Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4830-son)
15.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan Strategiyasi ijrosini taʼminlash, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni kengaytirish asosida qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga asosan:
a) “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida 2020-yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi oʻrtasida qoʻshimcha 46,2 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 800 ming AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlari boʻyicha qarz bitimining (keyingi oʻrinlarda — qarz bitimi) imzolanganligi;
b) Loyihani amalga oshirish doirasida:
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining krediti hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻidan va yigʻimlardan;
ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlari jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqdan ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qarz bitimiga muvofiq Loyiha doirasida jalb etiladigan qoʻshimcha qarz mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltirilishi belgilansin:
qishloq xoʻjaligida diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha kredit ajratish uchun — 39,8 mln AQSH dollari. Bunda klaster va kooperatsiyalar hamda ularga aʼzo boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga — 30,3 mln AQSH dollari, yoshlar va ayollar uchun — 5 mln AQSH dollari miqdorida, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga 4,5 mln AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uchun — 3,1 mln AQSH dollari. Bunda oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarishga 2 mln AQSH dollari sarflanadi;
qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish boʻyicha — 4,1 mln AQSH dollari.
3. Quyidagilar:
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini hamda natijadorligini taʼminlaydi;
Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari zimmasiga kredit liniyasini boshqarish, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarzining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha hisobot va monitoringni yuritish vazifalari yuklanadi.
5. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining 35 325 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi toʻliqligicha Loyiha doirasida tijorat banklariga qayta kreditlanadigan mablagʻlarning qaytarilishi hisobidan hamda qolgan 10 875 000 AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarining qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan amalga oshiriladi.
6. Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini qayta kreditlash bitimlarida subsidiar qarzning foiz stavkasi “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan belgilansin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga bir oy muddatda “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish mablagʻlari doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankka tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklatilsin.
8. Moliya vaziriga Loyiha doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi qarz mablagʻlari boʻyicha qayta moliyalashtirish bitimlarini, shuningdek, zaruriyatga koʻra, ularga tegishli oʻzgartirishlarni imzolash vakolati berilsin.
9. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari tez fursatlarda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Ichki ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatga qoʻyilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda taʼminlasin.
11. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
13. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev:
bir hafta muddatda masʼul ijrochilar ishtirokida majlis oʻtkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
ikki hafta muddatda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “Yoʻl xarita”larini tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ergashev), Markaziy bank (Xolxujayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki kunlik seminar tashkil qilsin;
moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin;
b) Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Loyiha doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tashabbuskorlar ishtirokida taqdimotlar oʻtkazsin;
v) qishloq xoʻjaligi vaziri J. Xodjayev:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida sohaning yetuk mahalliy mutaxassislaridan iborat boʻlgan ilmiy-texnik kengashni shakllantirib, u tomonidan Loyihaning komponentlari doirasidagi texnik topshiriqlar amalga oshirilishi, hujjatlarning koʻrib chiqilishi va dastlabki xulosa berilishini;
qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimi doirasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya yoʻnalishlariga mablagʻlarni ajratishda sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi, iqtisodiy samaradorligi va asoslanganligiga alohida eʼtibor qaratilishini;
Loyihani amalga oshirishda qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarini keng jalb qilib, amaliy seminar va oʻquv kurslari tashkil etilishini;
Loyiha doirasida iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishini taʼminlasin.
Qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, ushbu qarorning 1 va 3-ilovalari bilan tasdiqlangan Loyiha texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari hamda “Yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Oʻ.I. Barnoyev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
PQ-4830-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy koʻrsatkichlari
T/r Loyihalar Oʻlchov birligi JAMI Andijon Namangan Fargʻona I KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish 1. Intensiv bogʻlar gektar 1 050 338 347 365 2. Issiqxonalar gektar 41 10 13 18 3. Muzlatkichli omborxonalar tonna 24 500 8 000 10 000 6 500 4. Qayta ishlash quvvatlari tonna 27 000 9 000 9 000 9 000 5. Chorvachilikni rivojlantirish bosh qoramol 3 820 1 290 1 270 1 260 II KOMPONENT: Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish 6. Sugʻorish kanallari km 50 15 15 20 7. Sugʻorish quduqlari dona 15 5 5 5 8. Elektr nasosli kanallar dona 15 5 5 5 9. Dizel nasosli kanallar dona 15 5 5 5 10. Agrometeorologik stansiya dona 3 1 1 1 11. Tik quduq tizimlari dona 36 12 12 12 III KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish 12. Tadbirkorlarni oʻqitish tadbirkor soni 1 000 330 340 330 13. “Organic” va “Global GAP” standartlarini joriy etish (yiliga) korxona soni 15 5 5 5 14. Koʻrgazma maydonlari gektar 15 5 5 5 15. Veterinariya klinikalari (shu jumladan mobil klinikalar) dona 4 1 2 1
* Ushbu koʻrsatkichlarga Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijasiga koʻra oʻzgartirish kiritish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasiga jalb etiladigan qoʻshimcha moliyalashtirish doirasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining qarz mablagʻlarini soʻndirish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirish
PROGNOZ JADVALI
Kredit muddati — 25 yil Imtiyozli muddat — 5 yil Foiz stavkasi — 1,4 foiz Xizmat koʻrsatganlik uchun komissiya — 1,54 foiz ming AQSH dollari Toʻlov sanasi Oʻzlashtirish Kredit balansi Foiz summasi Xizmat koʻrsatganlik uchun haqi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Jami toʻlanadigan summa 15.04.2020 - - - - 15.10.2020 9 484 9 484 - - - 15.04.2021 9 959 19 443 67 74 141 15.10.2021 9 959 29 403 138 152 291 15.04.2022 6 471 35 874 208 229 437 15.10.2022 6 471 42 345 255 281 536 15.04.2023 1 674 44 019 300 330 629 15.10.2023 1 674 45 692 313 345 658 15.04.2024 254 45 946 325 358 683 15.10.2024 254 46 200 327 360 687 15.04.2025 46 200 327 360 1 155 1 842 15.10.2025 45 045 329 362 1 155 1 845 15.04.2026 43 890 319 351 1 155 1 825 15.10.2026 42 735 312 344 1 155 1 811 15.04.2027 41 580 302 333 1 155 1 790 15.10.2027 40 425 296 326 1 155 1 776 15.04.2028 39 270 288 316 1 155 1 759 15.10.2028 38 115 279 307 1 155 1 742 15.04.2029 36 960 270 297 1 155 1 722 15.10.2029 35 805 263 289 1 155 1 707 15.04.2030 34 650 253 279 1 155 1 687 15.10.2030 33 495 247 271 1 155 1 673 15.04.2031 32 340 237 261 1 155 1 653 15.10.2031 31 185 230 253 1 155 1 638 15.04.2032 30 030 222 244 1 155 1 621 15.10.2032 28 875 214 235 1 155 1 604 15.04.2033 27 720 204 225 1 155 1 584 15.10.2033 26 565 197 217 1 155 1 569 15.04.2034 25 410 188 207 1 155 1 550 15.10.2034 24 255 181 199 1 155 1 535 15.04.2035 23 100 172 189 1 155 1 516 15.10.2035 21 945 164 181 1 155 1 500 15.04.2036 20 790 156 172 1 155 1 483 15.10.2036 19 635 148 163 1 155 1 466 15.04.2037 18 480 139 153 1 155 1 447 15.10.2037 17 325 132 145 1 155 1 431 15.04.2038 16 170 123 135 1 155 1 413 15.10.2038 15 015 115 127 1 155 1 397 15.04.2039 13 860 106 117 1 155 1 378 15.10.2039 12 705 99 109 1 155 1 362 15.04.2040 11 550 90 99 1 155 1 345 15.10.2040 10 395 82 90 1 155 1 328 15.04.2041 9 240 74 81 1 155 1 310 15.10.2041 8 085 66 72 1 155 1 293 15.04.2042 6 930 57 63 1 155 1 275 15.10.2042 5 775 49 54 1 155 1 259 15.04.2043 4 620 41 45 1 155 1 241 15.10.2043 3 465 33 36 1 155 1 224 15.04.2044 2 310 25 27 1 155 1 207 15.10.2044 1 155 16 18 1 155 1 190 Jami 46 200 8 979 9 877 46 200 65 057
