“Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2152-5-son)
30.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2152-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga karshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikaei Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgrisida”gi karori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 12-oktabrdagi 01/11-18/08-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat koʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgrisidagi nizomni tasdiqlash hakida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2152, 2010-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 412-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruk rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
01/11-16/06-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 30-iyundagi 01/11-16/06-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorda:
a) nomidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:”;
v) 1-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Nizomda:
a) nomidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga va baholash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) buyurtmalariga asosan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar (bundan buyon matnda baholovchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan baholash obyektlarini baholash xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibini belgilaydi.”;
v) 1 va 3-bandlardagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari bilan baholovchi tashkilot shu jumladan, xorijiy baholovchi tashkilot jalb qilingan hollarda hamda ushbu qarorlarda ularni jalb qilishning va (yoki) ular xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlashning mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan boshqacha tartibi belgilangan taqdirda Agentlik va baholovchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga tatbiq etilmaydi.”;
d) 4-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Q = [(EKIH x K1) + (EKIH x K2)] x Kyo x Kh - Qte, bunda:” degan soʻzlar “Q = [(BHM x K1) + (BHM x K2)] x Kyo x Kh, bunda:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“BHM — baholash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;”;
beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “eng kam ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Q = (EKIH x K1) x Kyo x Kh - Qte, bunda:” degan soʻzlar “Q = (BHM x K1) x Kyo x Kh, bunda:” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 8-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Q = [(BHM x Σ (K3 x S) x Kk) + BHM] x Kyo x Kh, bunda:”;
toʻrtinchi xatboshidagi “eng kam ish haqi” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
k) 10 va 11-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
l) 15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tahliliy ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash sanasiga hisoblangan xizmatlar qiymatining 20 foizi, lekin baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash sanasiga hisoblangan xizmatlar qiymatining 25 foizi, lekin baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlmagan miqdorda.”;
m) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Baholash obyektlari xususiylashtirish maqsadida baholanganda, ularni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkaziladi.”.
3. 1 — 4-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchaning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 30-iyun
“Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
1-jadval
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
T/r Baholash obyektining maydoni — bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)* K1 1. 100 m2 gacha 5 2. 100 dan 300 m2 gacha 9 3. 300 dan 600 m2 gacha 13 4. 600 dan 1000 m2 gacha 17 5. 1000 dan 2000 m2 gacha 21 6. 2000 dan 3500 m2 gacha 25 7. 3500 dan 5000 m2 gacha 29 8. 5000 dan 7000 m2 gacha 33 9. 7000 dan 9500 m2 gacha 37 10. 9500 dan 12500 m2 gacha 41 11. 12500 m2 va undan ortiq 45
* xizmatlar qiymatini aniqlashda bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) maydoni baholanayotgan hamma binolar (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) maydonlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
2-jadval
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
T/r Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) tashqari asosiy fondlar soni* K2 1. 50 donagacha 8 2. 50 dan 200 donagacha 10 3. 200 dan 400 donagacha 15 4. 400 dan 700 donagacha 30 5. 700 dan 1100 donagacha 40 6. 1100 dan 1500 donagacha 50 7. 1500 dan 2000 donagacha 70 8. 2000 dan 3000 donagacha 100 9. 3000 dan 4000 donagacha 130 10. 4000 dan 5000 donagacha 160 11. 5000 dan 6000 donagacha 200 12. 6000 dan 7000 donagacha 230 13. 7000 dan 8000 donagacha 260 14. 8000dan 9000 donagacha 280 15. 9000 va undan koʻproq 300
* xizmatlar qiymatini aniqlashda bir xil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir xil boʻlgan baholash obyektlari baholanayotgan obyektning bitta birligi sifatida qaraladi.
