2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (545-son)
08.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va koronavirus pandemiyasi davrida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, 2020-yilda yetishtirilgan paxta xom ashyosi yigʻim-terimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro bozor konyunkturasi hamda mahsulot yetishtirish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarining takliflariga asosan 2020-yilda yetishtirilgan paxta xom ashyosi yigʻim-terimini tashkil etishda:
qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun birinchi terimda — 1 000 soʻmdan, ikkinchi terimda — 1 400 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash;
paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xom ashyosi uchun 920 000 soʻmdan kam boʻlmagan xizmat haqi toʻlash;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xom ashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yetishtirilgan paxta xom ashyosini oʻz vaqtida terib olishni taʼminlash maqsadida oʻzlariga biriktirilgan hududda paxta xom ashyosini qoʻlda va mashinada terib olish uchun mehnat va xizmat haqini mazkur qarorda tavsiya etilayotgan narxlardan kam boʻlmagan holda mustaqil belgilash;
paxta xom ashyosi uchun mehnat va xizmat haqini ushbu qarorda tavsiya etilgan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat boʻlganda, har kuni toʻlash tavsiya etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari bilan ishsiz hamda vaqtinchalik band boʻlmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari oʻrtasida mavsumiy ishga qabul qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimi yakuniga qadar 2 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarining taklifiga asosan 2020-yil paxta xom ashyosi hosilini qoʻlda va paxta terish mashinalari yordamida yigʻib-terib olishga talab etiladigan mablagʻlar va ularning manbalari 1 — 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xom ashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion soʻmgacha mablagʻlar joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarini, fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyoz va preferensiyalar berish hamda paxta xom ashyosi yigʻim-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yigʻim-terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xom ashyosini yigʻib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xoʻjaliklari tomonidan oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 270 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi;
paxta xom ashyosi yigʻim-terimida ishchi kuchi yetishmovchiligi mavjud boʻlgan hududlarga paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarining buyurtmalariga asosan tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan ixtiyoriy ravishda qoʻshimcha terimchilar jalb etiladi;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari tomonidan jalb etilgan terim otryadlari rahbarlariga 2 million soʻmdan mehnat haqini toʻlash uchun qilingan xarajatlar paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarining aniq hisob-kitoblari hamda buyurtmalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonlikoʻl, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida paxta xom ashyosi yigʻim-terimiga terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish maqsadida qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga Oʻzbekiston Respublikasi budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 200 soʻmdan ustama haq toʻlanadi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari:
paxta xom ashyosini qabul qilish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va elektron tarozilardan foydalangan holda paxta qabul qilish jarayoni ochiq va shaffofligini tashkil etsin;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarining paxta xom ashyosini qabul qilish maskanlarini bir hafta muddatda avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini taʼminlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda paxta xom ashyosini qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda paxta xom ashyosini qabul qilishda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn oʻrtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli qoʻllanilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarning oldini olish maqsadida hududlarda malakali mutaxassislardan iborat arbitraj guruhlarini tashkil etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga hamda fermer xoʻjaliklariga paxta xom ashyosi yigʻim-terimida amaliy yordam berish maqsadida:
paxta xom ashyosi yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, ishchi kuchi yetishmovchiligi mavjud hududlarga ixtiyoriy ravishda terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish va terimchilarga kafolatlangan mehnat haqi toʻlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni bir hafta muddatda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi davrida epidemik vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadida paxta xom ashyosi yigʻim-terimida qatnashadigan terimchi va ishchi xodimlarga tegishli tibbiy xizmatlar tashkil etilishini taʼminlasin.
9. Paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari hamda fermer xoʻjaliklarining terimchilar mehnat haqini ushbu qarorda tavsiya etilgan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat boʻlganda, har kuni toʻlash toʻgʻrisidagi takliflarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari zarur miqdordagi pul mablagʻlari bilan uzluksiz taʼminlab borishi tavsiya etilsin.
