“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4840-son)
24.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-son Farmonining ijrosini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini takomillashtirish, yoʻqotishlarni bartaraf etish, shuningdek isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash maqsadida:
1. “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender natijalariga muvofiq “Texnopark” MCHJ bilan elektron gaz hisoblagichlari va zarur boʻlgan uskunalarni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyihani amalga oshirish:
a) quyidagi asosiy yoʻnalishlar asosida jadallashtirilsin:
tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — Tizim) “ishlab chiqarish — gaz taqsimlash stansiyasi — tuman (shahar) chegarasi — yirik uchastkalar kirish qismi — isteʼmolchi” prinsipi asosida butun tarmoq boʻyicha joriy qilish;
hisoblagichlarni birinchi navbatda aholining tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarga oʻrnatish, shuningdek yirik isteʼmolchilar va tadbirkorlik subyektlarini ularning hisobidan Tizimga ulash;
aholi yashash punktlarida barcha isteʼmolchilarning (maishiy, sanoat va budjet) hisoblagichlarini hamda yirik uchastkalar kirish qismidagi hisoblagichlarni bir vaqtning oʻzida oʻrnatish va Tizimga ulash hamda tarmoqdagi yoʻqotishlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
hisoblagichlarni oʻrnatish va Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish orqali joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirish;
b) quyidagi tartibda tashkil etilsin:
“Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari evaziga 2020-yil 1-oktabrga qadar Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlarida Tizimni oʻrnatish;
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan kredit mablagʻlari evaziga 2021-yil 1-fevralga qadar Oʻrtachirchiq, Chinoz, Yuqorichirchiq, Yangiyoʻl va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻqon, Margʻilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland boʻlgan hududlarda Tizimni oʻrnatish;
2021-yil 1-avgustga qadar respublikaning boshqa hududlarida isteʼmolchilarga zamonaviy hisoblagichlarni oʻrnatib, Tizimni toʻliq joriy etish;
ikki oy muddatda yirik isteʼmolchilar, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini, 2020-yil yakuniga qadar qolgan tadbirkorlik subyektlarini ularning oʻz mablagʻlari hisobidan hamda 2021-yil 1-mayga qadar ijtimoiy soha obyektlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Tizimga ulanishini taʼminlash.
3. Loyihani moliyalashtirish va 2021-yil 1-avgustga qadar amalga oshirish uchun:
a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 1 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 4 yil muddatda qaytarish sharti bilan, 6 oylik LIBOR plyus 3 foiz yillik stavkada, imtiyozli davrda asosiy qarz boʻyicha hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinishi hisobga olinib, 150 million AQSH dollari miqdoridagi krediti jalb qilinsin;
b) quyidagilar jalb qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 27,5 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi krediti;
elektron gaz hisoblagichlarini yigʻish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlarini Italiyadan xarid qilishga yoʻnaltiriladigan Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligining sugʻurta qoplamasi ostida xorijiy tijorat banklari krediti;
Loyihaning mahalliy xarajatlarini qoplash uchun birinchi oʻrinda respublika jamgʻarmalari va mahalliy tijorat banklarining mablagʻlari va zaruratga koʻra xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarz mablagʻlari.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Energetika vazirligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar Italiyaning “SACE” davlat eksport-kredit agentligi va xorijiy moliyaviy tashkilotlar bilan muzokaralar yakunlanishini hamda zarur miqdordagi mablagʻlar jalb qilinishini taʼminlasin.
Moliya vaziriga “Hududgaztaʼminot” AJning Loyiha doirasida taʼminot boʻyicha moliya tashkilotlari, jamgʻarmalar va banklar oldidagi majburiyatlari yuzasidan tegishli kredit shartnomalarining talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berish vakolati taqdim etilsin.
4. Quyidagilar:
Loyiha doirasida elektron gaz hisoblagichlarini yetkazib berish va oʻrnatish grafiklari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda Tizimni joriy qilish grafigi 3-ilovaga muvofiq;
tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarning yirik uchastkalari kirish qismiga elektron gaz hisoblagichlarini 2020-yilda oʻrnatish grafigi 4-ilovaga muvofiq;
tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarining Loyiha maʼlumotlar bazasiga ulanish grafigi5-ilovaga muvofiq;
tabiiy gaz hisoblagichlarini oʻrnatish hamda Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha 2020-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar grafigi 6-ilovaga muvofiq;
Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhlari:
bir hafta muddatda hisoblagichlarni oʻrnatish va Tizimga ulash ishlarini tashkillashtirishga mahalla raislari va nozirlarini jalb qilish hamda tizimli ravishda aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borishni tashkil qilsin;
hisoblagichlar oʻrnatilgan xonadonlarda ishlatilgan tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish va yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish ishlarini tizimli tashkil qilsin;
hududda Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oʻrnatilgan hisoblagichlarga servis xizmatlari koʻrsatish ishlarini tashkil qilsin;
Tizimni joriy etish boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatsin;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida masʼul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini har haftada tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida hamda har oyda viloyat darajasida eshitishni tashkillashtirsin.
