5-modda. Chaqirib olish haqidagi masalasi koʻrib chiqilayotganda deputatning, senatorning huquqlari kafolatlari
Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida (708-II-son) · Sana: 02.12.2004 · Amalda
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) deputatni, senatorni chaqirib olish uchun ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan materiallar tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay deputatga, senatorga tushgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Chaqirib olish haqidagi masalasi qoʻyilgan deputat saylovchilar bilan uchrashishga, saylovchilarning yigʻilishlarida, davlat hokimiyati vakillik organlarining sessiyalari va majlislarida chaqirib olinishi haqidagi masala koʻrib chiqilayotganda ishtirok etishga hamda oʻzini himoya qilib soʻzga chiqishga haqli.
Deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan yolgʻon axborotni bilaturib taqdim etgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar boʻladilar.
