Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (578-son)
21.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori xamda 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 13 (oʻn uch) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlansin:
1. Begalov Baxodir Abdusalomovich — rais 2. Xolmurodov Dilshod Ibragimovich — raisning birinchi oʻrinbosari 3. Ikramov Agzam Anvardjonovich — raisning iqtisodiy statistika boʻyichaoʻrinbosari 4. Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich — raisning ijtimoiy statistika boʻyichaoʻrinbosari 5. Ziyayev Zoxidjan Muratovich — raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari 6. Zakirov Dilshod Tairovich — statistika ishlarini tashkil etishva metodologiya boshqarmasi boshligʻi 7. Jurayev Xurshid Mamatkulovich — yigʻma-axborot ishlari boshqarmasi boshligʻi 8. Mamirov Aziz Otaxonovich — makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi 9. Mamadaliyev Odiljon Toirovich — xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshligʻi 10. Umarov Muxtor Turayevich — narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi 11. Berdikulov Kobil Gulamovich — roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi 12. Odilov Shohruh Gʻayratjonovich — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshligʻi 13. Gʻayibnazarov Baxodir Karimovich — kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 20-oktabrdagi 836-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchkorov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-sentabr,
578-son