6. Tizim joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish komissiyasi 8-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Quyidagilar mazkur komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Tizim joriy etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Tizimni joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhlarining ishlari natijadorligini, debitor qarzdorlikni kamaytirish va noqonuniy ulanishlarga chek qoʻyish samaradorligini baholash, ushbu yoʻnalishlarda masʼul rahbarlarning lavozimga loyiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
7. Vazirlar Mahkamasi Hisob palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrdan boshlab ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan hududlarda aholiga sotilgan tabiiy gaz boʻyicha qoʻshimcha tushumlarning bir qismini “Hududgaztaʼminot” AJning har bir hudud kesimida maxsus hisob raqamlarida jamgʻarish hamda mazkur mablagʻlar hisobidan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilingan kredit mablagʻlarini qaytarish tartibini joriy qilsin.
8. Hisob palatasi tuzilmasida xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida 5 nafar shtat birligidan iborat Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy etilishini hamda hisob-kitoblar holatini monitoring qilish shuʼbasi tashkil etilsin.
Hisob palatasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
taʼminotchi korxonalarning taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz yoʻqotishlarining oʻzgarishini tahlil qilish;
elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish holati, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli, oʻzaro hisob-kitoblar va mavjud debitor-kreditor qarzdorliklarining tahlili va monitoringini olib borish, ushbu yoʻnalishlarda tegishli choralar koʻrib borish;
maxsus hisob raqamlarga pul tushumlari, ularning maqsadli sarflanishi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kredit mablagʻlari toʻliq va oʻz vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.
9. “Hududgaztaʼminot” AJ:
2021-yil 1-yanvardan boshlab tabiiy gaz hisobini toʻliq yoʻlga qoʻyish, toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirishni taʼminlash, Tizim orqali aniqlangan xatolarni tezkorlik bilan joyiga chiqib, oʻrganish va bartaraf qilish ishlarini tizimli tashkillashtirishni;
Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanishni hamda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni;
tabiiy gaz hisoblagichlarini oʻrnatish va Tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha mazkur qarorga 6-ilovadagi grafik asosida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etib, joylardagi barcha xodimlarning koʻnikma va malakasini oshirishni;
har bir tuman va shaharda hisoblagich oʻrnatish guruhlarini shakllantirish, ehtiyojga koʻra, tumanlararo mobil oʻrnatish guruhlarini tashkillashtirib, grafik asosida hududlarga jalb qilishni yoʻlga qoʻyishni;
hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan Loyiha doirasida tabiiy gaz hisoblagichlarining isteʼmolchilarga oʻrnatilishida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini va isteʼmolchilar huquqlari buzilishining oldini olishni;
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishni;
mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishining ekspertizasini yakunlab, 2020-yil 1-dekabrga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishni;
2021-yil 1-iyunga qadar Tizim bilan muvofiqlikda ishlovchi zamonaviy billing tizimi yaratilishini;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda tuman va shaharlar kesimida elektron gaz hisoblagichlari oʻz vaqtida yetkazib berilishini, shuningdek, har bir hududda hisoblagich va boshqa uskunalarni taʼmirlash va ularga servis xizmatini koʻrsatish shoxobchalari tashkil qilinishini taʼminlasin.
10. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda isteʼmolchilarning “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorliklarini undirish grafigini ishlab chiqib, uni amalga oshirish choralarini koʻrib borsin.
11. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish hamda ushbu kredit boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Energetika vazirligi Loyiha doirasida:
“Hududgaztaʼminot” AJga ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;
tabiiy gaz hisobini yuritish;
aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz yoʻqotishlarini bartaraf etish boʻyicha rejalashtirilgan natijadorlikni taʼminlash;
toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq miqdorlarda undirilishini taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
13. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi ikki hafta muddatda:
“Hududgaztaʼminot” AJning Loyiha boʻyicha majburiyatlarini hisobga olgan holda tabiiy gazni sotib olish narxlarini va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin;
respublikadagi issiqlik taʼminoti korxonalarining pul mablagʻlari taqsimoti tartibini “Hududgaztaʼminot” AJ oldidagi yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni soʻndirishni hisobga olgan holda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
14. “Hududgaztaʼminot” AJga Loyiha amalga oshirilishida, istisno tariqasida, uning texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanguniga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtgan import shartnomalari, shuningdek, mahalliy pudratchi va taʼminotchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Energetika vazirligi Loyiha oʻz vaqtida amalga oshirilishiga masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
“Hududgaztaʼminot” AJ Loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi, u asosiy qarzni toʻlaydi, tegishli mablagʻlar hisobidan foizlar, komissiyalar va kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplaydi hamda jalb etiladigan qarz va kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarga muvofiq elektron gaz hisoblagichlarining toʻliq oʻrnatilishini taʼminlaydi;
ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan muddatlardan soʻng ulgurji isteʼmolchilar bilan shartnomaviy munosabatlarga maʼlumotlarning Tizimga faqat onlayn tarzda uzatilishi taʼminlangan holda yoʻl qoʻyiladi.
16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Tizim oʻrnatiladigan hududlarda aloqa va Internet qamrovi bilan taʼminlanganlik hamda aloqa sifati texnik talablarga mosligi darajasini oʻrgansin;
bir oy muddatda barcha hududlarni aloqa va Internet qamrovi bilan 2020-yil yakuniga qadar taʼminlash hamda aloqa sifatini texnik talablarga moslashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlab borsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B.T. Turabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-sentabr,
PQ-4840-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 1-ILOVA
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi doirasida elektron gaz hisoblagichlarini yetkazib berish
GRAFIGI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 2-ILOVA
“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi doirasida elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish
GRAFIGI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 3-ILOVA
Tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish
GRAFIGI
T/r Hududlar nomi Jami oʻrnatila-digan EGH va uskunalar soni shu jumladan: 2020-yil 1sentabr holatiga amalda bajarilgan 2020-yil 2021-yil sentabr oktabr noyabr dekabr yanvar Toshkent viloyati 1 Zangiota tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 46 239 28 066 18 173 - - - - Himoya qutilar soni 14 895 5 239 9 656 - - - - Gaz bosimi rostlagichlari soni 25 552 8 575 16 977 - - - - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 30 1 29 - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 2 6 - - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 135 87 - - - - 2 Qibray tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 49 631 35 846 13 785 - - - - Himoya qutilar soni 16 374 5 760 10 614 - - - - Gaz bosimi rostlagichlari soni 24 910 8 359 16 551 - - - - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 6 6 - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 