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbir nomi Kredit summasi (ming doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar BIRINCHI KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilishni moliyalashtirish 1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida kooperatsiyani ragʻbatlantirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun kredit liniyasi: (kooperatsiya va klasterlarga aʼzo boʻlgan tashabbuskorlarga kredit ajratish, bunda har bir sub-qarz oluvchi uchun kredit liniyasidan 500 ming AQSH dollarigacha 10 yil muddatgacha ajratiladi. Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik (issiqxona, intensiv bogʻ, qayta ishlash, muzlatkichli omborxona) va chorvachilik (yirik va mayda shoxli qoramol, parrandachilik, baliqchilik, ipakchilik, asalarichilik va boshqalar) tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlarga aʼzo boʻlgan tashabbuskorlarning quyidagi faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi: 1. Intensiv bogʻ (har bir viloyatda oʻrtacha 330 ga maydonda); 2. Issiqxonalar (har bir viloyatda oʻrtacha 11 ga maydonda); 3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 6 ming tonnadan); 4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 1030 bosh). 30 325 1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash. 2020-yil yakuniga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, tijorat banklari 2. Tanlab olingan tashabbuskorlar uchun “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) talablariga javob beradigan loyihalarni tanlab olish. 2021-yil iyun 3. Jamgʻarma talablariga asosan tashabbuskorlarning subloyiha hujjatlarini ishlab chiqish. 2021-yil davomida 4. Tijorat banki tomonidan maʼqullangan subloyihalarni Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga taqdim etish. doimiy 5. Subloyihalar hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. biznes-rejaga asosan 6. Subloyihalarning amalga oshiri-lishini tizimli nazorat qilish. doimiy 2. Agrar sohada kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatini diversifikatsiya qilish uchun kredit liniyasi: 35 yoshgacha yoshlar va ayollarga soddalashtirilgan tartibda 50 ming AQSH dollarigacha, 10 yilgacha kredit ajratiladi. 1. Intensiv bogʻ (har bir viloyatda oʻrtacha 17 ga maydonda); 2. Issiqxonalar (har bir viloyatda 2 ga maydonda); 3. Muzlatkichli omborxonalar barpo etish (har bir viloyatda 2 ming tonnadan); 4. Chorvachilikni rivojlantirish (har bir viloyatda 240 bosh). 5 000 1. Meva-sabzavotchilik yoʻnalishida yosh tashabbuskorlarni aniqlash. 2020-yil yakuniga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi va uning viloyat tuzilmalari 2. Jamgʻarma talablariga javob beradigan eng maqbul loyihalarni tanlab olish. 3. Jamgʻarma talablariga asosan tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. 2021-yil iyun 4. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan loyihalarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat agentligiga taqdim etish. 2021-yil davomida 5. Loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. biznes-rejaga asosan 6. Loyihaning amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish. doimiy 3. Loyihani amalga oshirish hududida meva-sabzavotchilik klasterlariga va kooperatsiyalarga kafillik va kompensatsiya ajratish maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini moliyaviy qoʻllab quvvatlash. 4 500 Moliya vazirligi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma imzolash. 2021-yil iyun-iyul Moliya vazirligi (Ishmetov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Ismailov) IKKINCHI KOMPONENT: Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish 4. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish. 1 126 1. Viloyat hokimliklari va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda irrigatsiya tizimlarining dastlabki roʻyxatini va geografik joylashuvini aniqlash va tasdiqlash. 2022-yil yanvar-fevral Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari 2. Irrigatsiya tizimlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda irrigatsiya tizimlaridan foydalanish boʻyicha texnik talabnoma ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2022-yil mart 3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarining oʻrganib chiqilishi va atrof muhitga taʼsirini baholash. 2022-yil aprel 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish. 2022-yil iyun 5. Loyiha ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. doimiy 5. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi oʻrmon fondi yerlarida tik quduq qazish va nasos oʻrnatish orqali suv chiqarish. 2 000 1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish, Jamgʻarma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2021-yil fevral Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari 2. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini nazorat qilish hamda texnik talabnoma ishlab chiqish va tenderni amalga oshirish. 