“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (222-I-son)
26.04.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
qonunlarni “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirishga doir takliflarni Oliy Majlisga kiritsin;
hukumat qarorlarini “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid keluvchi oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini hamda bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
222-I-son