10. Paxta yigʻim-terimini tashkil etish va 2021 hosili uchun boshoqli don ekish xarajatlarining oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Agrobank” ATBning 2019-yil hosili uchun ajratilgan paxta imtiyozli kreditlaridan soʻndirilmagan 58,3 mlrd soʻm miqdoridagi hamda 2020-yil hosili uchun ajratilgan gʻalla imtiyozli kreditlaridan soʻndirilmagan 72,6 mlrd soʻm miqdoridagi qarzdorlikni qaytarish muddatlarini 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va aholi tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari yetkazib berilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxta uchun toʻlanadigan ustamalar uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda toʻliq hisob-kitob qilinishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta xom ashyosi yigʻim-terimini mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etgan holda tashkil qilinishi, shuningdek, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari taʼlim, sogʻliqni saqlash tashkilotlari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarini paxta xom ashyosi yigʻim-terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qoʻyish yuzasidan shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-sentabr,
545-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 545-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishga talab etiladigan mablagʻlar va ularning manbalari
T/r Hududlar nomi Reja Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Shundan: Tijorat krediti Paxta-toʻqimachilik klasterlarining oʻz mablagʻi hisobidan Qoʻl terimi shu jumladan, Mashina terimi (1 kg — 920 soʻmdan) Maydoni (gektar) Hosil-dorlik (s/ga) Birinchi terim (1 kg — 1000 soʻmdan) Ikkinchi terim (1 kg — 1400 soʻmdan) mln. soʻm talabga nisbatan (%) maydon (gektar) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) maydon (gektar) xizmat haqi Jami: 1 033 629 30 3 412 132 2 573 025 839 107 24,6 927 020 3133 626 1 958 516 1 175 110 106 608 278 506 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 86 291 23 219 520 177 696 41 824 19,1 86 291 219 520 137 200 82 320 2. Andijon 79 391 32 280 304 205 104 75 200 26,8 76 891 272 944 170 590 102 354 2 500 7 360 3. Buxoro 97 900 34 371 616 255 616 116 000 31,2 97 900 371 616 232 260 139 356 4. Jizzax 78 100 28 239 585 184 704 54 881 22,9 62 480 211 325 132 078 79 247 15 620 28 260 5. Qashqadaryo 135 900 29 437 444 304 071 133 373 30,5 120 500 387 856 242 410 145 446 15 400 49 588 6. Navoiy 32 588 30 110 686 83 061 27 626 25,0 32 103 109 281 68 300 40 980 485 1 406 7. Namangan 63 406 32 219 034 174 301 44 733 20,4 52 166 189 750 118 594 71 156 11 240 29 284 8. Samarqand 75 580 29 239 271 143 368 95 903 40,1 72 380 229 662 143 539 86 123 3 200 9 609 9. Surxondaryo 74 078 33 273 147 221 960 51 188 18,7 72 518 268 416 167 760 100 656 1 560 4 732 10. Sirdaryo 72 557 28 208 040 156 416 51 625 24,8 35 457 115 821 72 388 43 433 37 100 92 219 11. Toshkent 73 001 31 245 494 202 494 43 000 17,5 54 498 191 867 119 917 71 950 18 503 53 627 12. Fargʻona 82 080 30 280 000 216 400 63 600 22,7 82 080 280 000 175 000 105 000 13. Xorazm 82 757 31 287 991 247 835 40 156 13,9 81 757 285 568 178 480 107 088 1 000 2 422
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 545-son qaroriga 2-ILOVA
2020-yil uchun yetishtirilayotgan paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishga talab etiladigan mablagʻlar va ularning manbalarini taqsimoti (tijorat banklari kesimida)
