Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hayʼati tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (554-son)
15.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 15-apreldagi 228-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hayʼati aʼzolari soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Mamatov Raxmat Toshnazarovich — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri 2. Marufova Gulnora Maxmudovna — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari 3. Ikramov Azizbek Israilovich — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi 4. Turdiyev Sodiqjon — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari 5. Parpiyev Batir Raxmatovich — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari 6. Karshiyev Elmurod Axmedovich — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi 7. Egamberdiyeva Nodira Melibayevna — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori 8. Turmanov Sagʻindiq Turganbayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri 9. Muxtorova Nazira Abdusattorovna — Jizzax viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
554-son
