Oʻzbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining saqlanishi, tuzilishi va ish tartibini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena talablari (0355-18-son)
27.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasining Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
UMUMIY TUSHUNCHALAR
maktabgacha taʼlim — maktabgacha taʼlim yoshidagi bolaga taʼlim berish, tarbiyalash, uni har tomonlama rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yaxlit jarayondir;
tarbiyalash — davlat va jamiyat, oila, insonlar ehtiyoji uchun muhim hisoblangan oʻz oʻzini tutish uchun jamiyatda qabul qilingan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-madaniy qoida va meʼyorlar asosida bolani (tarbiyalanuvchini) oʻz oʻzini namoyon etishi va ijtimoiylashtirishga, uni har tomonlama rivojlantirishga yoʻnaltirilgan faoliyat turidir.
oʻqitish — oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakani egallashi uchun tashkil etilgan, bir maqsadga yoʻnaltirilgan jarayondir;
kvalifikatsiya — bilim, koʻnikma, malaka va kompentensiya darajasi boʻlib, u kasbiy faoliyatni maʼlum bir turini bajarishga tayyorgarlikni xarakterlaydi;
imkoniyati chegaralangan tarbiyalanuvchi — bu jismoniy va (yoki) aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, tibbiy-psixologo-pedagogik hayʼat tomonidan tasdiqlangan, uzoq davolanish va korreksiyaga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxsdir;
taʼlim faoliyati — davlat talablariga mos holda pedagogik xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan, maktabgacha taʼlim sohasidagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat;
inklyuziv taʼlim — individual imkoniyatlar va oʻziga xos boʻlgan taʼlim ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlimni keng qoʻllash imkoniyatini beruvchi jarayondir;
bolalar parvarishi va ularni nazorat qilish — bolalarga shaxsiy gigiyena va kun tartibiga rioya qilishni taʼminlash, ovqatlanishni tashkil etish hamda ularga xoʻjalik-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha chora tadbirlar kompleksi.
tibbiyot xodimi — tibbiy-profilaktik faoliyatni amalga oshiruvchi, kasbiy tayyorgarlik va yuqori malakaviy sifatlarga mos holda maʼlumotga ega boʻlgan, jismoniy shaxsdir;
oilaviy tipdagi maktabgacha taʼlim muassasasi — maktabgacha yoshdagi oʻz bolalari qatorida 8 — 12 ta bolalar kontingentini tarbiyalash va/yoki oʻqitish faoliyati, shuningdek ularni parvarishi hamda nazoratiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar.
tibbiyot xodimining shaxsiy rejasi — maktabgacha taʼlim muassasasi bolalari orasida tibbiy profilaktik ishlarni bajarishni taʼminlovchi hujjat;
qisqa vaqtli tayyorlov guruhi — sutkada 3 yoki 4 soat davomida bolalarni maktabga tayyorlashni amalga oshiruvchi guruh;
adgeziya — qattiq yoki suyuq tana yuzasiga jismlarni yopishishi, ulanish.
QISQARTMALAR ROʻYXATI
MTM — maktabgacha taʼlim muassasasi.
QMQ — qurilish meʼyor va qoidalari.
OTMTM — oilaviy tipdagi maktabgacha taʼlim muassasasi.
IQM — idoraviy qurilish meʼyorlari.
QVBG — qisqa vaqt boʻluvchi guruh.
IMTM — ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi — bu imkoniyati chegaralangan bolalar uchun moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasasi boʻlib, unda markaziy asab tizimi, eshitish organi, koʻrish organi, tayanch harakat tizimida nuqsoni boʻlgan, shuningdek, sil kasalligiga chalingan bolalar bilan muloqotda boʻlgan bolalar, kasallikni yuqtirgan bolalar latent sil infeksiyali bolalar va davolashni kuchaytiruvchi fazasidagi bolalar tarbiyalanadilar.
KTMTM — bu koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasasi boʻlib, unda aqliy va jismoniy nuqsoni boʻlgan, imkoniyatlari chegaralangan bolalar bilan ishlash uchun moʻljallangan ikki va undan ortiq yoʻnalishli taʼlim muassasasidir.
I. UMUMIY XOLAT
1.1. Mazkur sanitariya qoida, meʼyor va gigiyenik normativlar (SanQvaM) mulk shakli va tashkiliy-qonuniy shakl, ularning tipidan qatʼiy nazar, maktabgacha taʼlim muassasasidagi bolalarning parvarishi va nazorati, shuningdek, ularni tarbiyalash, oʻqitish, rivojlantirish hamda sogʻlomlashtirish boʻyicha bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgandir.
Sanitar qoida va meʼyor barcha «Oʻzbekiston Respublikasi axolisining sanitar epidemiolik osoyishtaligini taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonunga mos holda bolalar nazorati, ularni parvarishi, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish, tarbiyalash muassasalarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarish majburiy boʻlib hisoblanadi.
1.2. Mazkur sanitar qoidalar quyidagi sanitariya epidemiologik talablar uchun oʻrnatiladi:
MTMlarni joylashtirish uchun,
hududni jihozlanishi va saqlanishi,
xonalar, ularni jihozlanishi va saqlanishi,
xonalarni tabiiy va sunʼiy yoritilishi uchun,
isitish tizimi va ventilyatsiya tizimidan foydalanish ustidan,
suv taʼminoti va oqava suvlar ustidan,
aqliy va jismoniy rivojlanishida buzilishlari boʻlgan bolalar guruhi va ular uchun moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun,
oilaviy tipdagi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun,
qisqa vaqt boʻluvchi guruhlar uchun,
taʼlim muassasalari qoshidagi maktabgacha guruhlar uchun,
tibbiy taʼminot,
bolalarni MTMga qabul qilish,
kun tartibini tashkil etish,
jismoniy tarbiyani tashkil etish,
xodimlarning shaxsiy gigiyenasi,
sanitar talablarga rioya qilish,
oʻz faoliyatini individual turar joy binosida amalga oshiruvchi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun.
1.3. Mazkur sanitariya qoidalar mulkiy va tashkiliy-qonuniy shaklidan qatʼiy nazar barcha faoliyat olib borayotgan, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va qayta qurilayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari uchun joriy etiladi.
Ushbu sanitariya qoidalar ishlab chiqarilayotgan va foydalanishga tavsiya etilayotgan vaqtda loyihalashtirish, qurilish, qayta qurish va foydalanishga topshirish bosqichida boʻlgan obʼektlar uchun joriy etilmaydi.
Ushbu sanitariya qoida ishlab chiqarilishidan oldin qurilgan maktabgacha taʼlim obʼektlari oʻz loyihasiga mos holda foydalaniladi.
1.4. Ushbu sanitariya-epidemiologik talablar idoraviy tarkibi va mulkiy shaklidan qatʼiy nazar maktabgacha taʼlimni asosiy umumtaʼlim dasturini amalga oshiruvchi MTMlari uchun ham, bolalar parvarishi va nazoratini amalga oshiruvchi quyidagi tipdagi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun joriy etiladi:
yasli yoshidagi MTMlari uchun (3 yoshgacha),
maktabgacha yoshdagi bolalar MTMlari uchun (3 — 7 yosh),
bolalar nazorati va sogʻlomlashtirish MTMlari uchun,
MMTM (maxsus maktabgacha taʼlim muassasalari) aqliy va jismoniy rivojlanishning turli buzilishlari mavjud boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan,
koʻp tarmoqli tipdagi MTM,
oilaviy tipdagi MTM,
bolalarni rivojlantirishni bitta yoʻnalish boʻyicha ustuvor faoliyat olib boruvchi umumrivojlanish turdagi MTMlari,
individual turar joy binosi hududida joylashgan MTM,
sanatoriya tipidagi MTM,
shaxsiy mulk shaklidan qatʼiy nazar inklyuziv maktabgacha taʼlim muassasalari.
Mazkur sanitariya qoidalar boshqa tipdagi taʼlim muassasalarida tashkil etilgan umumrivojlantiruvchi, sogʻlomlashtiruvchi, koʻp tarmoqli maktabgacha taʼlim muassasalari uchun bajarish va amal qilish majburiy boʻlgan qoidalar hisoblanadi.
1.5. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlish davomiyligiga bogʻliq holda MTMlari qisqa vaqt davomida boʻluvchi (3-4 soat), qisqartirilgan kunlik (kuniga 9 soatgacha), toʻliq kunlik (kuniga 10,5 soatgacha va kuniga 12 soat) va bolalarni sutka davomida boʻlish turlariga boʻlinadi.
1.6. Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalarida (guruhlarda) boʻlish davomiyligi kunduzgi uyqu va ovqat qabul qilishni tashkil etish imkoniyatiga qarab belgilanadi:
3-4 soat — bir martalik ovqatlanishni tashkil etish bilan yoki ovqatlanishni tashkil etilmasligi va kunduzgi uyquni tashkil etilmasligi;
9 — 10,5 soat — kun davomida 3 marta ovqatlantirishni tashkil etish va kunduzgi uyquni tashkil etish;
12 soat — kun davomida 4 marta ovqatlantirishni tashkil etish va kunduzgi uyqu;
bolalarni sutka davomida uzluksiz MTMda boʻlishi — sutka davomida 5 marta ovqatlanishni tashkil etish, kunduzgi va tungi uyqu.
1.7. MTM binosi alohida turuvchi, turar joy binolari yon tomoniga biriktirib qurilishi, turar joy binolariga biriktirib qurilishi, turar joy binolariga birga oʻrnatilgan qurilishi, shuningdek, koʻp qavatli turar joy binolarining dastlabki ikki qavatida joylashtirilishi, individual turar joy binolarida alohida kirish — chiqish eshiklarni tashkil etgan holda joylashtirishi mumkin.
1.8. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun guruhlar boshqa tipdagi umumtaʼlim muassasalarida ham (maktabgacha taʼlim muassasalaridan tashqari) tashkil etish mumkin, faqat ularda mazkur sanitariya qoida va meʼyorda koʻzda tutilgan xonalar tarkibi boʻlishi shart.
1.9. MTMlarda guruhlar jamlanmasini tuzishda 3 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhida bolalar soni 20 tadan koʻp boʻlmasligi, 3 yoshdan katta boʻlgan bolalar guruhida bolalar soni — 25 tadan oshmasligi kerak, shuningdek, qisqa vaqt boʻluvchi guruhlarda bolalar soni — 30 tadan oshmasligi kerak, oilaviy tipdagi MTMlarda maktabgacha yoshdagi oʻz bolalarini qoʻshib hisoblaganda bolalar soni 12 tadan oshmasligi kerak.
Umumrivojlantiruvchi yoʻnalishdagi maktabgacha taʼlim muassasasidagi guruhlarda bolalar soni:
3 yoshgacha — 20 nafar boladan koʻp emas,
3 yoshdan 6-7 yoshgacha — 25 nafar boladan koʻp emas, qishloq sharoitlarida — 30 ta bolagacha ruxsat etiladi,
qisqa vaqt boʻluvchi MTMlarda 30 ta boladan koʻp emas,
sutka davomida toʻliq boʻluvchi MTMlarda 20 nafargacha bolaga ruxsat etiladi.
Ixtisoslashgan maktabgacha taʼlim muassasalarida guruhlarni toʻlishi bolalarning yoshi va toifasiga qarab belgilanadi (uch yoshgacha va uch yoshdan katta) va quyidagiga mos xolda tashkil etiladi:
Nutqni ogʻir buzilishlari mavjud boʻlgan bolalar uchun (dizartriya, rinolaliya, alaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi) — 10 — 12 nafar bola,
Kar bolalar uchun — 8 — 10 nafar bolalar,
Yomon eshituvchi bolalar uchun — 10 — 12 bola,
Koʻr bolalar uchun — 8 — 10 nafar bola,
Yomon koʻruvchi bolalar, ambliopiyali bolalar uchun, gʻilay bolalar uchun — 10 — 12 nafar bola,
Tayanch-harakat tizimida buzilishlari boʻlgan bolalar uchun — 15 — 18 nafar bola, gemeoporez, monoporez, plegiya asoratlari bor boʻlgan bolalar guruhlarida — 10 — 12 nafar bola,
Ongning buzilishi, yengil darajadagi aqliy buzilish mavjud boʻlgan bolalar uchun — 8 — 12 nafar bola, oʻrta darajadagi aqliy buzilishlari boʻlgan bolalar uchun guruhdagi bolalar soni — 6 — 10 nafar,
3 yoshdan katta boʻlgan autizm bolalari — 8 — 10 nafar bolani bir guruhda boʻlishiga ruxsat etiladi,
Bolalar bosh miya paralichi (DSP) bilan asoratlangan bolalar guruhlaridagi bolalar soni — 8 — 10 nafar bola,
Aqliy rivojlanishida orqada qolish mavjud boʻlgan boʻlgan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhidagi bolalar soni — 10 — 12 nafar,
Murakkab nuqsonli bolalar guruhlarida (ikki va undan ortiq nuqsonlar) — 8 — 10 nafar bolalar,
Sil bilan kasallangan bolalar guruhlarida — 15 — 20 nafar bolalar.
1.10. Tarkibida inkoyuziv guruh saqlagan umumiy tipdagshi maktabgacha taʼlim muassasalaridagi guruhlarning toʻlish chegarasi bolalar yoshiga (3 yoshgacha va undan katta) va imkoniyati chegaralangan bolalar toifasi bogʻliq xolda belgilanadi va quyidagini tashkil etadi:
3 yoshgacha boʻlgan bolalar — 20 nafar boladan koʻp emas, ulardan 3 nafari imkoniyati chegaralangan bolalarni tashkil etadi,
3 yoshdan katta,
20 nafar boladan koʻp emas, ular ichidan 3 nafar bola koʻrish qobiliyati past, yomon eshituvchi, tayanch-harakat tizimida buzilishlari boʻlgan bolalar, oʻrta va past darajadagi aqliy qobiliyatni pastligi aniqlangan bolalarni tashkil etadi,
20 nafar boladan koʻp emas, ulardan 2 nafar bola koʻruv ambliopiyasi, gʻilaylik, nutqning ogʻir buzilishi, autizm bilan ogʻrigan bolalarni tashkil etadi,
20 nafar boladan koʻp emas, ularnidan 3 nafari, aqliy qobiliyatning zaderjkasi boʻlgan bolalarni tashkil etishi mumkin.
1.11. MTM hududi va xonalarini (ijaraga berish) bolalar parvarishi va nazorati yoki ularga umumtaʼlim masalalari boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun berish qatʼiyyan taqiqlanadi.
1.12. Mazkur Sanitar qoidani bajarish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi «Aholini sanitar-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash»toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha olib boriladi.
II. MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARINI JOYLAShTIRIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
2.1. MTM larini qurish uchun yer maydonini taqdim etish mahalliy hokimiyat qarori va yer maydonini ajratilganligi toʻgʻrisidagi sanitar-epidemiologik xulosa mavjud boʻlganda ruxsat etiladi.
2.2. MTM binosi turar joy mikrorayonlarining kvartal ichi hududida, shuningdek, shahar koʻchalaridan uzoqlashtirilgan individual turar joy binolarida, Sanitar qoida va meʼyorlari talablariga javob beradigan atmosfera havosini ifloslanish darajasi va shovqinni yoʻl qoʻyiladigan darajasini taʼminlovchi kvartal ichi yoʻllari bilan chegaralangan xolatda joylashtiriladi.
2.3. MTM binosi turar joy binolar qurilish zonasida, ishlab chiqarish korxonalari atrofida tashkil etilgan sanitar-himoya mintaqasidan tashqarida, qurilmalar va boshqa obʼektlardan tashqarida, garajlardan, avtoturargohlardan, yirik avtomagistrallardan, temir yoʻl transporti obʼektlaridan, metropoliten yoʻli tarmogʻidan, havo transportini uchish va qoʻnish marshrutlaridan sanitar himoya mintaqasini saqlagan holda joylashtiriladi.
MTM binosini joylashtirganda oʻyin maydonlari va xonalarni tabiiy yoritilishi, insolyatsiyani meʼyoriy darajasini taʼminlash maqsadida SanQ va M hisobga olgan holda turar joy va jamoat binolaridan sanitar himoya chegarasini hisobga olgan xolda joylashtiriladi. MTM hududi orqali shahar va qishloq ahamiyatiga ega boʻlgan magistral muhandislik kommunikatsion tizim elementlari-suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti, energiya taʼminoti, gaz taʼminoti tizimlari oʻtmasligi kerak.
2.4. Shahar va qishloq sharoitida MTMlarni qurish davrida ularga piyoda yetib olish radiusi — 0,3 — 5 km dan oshmasligini hisobga olish zarur.
2.5. Qayta qurilayotgan MTMlari uchun yer maydonining hududi ShMQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq axoli turar joy mintaqalari qurilish hududini rivojlantirishni rejalashtirish”, IQM (Idoraviy qurilish meʼyorlari) ga mos xolda tashkil etilishi kerak.
MTM binosi ichi maydonidagi guruh yacheykasida bir oʻrin uchun 3,3 m2, oilaviy tipdagi MTMda esa bir oʻrin uchun 3 m2 joy tashkil etilishi kerak.
2.6. Koʻp qavatli turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan MTMlarning guruh yacheykasi maydoni bir oʻrin uchun 2,8 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
2.7. Kvartal ichi chiqindi yigʻish pavilonlarini MTM chegarasidan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashtirish talab etiladi.
III. MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARINI JIHOZLANIShI VA HUDUDINI SAQLANISHIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.
3.1. MTM hududi perimetr boʻylab, balandligi 1,6 metrli devor bilan chegaralanadi. Daraxtlar chegaradan 10 metrdan kam boʻlmagan masofada, butalar esa-MTM binosidan 5 metrdan kam boʻlmagan masofada ekilishi talab etiladi.
MTM hududini koʻkalamzorlashtirishda bolalar oʻrtasida jarohatlanish va zaharlanishlarni oldini olish maqsadida tikonli oʻsimliklar, mevalari zaharli boʻlgan oʻsimliklarni ekishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hududni koʻkalamzorlashtirishda MTM maydonining qurilishlardan xoli boʻlgan 30 % dan kam boʻlmagan maydoni hisobidan amalga oshirilishi talab etiladi. Xoʻjalik mintaqasi guruhlar uchun ajratilgan maydonlardan yashil oʻsimliklar bilan alohidalanadi. Agarda MTM hududi oʻrmonlar, yirik mevali bogʻlar, dam olish istirohat bogʻlari bilan chegaradosh boʻlsa, yashil oʻsimliklar maydonini 10 % gacha qisqartirishga ruxsat etiladi.
3.2. Murakkab relefli joylarda tashkil etilgan MTMlar hududidagi oʻyin maydonlarini ifloslanishdan va suv bosishidan himoya qilish maqsadida yogʻingarchilik suvlari va xosil boʻladigan oqava suvlarni chetlashtirish tizimlarini tashkil etish talab etiladi.
3.3. MTM hududi tashqi elektr yoritish tizimi bilan taʼminlanishi lozim. Hududning sunʼiy yoritilganlik darajasi yerdan 10 lk dan kam boʻlmagan xolatda tashkil etilishi kerak.
3.4. MTMlari hududida quyidagi funksional mintaqalar ajratiladi:
oʻyinlar zonasi,
xoʻjalik zonasi.
3.5. Oʻyinlar zonasi mintaqasi oʻz tarkibiga oʻyinlar, bilish va jismoniy tarbiya maydonlarini oladi.
3.6. MTMlaridagi guruh va jismoniy tarbiya maydonlarida insolyatsiya davomiyligi har bir maydonchada 50 % ida 3 soatdan kam boʻlmasligi kerak.
MTMlari hududida shovqin darajasi turar joy mintaqalari uchun joriy etilgan gigiyenik meʼyorlardan oshmasligi kerak.
3.7. Jismoniy tarbiya zonasi va guruh maydonlarining qoplamasi oʻtloqdan, zichlashtirilgan grunt va bolalar salomatligi uchun zararsiz boʻlgan zamonaviy sunʼiy materialdan iborat boʻlishi kerak;
Barcha tipdagi MTMlarining barcha hududi uchun asfalt qoplamani qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3.8. bolalarni quyosh nuri va yogʻingarchiliklar taʼsiridan himoya qilish maqsadida oʻyin zonasining hududida bolalar sonidan kelib chiqqan holda soyabonli ayvonchalar oʻrnatilishi lozim.
Oilaviy tipdagi va individual turar joy binolarida tashkil etilgan MTM lardaga sayr maydonchasida yigʻiluvchi-soyabonli ayvonchalar oʻrnatilishi zarur boʻlib, ular yilning issiq davrida quyosh nuridan, sovuq davrida esa yogʻingarchilikdan bolalarni himoya qiladi.
Soyabonli ayvonchalarning poli yogʻoch materialidan yoki bolalar salomatligi uchun havfsiz boʻlgan sunʼiy materialdan qoplanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Soyabonli ayvonchalarni blokli joylashtirish mumkin.
Binolar atrofida tashkil etilgan yangi qurilgan soyabonli ayvonchalar guruh yacheykalar xonalariga soya solmasligi va tabiiy yoritilganlikni pasaytirmasligi lozim.
3.9. Maktabgacha guruhlar uchun tashkil etilgan oʻyin, jismoniy tarbiya qurilmalari va jihozlari bolalardagi boʻy-yosh oʻziga xosliklarini inobatga olgan xolda tashkil etilishi lozim.
3.10. Qayta qurilayotgan MTMlarini ularning sigʻimiga koʻra bolalar uchun jismoniy tarbiya maydonchalari bilan (bitta yoki bir nechta) jihozlanishi talab etiladi.
3.11. Jismoniy tarbiya maydoni yaqinida almashinuvchi chuqurligi 0,4 — 0,6 m va uzunligi — 8 — 12,5 m, kengligi 4 — 6 m boʻlgan (yigʻib olinuvchi, puflanadigan) ochiq basseynni loyihalashtirish yoki oʻrnatishga ruxsat beriladi. Choʻmilish basseynlarining maydoni 20 — 25 m2, erkin shaklda boʻlishi va almashinuvchi chuqurligi 0,1 — 0,5 m hamda undagi suv har kuni almashtirilishi talab etiladi.
Statsionar basseynlar tarkibida suvni tozalash qurilmalari albatta tashkil etish shart qilib belgilangan.
3.12. Har yili (bahor oylarida) oʻyin maydonidagi qumni toʻliq almashtirish zarur. Yangi olib kelingan qum mikrobiologik, sanitar-kimyoviy koʻrsatkichlar va gelmint tuxumlari miqdori boʻyicha gigiyenik meʼyorlarga mos boʻlishi kerak. Bolalar foydalanmayotgan vaqtda qumdon ustini ifloslanishdan himoya qilish maqsadida yopib qoʻyish talab etiladi. (yopishda polimer plenka, qopqoqlardan, tent yoki boshqa himoya moslamalaridan foydalanish mumkin).
Parazitar kasalliklar, ichak infeksiyalari yoki bolalar salomatligi uchun havf soluvchi boshqa aralashmalar aniqlanadigan boʻlsa (kimyoviy, mexanik), qumdondagi qumni zudlik bilan almashtirish zarur.
3.13. xoʻjalik mintaqasi ishlab chiqarish boʻlimlariga kirish tomonida joylashtirilishi va koʻchaga chiqish uchun alohida yoʻlkaga ega boʻlishi kerak.
Oilaviy tipdagi MTM va individal turar joy binolarida joylashtirilgan MTMlarida shahar sharoitida yuzaga keladigan zich qurilishlar holatida xoʻjalik hovlisidan koʻchaga chiqish uchun alohida yoʻlkani boʻlmasligiga ruxsat etiladi.
Xoʻjalik mintaqasi hududiga mustaqil kirish yoʻlagining mavjud boʻlmagan xolatlarida avtotransportni mazkur mintaqaga kirishi bolalar MTMda boʻlmagan vaqtlarda amalga oshiriladi.
Namunaviy loyiha asosida qurilgan MTMlarining xoʻjalik mintaqasi hududida oʻrin oqliklarini quritish joylari, gilam buyumlarini tozalash va boshqa maishiy vositalarni yuvish joylari tashkil etilishi kerak.
3.14. Qishloq sharoitida tashkil etilgan MTMlarida yoqilgʻi vositalarini saqlash uchun moʻljallangan ombor bilan birgalikda tashkil etilgan chegaralangan qozonxona, mahalliy suv taʼminoti manbasining qurilmasi, MTM uchun maxsus tashkil etilgan, sanitar himoya mintaqasi bilan chegaralangan, suv zahirasi saqlanuvchi rezervuarli mahalliy suv taʼminoti tizimi tashkil etilishi kerak.
3.15. MTMning xoʻjalik mintaqasida qattiq chiqindilarni yigʻish uchun tashkil etilgan maydoncha asosiy binodan kamida 20 metr masofada tashkil etiladi. Oilaviy tipdagi MTM va individual turar joy binolarida tashkil etilgan MTMlarda xosil boʻladigan qattiq chiqindilarni yigʻish maxsus ajratilgan maydonchalarda amalga oshiriladi. Qattiq qoplamali ushbu maydonchalarda markirovka qilingan, qopqoqli, alohida konteynerlar tashkil etiladi. Chiqindi yigʻish maydonchasining oʻlchami chiqindi toʻplanadigan konteynerning asosidan har tomonga kamida 1,0 metrdan kam boʻlmagan xolatda tashkil etiladi.
3.16. MTM hududini tozalash har kuni bolalar tashrifidan oldin va MTM hududini ifloslanish darajasiga bogʻliq xolda amalga oshiriladi. Ob-havo xolati issiq va quruq boʻlgan sharoitda MTM hududidagi oʻsimliklarni sugʻorish kuniga kamida 2 marta amalga oshiriladi.
3.17. MTMgi kirish va chiqish yoʻllari va yoʻlaklari, koʻchalar, xoʻjalik boʻlimiga boruvchi yoʻllar, chiqindi toʻplanish maydonlari yuzasi beton yoki boshqa qattiq qoplama bilan yopilishi kerak.
IV. BINOLAR, XONALAR, ULARNI JIHOZLANIShI VA SAQLANIShIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR.
4.1. Aloxida binolarda tashkil etiladigan MTMlarning sigʻimi yangi qurilayotgan MTMlar uchun 385 oʻrindan oshmasligi kerak.
Yuzaga kelgan zich qurilishlar sharoitida yangi qurilayotgan binolarda MTMlarini qurishga ruxsat etiladi, bunda koʻp qavatli turar joy binolarining birinchi qavatida -75 oʻringa moʻljallangan, qishloq sharoitlarida esa individual turar joy binolariga zich xolda biriktirib qurish orqali tashkil etish, alohida kirish-chiqish eshiklari bilan taʼminlangan, maxsus aloxida chegaralangan hududda sigʻimi 150 oʻringa moʻljallangan MTMlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.
MTMlari quvvatini Davlat sanitar epidemiologik nazorat xizmati va Maktabgacha taʼlim Vazirligi tavsiyasiga koʻra oshirish mumkin.
Binolarni rejalashtirish tuzilmasiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar SanQvaM talablariga javob berishi kerak.
4.2. MTM binosi 1-2 qavatli boʻlishi mumkin.
Zich turar joy qurilishi sharoiti va yer maydoni yetarli boʻlmagan xolatlarda 3 qavatdan ortiq boʻlmagan qurilish yoki binolarni ixtisoslashtirishga ruxsat etiladi. Binoning 3 qavatida xizmat-maishiy va bolalar bilan toʻgarak ishlarini olib boruvchi maxsus xonalarni tashkil etishga ruxsat etiladi (psixolog, logoped xonalari va h.k.). 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun guruh yacheykalari binoning birinchi qavatida, 5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun esa guruh yacheykalari binoning 2-qavatida joylashtiriladi.
4.3. Yangi qurilayotgan va qaytadan qurilayotgan maktabgacha taʼlim muassasalarida asosiy umumtaʼlim dasturini amalga oshirish uchun quyidagi xonalar jamlanmasi koʻzda tutilishi zarur:
guruh yacheykalari-har bir bolalar guruhiga taaʼluqli boʻlgan aloxidalangan xona,
bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar uchun va ovqatlanishni tashkil etish uchun xonalar, mazkur xonalar barcha guruhlar tomonidan yoki bir nechta bolalar guruhlari tomonidan navbati bilan foydalanish uchun moʻljallangan boʻladi (musiqa mashgʻulotlari va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari, ovqatlanish zali, logoped xonasi va boshqalar).
ustki kiyimlar va poyafzal uchun shkaflar bilan jihozlangan xona yoki maxsus joy,
yordamchi xonalar (tibbiy xizmatlar uchun moʻljallangan, ovqatlanish bloki, kirxona),
xodimlar uchun xizmat-maishiy xonalar.
4.4. MTMlarining barcha asosiy xonalari 1-2 qavatlarda joylashtiriladi. Binoning yertoʻla va sokol qavatlarida bolalar muntazam ravishda boʻlishi uchun va tibbiy xizmatlar uchun moʻljallangan xonalarni tashkil etish taqiqlanadi.
