Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (560-son)
17.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boʻstonliq tumani hududida boʻsh turgan, samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish hamda ular negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini yaratish, shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish va hududning turistik jozibadorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasining Boʻstonliq tumani hududida davlat tashkilotlariga hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlari negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va tezkor ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, moliyaviy tashkilotlar va investorlar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga qarashli boʻsh turgan va xususiy sektorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Boʻstonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qilish infratuzilmasiii rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
mazkur qarorga 1-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga boʻlish, birlashtirish va savdodan yechish Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
mazkur qarorga 2-ilovada qayd etilgan obyektlarni sotishda investitsiya majburiyatlari va amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek, ularni loyiha institutlarini jalb etgan holda lotlarga boʻlish va birlashtirish “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
obyektlarni lotlarga boʻlish va birlashtirish uchun loyiha institutlarining xarajatlari Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotib olingan obyektlar va yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari investorlarga, istisno tariqasida, Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtirib beriladi;
mazkur qarorga 1 — 3-ilovalarga kiritilgan obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar rahbarlari bino va inshootlar sotilgunga qadar ularning oʻzgaga berilmasligi va butligini taʼminlash uchun shaxsan masʼul hisoblanadi;
mazkur qarorga 1 va 3-ilovalarga kiritilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi, shuningdek boʻsh turgan yer maydonlariga boʻlgan huquqni sotishdan tushadigan mablagʻlar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari) toʻliqligicha Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
4. Vazirliklar va idoralar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bir oy muddatda 1 — 3-ilovalarda nazarda tutilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda Agentlikka topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirsin.
Bunda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga tegishli bino va inshootlarni Agentlikka berish masalasi belgilangan tartibda ularning tegishli boshqaruv organlari qarorlariga asosan barcha aksiyadorlar (ishtirokchilar) manfaatlarini inobatga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan, ustav kapitalidagi (ustav fondidagi) davlat ulushini kamaytirish orqali amalga oshiriladi.
5. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
mazkur qarorga 1-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlarini bajarish majburiyatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini;
mazkur qarorga 2-ilovaga kiritilgan obyektlar ularning negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etishning aniq shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy tashkilotlari bilan tuziladigan hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan sotilishini;
mazkur qarorga 3-ilovaga kiritilgan obyektlar belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
6. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 4-ilovada koʻrsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish manbaini aniqlasin va ularning amalga oshirilishini nazorat qilib borsin.
7. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 4-ilovada koʻrsatilgan muhandislik infratuzilma loyihalarining oʻz muddatida amalga oshirilishi boʻyicha qatiy nazorat oʻrnatsin va har oyning 5-kunigacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasiga axborot kiritib borsin.
Belgilansinki, turizm obyektlari, shu jumladan, qurilayotgan va mavjud mehmonxona hamda barcha bino va inshootlarda qurilish ishlari yuqori va past kuchlanishli elektr havo tarmoqlari muhofaza masofasi saqlangan holda amalga oshiriladi.
8. Agentlik Kasaba uyushmalari federatsiyasi Xalq taʼlimi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini samarali boshqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
9. “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
10 kun muddatda Boʻstonliq tumanida vaqtinchalik aholi dam olish maskanlarini tashkil etish uchun yengil konstruksiyali koʻchma qurilmalar joylashtiriladigan yer uchastkalari (Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi tasarrufidagi yerlar bundan mustasno) belgilangan tartibda “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi zaxirasiga olinishini;
20 kun muddatda ijaraga berish uchun ular “E-auksion” elektron savdo platformasining auksion savdolariga qoʻyilishini taʼminlasinlar.
