4-modda
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida · Sana: 25.01.2000 · Amalda
Tomonlar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy qonunchilikni, ushbu sohadagi xalqaro huquqning umumiy qabul qilingan normalarini inobatga olgan holda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda quyidagi asosiy yoʻnalishlarda hamkorlik qiladilar:
isteʼmolchilar, davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalarini tovar (ish, xizmat), ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar, ijrochilar) toʻgʻrisida dolzarb va ishonchli maʼlumot bilan taʼminlash;
mazkur Bitim ishtirokchi-davlatlari hududida insofsiz tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oldini olish va past sifatli tovarlar (xizmatlar) kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
insofli raqobatni rivojlantirish orqali isteʼmolchi uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) erkin tanlash imkon beradigan sharoit yaratish;
davlatlar taʼlim tizimida fuqarolar taʼlimining ajralmas qismi sifatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan radio va televideniyani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalarini targʻib qilish va tizimli yoritishga jalb qilish;
mazkur Bitim ishtirokchi-davlatlarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi milliy qonunchiligini mazkur Bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan darajada yaqinlashtirish.
