Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3188-1-son)
29.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3188-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-oktabrdagi 106, 2019-59-son qarori (roʻyxat raqami 3188, 2019-yil 29-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2019-y., 10/19/3188/3969-son) bilan tasdiqlangan Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. Ishmetov
Toshkent sh.,
2020-yil 22-sentabr,
43-son
Rais Sh.D. Kudbiyev
Toshkent sh.,
2020-yil 22-sentabr,
2020-37-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 22-sentabrdagi 43 va 2020-37-son qaroriga ILOVA
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida” pozitsiyasidagi “8 600” va “10 200” raqamlari tegishli ravishda “9 400” va “11 200” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. “Konyak, 1 litr tayer mahsulot uchun soʻm hisobida” pozitsiyasidagi “31 000” va “36 600” raqamlari tegishli ravishda “33 000” va “39 000” raqamlari bilan almashtirilsin.
3. “Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida” pozitsiyasidagi “22 000” va “26 000” raqamlari tegishli ravishda “24 000” va “28 500” raqamlari bilan almashtirilsin.