10. Agentlik “Chorvoq” erkin turistik zonasi Direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda “Burchmullo” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Oʻgam-Chotqol” davlat milliy tabiat bogʻi boshqarmasining “Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan davlat obyektlari negizida turistik majmua tashkil etilayotganligi sababli “Oʻgam-Chotqol” davlat milliy tabiat bogʻi boshqarmasining “Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligiga boshqa obyektni ajratish chorasini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda tumanning turistik xaritasini ishlab chiqish hamda barcha turizm obyektlarining (umumiy ovqatlanish, kafe, restoran, savdo, sihatgoh, mehmonxona, oilaviy uy mehmonxonalari, bolalar dam olish maskanlari, kuzatuv markazlari va boshqa xizmat koʻrsatuvchi joylar) Yandeks, Maps.Me, Google Maps kabi elektron xaritalarda koordinatalari (joylashuv nuqtalari) belgilanishini taʼminlasin;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Boʻstonliq tumani hokimligi hamda obyektlarni balansda saqlovchi tashkilotlar murojaatiga asosan mazkur qarorga ilovalarga kiritilgan obyektlarning kadastr hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Qurilish vazirligi Transport vazirligi va Boʻstonliq tumani hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Chorvoq suv ombori atrofida vertolyot qoʻnish maydonchasi, yirik avtoturargoh, ovqatlanish va savdo shoxobchasi, zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etishni inobatga olgan holda, taklif loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi Agentlik bilan birgalikda sotilishi belgilangan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlasinlar.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
560-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 1-ILOVA
Zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI*
T/r Obyekt nomi Joylashgan manzili Yer maydoni, ga Bino va inshoot maydoni, kv.m Idoraviy mansubligi Balansda saqlovchi 1. Foydalanilmayotgan eski bino “Boladala” MFY, Mirza Tursunzoda koʻchasi 0,71 354,0 Xalq taʼlim vazirligi Boʻstonliq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 2. Irrigatsiya institutiga qarashli poligon binosi “Novobod” MFY 3,00 500 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjalpgi mexanizatsiyalash muhandislari instituti 3. Toshkent moliya institutiga qarashli “Moliyachi” oromgohi “Novobod” MFY 5,00 3 600 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya instituti 4. “Geoburtexnika” davlat korxonasining dam olish maskani “Novobod” MFY 5,16 54 Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi 5. “Zumrad servis” MChJ “Novobod” MFY 6,76 2 832,07 “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ 6. “Chotqol” dam olish oromgohi bino va inshootlari* “Novobod” MFY 8,00 3 700 “Oʻzagrosanoat-mashxolding” AJ “Oʻzagrosanoat-mashxolding” AJ 7. “Iqtisodchi” dam olish oromgohi “Novobod” MFY 13,01 3 974 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 8. “Chotqol reabilitatsiya markazi” UK “S. Raximov” MFY 10,15 12 906 Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 9. “Avtomobilchi” dam olish oromgohi “S. Xondoyliqiy” MFY 8,45 2 144,15 Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi 10. Sobiq tibbiyot akademiyasi oromgohi “Sarbogʻ” MFY 2,00 235,44 “Oʻzstandart” agentligi Dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi 11. “Sidjak” dam olish oromgohi “Sijjak” MFY 10,00 800 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 12. “Oʻgam” oromgohi “Xumson” MFY 20,00 5 000 “Oʻztransgaz” AJ “Oʻztransgaz” AJ 13. “Gidroenergetik” sport sogʻlomlashtirish lageri “Xoʻjakent” MFY 2,5 1 116 “Oʻzgidroenergo” AJ “Gidroproyekt” AJ 15. Rangli metall institutining oromgohi “Chimboyliq” MFY 2,64 788,41 “Oʻzmetkombinat” AJ “Ranglimetal-elektroloyiha” 16. “Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MChJ “Chimboyliq” MFY 5,90 2 746,20 “Oʻzavtosanoat” AK “Oʻzavtosanoat” AK 18. Sobiq tayanch punkti binosi va uning atrofidagi hudud “Chimyon” MFY 3,0 354,0 Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompanyasi” DUK 19. Beldirsoy oromgohi “Chimyon” MFY 46,10 9 628 Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar hokimligi 20. Chorvoq oromgohi (Piramida) “Chimyon” MFY 72,00 Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK Toshkent shahar hokimligi qoshidagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUK 21. “Anhor Sayli” oromhogi (sobiq “Aziz” oromgohi) “Qoronqul” MFY 1,22 1 736,00 “Oʻzbektemiryoʻllari” AJ “AnhorSayli” MChJ (taʼsischi: “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ — 92,3%, “O`ztemiryo`lmashta`mir” AJ — 7,7%) 22. “AnhorSayli” oromhogi (sobiq “Kazbek” oromgohi) “Qoronqul” MFY 1,40 2 095,00 “Oʻzbektemiryoʻllari” AJ “AnhorSayli” MChJ (taʼsischi: “O`ztemiryo`lkonteyner” AJ — 92,3%, “O`ztemiryo`lmashta`mir” AJ — 7,7%) 23. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutiga qarashli “Soyliq” oromgohi “Kichiksoy” MFY 5,91 3 516,16 Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 24. Kosmos sogʻlomlashtirish oromgohi “Koʻktoʻnli” MFY 13,76 1 308 Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi 25. Gʻazalkent Suvoqova bino-inshootlari va yer maydonlari “Qizil suv” MFY, Toshkent koʻchasi 8,70 96,0 “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Boʻstonliq tumani hokimligi 26. “Lingvist” sport sogʻlomlashtirish oromgohi “Xumson” MFY 0,04 2,4 Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti
Izoh: * “Chorvoq” erkin turizm zonasi Maʼmuriy kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Chorvoq” erkin turizm zonasi Direksiyasi taklifiga asosan roʻyxatga qoʻshimchalar kiritish vakolati beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 2-ILOVA
Zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va investitsiya kiritish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, moliyaviy tashkilotlar va investorlar oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida investorlarga “nol” xarid qiymatida sotiladigan davlat mulki obyektlari*
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Joylashgan manzili Yer maydoni (ga) Bino-inshoot maydoni (kv. m) Idoraviy mansubligi Balansda saqlovchi Masʼul bank Burchmulla loyihaviy zonasi 1. “Burchmullo” davlat oʻrmon xoʻjaligining yordamchi xoʻjaliklari “Burchmullo” MFY 0,75 1 100,0 Oʻrmon hoʻjaligi davlat qoʻmitasi “Burchmullo” oʻrmon xoʻjaligi Asaka bank 2. Oʻquv-amaliyot poligoni “Burchmullo” MFY 1,49 488,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti 3. “Burchmullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasi “Burchmullo” MFY 2,20 4 802,0 Toshkent viloyati hokimligi” Boʻstonliq tuman hokimligi 4. Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli bino “Burchmullo” MFY 2,20 1 200,0 Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “Burchimullo” oʻrmon xoʻjaligi 5. Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli Burchmulla poligoni “Burchmullo” MFY 4,00 1 502,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Chimyon loyihaviy zonasi 6. Qurilishi tugallanmagan 52-son oromgoh “Chimyon” MFY 7,0 5 000,0 Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompaniyasi” DUK Milliy bank, avval xususiylashtirib olgan tadbirkorlik subyektlari** 7. Qurilishi tugallanmagan bino “Chimyon” MFY 10,0 14 000,0 Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiring kompaniyasi” DUK Nanay va Yakkatut loyihaviy zonasi 8. Tuman Xalq bankiga karashli 16-son shoxobcha “Nanay” MFY 0,01 50,4 “Xalq banki” AJ “Xalq banki” AJ Xalq banki 9. Pochta binosi “Nanay” MFY 0,11 236,0 “Oʻzbektelekom” AJ “Oʻzbektelekom” AJ 10. Polvonak MTP “Nanay” MFY 0,22 238,0 “Oʻzagrotexservis” AJ Toshkent “Agroservis” MTP 11. Yoshlar oromgohi (sobiq Kamolot) “Nanay” MFY 2,50 663 Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligi Ipoteka bank 12. Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli oʻquv amaliyoti poligoni “Yakkatut” MFY 2,48 1 396,0 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Aloqa bank Boshqa loyihaviy zonalar 13. Dam olish maskani “Qoramozor” MFY 3,83 387,0 Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Oʻzsanoat-qurilishbank 14. Toshkent oromgohi “Chimyon” MFY 5,0 727,0 “Toshkent oromgohi” DUK Toshkent shahar hokimligi Oʻzsanoat-qurilishbank 15. Sobiq karlar jamiyatiga qarashli qurilishi tugallanmagan obyekt Novobod MFY 10 300 Tuman hokimligi Tuman hokimligi Kapital bank 16. 125-son avtobazaga qarashli sobiq avtoturargoh Novobod MFY 4 100 Tuman hokimligi Tuman hokimligi Aloqa bank 17. Geologiya dam olish oromgohi “Yangiqoʻrgon” MFY 1,00 373,53 Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Kapital sugʻurta kompaniyasi 18. Rohat oromgoxi “Xumson” MFY 2,00 300 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Davr bank
Izoh: * Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlariga bir oy muddatda ushbu obyektlar negizida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish boʻyicha, jumladan, investorlarni jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini (loyihalarni amalga oshirishning muddati ikki yildan oshmaslik sharti bilan) tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etiladi.
