3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash toʻgʻrisida (650-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil martabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi.
Ana shu masalalar yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri kiritadi.
Boshqa diplomatiya martabalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrugʻi bilan beriladi.
Bu martabalarni berish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining malaka komissiyasi kiritadi.
Malaka komissiyasining tarkibi va u haqdagi nizomni Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi.
Diplomatiya martabalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rahbar va masʼul xodimlariga ham berilishi mumkin.