Yuzaga kelgan zich shahar qurilishi sharoitida oilaviy tipdagi MTMlarni, individual turar joy binolarida joylashgan MTMlarni musiqali yoki sport zallarining yarim yertoʻla qavatlarida joylashtirish mumkin, faqat bunda aralash yoritilganlik xolati (tabiiy va sunʼiy), shamollatish imkoniyatining gigiyenik talablarga mos xolatda tashkil etish, shuningdek, yongʻin havfsizligi xolatiga rioya qilish sharoitlari koʻzda tutilishi shart.
4.5. Sigʻimiga bogʻliq ravishda MTM binosi turli shaklda boʻlishi mumkin, ulardan blok yoki pavilon tuzilmali turi keng qoʻllanilishi mumkin, ular bir necha pavilon — korpuslardan iborat boʻlib, bu binolar alohida turishi yoki isitiluvchi yoʻlaklar orqali bir biri bilan bogʻlanishi mumkin. MTMning asosiy binosiga kirish oldida panduslar oʻrnatilishi zarur. Oilaviy tipdagi va individual turar joy binolarida joylashgan MTMlarda ham panduslarni oʻrnatish tavsiya etiladi.
4.6. Yangi qurilayotgan MTmlarda xonalar balandligi poldan shipgacha — 3 m dan kam boʻlmasligi; mavjud boʻlgan turar joy binolarida joylashgan MTMlarda shipning balandligi poldan — 2,8 m dan kam boʻlmasligi lozim.
4.7. MTM xonalarida havo-issiqlik tartibini saqlash maqsadida binolarga kirish oldi tambur bilan jihozlanishi kerak. Tamburning chuqurligi 1,6 m dan kam boʻlmasligi kerak. Oilaviy tipdagi va oʻz faoliyatini individual turar joy binolarida amalga oshiruvchi MTMlarda ham tamburlarni tashkil etish tavsiya etiladi.
4.8. MTM binosining rejalashtirilgan tuzilmasida guruh yacheykalari (har bir guruh uchun alohida boʻlgan xonalar) va bolalar uchun maxsus xonalar tashkil etilishi zarur, bu maxsus xonalardan bolalar guruhlari bir vaqtning oʻzida yoki navbati bilan foydalanishi mumkin (ustki kiyimlar saqlanuvchi shkaflar va poyafzal saqlanuvchi stilyajlar bilan jihozlangan xonalar yoki joylar, musiqali va/yoki sport zallari, ovqatlanish zali). 3 yoshgacha bolalar guruh yacheykasida hududga chiqish uchun mustaqil yoʻlak tashkil etilishi zarur. 4 tadan koʻp boʻlmagan guruhlar uchun umumiy kirish zinapoyasiga ruxsat etiladi.
4.9. Toʻliq, uzaytirilgan kunlik va sutka davomida faoliyat olib boruvchi (9 soatdan 24 soatgacha) maktabgacha guruhlar uchun guruh yacheykasi tarkibida quyidagi xonalar yoki oʻrinlar jamlanmasi koʻzda tutilishi lozim:
mashgʻulot va oʻyinlar olib borish uchun oʻyin xonasi,
uxlash uchun xona (oʻyin xonasidagi maxsus joy),
mavjud boʻlgan MTMda ovqat qabul qilish xonasi (oʻyin xonasidagi maxsus joy),
mavjud boʻlgan MTMda oshxona idishlarini yuvish joyi (oʻyin xonasidagi maxsus joy), (buning uchun ikki boʻlimli rakovina oʻrnatilishi lozim) va ularni saqlash (shkaf va quritish shkaflari),
oqliklarni saqlash uchun xona (joy),
tozalash inventari saqlash joyi (shkafi),
sanitar tarmoq (1-Ilova).
Yangi qurilayotgan MTMda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
Maxsus tashkil etilgan ovqatlanish zaliga isitiluvchi yoʻlaklar bilan bogʻlangan alohida ovqat tayyorlash xonalari,
Ovqat tayyorlash sexida idishlarni yuvish va oshxona jihozlarini qayta ishlash uchun alohida joy,
Oshxona va choy idishlarini yuvish uchun aloxida xona, bu xonada 150 oʻringacha boʻlgan MTMlarda 2 ta yuvish oʻrinli chigʻanoq, oʻrinlar soni 150 dan ortiq boʻlgan MTMlarda esa 3 ta yuvish oʻrinli chigʻanoq, har bir guruh uchun alohida idishlarni saqlash uchun shkaflar ajratilishi, kir idishlarni qabul qilish va toza idishlarni berishda oqimlilikka rioya qilinishi lozim.
Xodimlar uchun sanitar tarmoq alohida binoda tashkil etilishi kerak.
4.10. MTMning barcha asosiy xonalarida tabiiy yoritilish uchun sharoit boʻlishi shart.
4.11. Insolyatsiyani ortib ketishini chegaralash va xonalarni meʼyordan ortiq darajada isib ketishini oldini olish maqsadida guruh yacheykalari, oʻyin xonalari, uxlash xonasi, zallar, tibbiy xona, ovqatlanish zali va ovqat tayyorlash bloki derazalariga quyoshdan himoya qiluvchi vositalar rejalashtirilishi va oʻrnatilishi lozim. (2-Ilova).
4.12. MTMning barcha asosiy xonalarida shamollatishni tashkil etish uchun qaytarma framuga va fortochkalar tashkil etishi kerak.
4.13. Deraza bloklari almashtirilganda oyna maydoni almashtirilishi saqlanishi kerak.
4.14. Derazalarning oynali qismi butun, bir polotnoli oynalar bilan qoplanishi kerak.
4.15. Koʻp qavatli turar joy binolarida joylashgan MTM binolarida jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini olib borish uchun qayta qurilgan isitiluvchi sayr ayvonlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
4.16. Bolalarga choʻmilishni oʻrgatish uchun tashkil etiladigan basseynni qurish, tashkil etish va undan foydalanishda, MTMda choʻmilish basseylarini tuzilishi, undan foydalanish, undagi suv sifati va suv sifatini nazorat qilish talablariga toʻliq rioya qilish lozim.
4.17. Bolalarga kompyuter texnikasini qoʻllash bilan olib boriladigan mashgʻulotlar uchun har 1 ta kompyuterga 4,5 m2 joy toʻgʻri keladigan alohida xona tashkil etish zarur. Xonani jihozlanishi va mashgʻulot rejimini tashkil etish personal elektron-hisoblash mashinalariga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlishi kerak.
4.18. Yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan obʼektlar uchun ularning sigʻimidan qatʼiy nazar ular tarkibida tibbiy kabinet koʻzda tutilishi lozim, u binoning birinchi qavatida joylashtirilishi va yoʻlakdan mustaqil eoʻikka ega boʻlishi kerak. (3, 11-Ilova).
4.19. Faoliyat olib borayotgan MTMlar (ularda qayta qurish olib borilguncha) ular qurilgan loyiha asosidagi tibbiy xonalar jamlanmasi boʻlishiga ruxsat etiladi.
4.20. MTM binosi tarkibida xizmat-maishiy xonalarning minimal jamlanmasi koʻzda tutilishi zarur, ularning maydoni ushbu Sanitar qoidaga mos boʻlishi kerak. (4-Ilova).
4.21. Yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan MTMlar uchun isitiluvchi yoʻlaklar bilan bogʻlangan ovqat tayyorlash boʻlimi alohida binoda tashkil etilishi kerak. (5-Ilova).
4.22. Agarda MTMda kirxona boʻlimi mavjud boʻlmasa, 4-5 nafar MTMlar oqliklari markazlashtirilgan xolatda faoliyat olib boruvchi va oʻz tarkibida kirxonasi boʻlgan MTMda yuvilishi yoki MTMlar uchun maxsus qurilgan kirxonalarda yuvilishi mumkin. (6-Ilova).
MTM kirxonasidan bolalar tarbiyasi bilan aloqasi boʻlmagan tashkilotlarning kirlarini yuvish uchun foydalanmaslik kerak.
4.23. MTMda xonalar rejasini oʻzgartirish bolalar uchun kelish sharoitlarini yomonlashtirmasligi, ularning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi va oʻquv — tarbiya jarayonini buzmasligi kerak.
V. MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARINING XONA IChI BEZATILIShIGA TALABLAR.
5.1. Xonalar devori silliq boʻlishi, namli tozalash usullari va dezinfeksiya vositalari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Qurilishda foydalanilgan barcha qurilish va pardoz vositalari bolalar salomatliigi uchun havfsiz boʻlishi zarur.
5.2. Ovqat tayyorlash boʻlimi, idish yuvish xonalari, bufet, oqliklarni yuvish, kirlarni dazmollash xonalarining devori 1,8 metr balandlikda glazurli plita yoki unga analog boʻlgan material bilan qoplanishi va ular bolalar salomatligiga havf solmasligi kerak; ovqat mahsulotlarini tayyorlash xonasi, basseyn vannasining zallari, dush xonalarining devori shipgacha silliq plitkalar bilan qoplanishi kerak, sababi, mazkur boʻlimlar devori yuvish va dezinfeksiya qilish vositalariga chidamli boʻlishi kerak.
Guruh yacheykalaridagi sanitar tarmoq xonalarining devori 1,5 metr yuqorigacha silliq plitkalar bilan qoplanishi zarur.
Oilaviy tipdagi va individual turar joy binolarida joylashgan MTMlar uchun ushbu talablar tavsiya tariqasida beriladi.
5.3. Gorizontning janubiy rumblari tomonida joylashgan xonalarda olib boriladigan pardoz ishlarida qaytarish koeffitsienti 0,7-0,8 boʻlgan (och-moviy, och-yashil) ochiq rangdagi boʻyoqlar va pardoz materiallaridan, shimoliy rumblar tomonida joylashtirilgan xonalarda — qaytarish koeffitsienti 0,7-0,6 boʻlgan ochiq ranglardan (och-sariq, och-pushti, qaymoqrang) foydalaniladi. Xonadagi alohida elementlarni yanada yorqin ranglarga boʻyashga ruxsat etiladi, ammo bu xonaning umumiy maydonini 25% dan oshib ketmasligi kerak.
Musiqa va gimnastika mashgʻulotlari oʻtkaziluvchi xonalar devorining yuzasi bolalar salomatligi uchun havfsiz boʻlgan materiallar bilan pardozlanishi va ochiq rangda boʻlishi, akslantirish koeffitsienti 0,6 — 0,8 ni tashkil etishi lozim.
5.4. Foydalanishning odatiy rejimida ishlovchi xonalar shipining pardozlash uchun boʻr yoki ohakli boʻyashdan foydalaniladi. Suvemulsiyali boʻyoqlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Bolalar salomatligi uchun havfsiz boʻlgan shipga tarang trotiluvchi moslamalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
MTMdagi havo namligi yuqori boʻlgan xonalardagi (dush, kir yuvish xonalari, yuvinish xonasi, sanitar tarmoq va boshqalar) ship plastik bilan qoplanishi yoki moyli boʻyoq bilan boʻyalishi kerak.
5.5. MTMdagi xonalarning poli silliq, sirpanmaydigan, zich yopishtirilgan, yoriqlarsiz va nuqsonlarsiz, plintus xona devori va polga zich mahkamlangan xolatda boʻlishi, yuvish vositalari va dezinfeksion eritmalar taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
Guruh yacheykalari xonalarining poli yogʻochdan yoki nurli isitish tizimi tashkil etilgan xolatda boʻlishi (suvli isitish tizimi asosida), pol yuzasidagi haroratni boshqarish imkoniyati nazarda tutilishi kerak. Pol yuzasini bolalar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan zamonaviy sifatli qurilish materiallari bilan qoplanishiga ruxsat etiladi, faqat ushbu materiallar namli va dezinfeksion eritmalar bilan tozalashga chidamli boʻlishi kerak.
Ovqat tayyorlash bloki xonalari, kir yuvish xonalari, dazmollash xonalari, yordamchi xonalar poli bolalar salomatligi uchun zararsiz boʻlgan sopol, naqshinkor, silliqlangan plitkalar yoki ularning analog materiallari bilan qoplanishi mumkin.
Yoʻlapklar va yechinish xonalarida yumshoq, isitiluvchi linoleum, dush va sanitar tarmoq poli esa sopol plita yoki uning analog materiali bilan qoplanishi, isitiluvchi pollar tizimini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Dush, sanitar tarmoq, kir yuvish xonalari, ovqat tayyorlash blokidagi idishlarni yuvish xonalari va ovqat mahsulotlarini tayyorlash xonalari polida oqava suvlarni chetlashtiruvchi maxsus traplar tashkil etilishi va trap teshiklari tomonga suvlarni oqishi uchun maxsus qiyalikni tashkil etilishi zarur.
VI. MTM XONALARINI JIHOZLANISHI VA ULARNI JOYLASHTIRISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
6.1. Asosiy xonalarning jihozlanishida bolalarning yoshi va boʻyi inobatga olinishi, gigiyenik va pedagogik talablarga rioya qilinishi zarur. Oʻtirish uchun olingan va qoʻllaniluvchi mebel jihozlarining va stollarning (ovqatlanish uchun va mashgʻulotlar uchun) funksional oʻlchamlari milliy standartlar va oʻrnatilgan texnik reglamentlarning qatʼiy talablariga mos boʻlishi kerak. (7-Ilova).
Koʻp tarmoqli tipdagi MTM xonalari tarbiyalanuvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishidagi siljishlarni kvalifikatsion toʻgʻrilashni amalga oshirishga bogʻliq xolda amalga oshirib jihozlanadi.
6.2. Yechinish xonalarida ustki kiyimlar va bosh kiyim, poyafzallar uchun moʻljallangan polkalar bilan jihozlangan, ustki kiyimlarni ilish uchun moʻljallangan ilgaklar bilan taʼminlangan seksion shkaflarni oʻrnatish tavsiya etiladi. Bosh kiyimlar uchun polkaning tavsiya etiladigan balandligi — 15 sm, shkaf tubini polga nisbatan balandligi — 10 sm dan kam emas. Shkaflar eshiklarida tutqichlar oʻrniga maqsadli xolda eshiklarni ochish uchun maxsus tirqishlar tashkil etish zarur, bu tabiiy shamol aylanishini taʼminlash uchun ham zarurdir. Oilaviy tipdagi va individual turar joy binolarida joylashgan MTMlarda xonalar uchun ajratilgan maydonning chegaralanish sharoitida balandligi bolalarning oʻrtacha boʻyi balandligidan oshmagan shkaflarni oʻrnatishga ruxsat beriladi.