1 1 - - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 172 66 - - - - 3 Toshkent tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 39 893 23 323 16 570 - - - - Himoya qutilar soni 13 228 4 653 8 575 - - - - Gaz bosimi rostlagichlari soni 23 655 7 938 15 717 - - - - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - 2 - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 6 2 6 - - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 112 80 - - - - 4 Chinoz tuman Elektron gaz hisoblagichlar soni 23 703 - - 11 055 1 964 10 684 - Himoya qutilar soni 11 916 - - 5 653 855 5 408 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 22 852 - - 11 127 1 854 9 871 - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 4 - - - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - - - 53 9 51 - 5 Yangiyoʻl tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 55 641 - - 22 070 11 055 19 676 2 840 Himoya qutilar soni 22 088 - - 11 287 4 809 4 277 1 715 Gaz bosimi rostlagichlari soni 44 153 - - 22 214 10 437 10 422 1 080 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 7 2 - 3 2 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 5 - 1 2 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - - - 106 53 - - 6 Oʻrta chirchiq tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 39 571 - - 1 964 18 408 14 586 4 613 Himoya qutilar soni 18 316 - - 1 004 8 009 6 303 3 000 Gaz bosimi rostlagichlari soni 36 632 - - 1 977 17 379 14 586 2 690 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 15 9 - - 6 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 - - - 4 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - - - 9 89 70 22 7 Yuqori chirchiq tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 31 087 - - 13 580 15 543 1 964 - Himoya qutilar soni 14 880 - - 6 945 6 763 1 172 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 29 739 - - 13 668 14 674 1 397 - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 - - 2 2 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - - - 65 75 9 - Andijon viloyati 8 Andijon shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 64 419 26 947 12 750 14 476 10 246 - - Himoya qutilar soni 19 076 - 6 375 7 314 5 387 - - Gaz bosimi rostlagichlari soni 38 076 5 265 4 911 14 476 13 424 - - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 2 - 1 1 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 4 - 2 2 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 130 61 70 49 - - Buxoro viloyati 9 Buxoro shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 68 967 11 363 - - 30 717 26 887 - Himoya qutilar soni 31 326 3 054 - - 10 444 17 828 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 38 206 288 - - 18 223 19 695 - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 9 3 - - 3 3 - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 9 3 - - 3 3 - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 55 - - 148 129 - Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 Nukus shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 66 795 3 859 - - 26 650 25 198 11 088 Himoya qutilar soni 33 560 619 - - 11 285 21 656 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 53 049 263 - - 21 230 31 556 - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 38 7 - - 21 10 - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 19 - - 128 121 53 Samarqand viloyati 11 Samarqand shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 118 329 9 813 20 116 18 436 21 946 18 952 29 066 Himoya qutilar soni 34 233 1 985 6 142 5 628 6 698 5 784 7 996 Gaz bosimi rostlagichlari soni 73 517 89 12 278 11 252 13 395 11 568 24 935 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 21 - 12 3 - - 6 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 12 - 6 2 - - 4 Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 47 97 89 106 91 140 12 Kattaqoʻrgʻon shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 19 236 - - - - - 19 236 Himoya qutilar soni 7 018 - - - - - 7 018 Gaz bosimi rostlagichlari soni 14 024 - - - - - 14 024 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 7 - - - - - 7 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 1 - - - - - 1 Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - - - - - - 92 Fargʻona viloyati 13 Qoʻqon shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 54 746 7 758 - - 15 664 15 662 15 662 Himoya qutilar soni 17 149 1 353 - - 6 282 4 753 4 761 Gaz bosimi rostlagichlari soni 34 298 200 - - 11 343 11 343 11 412 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - - - 2 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - - - 2 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 37 - - 75 75 75 14 Margʻilon shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 21 445 7 704 - - 7 348 6 393 - Himoya qutilar soni 6 266 1 199 - - 2 895 2 172 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 12 430 80 - - 6 998 5 352 - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 5 2 - - 3 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 5 3 - - 2 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 37 - - 35 31 - Xorazm viloyati 15 Urganch shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 40 636 3 853 - - 21 979 14 804 - Himoya qutilar soni 11 622 - - - - 11 622 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 25 274 633 - - 9 814 14 827 - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 15 - - - 8 7 - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 19 - - 106 71 - Namangan viloyati 16 Namangan shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 70 111 15 007 - - 28 774 26 330 - Himoya qutilar soni 22 118 12 040 - - 4 559 5 519 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 43 196 3 393 - - 19 120 20 683 - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 4 4 - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 8 7 - - 1 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 72 - - 138 127 - Toshkent shahri 17 Toshkent shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 151 125 17 068 - - 50 000 50 000 34 057 Himoya qutilar soni 27 134 - - - 7 845 10 972 8 317 Gaz bosimi rostlagichlari soni 43 103 - - - 10 653 18 200 14 250 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 16 - - 3 13 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 82 - - 240 240 164 Navoiy viloyati 18 Karmana tumani Elektron gaz hisoblagichlar soni 24 463 978 - - 12 221 11 264 - Himoya qutilar soni 11 908 1 345 - - 4 252 6 311 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 22 547 - - - 12 221 10 326 - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 1 1 - - - - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 17 17 - - - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 5 - - 59 54 - Qashqadaryo viloyati 19 Qarshi shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 79 922 17 473 - - 24 456 24 650 13 343 Himoya qutilar soni 34 122 - - - 10 516 10 600 13 006 Gaz bosimi rostlagichlari soni 48 041 - - - 18 301 18 447 11 293 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - - - 2 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 3 - - - 3 - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 84 - - 118 119 64 Surxondaryo viloyati 20 Termiz shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 26 727 2 945 - - 12 151 11 631 - Himoya qutilar soni 8 531 1 125 - - 4 265 3 141 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 16 872 1 686 - - 7 198 7 988 - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 14 - - 58 56 - Sirdaryo viloyati 21 Guliston shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 25 175 1 269 - - 11 952 11 954 - Himoya qutilar soni 7 559 636 - - 5 879 1 044 - Gaz bosimi rostlagichlari soni 14 999 1 269 - - 7 641 6 089 - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 6 - - 57 57 - Jizzax viloyati 22 Jizzax shahar Elektron gaz hisoblagichlar soni 32 440 1 878 10 378 10 190 9 994 - - Himoya qutilar soni 16 267 599 6 192 5 136 4 340 - - Gaz bosimi rostlagichlari soni 26 438 - 8 786 8 627 9 025 - - Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - - - 2 - - Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 2 - 1 1 - - - Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 9 50 49 48 - - JAMI: Elektron gaz hisoblagichlar soni 1 150 301 215 150 91 772 91 771 331 068 290 635 129 905 Himoya qutilar soni 399 586 39 607 47 554 42 967 105 083 118 562 45 813 Gaz bosimi rostlagichlari soni 711 563 38 038 75 220 83 341 222 930 212 350 79 684 Tuman (shahar) chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 117 30 43 7 21 3 13 Yirik hududlar chegarasiga hisoblagich oʻrnatish 172 55 20 11 63 20 5 Oʻrnatuvchi guruhlar jami soni - 1 034 441 441 1 592 1 303 611
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 4-ILOVA
Tabiiy gaz isteʼmoli va qarzdorlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarning yirik uchastkalari kirish qismiga elektron gaz hisoblagichlarini 2020-yilda oʻrnatish
GRAFIGI
T/r Hududlar nomi Jami EGH soni Jami himoya qutisi/ inshooti shu jumladan: sentabr oktabr noyabr dekabr EGH soni Himoya qutisi/ inshooti soni EGH soni Himoya qutisi/ inshooti soni EGH soni Himoya qutisi/ inshooti soni EGH soni Himoya qutisi/ inshooti soni Jami 22 ta hudud boʻyicha 200 200 63 63 63 63 70 70 4 4 1 Zangiota tumani 8 8 Istiqlol 5 yilligi MFY 1 1 Mevazor MFY 1 1 Aloqa MFY 1 1 Nazarbek MFY 1 1 Qirguzar MFY 1 1 Farobiy MFY 1 1 Turkiston MFY Birlik massivi 1 1 Boʻzsuv MFY Yangi Obod massivi 1 1 2 Qibray tumani 8 8 S.Raximov MFY 1 1 Yangiobod MFY, Mirsalim Ota koʻchasi 1 1 Nurabod MFY , Mulkchilik koʻchasi 1 1 Alisherobod MFY , Farovon Hayot koʻchasi 1 1 Yangiobod MFY, Intizor koʻchasi 1 1 Qoramurt MFY 1 1 Qodirlik MFY 1 1 Nurobod MFY, Navbahor koʻchasi 1 1 3 Toshkent tumani 4 4 Quruvchi MFY, Archazor koʻchasi 1 1 A.Navoiy MFY, Soyli koʻchasi 1 1 Bogʻbon MFY 1 1 Hasanboy guzar MFY 1 1 4 Yangiyoʻl tumani 6 6 Namuna MFY, Tezariq koʻchasi 1 1 Namuna MFY, Kimyogar koʻchasi 1 1 Kirsadak MFY, Muxamedov koʻchasi 1 1 Kirsadak MFY, Yoshlar koʻchasi 1 1 Gulbogʻ MFY, Olmabogʻ koʻchasi 1 1 Gulbogʻ MFY, Yoshlik koʻchasi 1 1 5 Chinoz tumani 4 4 Ulugʻvor MFY 1 1 Avgʻon MFY 1 1 Dexqonobod MFY 1 1 Yovvosh MFY 1 1 6 Yuqorichirchiq tumani 8 8 Kavardan MFY, Kamchatka koʻchasi 1 1 Bahor MFY Bardonkoʻl koʻchasi 1 1 Obodon MFY 1 1 Jumabozor MFY, Namuna koʻchasi 1 1 Saksontepa MFY, Sergeli massivi 1 1 Saksontepa MFY, Toshtuzoq koʻchasi 1 1 Saksontepa MFY, Markaziy koʻchasi 1 1 Bardonkoʻl MFY 1 1 7 Oʻrtachirchiq tumani 7 7 Adolat MFY 1 1 Oltiovul MFY 1 1 Qoraquyli MFY, Ayrontepa koʻchasi 1 1 Fayziobod MFY, Chinor koʻchasi 1 1 Tinchlik MFY 1 1 Mustaqillik MFY, Shula koʻchasi 1 1 Bunyodkor MFY, Nilufar koʻchasi 1 1 8 Andijon shahar 6 6 Oʻzbegim MFY Buyuk Turon koʻchasi 1 1 Bogʻishamol dahasi A.Bakirov MFY 1 1 MashʼalMFY ( 6-son) 1 1 TaraqqiyotMFY (7-son) 1 1 Farobiy MFY 1 1 Dalvarzin MFY 1 1 9 Buxoro shahar 10 10 7-kichik nohiya 1 1 Gulchorbogʻ MFY 1 1 6-kichik nohiya 1 1 Shirbuddin MFY 1 1 Losha MFY 1 1 Alpomish koʻchasi 1 1 M.Narshahiy MFY 1 1 S.Sheroziy MFY 1 1 Dilkusho MFY 1 1 Guliston MFY 1 1 10 Nukus shahar 10 10 Samanbay APJ Uzinkol mahalla 2012-yil 1 1 Boz auil MPJ Muratli abad koʻchasi 1 1 Samanbay APJ Uzinkol mahalla 2015-yil 1 1 Samanbay APJ Uzinkol mahalla 2014-yil 1 1 Boz auil MPJ Shadli auil mahalla 1 1 Kutli makan MPJ Guzar koʻchasi 1 1 Bestobe MPJ Bestobe mahalla 1 1 A.Kaxarman MPJ Arbashi mahalla 2016-yil 1 1 A.Kaxarman MPJ Arbashi mahalla 2017-yil 1 1 Uzinkol massivi Taxiatash guzari 1 1 11 Samarqand shahar 14 14 Navbogʻchiyon MFY 1 1 Ahillik MFY 1 1 Qircha MFY 1 1 Doʻstlik MFY 1 1 Doʻstlik MFY 1 1 1 Doʻstlik MFY 2 1 1 Doʻstlik MFY 3 1 1 Doʻstlik MFY 4 1 1 Obimarxamat MFY 1 1 Turon MFY 1 1 Chilistun MFY 1 1 Zarafshon MFY 1 1 Yuqori Xoʻja Soat MFY 1 1 Kovarzor MFY 1 1 12 Kattaqoʻrgʻon shahar 5 5 Baland Chordara MFY 1 1 Kunjipay MFY 1 1 A. Qaxxor MFY 1 1 Doʻstlik MFY 1 1 Amir Temur MFY 1 1 13 Qoʻqon shahar 7 7 Achchiqkoʻl MFY 1 1 Nurafshon MFY 1 1 Muqumiy shaharchasi MFY 1 1 Shikorbegi MFY 1 1 Yangiobod MFY 1 1 Doʻstlik MFY 1 1 Toʻgʻon boshi MFY 1 1 14 Margʻilon shahar 8 8 Vatan MFY 1 1 Chilonzor MFY (koʻpqavatlik