2021-yil aprel 3. Mustaqil tashkilot tomonidan loyiha hujjatlarini oʻrganish va atrof muhitga taʼsirini baholash. 2021-yil Iyun 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish. 2021-yil iyul 5. Loyiha ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. doimiy UCHINCHI KOMPONENT: Qishloq xoʻjaligida bilim, innovatsiya va agroxizmatlar tizimini rivojlantirish 6. Loyiha hududlaridagi Agroxizmat markazlarida oziq-ovqat tarmogʻida klasterlarni yaratish va ularning faoliyatiga koʻmak berish, jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sifat nazorati, “Organic” va “Global GAP” sertifikatsiya tizimining joriy etilishini kompleks tahlil etish va shundan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlari uchun tayyor loyihalarni ishlab chiqish. 173,3 1. Texnik talabnoma tayyorlash va Jamgʻarma bilan kelishish. 2021-yil yanvar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari 2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilish uchun tender tadbirlarini amalga oshirish. 2021-yil fevral 3. Xorijiy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan tahliliy maʼlumotlar asosida moliyalashtirilishi zarur boʻlgan sohalar boʻyicha aniq loyihalarning hujjatlarini tayyorlash hamda Jamgʻarma bilan kelishish. 2021-yil mart — oktabr 7. 1 000 nafardan ortiq Agroxizmatlar markazlari xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan soha mutaxassislari, fermer, klaster va kooperatsiyalar vakillariga xorijiy yetakchi ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarga oʻqitish, xususan: oziq-ovqat sanoati standartlarini (ISO 22000, HACCP, ISO 17025) joriy etish; loyiha doirasidagi tadbirlar, kredit liniyasi shartlari va uni oʻzlashtirish tartiblari; baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik, meva-sabzavotchilik va boshqa tarmoq yoʻnalishlarida TOT (Training of trainers) dasturi asosida oʻquv seminarlarini tashkil etishga oʻqitish; loyihani am�lga oshirish davrida erishilgan natijalar, ilgʻor tajribalar va olingan bilimlarni targʻib qilish. 952,4 1. Seminarlar tashkil etish uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish, Jamgʻarma bilan kelishish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2022-yil yanvar — mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari 2. Treninglarni agroxizmatlar markazlarida tashkil etish. 2022-yil dekabr 8. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi Agroxizmatlar markazlarida: ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha ochiq maydonda va issiqxonada koʻrgazma maydonchalarini hamda dala maktablarini tashkil qilish; veterinariya klinikasini (jumladan, mobil xizmat koʻrsatish) tashkil etish va jahon standartlari asosida zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash; Agroxizmat markazlari faoliyati va xizmat koʻrsatish turlarining onlayn platformasini va raqamli boshqaruv tizimini joriy etish. 2 426,3 1. Xorijiy va mahalliy ekspertlar hamkorligida viloyat Agroxizmat markazlari orqali zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishni qoʻllab-quvvatlash: Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamroyev), Dehqon, fermer va tomorqa yer egalari kengashi (Xayitov), Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari koʻrgazma maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish; 2022-yil fevral maxsus asbob-uskunalarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish; 2022-yil mart koʻrgazma maydonlari va agrometeo-rologik stansiyalarni tashkil etish. 2022-yil II chorak 2. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilishda loyiha hududida faoliyat olib borayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari malakasining muntazam ravishda oshirilishini taʼminlash. doimiy 3. Tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. doimiy 9. Loyiha boshqaruvini amalga oshirish. 497 Loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash. 2021 — 2025-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4830-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4021-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “6 yil (2018 — 2023-yillar)” soʻzlari “7 yil (2019 — 2025-yillar)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning ikkinchi xatboshi, qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2-bandning uchinchi xatboshida, 4 va 5-bandlarda hamda 6-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
