpaxtasanoat” AJ (A. Maqsudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (I. Ergashev) 2. Jizzax viloyati Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga Jizzax shahri, “Ulugʻbek” mahallasi, Zomin koʻchasi, 88-uy manzilida joylashgan 0,99 ga maydonga ega “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Jizzaxpaxtasanoat” XAB korxonasiga tegishli binoni ajratish. 2020-yil noyabr Tashkiliy chora-tadbirlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Oʻzpaxtasanoat” AJ (A. Maqsudov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (I. Ergashev) 3. Navoiy viloyati Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga Navoiy shahri, Imom Al-Buxoriy koʻchasi, 201-uy manzilida joylashgan 0,87 ga maydoniga ega, sobiq “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Navoiypaxtasanoat” XAB korxonasiga tegishli maʼmuriy binoni ajratish. 2020-yil noyabr Tashkiliy chora-tadbirlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Oʻzpaxtasanoat” AJ (A. Maqsudov), Navoiy viloyati hokimligi (K. Tursunov), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (I. Ergashev) 4. Qashqadaryo viloyati Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga Qarshi shahri, Koʻkgumbaz koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan 0,06 ga yer maydoniga ega ayni vaqtda boʻsh turgan Qarshi shahar Kadastr korxonasining sobiq binosini ajratish. 2020-yil noyabr Tashkiliy chora-tadbirlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (X. Toʻraxoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (I. Ergashev)