** Avval xususiylashtirib olgan tadbirkorlik subyekti tomonidan loyihani amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda ushbu obyektlar boʻyicha toʻlangan mablagʻlar “NBU Invest Group” AJ tomonidan qoplanadi hamda loyiha belgilangan muddatda bank tomonidan boshqa tadbirkorlik subyektini jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirliklar va idoralar hamda davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga qarashli boʻsh turgan va xususiy sektorga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladigan davlat mulki obyektlari
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Joylashgan manzili Yer maydoni (ga) Bino-inshoot maydoni (kv.m) Idoraviy mansubligi Balansda saqlovchi nomi 1. Doʻkon binosi “Yoshlik” MFY, Nurchilar koʻchasi 0,01 20,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 2. Omborxona binosi “Bogʻiston” MFY, Tagiqalʼa koʻchasi hududi 0,01 32,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 3. Aloqa binosi “Markaziy” MFY, Amir Temur koʻchasi 0,01 64,0 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Oʻzbekiston pochtasi” AJ 4. Savdo doʻkoni “Sari Qonli” MFY, Sari-Qonli koʻchasi 33 uy, (Dumaloq) MFY 0,01 70,0 “Xalq banki” “Xalq banki” 5. Sobiq kutubxona binosi “Xumson” MFY, Subqadam koʻchasi 0,01 72,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 6. Savdo doʻkoni “Bogʻiston” MFY 0,01 110,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 7. Boʻsh turgan doʻkon binosi “Boladala” MFY 0,01 144,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 8. Boʻsh turgan Qozonxona binosi “Markaziy” MFY 0,02 20,0 Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Boʻstonliq tumani “Issiqlik manbai” filiali 9. Sobiq FAP binosi “Qizil suv” MFY, Jomboyota koʻchasi 0,02 81,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 10. Qurilishi tugallanmagan klub binosi “Koʻktoʻnli” MFY, Markaziy koʻcha 0,02 85,0 Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 11. Savdo doʻkoni (10-son doʻkon) “Bogʻiston” MFY 0,02 126,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 12. Foydalanilmayotgan (sobiq) 19-son maktab binosi “Xumson” MFY, Hamdom buloq koʻchasi 64 uy 0,02 160,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 13. Agrofirma binosining bir qismi “Sari Qonli” MFY, Sari Qonli koʻchasi 0,03 150,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 14. “Suvoqova” MChJ binosi “Yakkatut” MFY, Xoʻjaqoʻrgʻon koʻchasi 0,03 189,0 “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Suvoqova” MChJ 15. 29-son maktabning qurilishi tugallanmagan sport zali binosi “Achchisoy” MFY 0,03 340,0 Xalq taʼlimi vazirligi Boʻstonliq tumani xalq taʼlimi boʻlimi 16. Qurilishi tugallanmagan bino “Boʻston” MFY 0,03 360,0 Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Boʻstonliq tumani “Issiqlik manbai” filiali 17. Sobiq savdo doʻkoni “Uzun” MFY, Ispay qishlogʻi 0,04 89,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonlik taʼminot savdo” DUK 18. Eski sobiq molxona binosi “Piskom” MFY, Quruqsoy mahallasi 0,04 444,0 Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Burchmullo oʻrmon xoʻjaligi 19. “Boʻstonliq tuman gaztaʼminot” AJning foydalanilmayotgan bino va inshootlari “Pargo” MFY 0,6 120,0 “Oʻztransgaz” AJ “Boʻstonliq tuman gaztaʼminot” AJ 20. Eski sobiq QVP binosi “Algabas” MFY, Qoramanas koʻchasi 0,06 130,0 Sogʻliqni saqlash vazirligi Boʻstonliq tuman tibbiyot birlashmasi 21. Nanay qishlogʻida boʻsh turgan FYOQSH binosi “Nanay” MFY 0,07 37,0 “Oʻzbekneftegaz” AJ “Kuchlik neft bazasi” UK 22. Omborxona binosi “Tovoksoy” MFY, Kumushsoy koʻchasi 0,07 600,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 23. Boʻstonliq tumani “Issiqlik manbai” ICHK maʼmuriy binosining bir qismi “Markaziy” MFY, Maxtumquli 1 uy 0,08 200,0 Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Boʻstonliq tumani “Issiqlik manbai” filiali 24. Boʻsh turgan omborxona binosi “Boladala” MFY Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 0,08 385,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 25. “Boʻstonliq agroservis MTP” MChJ oshxonasi “Tallin” MFY, S. Rahimov koʻchasi 0,08 405,0 “Oʻzagrotexservis” AJ “Boʻstonliq agroservis MTP” MChJ 26. Pochta binosi “Bogʻiston” MFY 0,10 206,0 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Oʻzbekiston pochtasi” AJ 