3-jadval
Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar
Baholash obyekti* S K3 Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar 1 birlik 2,0 Transport vositalari 1 birlik 1,5 Instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklarva boshqa asosiy fondlar 1 birlik 0,5
* xizmatlar qiymatini aniqlashda bir xil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir xil boʻlgan baholash obyektlari baholanayotgan obyektning bitta birligi deb qaraladi.”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarini qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Davlat unitar korxonasi, budjet tashkiloti, xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda xizmatlar qiymatini aniqlash boʻyicha _______ - son K A L K U L Ya S I Ya _________________ sh. “___” ________ 20__ y. baholash boʻyicha asos raqami va sanasi: _________________________________________ (soʻm) T/r Baholash obyekti Oʻlchov birligi Koef-t (K1, K2) Qiymat Baholovchi tashkilot xizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm): 1. Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) 100 m2 gacha 5 K1 x BHM 100 dan 300 m2 gacha 9 300 dan 600 m2 gacha 13 600 dan 1000 m2 gacha 17 1000 dan 2000 m2 gacha 21 2000 dan 3500 m2 gacha 25 3500 dan 5000 m2 gacha 29 5000 dan 7000 m2 gacha 33 7000 dan 9500 m2 gacha 37 9500 dan 12500 m2 gacha 41 12500 m2 va ortiq 45 2. Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) tashqari asosiy fondlar 50 donagacha 8 K2 x BHM 50 dan 200 donagacha 10 200 dan 400 donagacha 15 400 dan 700 donagacha 30 700 dan 1100 donagacha 40 1100 dan 1500 donagacha 50 1500 dan 2000 donagacha 70 2000 dan 3000 donagacha 100 3000 dan 4000 donagacha 130 4000 dan 5000 donagacha 160 5000 dan 6000 donagacha 200 6000 dan 7000 donagacha 230 7000 dan 8000 donagacha 260 8000 dan 9000 donagacha 280 9000 va undan koʻproq 300 3. Summa Koʻrsatkichlar 4. Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo) = 3satr x tegishli koeffitsiyent 5. Baholash obyekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh) = 4satr x tegishli koeffitsiyent 6. Baholash obyekti xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi 5 foizgacha (5 foiz ham kiradi) aksiyalar (ulush) boʻlganda = 5satr x 0,5 7. Yerdan foydalanish huquqi qiymati baholanganda 3 x BHM 8. Yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida baholanganda 10 x BHM 9. Baholash obyekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda = (5 satr+7 satr + 8 satr) x 0,5 yoki (6 satr + 7 satr + 8 satr) x 0,5 10. QQSsiz xizmatlar qiymati = (5satr+7satr+8satr) yoki (6satr+7satr+8satr) yoki 9 satr 11. QQS 12. Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda = 10 satr+11 satr M.Oʻ. Agentlik (hududiy boshqarmasi) rahbari _____________ Bosh hisobchi _____________ Baholovchi tashkilot rahbari _____________ Bosh hisobchi _____________”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda xizmatlar qiymatini aniqlash boʻyicha _______ - son K A L K U L Ya S I Ya __________________ sh. “___” ________ 20__ y. baholash boʻyicha asos raqami va sanasi: _________________________________________ (soʻm) T/r Baholash obyekti Oʻlchov birligi Koef-t (K1, K2) Qiymat Nizomga asosan baholovchi tashkilot xizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm): 1. Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) 100 m2gacha 5 K1 x BHM 100 dan 300 m2 gacha 9 300 dan 600 m2gacha 13 600 dan 1000 m2 gacha 17 1000 dan 2000 m2 gacha 21 2000 dan 3500 m2 gacha 25 3500 dan 5000 m2 gacha 29 5000 dan 7000 m2 gacha 33 7000 dan 9500 m2 gacha 37 9500 dan 12500 m2 gacha 41 12500 m2 va ortiq 45 2. Summa - Koʻrsatkichlar 3. Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo) = 2 satr x tegishli koeffitsiyent 4. Baholash obyekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh) = 3 satr x tegishli koeffitsiyent 5. Yerdan foydalanish huquqi qiymati baholanganda 3 x BHM 6. Yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida baholanganda 10 x BHM 7. Baholash obyekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda =(4 satr + 5 satr + 6 satr) x 0,5 8. QQSsiz xizmatlar qiymati = (4 satr + 5 satr + 6 satr) yoki 7 satr 9. QQS 10. Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda = 8 satr+9 satr M.Oʻ. Agentlik (hududiy boshqarmasi) rahbari ______________ Bosh hisobchi _____________ Baholovchi tashkilot rahbari ______________ Bosh hisobchi _____________”.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Boshqa davlat aktivlari baholanganda xizmatlar qiymatini aniqlash boʻyicha _______ - son K A L K U L Ya S I Ya __________________ sh. “___” ________ 20__ y. baholash boʻyicha asos raqami va sanasi: ________________________________________ (soʻm) T/r Baholash obyekti Oʻlchov birligi Koef-t (K1, K2) Soni (S) Qiymat Nizomga asosan baholovchi tashkilot xizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm): 1. Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar 1 birlik 2 K3 x BHM x S 2. Transport vositalari 1 birlik 1,5 K3 x BHM x S 3. Instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar 1 birlik 0,5 K3 x BHM x S 4. Summa - Koʻrsatkichlar 5. Kamaytiruvchi koeffitsiyent (Kk) = 4 satr x 0,05 6. Bazaviy hisoblash miqdori = 5 satr+BHM 7. Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo) = 6 satr x tegishli koeffitsiyent 8. Baholash obyekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh) = 7 satr x tegishli koeffitsiyent 9. Baholash obyekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda = 8 satr x 0,5 10. QQSsiz xizmatlar qiymati 8 satr yoki 7 satr 11. QQS 12. Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda =10 satr+11 satr M.Oʻ. Agentlik (hududiy boshqarmasi) rahbari ______________ Bosh hisobchi _____________ Baholovchi tashkilot rahbari ______________ Bosh hisobchi _____________”.
