Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4845-son)
29.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyot sohalarida va aholi punktlarida hosil boʻladigan maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, chiqindilarni qayta ishlashda yuqori texnologiyalar qoʻllaniladigan ishlab chiqarishlarni joriy etish, shuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratish orqali ushbu sohaga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududlarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikning yangi modelini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bunda, davlat sherigi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlinmalari bilan xususiy sherik oʻrtasida tuziladigan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq:
a) davlat sherigi tomonidan:
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun tegishli hududlar xususiy sherikka biriktirib beriladi;
davlat korxonalari hisobidagi bino va inshootlar, shu jumladan chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash konteynerlari (oʻzaro kelishuv boʻyicha boʻlib toʻlash tartibida sotib olingan konteynerlar bundan mustasno) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishi uchun, mazkur obyektlarni joriy va kapital taʼmirlash, uskunalarni ishchi holatda saqlash, ushbu mulklar boʻyicha belgilangan soliqlarni toʻlash hamda chiqindilar bilan bogʻliq infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha texnologiyalarni tatbiq etgan holda qoʻshimcha ravishda kapital qoʻyilmalar va investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatga begʻaraz foydalanishga beriladi;
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy sherikka 10 yil muddatga bir yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda sotiladi hamda loyiha yakuni boʻyicha toʻlovlar toʻliq toʻlab boʻlinganidan soʻng ularni tasarruf etish huquqi xususiy sherikka oʻtkaziladi;
b) xususiy sherik tomonidan quyidagi majburiyatlar olinadi:
oʻziga biriktirib berilgan hududda yashovchi aholining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;
davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq investitsiyalar kiritish va sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish;
maxsus avtotransport vositalari va texnikalari harakati hamda chiqindi poligonlarini real vaqt rejimida davlat sherigi tomonidan nazorat qilish imkonini yaratish;
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan tasdiqlangan narxlarda majburiy toʻlovlar yigʻilishini va ularning hisobini yuritish boʻyicha davlat sherigi tomonidan yaratilgan yagona elektron tizimga ulanilishini taʼminlash;
davlat-xususiy sheriklik bitimida belgilangan muddatlarda chiqindilarni saralash (qayta ishlash) texnologiyalarini oʻrnatib, ishga tushirish.
2. 2020-2021-yillarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) quyidagilarga erishilishini taʼminlasin:
aholini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olish darajasini joriy yil yakuniga qadar 90 foizga, 2021-yil yakuniga qadar 100 foizga yetkazish;
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini joriy yil yakuniga qadar 21,8 foizga, 2021-yil yakuniga qadar 36,5 foizga yetkazish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish sohasida xususiy sektor ulushini 2022-yil yakuniga qadar 50 foizga yetkazish;
b) davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni, shuningdek, chiqindi toʻplash konteynerlarini sotishdan kelib tushadigan mablagʻlarni hududiy “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanishini va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining maxsus bank hisob raqamida jamlanishini taʼminlasin hamda ularni maxsus avtotransport vositalari va texnikalar parkini yangilashga, shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan davlat kafilligi ostida olinadigan kredit mablagʻlari boʻyicha majburiyatlarni soʻndirishga yoʻnaltirsin.
4. Belgilansinki 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narxlarda amalga oshiriladigan alohida xizmatlar uchun toʻlovlar bundan mustasno) dastlab narxlarni (tariflarni) tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan maʼqullanganidan soʻng tasdiqlanadi;
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat koʻrsatish uchun belgilangan tartibda biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash (sotib olish, qabul qilish) mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi (mazkur hududda qayta ishlovchi tashkilotlarning ikkilamchi xom ashyoni oʻzlariga tegishli shoxobchalar orqali sotib olishi yoki qabul qilishi bundan mustasno);
maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini koʻrsatish jarayonida, shuningdek, maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalari va saralash punktlaridan maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish taqiqlanadi;
maishiy chiqindilarni tashish, saralash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega klasterlarning yangilanib boruvchi roʻyxati, shuningdek, ularga xizmat koʻrsatish uchun biriktirib berilgan hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan shakllantiriladi hamda uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
a) binolar va inshootlar, shu jumladan yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash yoki buzish ishlarida (keyingi oʻrinlarda — qurilish ishlari) hosil boʻladigan qurilish chiqindilari birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi;
b) qurilish ishlari amalga oshirilayotgan obyekt joylashgan hududda (tuman yoki shahar) qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega korxonalar mavjud boʻlmagan taqdirdagina ularni belgilangan tartibda chiqindi poligonlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi;
v) qurilish ishlari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha loyihaviy yechimlar nazarda tutiladi;
g) yangi quriladigan koʻp xonadonli uylar joylashishi rejalashtirilgan turar joy zonalarida:
maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalarini tashkil etishga boʻlgan talab maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida mazkur hududga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan tashkilot bilan birgalikda oʻrganiladi va qurilish uchun yer uchastkalarini ajratish (tanlash) materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga taʼsirini baholash materiallarida nazarda tutiladi;
xonadonlar soni 300 tadan ortiq boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalari bilan taʼminlanmagan boʻlsa, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilmaydi;
d) qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻlgan qurilish chiqindilarining mulkdori boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarda hosil boʻladigan chiqindilarni saralangan holda toʻplash va vaqtincha saqlash;
qurilish chiqindilarini ularni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga topshirish, realizatsiya qilish yoxud bu ishlarni oʻz kuchi bilan amalga oshirish;
qurilish chiqindilari poligonlarga joylashtiriladigan taqdirda chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar yoki chiqindi poligoniga ega boʻlgan tashkilotlar bilan tegishli shartnoma tuzish;
e) qurilish chiqindilarini tashish bilan shugʻullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar mazkur xizmatlarni koʻrsatishda ularning qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga topshirish (realizatsiya qilish) yoxud chiqindi poligoniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
6. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan maqsadli indikatorlar 4.1 — 4.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son qarori bilan tashkil qilingan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga (Ramatov) mazkur bandda nazarda tutilgan manzilli dasturlarga va maqsadli indikatorlarga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
aholi tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining oʻn besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida yuborilgan fotosuratlar va videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Davlat ekologiya qoʻmitasi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar barcha hududlardagi aholiga atrof-muhit, shu jumladan maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlar holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan Internetdagi maxsus axborot tizimini yaratish hamda har bir xabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimining joriy qilinishini taʼminlasin;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda ekologik tarbiya va targʻibotni samarali tashkil etish hamda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilsin;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish holati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahlil va media materiallarini tayyorlash, ekologik madaniyatni oshirish, huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish choralarini kuchaytirsin;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirsin.