6.3. Gurux xonalarida bolalar uchun tashkil etiladigan stol va stullar soni guruhdagi bolalar soniga qarab tashkil etiladi. Bir guruhdagi stol va stullar bir komplekt xolatida tashkil etilishi va maxsus belgilarga ega boʻlishi kerak. Bolalar uchun mebellar 7-ilovada keltirilgan bolalarning antropometrik koʻrsatkichlariga mos xolda tanlab olinadi.
6.4. Guruhlarni mebellar bilan jihozlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi zarur:
katta va tayyorlov guruhlar uchun stollarga yoritilganlik ish oʻrnining chap tomonidan tushadigan xolatda joylashtirilishi lozim,
chapaqay bolalar uchun ish oʻrniga yoritilganlik oʻng tomonidan tushadigan xolatda individual ish oʻrinlari tashkil etiladi.
Stollar quyidagi xolatda tashkil etiladi:
Chap yon tomondan tabiiy yoritilganlik tushish xolati taʼminlangan sharoitda 3 qatordan ortiq boʻlmagan xolatda joylashtiriladi. Chap tomondan tabiiy yoritilganlikni taʼminlashni imkoni boʻlmagan sharoitda qoʻshimcha sunʼiy yoritilganlikni tashkil etish mumkin.
Stol qatorlari orasidagi masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak,
Birinchi qator stollari bilan deraza tokchasigacha boʻlgan masofa 1 m,
Birinchi qator stollari bilan ilingan doska orasidagi masofa 2,5 m bunda koʻrish burchagi 45 gradusdan kichik boʻlmagan xolatda tashkil etilishi kerak.
6.5. Stollarning ishchi yuzasi ochiq rangdagi matoli toʻshamaga ega boʻlishi kerak. Stol va stullarning ustki qoplamasi uchun foydalanilgan materiallar kam issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega boʻlishi, issiq suv, yuvish vositalari va dezinfeksion eritmalar taʼsiriga nisbatan turgʻun boʻlishi talab etiladi.
Devorga ilingan doskaning oʻlchami 0,75*1,5m, doskaning polga nisbatan quyi chegarasi — 0,7-0,8 m ni tashkil etishi kerak.
Boʻr bilan yoziladigan doskalar yuqori adgeziyaga ega boʻlgan (oʻzaro taʼsirli) materialdan tayyorlanishi, yozish uchun moʻljallangan boʻlishi, nam latta bilan oson tozalanishi, tashqi mexanik taʼsirlarga chidamli boʻlishi, yashil rangda boʻlishi, matoli qoplamali, yaltiroqlik keltirib chiqarmasligi kerak.
Markerli doskadan foydalanilganda markerning rangi doska rangidan keskin farq qiladigan holda tanlanishi lozim (qora, qizil, jigar rang, koʻk va yashilning toʻq ranglari).
Xususiy yoritkichlarga ega boʻlmagan oʻquv doskalari bir tekis yorituvchi sunʼiy yoritkichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Interaktiv doska va proeksion ekrandan foydalanilganda ularni bir tekis yoritishni taʼminlovchi maxsus yoritkichlar bilan taʼminlash va ortib ketgan yorqinlikda nurli dogʻlarni boʻlmasligini taʼminlash kerak.
Bolalar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni ularni stullarga oʻtkazishni tashkil etishda ularning boʻyi, salomatlik holati, koʻrish va eshitish qobiliyati inobatga olinishi kerak. Tez-tez shamollash kasalliklaridan aziyat chekuvchi bolalarni eshik va derazadan uzoqroqda, eshitish qobiliyati past boʻlgan bolalar va uzoqni yaxshi koʻrolmaydigan bolalar esa birinchi qatorda joylashgan stollarga oʻtkazilishi va bunda albatta ularning boʻyi hisobga olinishi kerak.
6.6. MTMlarda bolalar buyumlari assortimentining gigiyenik talablariga javob beruvchi va bolalar salomatligiga havfsiz boʻlgan oʻyinchoqlardan foydalaniladi, ularning 2% li sovun-sodali eritma bilan yuvish talab etiladi (yasli guruhida kuniga 2 marta, bogʻcha guruhida esa kuniga bir marta). Yumshoq oʻyinchoqlar har oyda bir marta yuviladi yoki kvarslanadi.
6.7. televizion koʻrsatuvlar va videofilmlarni tomosha qilishda ekran dioganalining kattaligi 42 dyumdan kichik boʻlmagan televizorlardan foydalanish talab etiladi. Televizorlarning joylashtirish balandligi poldan 1 — 1,3 metrni tashkil etishi kerak. Telekoʻrsatuvlarning tomosha qilishda bolalarni ekrandan 2-3 metr yaqin boʻlmagan va 5 — 5,5 metr uzoq boʻlmagan xolatda joylashtirish talab etiladi. Stullar 4-5 qator qilib joylashtiriladi (bitta guruh hisobidan); stullar qatorlari orasidagi masofa 0,5-0,6 metrni tashkil etishi kerak.
6.8. Guruh uchun ajratilgan xonalarda akvariumlarda baliq boqishga ruxsat etiladi.
6.9. Yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan MTMlarda guruhlar uchun alohida uxlash xonalari koʻzda tutilishi mumkin.
Uxlash xonalari yogʻochdan, faner yoki MDFdan tayyorlangan krovatlar bilan jihozlanishi mumkin. (8-Ilova).
Krovatlar orasi minimal masofaga rioya qilingan holda joylashtiriladi: krovatlarning uzun tomoni orasi — 0,65 m, tashqi devorga nisbatan masofasi — 0,6 m, isitish moslamalari bilan orasidagi masofa — 0,2 m, boshqa krovatlarning bosh tomoni bilan oʻzaro masofasi — 0,3 m.
6.10. Faoliyat olib borayotgan MTMlarda loyiha boʻyicha uxlash xonalari koʻzda tutilmagan boʻlsa, maktabgacha guruh bolalari uchun kunduzgi uyquni tashkil etishda qattiq oʻrindiqli ochiluvchi krovatlardan yoki bir-uch qavatli transformerli oʻrindiqlardan (suriluvchi, dumalatib chiqariluvchi) foydalanishga ruxsat etiladi.
Suriluvchi va dumalatib chiqariluvchi krovatlardan foydalanganda har bir guruhda ularni saqlash uchun maxsus joy koʻzda tutilishi , shuningdek, oʻrin buyumlari va oqliklarini individual saqlash uchun maxsus oʻrinlarni tashkil etish lozim.
6.11. Faoliyat olib boruvchi MTMlarda loyiha boʻyicha uxlash xonalari koʻzda tutilgan boʻlsa, transformerli krovatlarni joylashtirishga ruxsat etiladi, bundan maqsad guruh xonalaridan qoʻshimcha taʼlim va boshqa maqsadlar uchun foydalanishga joy ajratishdir.
6.12. Bolalarning har biri alohida oʻrin buyumlari, sochiqlar, shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlanishi kerak. Agar bolalar MTMda 9, 10, 5, 12 soat boʻladigan boʻlsa, ularda oʻrin oqliklari va sochiqlarni kamida 2 tadan kam boʻlmagan komplekti va sutka davomida uzluksiz boʻluvchi MTM bolalarida esa oʻrin oqliklari va sochiqlarning kamida 3 ta komplekti boʻlishi kerak, ularni almashtirish kirlanish darajasiga qarab belgilanishi ammo hafta davomida kamida 1 martadan kam boʻlmasligi kerak.
6.13. Sanitar tarmoq yuvinish va tualet zonalariga boʻlinadi. Yuvinish mintaqasida bolalar yuvinish chigʻanoqlari va dush poddonlari joylashtiriladi.
Dush poddonining oʻrnatilish balandligi poldan 0,3 balandlikda oʻrnatilishi kerak. Dush poddoni poldan 1,6 metr balandlikda joylashgan dush nasadkali egiluvchi shlang bilan jihozlanishi kerak.
6.14. Yasli guruhidagi tualetning yuvinish mintaqasiga bolalar uchun 2 ta yuvinish chigʻanogʻi va kattalar uchun 1 ta yuvinish chigʻanogʻi oʻrnatiladi, shuningdek bu yerda aralashtirgich bilan issiq va sovuq suvli dush paddoni ham tashkil etiladi. Sanitar tarmoq mintaqasida 2 ta bolalar unitazi oʻrnatiladiunda tuvaklarni yuvish uchun harakatli suv oqimi tashkil etilishi kerak.
Maktabgacha guruhlarning tualetidagi yuvinish zonasida bolalar uchun 3 ta yuvinish chigʻanogʻi tashkil etiladi, unga aralashtirgichli issiq va sovuq suv oqimini kelishi lozim, kattalar uchun 1 ta yuvinish chigʻanogʻi tashkil etilishi, issiq va sovuq suv aralashtirgichli dush paddoni ham tashkil etilishi lozim. Bolalar unitazi 8 nafar bola uchun 1 ta tashkil etilib, unitazlar orasi balandligi 1,2 metrli (polga nisbatan) toʻsiqlar bilan toʻsilishi, bu toʻsiqlarning poldan balandligi 0,15m dan oshmasligi kerak. Oilaviy tipdagi va individual turar joy binolarida tashkil etilgan MTMlarda yuqoridagi talablar tavsiya koʻrinishida belgilanadi.
Imkoniyati chegaralangan bolalar uchun tashkil etilgan MTMlarning birinchi qavatida ular uchun maxsus tashkil etilgan sanitar tarmoq kabinalari tashkil etiladi.
6.15. Agarda bolalar MTMda sutka davomida uzluksiz ravishda boʻlsalar, u xolda u yerda bolalarni choʻmilishi uchun dush kabinalari bilan jihozlangan vanna xonalarini tashkil etish tavsiya etiladi (vannalar, issiq va sovuq suvli aralashtirgichi boʻlgan poddonlar).
6.16. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun oʻrnatilgan qoʻl yuvish chigʻanoqlarining qirrasini poldan balandligi 0,4 m ni tashkil etadi, oʻrta va yuqori maktabgacha yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan chigʻanoqlarning qirrasi esa poldan 0,5 metr yuqorida joylashtiriladi.
6.17. Bolalar uchun moʻljallangan unitazlar oʻrindiqlar bilan jihozlanishi yoki gigiyenik toʻshamalar bilan taʼminlanishi kerak, ushbu toʻshamalar bolalar salomatligi uchun zararsiz boʻlgan materialdan tayyorlangan yuvuvchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar taʼsiriga chidamli boʻlishi talab etiladi.
6.18. Faoliyat olib boruvchi MTMlarning sanitar tarmogʻi tarkibidagi bolalar tualet xonasida xodimlar uchun alohida yopiluvchi tualet kabinasini tashkil etishga ruxsat etiladi.
6.19. Tualet xonalarida bolalar sochiqlarini ilishi uchun devorga mahkamlangan ilgaklar va shaxsiy gigiyena buyumlarini saqlashi uchun alohida yacheykalarga boʻlingan xoʻjalik shkaflari va tozalash inventarlari saqlanadigan shkaflar tashkil etilishi lozim.
VII. XONALARNING TABIIY VA SUNʼIY YORITILGANLIGIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
7.1. MTMning asosiy xonalari tabiiy yoritilganlikka ega boʻlishi kerak. MTMdagi omborcha, yordamchi xonalar, bufet, yechinish xonalari, xodimlar uchun tashkil etilgan tualet, vanna xonasi, dush xonalari, kolyaskalarni joylashtirish uchun xonalar tabiiy yoritilishsiz xolda ham tashkil etilishi mumkin.
7.2. MTMdagi tabiiy, sunʼiy va aralash yoritilganlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan qonun osti aktlariga mos holda turar joy va jamoat binolari uchun belgilangan meʼyorlar darajasida etib belgilanadi.
7.3. MTMlardagi guruh xonalari, oʻyin xonalari va uxlash xonalaridagi yorugʻlik kiruvchi derazalar boshqariluvchi quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak. Bunda quyoshdan himoya qiluvchi qurilma sifatida vertikal yoʻnaltirilgan, ichki, tashqi va oynalararo joylashtiriladigan jalyuzilardan foydalaniladi.
Ichki jalyuzi sifatida qoʻllaniluvchi material suvga, yuvuvchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak. Quyoshdan himoya qiluvchi vosita sifatida ochiq rangdagi matoli pardalardan ham foydalanilishi mumkin, mazkur pardalar devor rangi bilan mos boʻlishi lozim, bu pardalar deraza romlarini koʻpi bilan 50 % gacha yopishi mumkin.
Oʻzidan yetarli darajada yorigʻlik oʻtkazuvchi va yorigʻlikni yaxshi tarqptish xususiyatiga ega boʻlgan paxta tolasidan qilingan matolardan ham parda qilishga ruxsat etiladi (plplin, shtapel, reps-pishiq ipdan tayyorlangan mato).
Quyoshdan himoya qiluvchi qurilmaning boshqarish moslamalari dastlabki xolatda deraza oynasini faol yorigʻlik kirish m aydonini kamaytirmasligi lozim. Bolalar uxlash xonasidagi deraza pardalarini faqat bolalar uxlayotgan vaqtda toʻliq yopishga ruxsat etiladi, qolgan vaqtda esa xonani insolyatsiya bilan toʻliq taʼminlash maqsadida pardalar toʻliq ochiq xolda turishi talab etiladi.
7.4. Bir tomonlama yoritilganlik xolatida guruh xonalarining chuqurligi 6 metrdan oshmasligi kerak. Xona chuqurligi 6 metrdan oshiq boʻlgan xolatlarda deraza oynalarini ikki tomonlama paralel yoki burchak osti xolatida joylashtirish talab etiladi, bu yelvizak shamollatishni taʼminlaydi.
7.5. Guruh xonalarining deraza tokchalariga tabiiy yoritilganlik darajasini kamaytiruvchi yirik bargli xonaki gullarni joylashtirish taqiqlanadi.
7.6. Tabiiy yoritilganlik darajasi yetarli boʻlmagan sharoitda mashgʻulotlar olib borilganda guruh xonalari qoʻshimcha sunʼiy yoritilganlik darajasi bilan taʼminlanishi kerak.