27. Klub binosi “S. Rahimov” MFY 0,11 1 075 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 28. Bush turgan doʻkon va klub binosi “Boladala” MFY Mirzo Tursunzoda koʻchasi 0,15 178,0 Boʻstonliq tumani hokimligi “Boʻstonliq taʼminot savdo” MChJ 29. Foydalanilmayotgan 18-son musiqa va sanʼat maktabining bino va inshootlari “Doʻstlik” MFY 0,15 473,2 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 30. Foydalanilmayotgan 37-son maktabning eski binosi “Yangiqoʻrgʻon” MFY 0,20 350,0 Xalq taʼlim vazirligi Boʻstonliq tumani Xalq taʼlimi boʻlimi 31. Eski ferma “Namuna” MFY, Galavasoy 0,20 752,0 “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Suvoqova” MChJ 32. Foydalanilmayotgan (sobiq) 44-son maktab binosi “Nanay” MFY 0,23 444,6 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 33. Sobiq viloyat yoʻl harakati xavfzlik boshqarmasiga qarashli post patrul xizmati binosi “Namuna” MFY 0,35 180 Boʻstonliq tumani hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 34. Foydalanilmayotgan sobiq bolalar bogʻchasi binosi “Nanay” MFY 0,35 418,4 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi 35. Foydalanilmayotgan (sobiq) 14-son maktab binosi “Qizil suv” MFY, Jomboyota koʻchasi 0,50 180,0 Toshkent viloyati hokimligi Boʻstonliq tumani hokimligi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 4-ILOVA
Boʻstonliq tumani hududida muhandislik-kommunikatsiya va ekologiyani muhofaza qilish infratuzilmasini rivojlantirishga doir
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Amalga oshiriladigan ishlar Quvvati Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm)* Qurilish ishlarini yakunlash muddati Masʼullar Ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari infratuzilmasini tezkor rivojlantirish 1. “Chimyon” MFY hududida ichimlik suv tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. 4 ta obyekt 22 km 36 900 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qiskartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 2. “Chimyon” MFY hududida oqova suvi tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. 1 ta obyekt 25 km 10 220 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 3. Yusufxona qishlogʻi suv taʼminoti va oqova suvlarini optimallashtirish tizimini qurish. suv kuvuri 2,5 km, oqova suvlari kuvuri 3 km, 2 ta obyekt 9 000 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirlish, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 4. “Chotqol” oqova suvlari kollektorini qurish. 5,0 km 8 000 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstoiliq tumani hokimligi 5. “Xumson” va “Chorbogʻ” MFYlar hududlarida ichimlik suv tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. 5 ta obyekt 66 km 53 600 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 6. Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yangiovul”, “Chaxcham”, “Qoramozor”, “Gijol”, “Gʻalvasoy”, “Uchterak” MFYlarda yashovchi aholini markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlash. 6 ta obyekt 39,5 km 11 500 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 7. “Nanay”, “Bogʻiston” va “Boladala” MFY hududlarida aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida ichimlik suv quvurini oʻtkazish. 3 ta obyekt 35,8 km 38 400 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 8. “Sijjak-Chorbogʻ” oqova suv tizimini qurish. Turistik zonani kelajakda rivojlanishini hisobga olib ichimlik suv quvurini oʻtkazish. 1 ta obyekt 20 km 13 000 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 9. “Xumson” va “Chorbogʻ” MFY hududlarida oqova suv tizimlarini kurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. 5 ta obyekt 35 km 14 200 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi 10. “Yakkatut” MFY hududlarida oqova suvi tizimlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish. Aniqlanmoqda Aniqlanmoqda 2021-2022-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iktisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni kisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Boʻstonliq tumani hokimligi Yoʻl-transport infratuzilmasini tezkor rivojlantirish 11. 4R6 “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 51 — 92 km orasidagi masofani joriy taʼmirlash. Piyodalar uchun yoʻlaklar qurish temir-beton lotok oʻrnatish, yoʻlni jihozlash, yul qoplamasini karta usulida joriy taʼmirlash, tungi yoritish tizimini joriy taʼmirlash. 