T/r Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi Reja Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Shundan: Tijorat krediti Paxta-toʻqimachilik klasterlarining oʻz mablagʻi hisobidan Qoʻl terimi shu jumladan, Mashina terimi (1 kg — 920 soʻmdan) Maydoni (gektar) Hosildorlik (s/ga) Birinchi terim (1 kg — 1000 soʻmdan) Ikkinchi terim (1 kg — 1400 soʻmdan) mln. soʻm talabga nisbatan (%) maydon (gektar) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) maydon (gektar) xizmat haqi Jami: 1033 629 30 3 412 132 2573 025 839 107 24,6 927 020 3 133 626 1 958 516 1 175 110 106 608 278 506 1. “Agrobank” ATB 586 914 30 1 944 972 1 565 052 379 919 19,5 547 478 1 846 058 1 153 786 692 272 39 436 98 914 2. “Asaka” ATB 87 907 29 277 177 207 076 70 101 25,3 80 287 256 605 160 378 96 227 7 620 20 572 3. “Infinbank” ATB 38 886 33 144 528 123 795 20 733 14,3 37 726 140 771 87 982 52 789 1 160 3 757 4. “Ipoteka-bank” ATB 64 463 31 218 615 143 734 74 881 34,3 56 963 204 403 127 752 76 651 7 500 13 848 5. “Oʻzmilliybank” AJ 159 425 31 524 701 280 577 244 125 46,5 126 250 429 453 268 408 161 045 33 175 95 612 6. “Oʻzsanoatqurilish-bank” ATB 94 233 29 295 517 247 168 48 348 16,4 76 516 249 713 156 071 93 642 17 717 45 804 7. “Hamkorbank” ATB 1 800 33 6 623 5 623 1 000 15,1 1 800 6 623 4 139 2 483
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 545-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalarida 2020-yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishga talab etiladigan mablagʻlar va ularning manbalari
T/r Tumanlar nomi Paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar Reja Jami talab etiladigan mablagʻ (mln. soʻm) Shundan: Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari Tijorat krediti Paxta-toʻqimachilik klasterlarining oʻz mablagʻi hisobidan Qoʻl terimi shu jumladan, Mashina terimi (1 kg — 920 soʻmdan) Maydoni (gektar) Hosildorlik (s/ga) Birinchi terim (1 kg — 1000 soʻmdan) Ikkinchi terim (1 kg — 1400 soʻmdan) mln. soʻm talabga nisbatan (%) maydon (gektar) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) ish haqi (mln. soʻm) maydon (gektar) xizmat haqi Respublika boʻyicha jami: 1033 629 30,0 3 412 132 2 573 025 839 107 24,6 927 020 3133 626 1 958 516 1 175 110 106 608 278 506 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl “Agro To'rtko'l tekstil cluster” MChJ 9 800 24,2 26 544 16 544 10 000 37,7 9 800 26 544 16 590 9 954 “Agrobank” ATB 2. Beruniy “Beruniy Cluster” MChJ 10 275 24,2 27 866 22 382 5 484 19,7 10 275 27 866 17 416 10 450 “Agrobank” ATB 3. Ellikqalʼa “Bo'ston Cluster” MChJ 10 740 24,0 28 862 14 463 14 400 49,9 10 740 28 862 18 039 10 823 “Oʻzmilliybank” AJ 4. Amudaryo “Amudaryotex” XK MChJ 15 250 22,9 39 088 33 319 5 769 14,8 15 250 39 088 24 430 14 658 “Agrobank” ATB 5. Taxiatosh “Taqiatas tex” MChJ 2 600 21,5 6 272 101 6 171 98,4 2 600 6 272 3 920 2 352 “Agrobank” ATB 6. Xoʻjayli Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi kooperatsiyasi 5 810 21,6 14 045 14 045 5 810 14 045 8 778 5 267 “Agrobank” ATB 7. Shumanay 4 970 21,5 11 962 11 962 4 970 11 962 7 476 4 486 “Agrobank” ATB 8. Qonlikoʻl 3 820 21,5 9 184 9 184 3 820 9 184 5 740 3 444 “Agrobank” ATB 9. Qoʻngʻirot 3 500 21,5 8 422 8 422 3 500 8 422 5 264 3 158 “Agrobank” ATB 10. Nukus t. 1 165 23,0 3 002 3 002 1 165 3 002 1 876 1 126 “Agrobank” ATB 11. Kegeyli 6 330 21,6 15 288 15 288 