MTMning asosiy xonalarida iloji boricha spektr boʻyicha yorigʻlik tarqatuvchi lyuminessent yoritkichlardan foydalanish zarur, ularga: oq, issiq-oq va tabiiy oq lampalar kiradi. Oʻz tarkibida himoya qoplamasi saqlagan svetodiod lampalar, LED-lampalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Uzoq, togʻli va choʻl zonalaridagi, shuningdek, elektroenergiya taʼminotida uzilishlar boʻladigan tumanlarda elektroenergiyasining zahira manbalarini koʻzda tutish zarur (generatorlar yoki elektrotarmogʻining zahira liniyasi) va energiyaning alternativ manbalarini qoʻllash (quyosh batareyalari yoki shamol varraklari) maqsadga muvofiqdir.
7.8. Barcha sunʼiy yoritish manbalari texnik jihatdan soz holatda boʻlishi kerak.
7.9. Deraza oynalari, yoritish armaturalari va yoritkichlarni tozalash ularni ifloslanish darajasiga qarab belgilanadi, ammo yiliga 2 martadan kam boʻlmasligi kerak.
7.10. Yoritish moslamalari oʻz tarkibida chang va nam oʻtkazmaydigan himoya armaturasiga ega boʻlishi kerak.
VIII. ISITISH VA VENTILYATSIYA TIZIMIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
8.1. MTM binolari uchun tashkil etiladigan isitish tizimi va havo almashtirish tizimiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar jamoat binolari va qurilmalariga mos xolda markazlashtirilgan isitish va ventilyatsiya tizimlar tashkil etilishi kerak.
8.2. MTM binolarini issiqlik taʼminoti issiqlik IES tarmoqlarida koʻzda tutilgan rayon va lokal qozonxonalar orqali, zahira kirish imkoniyatini bilan tashkil etiladi. Avtonom issiqlik taʼminotini qoʻllashga ruxsat etiladi.
8.3. Isitish qurilmalarida harorat rejimini optimal koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun mazkur qurilmalar boshqariluvchi kranlar bilan taʼmiinlanishi kerak.
MTM bino xonalarini isitish uchun qoʻlbola isitish moslamalari, shuningdek infraqizil nurlanishli isitish vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Boshqa isitish vositalari mavjud boʻlmagan xolatlarda foydalanish sertifikatiga ega boʻlgan koʻchiriluvchi yogʻli isitish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Faoliyat olib boruvchi MTM binosini mahalliy pechka bilan isitish amalga oshiriladigan boʻlsa, pechkani yoqish koridorda yoki umuman tashqarida, bolalardan uzoqda amalga oshirilishi, pechkani yoqish tongda boshlanishi, bolalarni MTMga kelishidan 1 soat oldin tugatilishi kerak. Sutka davomida uzluksiz ravishda ishlovchi MTMlarda pechkalarni yoqishni bolalar uyquga ketishidan 2 soat oldin tugatilishi kerak.
Isitish mavsumi boshlanishidan oldin barcha isitish qurilmalarida taftish ishlari oʻtkazilishi va tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu qurilmalarni ishga yaroqliligi toʻgʻrisida maxsus xulosaga ega boʻlishi kerak.
Pechkalar yordamida isitiluvchi xonalar havosini uglerod oksidi bilan ifloslanganishini oldini olish maqsadida yoqilgʻi vositalarini toʻliq yonishidan oldin pechka eshiklarini yopib qoʻyish zarur. “Burjuyka»tipidagi mahalliy isitish pechkalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Qattiq yoqilgʻilarni saqlash uchun alohida xona tashkil etish talab etiladi.
8.4. Isituvchi qurilmalar yuzasining oʻrtacha hrorati 70 gradusdan oshmasligi kerak.
8.5. MTM bolalar boʻladigan xonalaridagi havo harorati 20 dan 25oS oraligʻida saqlanishi kerak.
8.6. Bolalar doimiy boʻladigan xonalardagi havoning nisbiy nimligi 40 — 60 % ni tashkil etishi kerak, ovqat tayyorlash boʻlimi va kir yuvish xonalarining ishlab chiqarish boʻlimlaridam esa — 70 % dan ortib ketmasligi kerak.
8.7. Yil mavsumidan qatʼiy nazar MTMning barcha xonalari bolalar boʻlmagan vaqtida kuniga kamida 2 marta shamollatilishi kerak. MTMning guruh xonalari va uxlash xonalarida yelvizak yoki burchak osti shamollatilishi taʼminlanishi kerak. Tualet xonalari orqali shamollatishni tashkil etish taqiqlanadi.
Yilning issiq davrida bolalar ishtirokida ham barcha xonalarda bir tomonlama keng aeratsiyani tashkil etishga ruxsat etiladi.
8.8. MTMlarda xonalarni shamollatish davomiyligi tashqi havo haroratiga, shamol yoʻnalishiga, isitish tizimining samaradorligiga bogʻliq boʻladi. Xonalarni shamollatish bolalar xonada boʻlmagan vaqtda amalga oshiriladi va bolalarni mashgʻulot yoki sayrdan qaytishidan 30 daqiqa oldin tugatiladi.
Shamollatish vaqtida xona havosi haroratini pasayishiga ruxsat etiladi, ammo bu pasayish 2 — 4oS dan oshmasligi kerak. Uxlash xonasidagi yelvizak shamollatish bolalar uxlashga yotqizilishidan oldin amalga oshiriladi.
Yilning sovuq davrida xonadagi framuga va fortochkalar bolalar uyquga ketishidan 10 daqiqa oldin yopiladi.
8.9. Bolalar muntazam boʻladigan xonalar (guruh xonalari, oʻyin xonalari, uxlash xonasi, musiqa va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari xonalari va boshqalar) havosidagi zararli moddalar konsentratsiyasi yopiq xonalar havosi uchun oʻrnatilgan ruxsat etilgan miqdordan (REM) oshmasligi kerak.
8.10. MTMdagi bolalar boʻluvchi barcha asosiy xonalar havo harorati ustidan nazorat maishiy spirtli termometr yordamida oʻlchanib, aniqlanadi, bunda termometr bolalar nafas boʻsagʻasida, xonaning ichki devoriga mustahkamlangan xolda joylashtiriladi.
IX. SUV TAʼMINOTI VA KANALIZATSIYA TIZIMIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
9.1. MTM binosi markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanishi kerak.
9.2. MTM muassasalari 1 bolaga 150 litr hisobidan Oʻz DSt 950:2011 «Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish» talablariga toʻliq javob beradigan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi kerak.
9.3. Markazlashtirilgan suv taʼminoti manbasi boʻlmagan xolatlarda suv taʼminoti manbasi sifatida burgʻuli quduqlar, buloqlar, shaxtali quduqlar xizmat qilishi mumkin. Keltirilgan manbalar suvining sifati gigiyenik talablarga mos kelmagan xolatlarda mazkur suv manbasidagi suvdan faqat texnik maqsadlarda foydalanish mumkin. Bunday vaziyatlarda ichimlik suvini keltirishni tashkil etish lozim. Olib kelingan ichimlik suvini saqlash uchun bir bolaga 75 litr hisobidan suv saqlash uchun moʻljallangan plastmassa idishlardan foydalaniladi. (9-Ilova). Ichimlik suvini betondan tayyorlangan rezervuarlarda saqlashga ruxsat etilmaydi.
9.4. Kanalizatsiya tizimi mavjud boʻlmagan, yetib borish qiyin boʻlgan hududlardagi va uzoq mintaqalardagi MTMlarda chiqin suv va suyuq chiqindilarni maxsus oʻralarga tashlovchi mahalliy ichki kanalizatsiya tizimi tashkil etiladi, hovlida tashkil etilgan tualet binosi MTM binosidan kamida 10 — 15 metr masofada joylashtirilishi kerak.
9.5. Issiq va sovuq suv bilan ovqat tayyorlash bloki, bufet, bolalar va xodimlar uchun sanitar tarmoq, kirxona, basseyn va tibbiy maqsadlar uchun xonalar taʼminlanishi kerak. Xoʻjalik maqsadlari uchun foydalaniladigan qoʻl yuvish chigʻanoqlari, yuvinish vannalari, dush qurilmalari va suv ajratuvchi kranlari aralashtirgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Ovqat tayyorlash bloki, bufet va tibbiy maqsadlar uchun foydalaniladigan xonalar sanitar tarmogʻida issiq suvning zahira manbasi oʻrnatiladi, u 1 bolaga 50 litr hisobidan toʻgʻri kelishi, mahalliy qoʻllanuvchi qattiq ajratkich bilan taʼminlanishi kerak. Mazkur qurilma qozonxonadagi profilaktik ishlar davrida markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti boʻlmagan xollarda va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti muhandislik qurilmalarida foydalaniladi.
9.6. Markazlashtirilgan suv taʼminoti boʻlmagan xollarda (issiq va sovuq) barcha guruhlardagi ovqat tayyorlash bloki, tibbiy xizmat xonalari, kirxona va sanitar tarmoq uchun mahalliy ichimlik suv taʼminotini tashkil etish zarur.
X. JISMONIY VA RUHIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOʻLGAN BOLALAR GURUHLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
10.1. Imkoniyati chegaralangan bolalar uchun va nogiron bolalar uchun har qanday tipdagi MTMlarda inklyuziv taʼlimli guruhlar tashkil etiladi, ularda korreksion ishlarni tashkil etish uchun barcha zaruriy sharoitlar taʼminlanadi, ularga kiradi:
sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan-sil kasalligiga chalingan bolalar bilan muloqatda boʻlgan bolalar uchun, sil kasalligi bilan ogʻrigan bolalar uchun, sil infeksiyasining latent davridagi bolalar uchun va davolashning tiklanish bosqichidagi bolalar uchun, shuningdek, boshqa toifadagi maxsus sogʻlomlashtirish chora tadbirlari kompleksi zarur boʻlgan bolalar uchun.
10.2. MTM binosi imkoniyati chegaralangan bolalarni qabul qilish uchun mos boʻlgan zaruriy infrastruktura bilan taʼminlanishi kerak.
10.3. Binoning qavatliligi maxsus MTM tarbiyalanuvchilari kontingentini hisobga olgan xolda tashkil etilishi (jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlar, harakatlanishdagi chegaralanishlar, harakat koordinatsiyasini buzilishi, koʻrishni yomonlashishi yoki umuman koʻrmaslik va boshqalar) va oʻzaro bogʻliqlikni qulay, oddiy va qisqa boʻlish imkoniyatini taʼminlash nafaqat bino ichida, balki hudud bilan ham amalga oshirilishi kerak.
10.4. Ixtisoslashtirilgan MTM hududi qulay kelish, ketish yoʻllariga ega boʻlishi va jamoat transporti bekatlari bilan oson va qulay bogʻlangan boʻlishi kerak.
Binoga keluvchi barcha yoʻlkalar va yoʻlaklar MTM hududi doirasida qattiq qoplamaga ega boʻlishi kerak.
Tashkillashtirishning yagona kompleksi (bolalar bogʻchasi-maktab) ni bitta hududda joylashtirish tavsiya etiladi.
10.5. Tayanch-harakat apparatida buzilishi bor boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan MTMlar hududida koʻcha va tratuarlar qiyaligi 5 gradusdan oshmasligi kerak, koʻchalar kengligi esa 1,6 metrdan kam boʻlmasligi va u yerda qiyaligi 1:10 nisbatdagi panduslar tashkil etilishi lozim. Bunda bolalarni dam olishi uchun oʻrindiqlarni tashkil etish ham koʻzda tutilishi lozim.
Koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan MTMlarda bolalar harakatlanishida havfsizlikni taʼminlash maqsadida sayr qilish yoʻlaklarining kengligi 3 metrdan kichik boʻlmasligi va yoʻlkaning ikki chetida ikkita darajali toʻsiqlar bilan taʼminlanishi lozim: yerdan 90 sm balandlikda perila va yerdan 15 sm balandlikda — planka.
Bunda toʻsiqlar bolalar harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi barcha turdagi predmetlar: daraxtlar, butalar, simyogʻachlar uchun tashkil etiladi.
10.6. Oqshom vaqtida MTM hududi yoritish darajasi 40 lk boʻlgan sunʼiy yoritish moslamalari bilan taʼminlanishi kerak.
10.7. Eshitish organida, koʻrish organida va ongida yetishmovchiliklar boʻlgan bolalar uchun, shuningdek, tayanch harakat tizimidu nuqsoni boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan MTM larda guruh yacheykalarining tarkibi va maydon oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan SanQvaM da taqdim etilgan.
MTMlarda tashkil etilgan zinapoyalar cheti maxsus tutqichlar va balandligi 1,8 m boʻlgan toʻsiqlar bilan yoki zinapoya butun kengligi va balandligi boʻyicha metall toʻr bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
10.8. Tayanch-harakat tizimida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan MTMlardagi zinapoyalar ikki tomondan tutqichlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim, bu tutqichlar ikki xil darajada, yaʼni — erdan 0,9 metr yuqorida va qoʻshimcha pastki tutqichlar poldan — 0,5 m yuqorida tashkil etilishi kerak.
MTMlarda qiyaligi 1:10 boʻlgan panduslar va yirik donador toshli qoplamalar bilan taʼminlanishi kerak.
10.9. Guruh yacheykalarining asosiy xonalarini devori ochiq rangdagi matoviy boʻyoqlar bilan boʻyalgan boʻlishi kerak. Koʻrish organida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan MTMlardagi eshiklarning rangi, eshiklar nalichniklari, binoni oldinga chiqib turgan qismlari, zinapoyalar chegarasi, jihozlar rangi va qurilmalar rangi devorlar rangidan keskin farq qiluvchi ranglar bilan boʻyalgan boʻlishi kerak.
10.10. Agarda MTM mashgʻulot xonalarida tovush kuchaytirgich apparatlardan foydalaniladigan boʻlsa, devor va toʻsiqlar tovush yutuvchi qoplamalar bilan taʼminlanishi lozim (toʻsiq va devorlar yuqori tovush yutish xususiyatiga ega boʻlishi kerak).
10.11. Koʻzi ojiz, koʻrish qobiliyati past, eshitmaydigan va yomon eshitadigan bolalar uchun moʻljallangan uxlash xonalari va musiqa zallari, guruh yacheykalari dunyo tomonlariga nisbatan joylashtirilganda faqat janubiy va sharqiy orientatsiyada joylashtirilishi kerak.
Koʻrish va eshitish qobiliyatida buzilishlar boʻlgan bolalar bilan olib boriladigan mashgʻulot oʻtish va oʻqitish xonalaridagi tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TYoK) yon tomondan yoritilgan xolatda 1,5 % dan kam boʻlmasligi kerak.
10.12. Oʻyin va mashgʻulot xonalarida sunʼiy yoritilganlik darajasi 600 — 800 lik dan kam boʻlmasligi kerak; yorugʻlikdan qoʻrqishdan aziyat chekuvchi bolalar uchun sunʼiy yoritilganlik — 500 lk dan yuqori boʻlmasligi kerak, yordamchi xonalarda esa bu koʻrsatkich — 300 dan 400 lk gachani tashkil etishi kerak.
10.13. Koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati past boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruh xonalari tabiiy va sunʼiy yoritilganlikning kombinatsiyalashgan tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Koʻzi ojiz va yomon koʻruvchi bolalar uchun tashkil etilgan har bir ish oʻrni mahalliy yoritish chiroqlari bilan jihozlanishi kerak.
Mazkur mahalliy yoritish chiroqlari stolga mahkam qotirilgan va egiluvchi kronshteynga ega boʻlishi, egilish burchagini va eritish balandligini oʻzgartira olishi lozim.
Yorugʻlikdan qoʻrquvchi bolalar uchun qulay yorugʻlik sharoitini yaratish maqsadida ularning dars stollarini tepa qismida umumiy yoritish chiroqlari uchun alohida yoqish moslamalari koʻzda tutilishi kerak.
Logoped xonalaridagi koʻzgu oldida kronshteynlarda egilish burchagini va yorugʻlik manbasi balandligini oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻlgan devorga mahkamlangan mahalliy yoritish chiroqlari oʻrnatiladi.
10.14. Bolalar mebeli va xonalar jihozlari bolalar salomatligi uchun zararsiz boʻlgan materialdan tayyorlangnan boʻlishi kerak, bu materiallarning barchasi gigiyenik sertifikatga ega boʻlishi kerak, xonalarda jihozlarni joylashtirishda pedagogik jarayonni tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlarini va davolash profilaktik chora tadbirlarni hisobga olish, shuningdek, bolalar yoshi va boʻyiga mos boʻlishini inobatga olish kerak.
Koʻrish qobiliyati past boʻlgan va aqliy jihatdan qoloq boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan guruh xonalarida brshqariluvchi parametrli, oddiy va ishonchli konstruksiyadan iborat boʻlgan bir oʻrinli universal stollarni tashkil etish tavsiya etiladi.
Eshitish qobiliyati past boʻlgan (garang, yomon eshituvchi bolalar) va nutqiga buzilishlar boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan guruh xonalarida quyidagilarni tashkil etish tavsiya etiladi: individual pultli bir oʻrinli stollar (mikrofon komplekti, eshitish moslamalari): tarbiyachi uchun boshqvaruv pultli stol (ovoz kuchaytirgich va kommutator bilan), har bir stol uchun boshqaruv pultli kuchsiz tarmoqli podvodka bilan. Eshitish qurilmalari bolalar va tarbiyachilar uchun statsionar mahkamlangan stollarga mustahkamlanadi.
Tayanch harakat apparatida buzilishlar boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan guruh xonalarida mashgʻulotlar olib borish qulay boʻlgan maxsus mebelni tashkil etish koʻzda tutiladi.
10.15. Tibbiy xizmatlar uchun tashkil etilgan xonalar sogʻlomlashtirish-profilaktik chora tadbirlarni va korreksion tiklanish ishlarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi va oʻz tarkibida kengaytirilgan xonalar majmuasiga ega boʻlishi kerak (muassasa ixtisosligiga mos xolda), bu xonalar asosiy nuqsonga mos boʻlgan kasalikka bogʻliq boʻladi.
10.16. Tayanch harakat tizimida buzilishlar boʻlgan bolalar uchun tashkil etilgan MTM larida tashkil etilgan choʻmilish basseynlari bolalarni suvga tushirishga va suvdan chiqarishga ixtisoslashtirilgan moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
XI. QISQA VAQT BOʻLUVCHI GURUHLAR UCHUN QOʻYILADIGAN TALABLAR
11.1. Bolalar qisqa vaqt boʻluvchi guruhlarni qoʻshimcha taʼlim muassasalpari bazasi tarkibida, koʻp qavatli turar joy binolarining birinchi qavatida va boshqa moslashtirilgan binolar tarkibida tashkil etish mumkin.
Qisqa vaqt tashkil etilgan guruhlar asosan bolalarni nazorat qilish, ularni parvarishlash va (yoki) taʼlim faoliyatini amalga oshirish bilan shugʻullanishi mumkin.
11.2. Guruhlarni toʻlishi bolalarning yoshiga va ularning salomatlik xolatiga qarab amalga oshiriladi. Bolalarning yosh va salomatlik koʻrsatkichlari mazkur Sanitar Qoida va Meʼyorda keltirilgan meʼyorlardan oshmasligi kerak.
11.3. Bolalarni boʻlish muddati 4 soatgacha boʻlgan, kunduzgi uyqu tashkil etilmagan va bir mahal ovqatlanish bilan tashkil etilgan qisqa vaqt boʻlish guruhlarida xonalarning minimal jamlanmasi quyidagi talablarga rioya qilingan xolda tashkil etilishi kerak:
ustki kiyimlar va poyafzalni saqlash uchun joy yaratilgan xoldagi yechinish oʻrni (shkafchalar yoki ilgaklar);
guruhlar uchun universal xona;
bolalar uchun sanitar tarmoq.
11.4. Sayrlarni tashkil etish imkoniyati boʻlganda skverlar, parklar, shuningdek, bino yaqinidagi bolalar oʻyin maydonchasi bilan jihozlangan hovlidan foydalanish mumkin. Qumdonlardan foydalanish xolati boʻlganda mazkur Sanitar qoida talablariga rioya qilish kerak.
11.5. Guruhlar uchun tashkil etilgan universal xonada bir bolaga 3,3m2 joy ajratilgan xolda tashkil etilishi, oilaviy tipdagi MTMlarda esa — 3 m2 joy tashkil etilishi kerak. Koʻp qavatli turar joy binolarining birinchi qavatida tashkil etilgan MTM lardagi guruh yacheykalarida bir bola uchun kamida 2,8 m2 joy ajratilgan xolda tashkil etilishi kerak.
11.6. MTMlardagi sanitar tarmoq tizimida issiq va sovuq suvli qoʻl yuvish chigʻanoqlari quyidagi hisobga mos xolda tashkil etiladi (bolalar yoshiga bogʻliq xolda) — kichik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qoʻl yuvish chigʻanoqlarini polga nisbatan oʻrnatilish balandligi 0,4m va oʻrta va katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun polga nisbatan oʻrnatilish balandligi 0,5 ni tashkil etishi kerak. 3 tadan kam boʻlmagan bolalar unitazlarini oʻrnatish talab etiladi va bu unitazlar oʻrtasi oʻlchami 0,75x1,2 m li toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Yuqorida keltirib oʻtilgan talablar oilaviy tipdagi MTMlar va individual turar joy binolarida tashkil etilgan MTMlarga tavsiya tariqasida berilishi mumkin.
11.7. Qisqa vaqt boʻluvchi guruhlardagi bolalar uchun tashkil etiladigan tibbiy xizmat va maktabgacha taʼlim muassasalarida mavjud boʻlgan boshqa turdagi xizmatlarni tashkil etish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
XII. BOLALARNI MTMGA QABUL QILISH, KUN TARTIBI VA OʻQUV-TARBIYA JARAYONIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.
12.1. MTMga ilk bor keluvchi bolalarni qabul qilish, ularni salomatligi uchun optimal va havfsiz sharoitlarni yaratish maqsadida hududiy davolash-profilaktik muassasasi tomonidan berilgan salomatlik xolati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida tavsiya etiladi.
12.2. Bolalarni har kungi tonggi qabul qilib olish (filtr)ni tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi, bunda tarbiyachilar ota-onalardan bolani salomatlik xolatini soʻrab surishtirishi talab etiladi.
Bemor bolalar va kasallikka shubha qilingan bolalar shu kuni MTM ga qabul qilinmaydi. Kun davomida kasalikka chalingan bolalar esa kun davomida ularni ota-onasi yoki tez tibbiy yordam mashinasi kelguncha bolalardan ajratiladi.
12.3. Bolalar salomatligi uchun havfsiz va optimal sharoitlarni tashkil etish va amalga oshirish maqsadida, kasalikkni boshidan oʻtkazgan bolani MTMga qabul qilishda hududiy davolash profilaktika muassasasining uchastka shifokori tomonidan berilgan maʼlumotnoma boʻlgandagina amalga oshirishga ruxsat etiladi. Ushbu maʼlumotnomada bolani MTMga qoʻyish mumkinligi, unda bola oʻtkazgan kasallik tashxisi, kasallik davomiyligi, yuqumli kasalikka chalingan bemorlar bilan muloqatning mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot, shuningdek, individual ovqatlanish va kun tartibi toʻgʻrisidapgi tavsiyalar keltirilgan boʻlishi kerak.
12.4. Bolalar uchun tashkil etilgan kun tartibi bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlishi va ularni barkamol rivojlanishini taʼminlashi kerak. 3 — 7 yoshldi bolalarni maksimal tetik davrining davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi, 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun esa — tibbiy tavsiyalar asosida belgilanadi.
12.5. Bolalarni ochiq havoda kunlik sayr qilish davomiyligi 3-4 soatdan kam boʻlmasligi kerak. Sayr qilish kuniga 2 marta tashkil etiladi: kunning birinchi yarmida-tushlikkacha va kunning ikkinchi yarmida-kunduzgi uyqudan keyin yoki bolalarni uyga ketishidan oldin tashkil etiladi.
12.6. Bolalar bilan oʻtkaziladigan sayr davrida oʻyinlar va jismoniy mashqlarni bajarish zarur. Harakatli oʻyinlar sayr oxirida bolalarni MTM binosiga kelishidan oldin oʻtkazilishi kerak.
12.7. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sutkalik uyquning umumiy davomiyligi — 12 — 12,5 choatni tashkil etib, undan 2 — 2,5 soatni kunduzgi uyqu tashkil etishi kerak. Kunduzgi uyquni ochiq havoda (ayvonda) tashkil etish optimal hisoblanadi. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun kunduzgi uyquni tashkil etish davomiyligi kamida 2 soatni tashkil etishi kerak. Bolalarga uyqudan oldin harakatli va emotsional oʻyinlarni oʻynashiga ruxsat etilmaydi.
Qiyin uxlovchi va ziyrak uxlaydigan bolalarni uxlashga birinchi boʻlib yotqizish va kechroq uygʻotish tavsiya etiladi. Turli yoshdagi bolalar guruhidagi katta yoshli bolalarni uyqudan kechrov uygʻotish tavsiya etiladi. Bolalarni uyqusi vaqtida xonada albatta tarbiyachi (yoki uning yordamchisi) boʻlishi kerak.
XIII. TAʼLIM FAOLIYATIGA TALABLAR
13.1. Bolalar uchun oʻquv-oʻyin va taʼlim faoliyati (oʻyinlar, taʼlim faoliyatiga tayyorgarlik koʻrish, shaxsiy gigiyena) kun tartibida 1,5 soatdan koʻp boʻlmagan vaqtni egallashi va tasdiqlangan reja asosida olib borilishi talab etiladi.
13.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun haftalik taʼlim yuklamasini maksimal yoʻl qoʻyiladigan hajmi, qoʻshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirish kiritilgan xolatlar bilan birga quyidagilarni tashkil etadi: kichik guruhlarda (2,5 yoshli bolalar uchun ) — 2 soatu 45 minut; oʻrta guruhlar uchun (5 yoshli bolalar uchun) — 4 soat; katta guruhlar uchun (6 yoshli bolalar uchun) — 6 soatu 15 daqiqa; tayyorlov guruhlari uchun (7 yoshli bolalar uchun) — 8 soatu 30 daqiqa.
13.3. 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bevosita uzluksiz taʼlim faoliyatini davomiyligi — 10 minutdan oshmasligi kerak, 4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 15 daqiqadan oshmasligi kerak, hayotining 5 yilida boʻlgan bolalar uchun — 20 daqiqadan oshmasligi kerak, hayotining 6 yilida boʻlgan bolalar uchun — 25 daqiqadan oshmasligi kerak, hayotining 7 yilida boʻlgan bolalar uchun esa — 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Kichik va oʻrta guuhlarda kunning birinchi yarmida olib boriladigan taʼlim yuklamasining maksimal yoʻl qoʻyiladigan xajmi 30 va 40 daqiqadan oshmasligi kerak, unga mos xolda katta va tayyorlov guruhlarida esa — 45 daqiqa va 1,5 soatdan oshmasligi kerak. Uzluksiz taʼlim faoliyati uchun ajratilgan oʻrtacha vaqt oʻrtasida fizkult daqiqalar tashkil etish zarur. Uzluksiz taʼlim faoliyati orasida kamida 10 daqiqalik tanaffuslar tashkil etilishi kerak.
13.4. Katta maktabgacha yoshdagi bolalari bilan olib boriladigan bevosita taʼlim faoliyati kunning ikkinchi yarmida kunduzgi uyqudan soʻng amalga oshirilishi, ammo haftada 2-3 martadan koʻp boʻlmasligi kerak. Uning davomiyligi kun boʻyi 25 — 30 daqiqadan oshmagan holda tashkil etilishi kerak. Turgʻun xolatda olib boriladigan bevosita taʼlim faoliyati oʻrtasida fizkult daqiqalarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
13.5. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim boʻyicha mashgʻulotlar (studiyalar, toʻgaraklar) bevosita sayr va kunduzgi uyqu uchun ajratilgan vaqt hisobiga amalga oshiriladi. Ularni quyidagi bolalar uchun tashkil etiladi:
Hayotining 4 yilida boʻlgan bolalar uchun-haftasiga davomiyligi bir martadan kam emas va 15 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida olib boriladi;
Hayotining 5 yilida boʻlgan bolalar uchun-haftasiga davomiyligi ikki martadan kam emas va 20 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida olib boriladi;
Hayotining 6 yilida boʻlgan bolalar uchun-haftasiga davomiyligi ikki martadan kam emas va 25 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida olib boriladi;
Hayotining 7 yilida boʻlgan bolalar uchun-haftasiga davomiyligi uch martadan kam emas va 30 daqiqadan kam boʻlmagan vaqt davomida olib boriladi;
13.6. Bevosita taʼlim faoliyatiga ajratilgan umumiy vaqtning 50% ni jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va estetik sikllar uchun ajratilishi kerak.
13.7. Bolalar uchun tashkil etilgan davolash-sogʻlomlashtiruvchi ishlar va korreksion yordam (LFK, uqalash, logoped bilan mashgʻulotlar, psixolog va boshqalar bilan mashgʻulotlar) individual xolatda belgilanadi va u tibbiy-pedagogik tavsiyalarga mos boʻlishi kerak.