29,6 km 24 876 30.12.2021-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 12. 4R10 “Chorbogʻ suv ombori aylanma yoʻli” avtomobil yoʻlining 22 — 32 km orasida yoʻl qoplamasini asfalt-beton bilan taʼmirlash, piyodalar uchun yoʻlak qurish, yoʻlni jihozlash. 10 km 9 100 30.10.2021-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 13. 4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ koʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 73 km da piyodalar uchun yer osti yoʻli qurish. 1 dona 2 400 30.10.2020-y. Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Boʻstonliq tumani hokimligi 14. 4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 71 — 74 km oraligʻida toʻla taʼmirlash ishlari tarkibida yoʻlning 73-74 km oraligʻida yoʻlni chap tomonga kengaytirish orqali yoʻlda toʻrt tasmali harakat tashkil qilish ishlarini yakunlash. 1 km 8 200 30.12.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 15. 4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — Gʻazalkent sh. — Chorbogʻ qoʻrgʻoni” avtomobil yoʻlining 53,8 km. da “Oqsoqota” koʻprigini qayta tiklash. 1 dona 8 259,7 30.11.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 16. 4R11 “Gʻazalkent sh. — Qizilsuv q. — Chorbogʻ maskani” avtomobil yoʻlining 0 — 8 km oraligʻida yoʻl qoplamasini asfalt-beton bilan taʼmirlash (karta usulida). Yoʻlning 15 — 17 km oraligʻidagi qoplamani taʼmirlash. 10 km 1 005 30.10.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 17. 4R6G “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 6 — 8 km qismini joriy taʼmirlash, metall toʻsiq oʻrnatish, qoplamani karta usulida joriy taʼmirlash va yoʻlni jihozlash. 2 km 1 300 30.10.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 18. 4R6D “Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon k.” avtomobil yoʻlining 0 — 2 km qismini joriy taʼmirlash. 2 km 1 430 30.10.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 19. 4N692 “Gʻazalkent sh. — Qoramozor q. — Marmar koni” avtomobil yoʻlining 0 — 9 km qismining yoʻl qoplamasini karta usulida taʼmirlash. 9 km 2 315,25 30.10.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 20. 4K794 “4R10 avtomobil yoʻli — Xumsan qishlogʻi” avtomobil yoʻlining 0 — 8 km qismini joriy taʼmirlash. Piyodalar uchun yoʻlak qurish temir-beton lotok oʻrnatish yoʻlni jihozlash, tungi yoritish tizimini joriy taʼmirlash 1-guruh metall toʻsiq oʻrnatish, monolit temir-beton toʻsiq qurish. 8 km 5 250 30.12.2021-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 21. “Amirsoy” togʻ-changʻi kurortiga olib boruvchi yangi avtomobil yoʻlini qurish ishlarini davom ettirish va yakunlash. 4,2 km 14 700 31.12.2020-y. Moliya vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi Chimyon loyiha zonasi 22. “Chimyon” MFY hududidagi 4R6G avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash (Qurilishi tugallanmagan 52-son oromgohi). uzunligi 0,05 km, kengligi 4,5 m 33,8 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 23. “Chimyon” MFY hududidagi 4R6G avtomobil yoʻlini joriy taʼmirlash (qurilishi tugallanmagan bino). uzunligi 0,05 km, Kengligi 4,5 m 33,8 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi Burchmulla loyiha zonasi 24. “Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29 km qismidagi (Oʻquv amaliyot poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,81 km, kengligi 4,5 m 656,1 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 25. “Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29 km qismidagi (“Burchumullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasi) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,310 km, kengligi 5 m 232,5 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 26. “Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29,8 km qismidagi (Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli obyekt) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,1 km, kengligi 3,5 m 52,5 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 27. “Burchmullo” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 29,4 km qismidagi (Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli Burchumulla poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,15 km, kengligi 