Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (581-son)
23.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda bozor mexanizmlarini joriy qilish, sohada davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tugatilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlari ilovaga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;
“Oʻzagroeksportbank” ATB va “Agrobank” ATB ustav kapitallaridagi “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK ulushi Moliya vazirligiga balans qiymati boʻyicha bepul oʻtkazilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning jozibadorligini oshirish, savdoga chiqarish boʻyicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va masʼul shaxslar koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejalarini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2021-yil 1-martga qadar ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarining belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qoʻyilishini taʼminlasin;
belgilangan tartibda sotilmagan tashkilotlarning mol-mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli, jumladan, xorijiy investorlarni mazkur bandga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
4. “Oʻzbekoziqovqatxolding” XKni tugatish komissiyasi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan qarzlarning “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tizimidagi tashkilotlar omborxonalarida saqlanayotgan shakar mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan va boshqa mablagʻlar hisobiga 2021-yil 1-fevralga qadar toʻliq qoplanishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-sentabr,
581-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-sentabrdagi 581-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga balans qiymati boʻyicha bepul oʻtkaziladigan davlat ulushlari
ROʻYXATI
T/r Tashkilotlar nomi Davlat ulushi miqdori, foiz Summasi, mln soʻm 1. “Shakh Gardens” MChJ 20 4 000,0 2. “Osiyo Elga Baraka” MChJ 35,6 1 800,0 3. “Bespilotnie Texnologi” MChJ 100 1 470,0 4. “Oʻzagroeksport” AJ 18,6 1199,9 5. “Sangzor Tabiiy Sut” MChJ 100 676,6 6. “Chimboy moy” MChJ 90,2 605,8 7. “BSB Sabzavod urugʻlari” MChJ 100 550,0 8. “Yangiyoʻlyogʻmoy” AJ 3,93 332,5 9. “Dehqonsavdo” DUK 100 218,0 10. “Gallaorol-Agro-Export” MChJ 57,14 200,0 11. “Tashkent yogʻ-moy kombinati” AJ 5 196,5 12. “Anhor Company” MChJ 3,9 156,4 13. “BKQ-Besler Kristall Quvvat” MChJ 25 153,1 14. “OʻzBAT” AJ 2,59 147,6 15. “Kovar ishlab chiqarish va eksport qilish markazi” MChJ 30 108,0 16. “Angren Logistika Markazi” AJ 0,48 100,0 17. “A'lo sifat sinov laboratoriya” MChJ 100 100,0 18. “Oziqovqatzomin” MChJ 100 100,0 19. “Zamonaviy issiqxona” MChJ 100 100,0 20. “Oziqovqat-injiniring” MChJ 100 75,0 21. “Urganch goʻsht” MChJ 25 61,3 22. “MT Invest-Impeks” MChJ 6,21 54,1 23. “Shafran ilmiy tadqiqot markazi” MChJ 7,14 50,0 24. “Taʼminot markazi” MChJ 25 26,6 25. “Mandjoukov Food” MChJ 5,96 23,8 26. “Kitob anori” MChJ 6,13 23,0 27. “Choy yetishtirish rivojlantitish ilmiy-ishlab chiqarish markazi” MChJ 5,2 20,0 28. “PET Plast oil” QK MChJ 17 17,0 29. “Oziq-ovqat sanoat taʼlim servis” MChJ 100 10,2 30. “Andijan Flarup oil” QK MChJ 10 13,3 31. “Avtosanoat Agro” MChJ 0,2 7,0 32. “Semmennoy kartofel” QK MChJ 33 3,8 33. “Qishloq hayoti gazetasi” MChJ 2,5 3,0 34. “Goʻshtsutsanoat” MChJ 100 1,3 35. “Savdogarbank” ATB 0 2,3 36. “Qarshi yogʻ” QK MChJ 10 1,2
