Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (582-son)
24.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini hamda ularni dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-sentabr,
582-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 582-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari “2021-yil 1-martga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “dori vositalari” soʻzlaridan keyin “hamda ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar)” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 1-ilovada:
a) ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati*”;
b) quyidagi mazmundagi 90-band qoʻshilsin:
