Koreyaning Eksport-import bankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi ishtirokida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2563-son)
20.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali maktab taʼlimi tizimining sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
2015-yil 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Eksport-import banki oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) mablagʻlari hisobidan 2766 ta umumtaʼlim maktablarini 2859 ta oʻquv kompyuter sinflari, shu jumladan, tizim va amaliy dasturlar toʻplami, ixtisoslashtirilgan kompyuter mebellari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun 40 yil muddatga, shu jumladan oʻn yillik imtiyozli davrga ega boʻlgan 33,0 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilganligi.
loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshadigan hissasi ekvivalentligi 18,3 mln. AQSH dollariga teng, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali 8,1 mln. AQSH dollarni tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq ushbu loyihani amalga oshirish doirasida Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi;
mazkur imtiyozlar taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
loyihani amalga oshirish muddati uch yil etib belgilangan.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasidan (EDCF) jalb etayotilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish va mazkur loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasining (EDCF) asosiy qarzini toʻlash va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasi boʻyicha Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasining (EDCF) qarzini soʻndirish va foizlarini toʻlash prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazi tuzilmasida 3 shtat birligidan iborat loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin, shuningdek, loyihani amalga oshirishda Markazning cheklangan umumiy soni 2 birlikka koʻpaytirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasiga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasiga koʻra, koʻp martalik vizalar berilishini va ularni muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtincha roʻyxatda turish va uning yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomasi boʻyicha mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-iyul,
2563-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2563-son qaroriga 1-ILOVA
“Maktab taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada rivojlantirish” investitsiya loyihasining Texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
Izohlar:
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
** Xorijiy valyuta kursi, hisob-kitoblarda qoʻllaniladigan: 1 AQSH dollari — 2532,34 soʻm.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2563-son qaroriga 2-ILOVA
“Maktab taʼlimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamgʻarmasi (EDCF) qarzini qaytarish va unga foiz toʻlovlarini toʻlash boʻyicha
PROGNOZ JADVALI
* Toʻlov summalari qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