uylar) 1 1 Nadirmat MFY 1 1 Orol boʻyi MFY 1 1 Gʻolotoy MFY 1 1 Satkak MFY 1 1 Xumdon MFY 1 1 Tut tagi MFY 1 1 15 Urganch shahar 6 6 Ashxabod MFY 1 1 Yangiobod MFY 1 1 Navroʻz MFY 1 1 Toza bogʻ MFY 1 1 O. Duschanov MFY 1 1 Islomobod MFY 1 1 16 Namangan shahar 9 9 Zarbdor MFY, Beshkapa koʻchasi 1 1 Bahor MFY, Adolat koʻchasi 1 1 Lola MFY, Lola koʻchasi 1 1 Mingterak MFY, Sheroziy koʻchasi 1 1 Axsikent MFY, Ziynat koʻchasi 1 1 Yangi Asr MFY, Yangi asr koʻchasi 1 1 Lola MFY, 9-may koʻchasi 1 1 Zarbdor MFY, Paxtakor koʻchasi 1 1 Yangi Zamin MFY, Bahoriston koʻchasi 1 1 17 Toshkent shahar 34 34 Banokatiy MFY 1 1 Bilimdon MFY 1 1 Tong Yulduzi MFY 1 1 Navnihol MFY 1 1 Guliston MFY 1 1 Avayxon MFY 1 1 Beshqoʻrgʻon MFY 1 1 Charxkamolon MFY 1 1 Bektuppi MFY 1 1 Joʻrabek MFY 1 1 Al Buxoriy MFY 1 1 Donishmand MFY 1 1 Yakkasaroy MFY 1 1 Dilbuloq MFY 1 1 Konstitutsiya MFY 1 1 Oʻzbekiston MFY 1 1 Islomobod MFY 1 1 Eski Jarariq MFY 1 1 Xamkor MFY 1 1 Ok Tepa MFY, Soxibkor koʻchasi 1 1 Oqtepa MFY, Chinobod koʻchasi 1 1 Yangi Toshkent MFY 1 1 Qoʻsh Tut MFY 1 1 Ziyo MFY 1 1 Nugʻoy Qoʻrgʻon 1MFY 1 1 Nugʻoy Qoʻrgʻon 2 MFY 1 1 Ziyokor MFY 1 1 Qipchoq MFY 1 1 Koʻkcha Oqtepa MFY 1 1 Shofayzbogʻ MFY 1 1 Beshqayragʻoch MFY 1 1 Bektemir MFY 1 1 Majnuntol 1 MFY 1 1 Majnuntol 2 MFY 1 1 18 Karmana tumani 11 11 Xazara MFY 1 1 Malikrabot MFY 1 1 Kumushkon MFY 1 1 Qaxramon MFY 1 1 Azamat MFY 1 1 Uyrot MFY 1 1 Yangi argʻun MFY 1 1 Katta machit MFY 1 1 Bogʻishamol MFY 1 1 Farxod MFY 1 1 T.Gʻafurov MFY 1 1 19 Qarshi shahar 14 14 Buyuk Turon MFY 1 1 Buyuk Turon 1 MFY 1 1 Buyuk Turon 2 MFY 1 1 Shoʻrton MFY 7 mini tuman 1 1 Shoʻrton MFY 7 mini tuman 1 1 1 Shoʻrton MFY 7 mini tuman 2 1 1 Qarshi MFY 1 1 Qarshi MFY 1 1 1 Qarshi MFY 2 1 1 Temiryoʻlchi MFY 1 1 Temiryoʻlchi MFY 1 1 1 Temiryoʻlchi MFY 2 1 1 Gulgon 1 1 Gulgon 1 1 1 20 Termiz shahar 5 5 Bogʻishamol MFY Yangi davr massivi 1 1 Saxovat MFY 1 1 Yulduz MFYDexotiy koʻchasi 1 1 Yulduz MFY Uvaysiy koʻchasi 1 1 Alpomish MFY A. Navoiy koʻchasi 1 1 21 Guliston shahar 11 11 Ulugʻobod-Isʼtiqlol chegara hudud 1 1 Ulugʻobod-Isʼtiqlol chegara hudud 1 1 1 Zulfiya koʻchasi 1 1 Doʻstlik koʻchasi 1 1 5- loyiha koʻchasi 1 1 Obodlik koʻchasi 1 1 Samarqand koʻchasi 1 1 19- kvartal 1 1 Oʻzbekiston Shox koʻchasi 1 1 Maroqand koʻchasi 1 1 Oʻzbekiston Shox koʻchasi 1 1 1 22 Jizzax shahar 5 5 Amir Temur MFY 1 1 Xayrobod MFY 1 1 Ulugʻbek MFY 1 1 Zilol MFY 1 1 Uchariq MFY 1 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 5-ILOVA
Tabiiy gaz ulgurji isteʼmolchilarining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish” loyihasi maʼlumotlar bazasiga ulanish
GRAFIGI
T/r Ulgurji isteʼmolchilar sohalar boʻyicha 01.08.2020-yil holatiga gaz tarmoqlariga ulangan ulgurji isteʼmolchilar shundan: 2020-yil 2021-yil sentabr oktabr noyabr dekabr yanvar fevral mart aprel 1 Yirik sanoat korxonalari 2 529 1 264 1 265 2 Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari 725 725 3 Pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalar 261 261 4 Sement ishlab chiqaruvchi korxonalar 18 18 5 Ohaktosh va gips qazib oluvchi, qayta ishlovchi va ishlab chiqaruvchi korxonalar 230 230 6 Asfalt, beton, temir beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 170 170 7 Farfor va fayans mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 85 85 8 Gipsokarton, trotuar va keramik plita, bruschatka, keramik va sement-qumli cherepitsa, quruq qurilish qorishmalari, shuningdek truba mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar 81 81 9 Issiqxonalar va issiqxona-parnik xoʻjaliklari 850 596 254 10 Restoranlar, kafelar, tantanalar oʻtkazish obyektlari va boshqa umumiy ovqatlanish obyektlari 13 950 4 600 4 600 4 750 11 Issiqlik taʼminoti korxonalari 383 40 100 110 133 12 Ijtimoy soha obyektlari 11 832 3 944 3 944 3 944 13 Boshqalar (ishlab chiqarish korxonalari, lokal qozonxonalar, novvoyxonalar, mehmonxonalar, ofislar) 46 334 3 000 3 550 5 500 34 284 JAMI: 77 448 9 647 10 938 10 614 34 417 3 944 3 944 3 944
