Tuman hududidagi 4K864 “Margʻilon temir yoʻl stansiyasi - Qumtepa q. -Qoraqushchi q. - Oxunboboyev temir yoʻl stansiyasi”, 4K858 “Margʻilon sh. - Oʻroqbolgʻa q. - A 373 avtoyoʻli, 4N909 “Paxtakor q. - Oʻroqbolgʻa q. - Oqbuyra q.”, 4N859 a) “Badish qishlogʻiga (1 km)”, 4N 859 b) “Fayziobod qishlogʻiga (5 km) ”, 4K853 “Shahartepa q. - Yangixayot q.” hamda 4R147 “Margʻilon sh. - Rishton sh. - Oʻqchi q. - Karimdevona q. - Konibodom sh.” avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini tartibga solish toʻgʻrisida (288-son)
05.06.2020
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 10-apreldagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-348-sonli yangi tahrirdagi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi “Avtomobil yoʻllar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-117-sonli Qonunining 7-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 169-sonli qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Qoʻshtepa tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 2020-yil 4-may kungi 67-sonli hamda tuman Ichki ishlar boʻlimining 2020-yil 6-may kungi 40/1341-sonli xati inobatga olinsin.
2. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (S. Abdullayev) va tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi (Sh. Umurzaqov)ga:
4K864 “Margʻilon temir yoʻl stansiyasi — Qumtepa q. — Qoraqushchi q. — Oxunboboyev temir yoʻl stansiyasi”, 4K858 “Margʻilon sh. — Oʻroqbolgʻa q. — A373 avtoyoʻli”, 4N909 “Paxtakor q. — Oʻroqbolgʻa q. — Oqbuyra q.”, 4N859 a) “Badish qishlogʻiga (1 km)”, 4N 859 b) “Fayziobod qishlogʻiga (5 km)”, 4K853 “Shahartepa q. — Yangixayot q.” avtomobil yoʻllarida mavjud asfalt qoplamalar holatini soz holda saqlash hamda harakat xavfsizligini taminlash maqsadida belgilangan tartibda 3.12 “Oʻqqa tushadigan ogʻirlik cheklangan” 8 ts hamda 1.31 “Sunʼiy notekkislik” yoʻl belgilarini;
4R147 “Margʻilon sh. — Rishton sh. — Oʻqchi q. — Karimdevona q. — Konibodom sh.” avtomobil yoʻlining 3,5 — 5,5 km oraligʻiga harakat xavfsizligini taminlash maqsadida belgilangan tartibda 5.5 “Bir tomonlama harakat” hamda 7.5.7 “Amal qilish vaqti” yoʻl belgilarini oʻrnatish va ushbu yoʻnalishda harakat xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman hokimligi matbuot kotibi (Y. Qosimova)ga, mazkur qarorni “Istiqbol yoʻli” gazetasida eʼlon qilish hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
4. Qaror ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari B. Qurbonov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi I. NOVIKOV
Qoʻshtepa t.,
2020-yil 5-iyun,
288-son
