Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (594-son)
28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-son Farmoniga muvofiq hamda “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
avtomatlashtirilgan elektron hisoblash va nazorat qilish tizimini “ishlab chiqarish — podstansiya — taqsimlash punkti — transformator podstansiyasi — isteʼmolchi” zanjiri asosida joriy qilish;
hisoblagichlarni birinchi navbatda yirik isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlarida oʻrnatish va ularni tizimga ulash;
aholi yashash punktlarida barcha elektr energiyasi isteʼmolchilariga (maishiy, sanoat va budjet), taqsimlash punktlari va transformatorlarga hisoblagich va konsentratorlarni bir vaqtning oʻzida oʻrnatish va tizimga ulash hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni bartaraf etish;
hisoblagichlarni oʻrnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil qilish orqali joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirish.
2. Quyidagilar:
elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini, konsentratorlarni hamda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va hududlarga yetkazib berish grafigi 1-ilovaga muvofiq;
hududlarning shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish grafigi 2 — 15-ilovalarga muvofiq;
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — EHNAT) joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha hududiy hamda tuman va shaharlar boʻyicha ishchi guruhlarning (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) namunaviy tarkibi 16 va 17-ilovalarga muvofiq;
hududlarda mutaxassislarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va foydalanishga oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish grafigi 18-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. EHNAT joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha hududiy hamda tuman va shaharlar boʻyicha ishchi guruhlar:
hisoblagichlarni oʻrnatish va tizimga ulash ishlarini tashkillashtirishga mahalla raislari va nozirlarini jalb qilish hamda aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini;
hisoblagichlar oʻrnatilgan aholi xonadonlarida ishlatiladigan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni oʻz muddatida amalga oshirish va yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish ishlarini;
hududda EHNAT imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oʻrnatilgan hisoblagichlarga servis xizmatlari koʻrsatish ishlarini tizimli tashkil qilsin;
EHNAT joriy etish boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatsin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har haftada xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlarida hamda har oyda viloyat darajasida eshitishni tashkillashtirsin.
4. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimining viloyat va tumanlarda joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish maxsus komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 19-ilovaga muvofiq tarkibda quyidagi vazifalarni amalga oshirishini nazarda tutgan holda, tashkil etilsin:
EHNAT joriy etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish;
EHNAT joriy etishda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
joriy etilayotgan EHNAT ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirib borish.
5. Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
2021-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi hisobini toʻliq yoʻlga qoʻyish, toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirishni taʼminlash, tizim orqali aniqlangan xatoliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish ishlarini tizimli tashkillashtirsin;
loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirsin;
hisoblagichlarni oʻrnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil qilib, joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirsin;
har bir tuman va shaharda hisoblagich oʻrnatish guruhlarini shakllantirish, ehtiyojga koʻra, tumanlararo mobil oʻrnatish guruhlarini tashkillashtirib, grafik asosida hududlarga jalb qilsin;
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida belgilangan toʻlovlar oʻz muddatida amalga oshirilishini taʼminlasin;
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini yakunlab, 2020-yil 1-noyabrga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
podstansiyalar, taqsimlash punktlari va transformator podstansiyalariga hisoblagichlarni qoʻyishni oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni amalga oshirsin.
6. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ:
shahar va tumanlar boʻyicha maishiy va sanoat hisoblagichlari, konsentratorlar, podstansiyalar, taqisimlash va transformator punktlariga oʻrnatiladigan hisoblagichlar va butlovchi qismlarni muddatida yetkazib bersin;
har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni taʼmirlash va ularga servis xizmati koʻrsatish shoxobchalarini tashkil qilsin;
podstansiyalar, taqsimlash punktlari va transformator podstansiyalariga oʻrnatiladigan hisoblagichlarni ishlab chiqarishni mahalliy korxonalar bilan birgalikda tashkil qilish choralarini koʻrsin.
7. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning xodimlar tomonidan bajarilishi, ish hajmi va sifatiga bogʻlash orqali hamda boshqa operatsion va kapital xarajatlarni optimallashtirish hisobiga takomillashtirgan holda oylik maoshlarini oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish tizimining konsentratorlari oʻrnatiladigan hududlarda aloqa va Internet qamrovi bilan taʼminlanganligi va aloqa sifati texnik talablarga mosligi darajasini oʻrgansin;
bir oy muddatda barcha hududlarni aloqa va Internet qamrovi bilan joriy yil oxiriga qadar taʼminlash hamda aloqa sifatini texnik talablarga moslashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir oy muddatda “KT Corporation” (Janubiy Koreya) kompaniyasi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazib, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida import qilingan hisoblagichlar va boshqa asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga servis xizmati koʻrsatish shoxobchalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-sentabr,
594-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 1-ILOVA
Elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini, konsentratorlarni hamda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va hududlarga yetkazib berish
GRAFIGI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahrining tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 7536 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Qoraqalpogʻiston hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 9202 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 4-ILOVA
Andijon viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 13002 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 5-ILOVA
Buxoro viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 4981 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 6-ILOVA
Jizzax viloyatining tuman va shaharlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 7-ILOVA
Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 9829 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 8-ILOVA
Navoiy viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 2513 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 9-ILOVA
Namangan viloyati tuman va shaharlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 8933 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 10-ILOVA
Samarqand viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 34403 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 11-ILOVA
Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 1867 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 12-ILOVA
Toshkent viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 1564 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 13-ILOVA
Toshkent viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Izoh: 01.09.2020-yil holatiga Toshkent viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasining omborxonasida oʻrnatish uchun 10689 ta hisoblagichlar mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 14-ILOVA
Fargʻona viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 15-ILOVA
Xorazm viloyatining shahar va tumanlari kesimida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
GRAFIGI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 16-ILOVA
______________ Respublikasida/shahrida/ viloyatida elektr energiyasining hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha
IShChI GURUHNING NAMUNAVIY TARKIBI
lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining boshliqlari lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari lavozimi boʻyicha — hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 17-ILOVA
______________ tumanida / shahrida elektr energiyasining hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha
IShChI GURUHNING NAʼMUNAVIY TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 18-ILOVA
Joylardagi masʼul mutaxassislarni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishga oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish
GRAFIGI
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 594-son qaroriga 19-ILOVA
Elektr energiyasining hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish maxsus komissiyasi
TARKIBI
A.S. Sultanov — Energetika vaziri, Komissiya raisi kelishilgan holda — Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.X. Xodjayev — Energetika vaziri oʻrinbosari O.Z. Nasritdinxodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ortiqov — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari A.K. Tursunov — Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari D.N. Sattarov — “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori U.M. Mustafoyev — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi J.O. Obidjonov — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, Komissiya masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