6 330 15 288 9 555 5 733 “Agrobank” ATB 12. Chimboy 5 211 21,6 12 578 12 578 5 211 12 578 7 861 4 717 “Agrobank” ATB 13. Qoraoʻzak 3 910 21,5 9 408 9 408 3 910 9 408 5 880 3 528 “Agrobank” ATB 14. Taxtakoʻpir 2 910 21,5 7 000 7 000 2 910 7 000 4 375 2 625 “Agrobank” ATB 14. Jami: 86 291 22,7 219 520 177 696 41 824 19,1 86 291 219 520 137 200 82 320 Andijon viloyati 1. Buloqboshi “Xo`jaobod FAYZ-M” XK 2 829 34,3 10 864 5 864 5 000 46,0 2 829 10 864 6 790 4 074 “Agrobank” ATB 2. Xoʻjaobod 1 753 32,8 6 440 2 940 3 500 54,3 1 753 6 440 4 025 2 415 “Agrobank” ATB 3. Boʻston “Sayyora favvorasi” XK 5 169 30,7 17 763 7 763 10 000 56,3 5 169 17 763 11 102 6 661 “Agrobank” ATB 4. Jalaquduq “Ai`yorteks” MChJ QK 6 218 32,6 22 680 16 680 6 000 26,5 6 218 22 680 14 175 8 505 “Agrobank” ATB 5. Marhamat “Marxamattekstil” MChJ QK 4 927 33,0 18 200 13 200 5 000 27,5 4 927 18 200 11 375 6 825 “Agrobank” ATB 6. Oltinkoʻl “Sayyora favvorasi plyus” MChJ 5 335 34,7 20 720 15 520 5 200 25,1 5 335 20 720 12 950 7 770 “Agrobank” ATB 7. Shahrixon “Saxovat teks” ICHB 7 132 34,0 27 149 19 149 8 000 29,5 7 132 27 149 16 968 10 181 “Agrobank” ATB 8. Andijon “Sohib omad barakasi” MChJ 4 620 31,1 16 072 12 072 4 000 24,9 4 620 16 072 10 045 6 027 “Ipoteka-bank” ATB 9. Izboskan “Sohib omad barakasi” MChJ 5 277 34,5 20 404 14 404 6 000 29,4 5 277 20 404 12 753 7 652 “Ipoteka-bank” ATB 10. “Best textile international” MChJ 2 671 32,5 9 724 7 724 2 000 20,6 2 671 9 724 6 077 3 646 “Ipoteka-bank” ATB 11. Paxtaobod “Oltin mato teks” MChJ 6 481 31,6 22 960 20 960 2 000 8,7 6 481 22 960 14 350 8 610 “Ipoteka-bank” ATB 12. Ulugʻnor “Vodiy sanoat faxri” MChJ 8 534 22,8 21 840 18 840 3 000 13,7 8 534 21 840 13 650 8 190 “Asaka” ATB 13. Baliqchi “Tetratex” MChJ 10 309 33,1 38 192 29 692 8 500 22,3 10 309 38 192 23 870 14 322 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 14. Qoʻrgʻontepa “Khantex group” MChJ 8 136 31,7 27 296 20 296 7 000 25,6 5 636 19 936 12 460 7 476 2 500 7 360 “Oʻzmilliybank” AJ 14. Jami: 79 391 31,7 280 304 205 104 75 200 26,8 76 891 272 944 170 590 102 354 2 500 7 360 Buxoro viloyati 1. Buxoro “WBM Romitex” MChJ 8 020 36,9 33 152 33 152 8 020 33 152 20 720 12 432 “Agrobank” ATB 2. Jondor 11 680 32,7 42 784 42 784 11 680 42 784 26 740 16 044 “Agrobank” ATB 3. Romitan 3 607 36,5 14 758 14 758 3 607 14 758 9 224 5 534 “Agrobank” ATB 4. Kogon “Bahor Chfnce textile” MChJ 1 800 32,9 6 623 5 623 1 000 15,1 1 800 6 623 4 139 2 483 “Hamkorbank” ATB 5. Qorakoʻl “Merganteks” MChJ 6 596 32,1 23 719 17 719 6 000 25,3 6 596 23 719 14 825 8 895 “Oʻzmilliybank” AJ 6. “Qorakul Kumush kalava” MChJ 2 360 33,9 8 952 7 952 1 000 11,2 2 360 8 952 5 595 3 357 “Asaka” ATB 7. Olot “Parvoz humo ravnaq trans” MChJ 7 914 32,7 28 974 22 974 6 000 20,7 7 914 28 974 18 109 10 865 “Ipoteka-bank” ATB 8. Romitan “BCT agroklast” MChJ 7 266 37,5 30 490 29 490 1 000 3,3 7 266 30 490 19 056 11 434 “Agrobank” ATB 9. Shofirkon “Buxoro zarhal teks” MChJ 2 658 36,5 10 877 9 877 1 000 9,2 2 658 10 877 6 798 4 079 “Agrobank” ATB 10. Vobkent “Buxoro Agroklaster” MChJ 10 495 34,3 40 264 15 264 100 000 248,4 10 495 40 264 25 165 15 099 “Agrobank” ATB 11. Kogon 5 206 33,5 19 528 6 825 5 206 19 528 12 205 7 323 “Agrobank” ATB 12. Qorovulbozor 5 905 22,5 14 851 9 851 5 905 14 851 9 282 5 569 “Agrobank” ATB 13. Peshku 8 511 36,2 34 462 14 462 8 511 34 462 21 539 12 923 “Agrobank” ATB 14. Shofirkon 6 388 