Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (519-II-son)
29.08.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2004-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻzining saylovga oid idoraviy hujjatlarini yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-avgust,
519-II-son