13.8. Yuqori bilishga oid faollik va aqliy zoʻriqishni talab etadigan bevosita taʼlim faoliyatini kunning birinchi yarmida va bolalardagi eng yuqori ish qobiliyati kuzatiladigan kunlarda (seshanba, chorshanba kunlari) olib borish talab etiladi. Bolalarda charchashni oldini olish maqsadida bu faoliyatni bolalarni tasviriy-estetik va jismoniy rivojlanishiga yoʻnaltirilgan taʼlim faoliyati bilan birga olib borish tavsiya etiladi.
13.9. Turli yoshlilar uchun tashkil etilgan guruhlarda bevosita taʼlim faoliyatining davomiyligi bolalar yoshiga bogʻliq xolda differensiyatsiya qilish talab etiladi. Yosh reglamentlariga rioya qilish maqsadida, taʼlim faoliyatini katta yoshli bolalar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir, soʻngra asta sekin kichik yoshli bolalarni ham qoʻshib borish kerak.
13.10. Bolalar uchun moʻljallangan teledasturlar va filmlarni uzluksiz koʻrish davomiyligi kichik va oʻrta yoshli bolalar uchun — 20 daqiqani tashkil etsa, kattta va tayyorlov guruh bolalari uchun — 30 daqiqani tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun telekoʻrsatuvlarni koʻrishga kun davomida ikki martaga ruxsat beriladi (kunning birinchi va ikkinchi yarmida), bunda tomosha qilish bolalarning koʻz darajasida, televizordan 3-4 metr uzoqlikda boʻlishi kerak. Agarda bola koʻzoynak taqadigan boʻlsa, telekoʻrsatuvlarni koʻrish davrida ularni albatta taqishi lozim.
Oqshom vaqtida telekoʻrsatuvlarni koʻrish guruhlar uchun ajratilgan xonalarda bolalarni koʻrish maydonida joylashtirilgan, sunʼiy yoritilganlik sharoitida yuqoridan yoritish yoki mahalliy yoritish manbalari ostida amalga oshiriladi (bra yoki stol chiroqlari yordamida). Ekranda quyosh nurlarini shulalanishini oldini olish maqsadida kunduzgi vaqtda deraza yuzini ochiq rangdagi yengil pardalar bilan toʻsilishi talab etiladi.
13.11. 5 — 7 yoshdagi bolalar uchun kompyuterlaprni qoʻlash bilan tashkil etilgan bevosita taʼlim faoliyati kun davomida faqat bir marta tashkil etiladi va hafta davomida bu mashgʻulotlar 3 martadan oshmasligi, ular eng yuqori ish qobiliyati kuzatiladigan kunlarda, yaʼni seshanba, chorshanba va payshanba kunlari tashkil etilishi kerak. Kompyuter mashgʻulotidan soʻng bolalar bilan koʻz mashqlarini bajarish maqsadga muvofiqdir. Rivojlantirilgan oʻyinlar shaklida tashkil etilgan kompyuterlar bilan ishlashning uzluksiz davomiyligi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 daqiqani, 6-7 yoshli bolalar uchun — 15 daqiqani tashkil etishi kerak. Surunkali kasalligi bor boʻlgan bolalar, tez-tez kasalikka chalinuvchi bolalar (yiliga 4 martadan koʻp kasal boʻladigan bolalar) kasallik oʻtkazgandan soʻng 2 hafta davomida kompyuter bilaen bogʻliq boʻlgan bevosita taʼlim faoliyatining davomiyligi qisqartirilishi lozim: 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 7 minut, 6 yoshli bolalar uchun — 10 minut.
Kompyuter texnikasini qoʻllash bilan olib boriladigan bevosita taʼlim faoliyati jarayonini amalga oshirishda bolalarda charchoqni oldini olish uchun ish kunini gigiyenik jihatdan ratsional tashkil etishni taʼminlash zarur: xona jihozlarini balalar boʻyiga mosligi, yoritilganlikni yetarli darajada boʻlishi. Videomonitor ekrani bolalarning koʻz darajasida yoki sal pastda, 50 sm masofada joylashtiriladi. Koʻzoynak taqadigan bolalar kompyuter bilan shugʻullanganda koʻzoynakda boʻlishi kerak. Bitta kompyuterdan bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq bolani shugʻullanishi mumkin emas. Kompyuter qoʻllash bilan olib boriladigan bevosita taʼlim faoliyati bevosita pedagog yoki tarbiyachi (uslubchi) ishtirokida amalga oshiriladi.
13.12. Katta va tayyorlov guruhidagi bolalarda foydali jamoat ishi oʻz oʻziga xizmat qilish shaklida amalga oshiriladi, bunda elementar xoʻjalik-maishiy mehnat va ochiq tabiat qoʻynidagi elementar mehnat shakllari qoʻllaniladi (ovqatlanish uchun stol ustini jihozlash, mashgʻulotga tayyorgarlik koʻrishga yordamlashish).
XIV. JISMONIY TARBIYANI TASHKIL ETISHGA TALABLAR
14.1. Bolalar uchun tashkil etiladigan jismoniy tarbiya ularni jismoniy rivojlanishi va salomatlik holatini yaxshilashga, oʻsuvchi organizmni funksilnal imkoniyatilarini kengaytirishga, harakat koʻnikmalarini va jismoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan boʻlishi kerak.
14.2. Harakatlanishning ratsional tartibi, jismoniy mashqlar va chiniqtiruvchi choralar bolalarning salomatlik holatini, ularni yosh-jins imkoniyatlarini va yil mavsumini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Quyidagi harakat faoliyati shakllarini qoʻllash tavsiya etiladi: tonggi gimnastika, xonada va ochiq havoda jismoniy tarbiya mashgʻulotlari, jismoniy tarbiya daqiqalari, harakatli oʻyinlar, sport mashqlari, ritmik gimnastika, trenajerlarda mashgʻulotlar, choʻmilish va boshqalar.
5 — 7 yoshli tarbiyalanuvchilarda harakt faollik xajmi quyidagicha boʻlishi lozim, tashkillashtirilgan shaklda sogʻlomlashtiruvchi-tarbiyalovchi faoliyat haftasiga kamida 6 soatdan kam emas, bunda bolalarning ruhiyfiziologik oʻziga xosligi, yil fasli va MTMning ish tartibi inobatga olinishi lozim.
Bolalarda harakat faolligini amalga oshirish uchun bolalarning boʻyi va yoshiga mos boʻlgan jismoniy tarbiya darslari va sport maydonlarida maxsus inventarlar tashkil etilishi va qoʻllanilishi kerak.
14.3. Hayotining 3 yilida boʻlgan bolalar uchun jismoniy rivojlanish boʻyicha bevosita taʼlim faoliyatini tarbiyachilar haftasiga 2-3 marta guruh xonalarida yoki jismoniy tarbiya zallarida amalga oshiriladi.
14.4. 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarda jismoniy rivojlanish boʻyicha bevosita taʼlim faoliyatihaftasiga 3 martadan kam boʻlmagan xolatda tashkil etiladi.
Uning davomiyligi bolalarning yoshiga bogʻliq boʻladi va quyidagilarni tashkil etadi:
Yasli guruhlari uchun — 5 — 7 daqiqa;
Kichik guruhlarda — 15 daqiqa;
Oʻrta guruhlarda — 20 daqiqa;
Katta guruhlarda — 25 daqiqa;
Tayyorlov guruhida — 30 daqiqa.
5 — 7 yoshli bolalar uchun yil davomida haftada bir marta jismoniy rivojlanish boʻyicha bevosita taʼlim faoliyati ochiq havoda tashkil etilishi kerak. Bu mashgʻulotlar faqat bolalarda mazkur mashgʻulotni oʻtkazish uchun hech qanday qarshiliklar boʻlmaganda va bolalarda sport liboslari boʻlganda, mashgʻulot olib borish uchun mos boʻlgan ob-havo xolatida amalga oshirilishi kerak.
Yilning issiq davrida, qulay meteologik sharoitlarda, jismoniy rivojlanish boʻyicha bevosita taʼlim faoliyati ochiq havo ostida olib borilishi kerak.
14.5. Bolalarni chiniqtirish quyidagi chora tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi:
kundalik hayotdagi chiniqish elementlari: sovuq suvda yuvinish, toʻgʻri tashkil etilgan sayr, yengil sport libosida xonada va ochiq havo ostida olib borilgan jismoniy mashqlar;
maxsus chora tadbirlar: havoli va quyosh vannalari.
Bolalarni chiniqtirish uchun qoʻllaniladigan asosiy tabiiy omillar (quyosh, havo va suv) uslubiy tavsiyalarga qatʼiy rioya qilingan holda, xodimlar va MTM moddiy texnik bazasini, tayyorgarlik darajasini hisobga olib, bolalarning salomatligi, yoshiga differenlanib bogʻlangan xolda qoʻllaniladi.
Bolalarni chiniqtirish mashqlarini tadbirning kuchi va davomiyligi, yil mavsumiga bogʻlanganligi, guruh xonalaridagi havo harorati, epidemiologik vaziyatni inobatga olgan xolda oʻzgartiriladi.
14.6. Bolalar oʻrtasida choʻmilishni tashkil etishda ularni basseynda boʻlish davomiyligi bolalar yoshiga bogʻliq boʻlib, quyidagilarni tashkil etadi: kichik va oʻrta guruh bolalari uchun — 15 — 20 daqiqa, katta va tayyorlov guruh bolalari uchun — 25 daqiqagacha.
14.7. Bolalar choʻmilish basseyniga faqat shifokor-pediatr ruxsati bilangina tushishiga ruxsat etiladi.
14.8. Yilning issiq davrida bolalar bilan olib boriladigan sogʻlomlashtiruvchi tadbirlar profilaktik chora tadbirlar tizimining asosiy qismi hisoblanadi.
Yilning issiq davrida bolalar oʻrtasida sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida kun tartibida bolalarni ochiq havoda maksimal boʻlish vaqti taʼminlanishi, ulardagi uyquning davomiyligi va boshqa turdagi dam olishlar bolalarning yoshiga mos boʻlishi kerak.
Bolalarning yetarli darajadagi harakat faolligiga erishishi uchun bolalarni jismoniy rivojlanishi boʻyicha bevosita taʼlim faoldiyatining barcha turdagi tashkillashtirilgan shakllarini qoʻllash zarur, bunda haraktli oʻyinlarni keng koʻlamda kiritish, musobaqa elementlarini oʻz ichiga olgan spolrt mashqlari, shuningdek, piyoda sayrlar, ekskursiyalar, aniq belgilangan marshrutlar boʻyicha sayrlar (oddiy turizm)larni ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
14.9. Bolalarning jismoniy rivojlanishi boʻyicha ishlar bolalarning salomatlik holatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi, bunda ular tibbiy xodimlar tomonidan muntazam kuzatuv ostida boʻlishlari kerak.
XV. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI GIGIYENIK OʻQITISH VA TARBIYALASH
15.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak, bunda oʻsuvchi organizmning asosiy funksiyasi hisoblangan jismoniy va aqliy rivojlanishini dinamikasi hisobga olinishi zarur.
MTMda gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashning asosiy vazifasi boʻlib, bolalarni mustaqil boʻlishi va faolligini oʻsishi fonida ongli madaniy-gigiyenik koʻnikmalarni shakllantirish hisoblanadi.
15.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va oʻqitishning asosiy shakllari boʻlib, amaliy faoliyat hisoblanadi, unda tarbiya jarayonining organik boʻlimi muhim ahamiyatga egadir, ularga quyidagi boʻlimlar kiradi: jismoniy tarbiya (salomatlikni mustahkamlash, tonggi mashqlarni bajarish koʻnikmalarini oʻzlashtirmoq, chiniqtirish, faol harakat rejimi), maʼnaviy tarbiya, oʻzini madaniy tutish tarbiyasi, oʻzining va doʻstlarini salomatligiga ongli munosabatda boʻlish, mehnat va estetik tarbiya (mehnat koʻnikmalarining oʻzlashtirmoq oʻz oʻziga xizmat qilish koʻnikmalari, jismoniy va aqliy mehnat gigiyenasi boʻyicha gigiyenik tavsiyalarni bajarishga talabni shakllantirish).
15.3. MTMdagi pedagogik va tibbiy xodimlar bolani maktabgacha tarbiya muassasasida boʻlishining barcha yillarida gigiyenik tarbiya boʻyicha ishlarni amalga oshirishi kerak, bu ishlar muassasada olib boriladigan barcha boʻlimlar boʻyicha bajariladigan ishlarda oʻz aksini topishi, tarbiyalashning maʼlum dasturlari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Bolalarni gigiyenik tarbiyalashga ota-onalar keng koʻlamda jalb etilishi kerak, ularni MTMda olib boriladigan ishlarni xarakteri va tashkil etilganligi boʻyicha barcha ishlar bilan tanishtirish va uyda oʻz oʻzini tutish boʻyicha koʻnikmalarni mustahkamlash ishlari olib borilishi kerak.
15.4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalashga oid masalalar muassasaning ish rejasida oʻz aksini topishi va pedagog tarbiyachilarning ish rejasida ham akslantirilishi kerak.
15.5. Bolalarni tizimli ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishga oʻrgatib borish kerak (tanani, qoʻlni, yuzni va oyoqni yuvish, tishlarni tozalash).
Tishlarni tozalashni turgʻun koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida, sutka davomida uzluksiz tashkil etilgan guruhlarda ushbu amaliyotni har kuni tonggi yuvinish vaqtida, kunduzgi guruhlarda esa — tushlikdan soʻng amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bolalar 2 yoshdan boshlab tishlarini namlangan tish shetkasi bilan, 3 yoshdan boshlab esa tish kukuni yoki bolalar tish pastasi yordamida tozalashlari maqsadga muvofiqdir.
Individual foydalanish uchun moʻljallangan sovun individual sovun idishlarida, tish shetkasi, pastasi (kukuni) esa individual stakanlarda, yuqori polkadagi markirovkalangan yacheykalarda saqlanishi lozim. Bolalarda shaxsiy gigiyena amaliyotini amalga oshirish uchun shaxsiy gigiyena shaxsiy gigiyena predmetlaridan foydalanish qoidalariga muntazam ravishda oʻrgatib borish kerak (tish shetkalari, sochiqlar, taroqlar, mochalkalar).
15.6. Bolalar uchun individual mochalkalar foydalanilgandan soʻng 15 daqiqa davomida 0,5 %li xlorli eritmada chayiladi, oqib turgan suvda yuviladi, quritiladi va individual matoli qopchalarda saqlanadi.
