Yaponiyada (Tokio shahri) Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (404-son)
19.11.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 26-yanvardagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaponiyaning Tokio shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi shtat jadvali va 1996-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1996-yil uchun Elchixona xodimlari soni 9 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 6 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 3 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1996-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yaponiyadagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 19-noyabr,
404-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-noyabrdagi 404-son qaroriga 1-ILOVA
Yaponiyadagi (Tokio shahri) Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining shtat jadvali