33,3 23 843 11 546 6 388 23 843 14 902 8 941 “Agrobank” ATB 15. Gʻijduvon 9 364 36,0 37 722 12 722 9 364 37 722 23 576 14 146 “Agrobank” ATB 16. Buxoro sh. 130 42,3 616 616 130 616 385 231 “Agrobank” ATB 16. Jami: 97 900 33,9 371 616 255 616 116 000 31,2 97 900 371 616 232 260 139 356 Jizzax viloyati 1. Doʻstlik “Sangzor tekstil” MChJ 17 900 29,9 58 477 29 238 29 238 50,0 14 320 51 579 32 237 19 342 3 580 6 897 “Ipoteka-bank” ATB 2. Mirzachoʻl 11 500 28,0 35 206 17 603 17 603 50,0 9 200 31 053 19 408 11 645 2 300 4 153 “Ipoteka-bank” ATB 3. Zafarobod “Jizzax Kenteks” MChJ 8 100 30,3 26 798 18 758 8 039 30,0 6 480 23 636 14 773 8 864 1 620 3 161 “Ipoteka-bank” ATB 4. Zarbdor “Paxtakor teks” MChJ QK 11 200 23,8 29 085 29 085 8 960 25 655 16 034 9 621 2 240 3 431 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 5. Paxtakor “Silverleafe International LLC” MChJ 11 700 30,0 38 384 38 384 9 360 33 856 21 160 12 696 2 340 4 527 “Agrobank” ATB 6. Sh.Rashidov “Jizzax Industrial To`qima” MChJ 9 300 28,5 28 993 28 993 7 440 25 573 15 983 9 590 1 860 3 420 “Agrobank” ATB 7. Arnasoy “Arnasoy kooperatsiya” ICHK 8 400 24,7 22 643 22 643 6 720 19 972 12 482 7 489 1 680 2 671 “Agrobank” ATB 7. Jami: 78 100 28,1 239 585 184 704 54 881 22,9 62 480 211 325 132 078 79 247 15 620 28 260 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor “Kitob ip yigiruv” MChJ 6 500 24,2 17 584 17 584 6 500 17 584 10 990 6 594 “Agrobank” ATB 2. Qarshi Kooperatsiya 15 000 30,5 51 318 51 318 15 000 51 318 32 074 19 244 “Agrobank” ATB 3. Koson “Koson Baxt tekstil� MChJ 14 700 29,3 48 272 38 796 9 476 19,6 14 700 48 272 30 170 18 102 “Agrobank” ATB 4. “Bunyodkor” MChJ 7 000 29,4 23 050 23 050 7 000 23 050 14 406 8 644 “Oʻzmilliybank” AJ 5. Qamashi Kooperatsiya 9 000 28,3 28 560 28 560 9 000 28 560 17 850 10 710 “Agrobank” ATB 6. Mirishkor “Mirishkor tekstil group cluster” MChJ 10 000 28,8 32 219 32 219 10 000 32 219 20 137 12 082 “Agrobank” ATB 7. “LT Textile Oversias” XK 9 050 27,6 27 925 19 694 8 231 29,5 9 050 27 925 17 453 10 472 “Asaka” ATB 8. Muborak “MT Amir tex” QKMChJ 9 000 27,5 27 686 27 686 9 000 27 686 17 304 10 382 “Agrobank” ATB 9. Nishon “Indorama” MChJ 17 300 29,3 51 626 3 108 48 518 94,0 9 900 27 798 17 374 10 424 7 400 23 828 “Oʻzmilliybank” AJ 10. Kasbi 18 350 33,1 62 406 3 360 59 046 94,6 10 350 36 646 22 904 13 742 8 000 25 760 “Oʻzmilliybank” AJ 11. Chiroqchi “Chiroqchi klaster” MChJ 8 200 27,8 25 558 25 558 8 200 25 558 15 974 9 584 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 12. Shahrisabz “Oqsaroy klaster” MChJ 4 500 33,3 16 800 13 500 3 300 19,6 4 500 16 800 10 500 6 300 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 13. Yakkabogʻ 7 300 29,9 24 438 19 638 4 800 19,6 7 300 24 438 15 274 9 164 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 13. Jami: 135 900 29,4 437 444 304 071 133 373 30,5 120 500 387 856 242 410 145 446 15 400 49 588 Navoiy viloyati 1. Karmana “Baxt-tekstil” MChJ 5 440 31,9 19 226 14 449 4 777 24,8 5 135 18 332 11 458 6 875 305 894 “Oʻzmilliybank” AJ 2. Qiziltepa 8 359 30,5 28 560 21 420 7 140 25,0 8 359 28 560 17 850 10 710 “Oʻzmilliybank” AJ 3. Xatirchi 10 685 29,6 35 448 26 586 8 862 25,0 10 685 35 448 22 155 13 293 “Oʻzmilliybank” AJ 4. Konimex “Navbahor tekstil” MChJ 549 23,3 1 434 1 075 358 25,0 549 1 434 896 538 “Asaka” ATB 5. Navbahor 7 555 30,9 26 018 19 530 6 488 24,9 7 375 25 507 15 942 9 565 180 512 “Asaka” ATB 5. Jami: 32 588 30,4 110 686 83 061 27 626 25,0 32 103 109 281 68 300 40 980 485 1 406 Namangan viloyati 1. Mingbuloq “Art Soft Tex Cluster” MChJ 12 916 27,1 35 614 30 614 5 000 14,0 6 196 18 859 11 787 7 072 6 720 16 754 “Agrobank” ATB 2. Kosonsoy “Namangan paxta tex” MChJ 3 955 28,6 12 656 9 856 2 800 22,1 3 955 12 656 7 910 4 746 “Agrobank” ATB 3. Namangan “Toshbuloq teks” MCHJ 5 550 35,7 22 103 17 603 4 500 20,4 5 390 21 573 13 483 8 090 160 530 “Agrobank” ATB 4. Norin “Uztex Uchkurgan” MCHJ 6 038 35,1 23 724 17 793 5 931 25,0 6 038 23 724 14 827 8 896 “Infinbank” ATB 5. Pop “Art Soft Tex Cluster” MChJ 10 302 28,0 30 520 26 120 4 400 14,4 7 102 22 277 13 923 8 354 3 200 8 243 “Agrobank” ATB 6. Toʻraqoʻrgʻon “Namangan To'qimacha” MCHJ 4 269 36,8 17 606 13 906 3 700 21,0 4 269 17 606 11 004 6 602 “Oʻzmilliybank” AJ 7. Uychi “Uchkorgan Testile” MCHJ 5 869 35,5 23 365 17 524 5 841 25,0 5 869 23 365 14 603 8 762 “Infinbank” ATB 8. Uchqoʻrgʻon “Tekstile Finanse Namangan” MCHJ 9 436 35,2 36 332 27 371 8 960 24,7 8 276 32 575 20 359 12 216 1 160 3 757 “Infinbank” ATB 9. Chortoq “Namangan To'qimachi” MCHJ 1 067 35,7 4 271 3 371 900 21,1 1 067 4 271 2 669 1 601 “Oʻzmilliybank” AJ 10. Chust 4 004 28,6 12 843 10 143 2 700 21,0 4 004 12 843 8 027 4 816 “Oʻzmilliybank” AJ 10. Jami: 63 406 31,7 219 034 174 301 44 733 20,4 52 166 189 750 118 594 71 156 11 240 29 284 Samarqand viloyati 1. Kattaqoʻrgʻon “Amina gold invest” MChJ 6 413 28,6 20 536 14 661 5 876 28,6 6 413 20 536 12 835 7 701 “Agrobank” ATB 2. “Kattaqo'rg'on claster” MChJ 4 586 29,3 15 048 10 000 5 048 33,5 4 586 15 048 9 405 5 643 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 3. Paxtachi “Paxtachi klaster” MChJ 7 008 29,9 23 450 17 040 6 410 27,3 7 008 23 450 14 656 8 794 “Agrobank” ATB 4. “ZIYOVUDDIN TEXTILE” MChJ 1 187 33,6 4 467 4 467 1 187 4 467 2 792 1 675 “Agrobank” ATB 5. Narpay “Maroqand Sifat” MChJ 10 762 31,1 36 742 420 36 322 98,9 9 512 33 522 20 951 12 571 1 250 3 220 “Oʻzmilliybank” AJ 6. Ishtixon “Maroqand Sifat Tekstil” MChJ 8 620 29,5 27 611 24 713 2 898 10,5 7 420 23 636 14 773 8 864 1 200 3 974 “Agrobank” ATB 7. Payariq “Samarqand cotton cluster SCC” MChJ 3 050 27,6 9 428 9 428 3 050 9 428 5 893 3 536 “Asaka” ATB 8. “Payariq klaster” MChJ 9 409 27,6 29 066 16 516 12 550 43,2 9 409 29 066 18 166 10 900 “Agrobank” ATB 9. Pastdargʻom “Samarqand kamalak invest tekstil” MChJ 16 949 26,5 49 997 26 263 23 734 47,5 16 449 48 387 30 242 18 145 500 1 610 “Asaka” ATB 10. Oqdaryo “Afrasiyob jins invest” MChJ 5 761 28,2 18 025 16 225 1 800 10,0 5 511 17 220 10 763 6 458 250 805 “Agrobank” ATB 11. Nurobod “Samarqand kamalak invest tekstil” MChJ 565 20,0 1 266 1 266 100,0 565 1 266 791 475 “Asaka” ATB 12. “Kattaqo'rg'on claster” MChJ 67 20,0 150 150 67 150 94 56 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 13. Jomboy “Payariq klaster” MChJ 1 203 25,9 3 484 3 484 1 203 3 484 2 178 1 307 “Agrobank” ATB 13. Jami: 75 580 28,5 239 271 143 368 95 903 40,1 72 380 229 662 143 539 86 123 3 200 9 609 Surxondaryo viloyati 1. Uzun “SHOSHMOXKASHOB” MChJ 3 700 33,0 13 506 12 752 754 5,6 3 460 12 778 7 986 4 792 240 728 “Oʻzmilliybank” AJ 2. Sariosiyo 1 800 37,2 7 493 7 193 300 4,0 1 800 7 493 4 683 2 810 “Oʻzmilliybank” AJ 3. Oltinsoy 2 872 33,4 10 752 10 152 600 5,6 2 872 10 752 6 720 4 032 “Oʻzmilliybank” AJ 4. Sherobod “Surxondaryo agro xizmat” MChJ 8 750 31,3 30 560 22 