XVI. XONALARNI SANITAR XOLATDA SAQLASHGA VA DEZINFEKSION CHORA TADBIRLARGA TALABLAR
16.1. MTMning barcha xonalari kuniga 2 marta ikki marta namli usulda tozalash vositalari yordamida tozalanishi kerak. Xonalarni tozalash deraza yoki ochiq framugalarni ochiq xolda amalga oshiriladi. Bunda eng koʻp ifloslanadigan joylarni (eshik tutqichlari, shkaflar, deraza tokchalari, chiroqni yoqish moslamalari, qattiq mebel jihozlari va h.k.) va chang eng koʻp toʻplanadigan joylarni (plintus va mebel ostidagi pol yuzasi, radiatorlar, yoritish moslamasining armaturalari, ventilyatsiya panjarasi va boshqalar) ni ayniqsa sinchkovlik bilan tozalash talab etiladi. (10-Ilova).
Bolalar uxlash xonasi yoki uyquni tashkil etish uchun ajratilgan joylarda olib boriladigan namli tozalash tungi yoki kunduzgi uyqudan soʻng, guruhlar uchun ajratilgan xonalardagi yoki umumiy ovqatlanish zalidagi tozalash esa har ovqat isteʼmolidan soʻng amalga oshirilishi kerak.
Guruh xonalaridagi stollar va ovqatlanish zallaridagi stollar har ovqat isteʼmolidan oldin va keyin sovunli suv bilan, maxsus shetka yordamida yuvilishi kerak. Soʻngra bu shetkani yuvish, quritish va quruq xolda maxsus markirovkalangan qopqoqlr idishda saqlash talab etiladi. Stullar, manejlar va boshqa jihozlar, shuningdek, bolalar tagliklari, klenkali soʻlakchalar har kuni sovunli suvda yuvilishi kerak.
Texnik maqsadlar uchun foydalaniladigan suvni (guruh xonalarini tozalash, tualetni tozalash va h.k.) faqat maxsus krandan olish maqsadga muvofiqdir. Tozalashda ishlatilgan suvni unitazga quyib yuborish talab etiladi.
16.2. MTMdagi gilamlar har kuni changyutgich bilan tozalanadi va namli shetka bilan artiladi yoki gilamlarni tozalash uchun maxsus ajratilgan joylarda yaxshilab qoqiladi, soʻngra namli shetka yordamida tozalanadi. Yilda bir marta ularni quruq usulda kimyoviy tozalanadi.
16.3. PEVMning va mebelning barcha yuzasi har kuni changdan tozalanadi. Qogʻoz, qoʻllanmalar, oʻquv adabiyotlari va boshqalarni yopiq (oynali) shkaflarda saqlash taklif etiladi.
16.4. MTMdagi sanitar texnik qurilmalarni zararsizlantirish haftada bir marta general tozalash ishlari olib borish vaqtida va epidemiologik koʻrsatmalar asosida amalga oshiriladi. Bolalar tuvaklari har bir foydalanilgandan soʻng, maxsus sertifikatga ega boʻlgan moslamalar va tozalash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Vanna, qoʻl yuvish chigʻanoqlari, unitazlar kunda ikki marta shetka yoki maxsus moslamalar bilan tozalash vositalarini qoʻllagan xolda yuviladi va haftada bir marta dezinfeksion vositalar ishtirokida tozalanadi. Bu moslama va tozalash qurilmalari sanitar texnik vositalarni qayta ishlashda ruxsat etilgan va havfsizligi kafolatlangan boʻlishi kerak. kvachlar dezinfeksion eritmaning ishchi eritmasi bilan har kuni tozalanishi kerak.
16.5. Tualet xonasini tozalash inventarlari (supurgi, chelak, shetka) yorqin rangli boʻyoq bilan belgilanishi va tualet xonasidagi maxsus tashkil etilgan shkafda yoki boshqa maxsus ajratilgan joyda saqlanishi talab etiladi. Barcha tozalash inventarlari foydalanilgandan soʻng issiq suv bilan tozalash vositalarini qoʻllagan xolda yaxshilab yuvilishi va quritilishi talab etiladi.
16.6. Dezinfeksion eritmalar (qora rangli idishlarda) tibbiy xonada saqlanishi kerak. (10-Ilova).
16.7. MTMning barcha xonalaridagi general tozalash ishlari (guruh yacheykalarida, ovqat tayyorlash blokida, tibbiy xonada, kir yuvish xonasida, musiqa-gimnastika zalida), haftada bir marta, dezinfeksion va yuvish vositalarini qoʻllagan xolda amalga oshirilishi talab etiladi. Deraza oynalari tashqaridan va ichkaridan ifloslanish darajasiga qarab tozalanadi, ammo bu yiliga kamida 2 martani tashkil etishi kerak. (bahorda va kuzda).
16.8. Epidemiologik vaziyat asoratlari yuzaga kelsa, yuqumli kasallikni oldini olish maqsadida sanitarepidemiologik xizmati xodimlari talabiga mos xolda qoʻshimcha chora tadbirlarni amalga oshirish zarur.
16.9. Yilning issiq davrida xonalarni zararli hashoratlarni saqlash maqsadida xona eshik va derazalari teshikchalarining oʻlchami 2 — 2,2 mm boʻlgan sunʼiy materiallar yoki metall toʻrlar bilan toʻsilishi kerak. Pashshalar bilan kurashish maqsadida xona ichida yopishqoq lentalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
16.10. Havo soʻrib oluvchi ventilyatsion tizimdagi jalyuzi panjaralari ochiq xolda turishi kerak; ularni faqat tashqi va ichki havo haroratining keskin farq qilgan xollarida yopishga ruxsat etiladi. Ifloslanish darajasiga qarab ularni changdan tozalpash maqsadga muvofiqdir. Soʻrib oluvchi ventilyatsiya shaxtasini tozalash yiliga kamida 2 marta amalga oshirilishi kerak.
16.11. Guruh yacheykalarida bolalar bor boʻlgan vaqtda hech qanday turdagi taʼmirlash ishlari olib borilmaydi.
16.12. Bolalar oʻyinchoqlari (yumshoq oʻyinchoqlardan boshqa) guru bolalariga berilishidan oldin 15 daqiqa davomida oqib turgan suvda (37oS xaroratdagi suv bilan) sovunlab yuviladi va quritiladi. Yuvish vaqtida rezinkali, penopoliuretanli, penolakteks, plastizoldan tayyorlangan oʻyinchoqlarni yaxshilab siqib tashlash zarur.
16.13. Oʻyinchoqlarni har kuni ikki marta yuvish kerak. Qoʻgʻirchoqlarning koʻylaklari ifloslanish darajasiga qarab, sovunli suvda yuviladi va dazmollanadi.
16.14. Penolateksdan tayyorlangan tukli oʻyinchoqlar oʻyinchoqni tayyorlovchi zavod yoʻriqnomasiga koʻra qayta ishlanadi.
16.15. MTMda oʻyinchoqlarni foydalanishga berish va oʻyinlarni almashtirish punktlarini va boshqa inventarlarni almashtirishga berish punktlarini tashkil etish taqiqlanadi.
16.16. MTMda sochiqlar, oʻrin oqliklarini almashtirish ifloslanish darajasiga qarab amalga oshiriladi, ammo bu haftada kamida bir martani tashkil etishi kerak. Kravotlar, matraslar, yostiqlar va koʻrpalar belgilanishi kerak. Har bir bola uchun kamida ikki komplekt oqlik, sochiq ham qoʻshib hisoblanganda boʻlishi kerak. Bolalar uchun toza oqliklar maxsus toza qoplarda olib kelinishi va maxsus shkaflarda saqlanishi kerak.
16.17. Foydalanib boʻlingan oqliklar maxsus qopqoqli idishda saqlanishi, klenkali, plastik yoki ikki qavatli matoli qoplarda saqlanishiga ruxsat beriladi. Kir oqliklar kirxonalarda (yoki maxsus xonalarda) saqlanishi kerak.Kir oqliklar olib kelingan matoli qoplar kirxonaga topshiriladi, kleenkali va plastik idishlar esa issiq sovun-sodali eritma bilan tozalab yuviladi.
16.18. Bolalarning oʻrin koʻrpalari: matraslar, yostiqlari, uyqu qoplari har bir general tozalash oʻtkazilganda bevosita uxlash xonasining oʻzida yoki ochiq havoda shamollatilishi kerak. epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha esa oʻrin buyumlari dezinfeksion kamerada qayta ishlanishi talab etiladi.
16.19. Zarurat boʻlganda MTM binosida profilaktik dezinsnesiya va deratizatsiya ishlarini olib borishi kerak.
XVII. TIBBIY XODIMLAR TOMONIDAN OLIB BORILADIGAN ASOSIY CHORA TADBIRLAR
17.1. MTMning tibbiy xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi tomonidan chiqarilgan buyruq va meʼyoriy hujjatlar asosida chora tadbirlarni amalga oshiradilar, jumladan:
muassasaga qabul qilishda bemor bolalarni aniqlash, shular qatorida pedikulyozga ham tekshirish uchun tibbiy koʻriklarni tashkil etish;
tarbiyadanuvchilarning salomatlik xolati ustidan ayniqsa salomatlik xolatida stljishlari boʻlganlar ustidan sistemali kuzatuv olib borish;
MTM rahbariyati bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarning profilaktik koʻriklarini tashkil etish va oʻrnatilgan tartibda profilaktik emlashlarni olib borish;
oilaviy tipdagi MTMlar va individual turar joy binolarida tashkil etilgan MTMlardaga bolalar oʻrtasida rahbariyat bilan kelishgan xolda profilaktik emlashlarni olib borishna qaratilgan tibbiy koʻriklarni tashkil etish;
jismoniy tarbiya mashgʻulotlari uchun bolalarni guruhlarga taqsimlash;
tashkilot rahbariyati, tarbiyachilar, bolalar salomatlik xolati boʻyicha jismoniy tarbiya uslubchisini salomalik xolatida siljishlari boʻlgan bolalar uchun taklif etiladigan kun tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishtirish;
tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida har kunlik ambulator qabuli (zarurat boʻlganda), bemor bolalarni aniqlash, ularni oʻz vaqtida sogʻlom bolalardan ajratish, favqulotda xolatlarda ularga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish;
hududiy Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlariga va muassasalariga tarbiyalanuvchilar va xodimlvar oʻrtasida infeksion va parazitar kasalliklar, ovqatdan zaharlanish xolatlarigi shubha boʻlganda 2 soat ichida oʻrnatilgan tartibda xabar yetkazish;
xonalarni va umumiy foydalanish joylari, xudud sanitar xolati ustidan doimiy kuzatuv olib borish, shuningdek, xodimlar va tarbiyalanuvchilarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi ustidan nazorat olib borish;
MTM rahbariyati bilan hamkorlikda hududiy tibbiy birlashmalar, Davlat sanitariya epidemiologiya markazlari taklifiga mos xolda sanitar gshigienik va epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish;
jismoniy tarbiyani tashkil etish boʻyicha tibbiy nazorat, jismoniy tarbiya mashgʻulotlari uchun joy tanlash va ularning xolati ustidan nazorat olib borish, tarbiyalanuvchilarning jinsi, yoshi va salomatlik xolatiga bogʻliq xolda jismoniy tarbiya boʻyicha chora tavdbirlar oʻtkazish boʻyicha kuzatuvlar olib borish.
XVIII. MAZKUR SANITARIYA QOIDALARGA RIOYA QILISHGA TALABLAR
18.1. MTM rahbariyati quyidagilarni taʼminlaydi:
amaldagi sanitar qoida va meʼyorlarning mavjudligi, MTM xodimlarini ushbu qoidalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan xabardorligini va ularga qoʻyiladigan maʼsuliyat bilan tanishtirib borish, MTMning barcha xodimlarini mazkur qoidalar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
Sanitar qoida va meʼyorga rioya qilish uchun zaruriy sharomtlarni tashkil etish;
MTMning barcha xodimlari tomonidan Sanitar qoida va meʼyor talablarini qatʼiy ravishda bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligi tomonidan amalda boʻlgan buyruqqa asosan tashkilotning barcha xodimlari tomonidan oʻz vaqtida davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishni taʼminlash;
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilga topshiriqlarnii oʻz vaqiida bajarilishini taʼminlash;
ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitini amaldagi qonunchilikka, Sanitar qoida va gigiyeni k meʼyorlarga mos kelishi;
mebelni hisobga olish kartasi bilan tasdiqlangan har bir guruhda maktabgacha jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni bolalarning boʻy-yosh koʻrsatkichlariga mos holda oʻz vaqtida almashtirish, gigiyenmk talablarni hisobga olgan ʻolda bolalarni stolga toʻgʻri oʻtkazish ustidan nazorat olib borish;
muassasaning texnologik, sovitgich va boshqa qurilmalarini toʻgʻri ishlashi ustidan nazorat olib borish;
dezinseksiya va deratizatsiya boʻyicha chora tadbirlar tashkil etish va shartnomalar tuzish;
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun yetarli miqdordagi dori moddalari bilan taʼminlash va Sogʻliqni Saqlash Vazirligining amaldagi buyruqlariga asosan ularni oʻrnini oʻz vaqtida toʻldirish;
xodimlar oʻrtasida maʼruza, suhbat, seminar koʻrinishdarida sanitar gigiyenik oʻqitish ishlarini tashkil etish;
Sanitar qonunchilikni buzilish xolatlari yuzaga kelganda MTM rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartib boʻyicha javobgar hisoblanadilar.
1-ILOVA Tavsiya etiladigan
Asosiy xonalarning tarkibi va umumiy maydonlari
2-ILOVA Tavsiya etiladigan
Xona derazalarining yoʻnalishi
3-ILOVA Tavsiya etiladigan
Tibbiyot bloki
4-ILOVA Tavsiya etiladigan
Xizmat va maishiy xonalarning tarkibi hamda umumiy maydonlari
5-ILOVA Tavsiya etiladigan
Oshxona bloki xonalarining tarkibi va maydonlari
6-ILOVA Tavsiya etiladigan
Kir yuvish xonasining tavsiya etiladigan tarkibi va maydoni
7-ILOVA
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun stol va stullarning asosiy oʻlchamlari
8-ILOVA
Yasli va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun karavot oʻlchamlari (sm da)
9-ILOVA
Suv sarfi meʼyorlari (litrda) QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvurlari va kanalizatsiyasi”
10-ILOVA
MTTda yuvish va zararsizlantirish vositalari sarfi meʼyorlari
11-ILOVA
Tibbiyot xonasining jihozlari va asbob-uskunalarining taxminiy roʻyxati