4,5 m 108,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi Boshqa loyiha uchastkalari 28. “Yakkatut” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 32,7 km qismidagi (Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli oʻquv amaliyoti poligoni) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,150 km, kengligi 5 m 120,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 29. “Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 48,1 km qismidagi (sobiq bolalar bogʻchasi binosi) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,25 km, kengligi 4 m 160,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 30. “Chimboylik” MFY hududidagi 4R11 avtomobil yoʻlining 8 km qismidagi (“Agromir Gʻazalkent” MChJ dam olish oromgohi) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,38 km, kengligi 5 m 380,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 31. “Kuktunli” MFY hududidagi 4R6V avtomobil yoʻlining 6 km qismidagi (“Kosmos” sogʻlomlashtirish oromgohi) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,12 km, kengligi 4 m 516,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 32. “Humson” MFY hududidagi 4K794 avtomobil yoʻlining 8 km qismidan oʻng tomonga (“Malika” dam olish oromgohi) yoʻlni mukammal joriy taʼmirlash. uzunligi 1,8 km, kengligi 4 m 1 860,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 33. “Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 49 km qismining chap tomonidagi (tuman Xalq bankiga qarashli 16-shoxobcha) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,2 km, kengligi 5 m 15,0 31.12.2020-y. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi 34. “Nanay” MFY hududidagi 4R10 avtomobil yoʻlining 49 km qismining chap tomonidagi (pochta binosi) yoʻlni joriy taʼmirlash. uzunligi 0,05 km, kengligi 5 m 37,5 31.12.2020-y Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi Elektr tarmoqlari infratuzilmasini tezkor rivojlantirish 35. “Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi hududidan oʻtuvchi 110 kV Chorvoq-1,2 xavo elektr uzatish tarmoqlarini “Xojikent” MFY hududidan oʻtuvchi 6,5 km qismini xavfsiz hududga koʻchirish. 6,5 km Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2020-yil IV-chorak Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonliq tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 36. “Yakkatut” MFY hududida turizmni rivojlantirish, hududdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida 110/35/10 kV podstansiya qurish. 110/35/10 kV Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 37. “Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi hududidan oʻtuvchi 110 kV Chorvoq-1,2 xavo elektr uzatish tarmoqlarini “Chimgan” MFY hududidan oʻtuvchi 8,5 km qismini xavfsiz hududga koʻchirish. 8,5 km Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2020-yil IV-chorak Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoklari” AJ “Toshkent NETK” AJ 38. Turizmni rivojlantirish, hududdagi elektr energiyasi isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida 110/35/10 kV podstansiya qurish. 110/35/10 kV Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Toshkent viloyati hokimligi, Boʻstonlik tumani hokimligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 39. “Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan elektr tarmoqlari oʻtkazilgan 275 ta yogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirish. 275 ta Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2020-yil III-chorak “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 40. “Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan 8,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini zamonaviy turdagi SIP rusumli oʻtkazgichlarga almashtirish. 8.5 km Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2020-yil III-chorak “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 41. “Chorbogʻ-Chimgan” yoʻnalishi boʻyicha yoʻl boʻyida joylashgan 12 ta TPlarning estetik holatini yaxshilash. 12 dona Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2020-yil III-chorak “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent NETK” AJ 42. “Chimyon” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan 52-sonli oromgohni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Yoshlik” PSdan chiquvchi 10 kV “Kashshof-1,2” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish. 10 k V elektr uzatish tarmogʻi 10/0,4 kV transformator punkti Loyiha-smeta Hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 43. “Chimyon” MFY hududidagi qurilishi tugallanmagan binoni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Yoshlik” PSdan chiquvchi 10 kV “Kashshof-1,2” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish. 10 kV elektr uzatish tarmogʻi 10/0,4 kV transformator punkti Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 44. “Burchumullo” MFY hududidagi “Burchumullo” zargarlik zavodining faoliyat koʻrsatmayotgan mulkiy majmuasini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/6 kV “Burchumullo” PSdan chiquvchi 6 kV “Olmos” fideridan alohida 6 kV elektr tarmoq tortish hamda 6/0,4 kV TP oʻrnatish. 6 kV elektr uzatish tarmogi 6/0,4 kV transformator punkti Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 45. “Xumson” MFY hududidagi “Malika” dam olish oromgohini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/6 kV “Dumba” PSdan chiquvchi 6 kV “Orom” fideridan alohida 6 kV elektr tarmoq tortish hamda 6/0,4 kV TP oʻrnatish. 6 kV elektr uzatish tarmogi 6/0,4 kV transformator punkti Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 46. “Nanay” MFY hududidagi “Polvonak” MTPni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Tepar” PSdan chiquvchi 10 kV “Tepar” fideridan alohida 10 kV elektr tarmoq tortish hamda 10/0,4 kV TP oʻrnatish. 10 kV elektr uzatish tarmogi 10/0,4 kV transformator punkti Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 47. “Nanay” MFY hududidagi tuman Xalq bankiga qarashli 16-sonli shohobchani elektr energiyasi bilai taʼminlash uchun 35/10 kV “Sijjak” PSdan chiquvchi 10 kV “Nanay” fideridagi 128-sonli TPning 0,4 kV qutisidan alohida kuchlanishli 0,4 kV elektr tarmoq tortish. 0,4 kV elektr uzatish tarmogʻi Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonliq tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ 48. “Nanay” MFY hududidagi pochta binosini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 35/10 kV “Sijjak” PSdan chiquvchi 10 kV “Nanay” fideridagi 128-sonli TPning 0,4 kV qutisidan alohida kuchlanishli 0,4 kV elektr tarmoq tortish. 0,4 kV elektr uzatish tarmogi Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 2021-2022-yillar Boʻstonlik tumani hokimligi, Loyiha tashabbuskori “HET” AJ, “Toshkent NETK” AJ “Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ishlarni takomillashtirish va Ekoinspeksiya nazorati tizimini tashkil etish” loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi 49. Chiqindi tashuvchi texnika ajratish. 9 dona Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 50. Assenizator texnikasini ajratish. 5 dona Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 51. Boʻstonliq tumani chiqindi poligoni faoliyatini toʻxtatish. 1 dona Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 52. Aholi va dam olish hududlarida chiqindi yigʻish maydonchalarini tashkil etish. 12 dona Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan soʻng aniqlanadi 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 53. Onlayn ekologik nazoratni amalga oshirish uchun mobil ilova ishlab chiqish. 1 dona 7 000 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 54. Gʻazalkent shahrida chiqindi qayta yuklash stansiyasini qurish. 1 dona 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 55. Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilar hisobshsh yuritish uchun tarozi oʻrnatish. 1 dona 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 56. Chiqindini qayta yuklash stansiyasidan kayta yuklangan chiqindilarni Chirchiq shahrining “Maydontol” chiqindi poligoniga joylashtirish. 102 tonna Doimiy Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 57. Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilarni qayta yuklash va “Maydontol” chiqindi poligoniga olib borish uchun maxsus shatakli texnika bilan taʼminlash. 2 dona 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 58. Chiqindini qayta yuklash stansiyasida chiqindilarni qayta yuklash uchun tirkamali konteyner bilan taʼminlash. 3 dona 01.10.2020-y. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
* Yakuniy qiymati loyiha hujjatlari tasdiqlangandan soʻng oʻzgarishi mumkin.