919 7 641 25,0 8 510 29 868 18 668 11 201 240 692 “Oʻzmilliybank” AJ 5. Bandixon 2 326 31,9 8 315 6 246 2 069 24,9 2 326 8 315 5 197 3 118 “Oʻzmilliybank” AJ 6. Qiziriq 5 884 31,7 20 728 15 533 5 195 25,1 5 644 20 029 12 518 7 511 240 699 “Oʻzmilliybank” AJ 7. Jarqoʻrgʻon “TERMIZ JAYXUN CLUSTER” MChJ 7 065 33,9 26 695 18 973 7 722 28,9 6 825 25 945 16 216 9 729 240 750 “Agrobank” ATB 8. Qumqoʻrgʻon 7 952 33,3 29 414 20 889 8 526 29,0 7 592 28 310 17 694 10 616 360 1 104 “Agrobank” ATB 9. Bandixon 577 28,8 1 861 1 326 535 28,8 577 1 861 1 163 698 “Agrobank” ATB 10. Denov “Surxon Sifat Tekstil” MChJ 10 288 35,0 40 286 29 012 11 274 28,0 10 288 40 286 25 179 15 107 “Agrobank” ATB 11. Termiz “Indenim Klaster” MChJ 2 216 32,5 8 075 6 460 1 615 20,0 2 216 8 075 5 047 3 028 “Agrobank” ATB 12. Angor “Angor Surxon Gʻururi” MChJ 6 700 33,0 24 786 19 828 4 958 20,0 6 700 24 786 15 491 9 295 “Agrobank” ATB 13. Muzrabot “Muzrabat Gold Fibers” MChJ 6 900 31,0 23 946 23 946 6 900 23 946 14 966 8 980 “Agrobank” ATB 14. Shoʻrchi “Shoshmoxkashob tekstil” MChJ 6 400 34,4 24 464 24 464 6 160 23 705 14 816 8 889 240 759 “Agrobank” ATB 15. Bandixon “Bandixon Agroxizmat” MChJ 648 31,2 2 267 2 267 648 2 267 1 417 850 “Agrobank” ATB 15. Jami: 74 078 33,0 273 147 221 960 51 188 18,7 72 518 268 416 167 760 100 656 1 560 4 732 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut “Boyovut texno klaster” MChJ 10 500 29,8 33 040 30 240 2 800 8,5 5 500 23 840 14 900 8 940 5 000 9 200 “Agrobank” ATB 2. Oqoltin “Oqoltin APK” MChJ 7 500 25,0 19 948 19 948 5 460 15 111 9 444 5 667 2 040 4 837 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 3. Sardoba 3 000 20,0 6 520 6 520 2 500 5 600 3 500 2 100 500 920 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 4. Sirdaryo “LT Tekstil Sirdaryo” MChJ 8 000 30,2 24 534 19 534 5 000 20,4 3 860 13 044 8 152 4 891 4 140 11 491 “Agrobank” ATB 5. Oqoltin “Indorama Agro” MChJ 6 000 26,7 14 761 1 925 12 836 87,0 6 000 14 761 “Oʻzmilliybank” AJ 6. Sardoba 7 000 27,4 17 670 2 305 15 365 87,0 7 000 17 670 “Oʻzmilliybank” AJ 7. Sayxunobod “Poli tex Sirdaryo” MChJ 8 000 30,2 24 933 24 933 4 520 15 273 9 546 5 728 3 480 9 659 “Agrobank” ATB 8. Guliston 6 200 28,4 18 603 18 603 4 200 13 373 8 358 5 015 2 000 5 230 “Agrobank” ATB 9. Mirzaobod “Bek klaster” MChJ 9 300 30,1 28 573 19 573 9 000 31,5 4 760 16 022 10 014 6 008 4 540 12 552 “Asaka” ATB 10. Xovos 7 057 26,2 19 458 12 834 6 624 34,0 4 657 13 559 8 474 5 085 2 400 5 899 “Asaka” ATB 10. Jami: 72 557 28,1 208 040 156 416 51 625 24,8 35 457 115 821 72 388 43 433 37 100 92 219 Toshkent viloyati 1. Bekobod “APK BEKOBOD” UK 12 000 30,3 36 656 28 956 7 700 21,0 5 388 18 256 11 410 6 846 6 612 18 400 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 2. Boʻka “APK BUKA” UK 12 131 30,5 39 184 30 784 8 400 21,4 8 520 29 064 18 165 10 899 3 611 10 120 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 3. Chinoz “ARK CHINOZ” MChJ 6 200 32,4 20 752 16 352 4 400 21,2 3 486 12 656 7 910 4 746 2 714 8 096 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 4. Oqqoʻrgʻon “AVS Oqqoʻrgʻon Agro Klaster” MChJ 11 300 31,3 38 955 33 955 5 000 12,8 10 265 35 974 22 484 13 490 1 035 2 981 “Agrobank” ATB 5. Oʻrtachirchiq “Kokcha tekstil” MChJ 7 220 33,0 26 723 20 623 6 100 22,8 7 220 26 723 16 702 10 021 “Asaka” ATB 6. Yangiyoʻl “Kokcha tekstil” MChJ 2 050 29,0 6 664 5 264 1 400 21,0 2 050 6 664 4 165 