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-son Farmoniga muvofiq “Oʻztransgaz” AJning magistral gaz quvurlariga ulangan ulgurji isteʼmolchilar 2021-yilning 31-dekabriga qadar “Hududgaztaʼminot” AJ gaz tarmoqlariga ulanishi koʻzda tutilgan boʻlib ular maʼlumotlar bazasiga “"Hududgaztaʼminot” AJ bilan shartnoma tuzish jarayonida ulanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 6-ILOVA
Tabiiy gaz hisoblagichlarni oʻrnatish hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha 2020-yil oktabr oyida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar
GRAFIGI
T/r Hududlar 2-oktabr 3-oktabr 5-oktabr 6-7-oktabr 8-oktabr 9-oktabr 10-oktabr 12-oktabr 13-oktabr 14-oktabr 15-16-oktabr 17-oktabr 19-20-oktabr 21-22-oktabr Mashgʻulot oʻquvchilari soni Shundan kasblar kesimida Mashgʻulot oʻtkazish joyi Muhandis Metrolog Operator 1. Namangan viloyati 35 15 8 12 “Hududgaz Namangan” maʼmuriy binosi 2. Andijon viloyati 40 14 8 18 “Hududgaz Andijon” maʼmuriy binosi 3. Fargʻona viloyati 42 18 8 16 “Hududgaz Fargʻona” maʼmuriy binosi 4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 35 14 8 13 “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” maʼmuriy binosi 5. Xorazm viloyati 41 20 8 13 “Hududgaz Xorazm” maʼmuriy binosi 6. Buxoro viloyati 32 12 8 12 “Hududgaz Buxoro” maʼmuriy binosi 7. Navoiy viloyati 27 10 8 9 “Hududgaz Navoiy” maʼmuriy binosi 8. Samarqand viloyati 43 17 8 18 “Hududgaz Samarqand” maʼmuriy binosi 9. Jizzax viloyati 32 10 8 14 “Hududgaz Jizzax” maʼmuriy binosi 10. Sirdaryo viloyati 40 20 8 12 “Hududgaz Sirdaryo” maʼmuriy binosi 11. Surxondaryo viloyati 35 11 8 16 “Hududgaz Surxondaryo” maʼmuriy binosi 12. Qashqadaryo viloyati 39 16 8 15 “Hududgaz Qashqadaryo” maʼmuriy binosi 13. Toshkent viloyati 48 17 8 23 “Hududgaz Toshkent” maʼmuriy binosi 14. Toshkent shahar 44 26 8 10 “Hududgaz Poytaxt” maʼmuriy binosi Jami mashgʻulot oʻquvchilari soni: 535 222 112 201
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 7-ILOVA
Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) qurilish boʻlimi boshligʻi Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 8-ILOVA
Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini oʻrganish va tahlil qilish komissiyasi
TARKIBI
A.S.Sultanov — Energetika vaziri, Komissiya raisi Kelishilgan holda — Bosh prokuror oʻrinbosari B.R.Narmatov — Energetika vaziri oʻrinbosari O.E.Nasritdinxodjayev — moliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.X.Ortiqov — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari A.I.Ikramov — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi D.N.Sattarov — “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori B.E.Eshmuratov — “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi PQ-4840-son qaroriga 9-ILOVA
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni soʻndirish hamda ushbu kredit boʻyicha foiz va komissiyalarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
(ming AQSH dollari) Toʻlov muddatlari Kredit summasi Toʻlov miqdorlari* Yigʻim toʻlovi Toʻlovi bajariladigan umumiy summa asosiy qarz miqdori kredit foizi tashkil-lashtirish uchun majburiyat uchun 2020-yil 1-oktabr 27 487,92 0,00 0,00 450,00 12,33 462,33 2020-yil 1-noyabr 27 746,51 0,00 0,00 0,00 31,22 31,22 2020-yil 1-dekabr 39 519,62 0,00 0,00 0,00 23,37 23,37 2021-yil 1-yanvar 41 581,92 0,00 0,00 0,00 14,08 14,08 2021-yil 1-fevral 13 664,03 0,00 0,00 0,00 3,48 3,48 2021-yil 1-aprel 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 0,00 2021-yil 1-oktabr 0,00 21 667,81 2 509,49 0,00 0,00 24 177,30 2022-yil 1-aprel 0,00 21 667,81 2 139,24 0,00 0,00 23 807,05 2022-yil 1-oktabr 0,00 21 667,81 1 792,49 0,00 0,00 23 460,30 2023-yil 1-aprel 0,00 21 667,81 1 426,16 0,00 0,00 23 093,97 2023-yil 1-oktabr 0,00 21 667,81 1 075,50 0,00 0,00 22 743,31 2024-yil 1-aprel 0,00 21 667,81 717,00 0,00 0,00 22 384,81 2024-yil 1-oktabr 0,00 21 667,81 358,50 0,00 0,00 22 026,31 Jami 150 000,00 151 674,68 10 018,36 450,00 84,47 162 227,51
* asosiy qarz va foiz toʻlovlari kredit mablagʻlarni amalda jalb qilish muddatlari va qiymatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