9. Davlat ekologiya qoʻmitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida zamonaviy koʻnikmalar asosida chiqindilarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi xodimlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni hamda bu borada ishsiz fuqarolarning bandligini;
chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet eldan yangi texnologiyalar jalb etilgan taqdirda, ulardan foydalanishga oʻrgatish boʻyicha “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlaridagi taʼlim jarayonlariga mazkur texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar vakillari yoki ulardan foydalanish koʻnikmalari mavjud boʻlgan yetuk xorijiy mutaxassislar, shu jumladan videokonferensaloqa vositalari orqali jalb etilishini taʼminlab borsin.
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻysin.
Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvarga qadar maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan xususiy tashkilotlar mutaxassislarini Markazda qayta tayyorlash va malakasini oshirish xarajatlarining 50 foizi Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzavtosanoat” AK bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada ishlab chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni tashishga moʻljallangan maxsus texnikalar tannarxlarini qayta koʻrib chiqib, ularni pasaytirish choralarini koʻrsin.
12. Davlat ekologiya qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasiga 2021-yil 1-yanvarga qadar:
maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun jarima sanksiyalari miqdorini oshirish, maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Qurilish vazirligi bilan birgalikda Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
yangi tahrirdagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini kiritsin.
13. Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan oʻz tizimidagi tashkilotlar oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorlik holatini tahlil qilsin hamda ularni kamaytirish yuzasidan zarur choralarni amalga oshirsin;
2021-yildan boshlab budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha kommunal xizmatlar haqini toʻlash va chiqindi konteynerlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarga yetarli budjet mablagʻlari nazarda tutilishini nazorat qilsin.
15. Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mazkur qaror quyidagi tartibda ijro etilsin:
v) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Gʻ. Xoljigitov:
loyiha tashabbuskorlariga davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan aniq loyihalarning konsepsiyalari, bitimlari hamda tender hujjatlarini ishlab chiqishda koʻmaklashsin;
mazkur sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalari bajarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshirsin;
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari:
tegishli hududlarda davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishida tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashsin;
mazkur qarorning 4.1 — 4.13-ilovalariga muvofiq 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maqsadli indikatorlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlasin;
2021-yilda mahalliy budjetlar hisobidan qurilgan va xususiy sheriklar jalb etilmagan poligonlarni boshqarishni Davlat ekologiya qoʻmitasining “Toza hudud” davlat unitar korxonalariga topshirishni taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
17. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-sentabr,
PQ-4845-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga1-ILOVA
2020-2021-yillarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida xususiy sherik tomonidan qoʻshimcha xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalari va texnikalar xususiy sherikka mulk huquqi asosida rasmiylashtiriladi.
1) DXSH loyihalari parametrlari dastlabki hisob-kitoblarga tayangan boʻlib, mazkur loyihalarni amalga oshirish boʻyicha DXSH bitimi ular boʻyicha tasdiqlangan “Loyihani baholash hujjatlari”ga asosan, belgilangan tartibda imzolanadi va amalga oshiriladi.
2) DXSH loyihasiga ikki yoki undan koʻp talabgorlar mavjud boʻlsa.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.2-ILOVA
Andijon viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.3-ILOVA
Buxoro viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.4-ILOVA
Jizzax viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.5-ILOVA
Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.6-ILOVA
Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.7-ILOVA
Namangan viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.8-ILOVA
Samarqand viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.9-ILOVA
Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.10-ILOVA
Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.11-ILOVA
Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.12-ILOVA
Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga4.13-ILOVA
Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 2020-2021-yillarda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
MAQSADLI INDIKATORLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qaroriga5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3730-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari (keyingi oʻrinlarda — hududlar) tadbirkorlik subyektlariga chiqindi toʻplash shoxobchalari va tutash hududlarida lozim darajadagi tozalikni taʼminlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berish tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yoʻli bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida amalga oshiriladi”;
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. 2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga:
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar sotib oladigan, mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi maxsus avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻimlardan;
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar boʻshayotgan mablagʻlarni ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda yer soligʻidan;
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tovarlarni qadoqlash va joylash-oʻrash uchun biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanish uchun oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kirilgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari);
maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kirilgan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qaroriga 7-ilova:
a) “Buxgalteriya hisobi boʻlimi — 2” blokidan keyin “Davlat-xususiy sheriklikni joriy etish boʻlimi — 4” bloki bilan toʻldirilsin;
b) “25 nafar” soʻzlari “29” nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