2 499 “Asaka” ATB 7. Quyichirchiq “TST Klaster” MChJ 10 000 33,7 34 649 24 649 10 000 28,9 5 469 20 619 12 887 7 732 4 531 14 030 “Agrobank” ATB 8. Yuqorichirchiq fermer xoʻjaligi 4 000 31,7 14 179 14 179 4 000 14 179 8 862 5 317 “Agrobank” ATB 9. Piskent fermer xoʻjaligi 8 100 30,6 27 731 27 731 8 100 27 731 17 332 10 399 “Agrobank” ATB 9. Jami: 73 001 31,5 245 494 202 494 43 000 17,5 54 498 191 867 119 917 71 950 18 503 53 627 Fargʻona viloyati 1. Bogʻdod “Fergana Spinning” MChJ 5 200 29,2 17 024 14 024 3 000 17,6 5 200 17 024 10 640 6 384 “Agrobank” ATB 2. Yozyovon “Baxodir Logon tekstil” MChJ QK 5 210 29,9 17 472 13 472 4 000 22,9 5 210 17 472 10 920 6 552 “Agrobank” ATB 3. Quva 6 225 31,8 22 176 17 176 5 000 22,5 6 225 22 176 13 860 8 316 “Agrobank” ATB 4. Qoʻshtepa “Fargʻona Global Tekstil” MChJ 7 240 28,6 23 184 16 984 6 200 26,7 7 240 23 184 14 490 8 694 “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 5. Oltiariq “Xamza ekspo art tekstil” XK 6 220 31,0 21 616 14 616 7 000 32,4 6 220 21 616 13 510 8 106 “Agrobank” ATB 6. Rishton “Rus Oʻzbekteks” MChJ 5 950 28,1 18 704 8 704 10 000 53,5 5 950 18 704 11 690 7 014 “Agrobank” ATB 7. Toshloq “Expo Kollor PrinTeks” MChJQK 5 120 31,2 17 864 10 864 7 000 39,2 5 120 17 864 11 165 6 699 “Agrobank” ATB 8. Buvayda “REAL TRANS LOGISTIC” UK 5 120 31,5 18 054 13 554 4 500 24,9 5 120 18 054 11 284 6 770 “Agrobank” ATB 9. Uchkoʻprik 5 720 32,0 20 496 15 496 5 000 24,4 5 720 20 496 12 810 7 686 “Agrobank” ATB 10. Fargʻona “Fergana oseana” XK 5 815 29,1 18 962 9 962 9 000 47,5 5 815 18 962 11 851 7 111 “Agrobank” ATB 11. Furqat “Feyxan teks” MChJ 5 425 32,1 19 533 16 633 2 900 14,8 5 425 19 533 12 208 7 325 “Asaka” ATB 12. Beshariq “Beshariqlik paxtakorlar” kooperatsiyasi 7 995 30,4 27 227 27 227 7 995 27 227 17 017 10 210 “Agrobank” ATB 13. Dangʻara “Dangʻara tola tekstil” kooperatsiyasi 6 190 30,5 21 168 21 168 6 190 21 168 13 230 7 938 “Agrobank” ATB 14. Oʻzbekiston “Sahovat 2020” kooperatsiyasi 4 650 31,7 16 520 16 520 4 650 16 520 10 325 6 195 “Agrobank” ATB 14. Jami: 82 080 30,5 280 000 216 400 63 600 22,7 82 080 280 000 175 000 105 000 Xorazm viloyati 1. Bogʻot “Kobotex” MChJ 6 435 32,3 23 296 20 416 2 880 12,4 6 435 23 296 14 560 8 736 “Agrobank” ATB 2. Xonqa “Xorazm Tex” MChJ 10 065 31,2 34 607 25 023 9 584 27,7 9 065 31 821 19 888 11 933 1 000 2 786 “Agrobank” ATB 3. Xiva “Khiva Cluster” MChJ 5 688 32,4 20 653 10 511 10 142 49,1 5 688 20 653 12 908 7 745 “Agrobank” ATB 4. Shovot “Textile Finance Khorazm” MChJ 8 975 31,0 31 114 31 114 8 975 31 114 19 446 11 668 “Infinbank” ATB 5. Yangibozor “Shovot Textile” MChJ 8 568 31,3 29 994 29 994 8 568 29 994 18 746 11 248 “Infinbank” ATB 6. Tuproqqalʼa “Great Cotton Export” MChJ 2 576 28,6 8 258 8 258 2 576 8 258 5 162 3 097 “Asaka” ATB 7. Hazorasp “Hazorasp teks” MChJ 5 667 33,3 21 108 21 108 5 667 21 108 13 192 7 915 “Asaka” ATB 8. Gurlan “Gurlan-Baraka Teks” MChJ 11 259 31,0 39 088 39 088 11 259 39 088 24 430 14 658 “Agrobank” ATB 9. Urganch “URG TEX” MChJ 8 385 31,5 29 624 29 624 8 385 29 624 18 515 11 109 “Oʻzmilliybank” AJ 10. Qoʻshkoʻpir “WBM Qo'shko'pir kaster” MChJ 10 181 29,0 33 062 33 062 10 181 33 062 20 664 12 398 “Agrobank” ATB 11. Yangiariq “Yangiariq paxta tozalash” AJ 4 958 31,6 17 550 17 550 100,0 4 958 17 550 10 969 6 581 “Agrobank” ATB 11. Jami: 82 757 31,2 287 991 247 835 40 156 13,9 81 757 285 568 178 480 107 088 1 000 2 422
