Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida (587-son)
14.08.2020
Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (Mikrohududlar)ni aniq belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat xokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
1. Tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi (A.Umarov) va tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlariga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashishi holati yuzasidan monitoring olib borish va aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish vazifasi yuklatilsin.
3. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun maʼsul hisoblanadi.
4. “Buvayda koʻzgusi” roʻznomasi (A.Soliyeva) ga mazkur qarorni roʻznomada eʼlon qilish va tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorni ijrosini nazorat qilish tuman xokimining oʻrinbosari X. Isaqulov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi B. IBRAGIMOV
Buvayda t.,
2020-yil 14-avgust,
587-son
Tuman hokimining 2020-yil 14-avgustdagi 587-sonli qaroriga ILOVA
Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali
T/r Maktablar nomi Hududi 1. 1-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yashnarabod MFY, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi 2. 2-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yashnarabod MFY, Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi 3. 3-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Beglar MFY Ingʻirchoq qishlogʻi 4. 4-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Maslaxat MFY, Chirkay qishlogʻi 5. 5-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Jaloyer MFY, Jiydali qishlogʻi, Jaloyer qishlogʻi 6. 6-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Qoʻrgʻoncha MFY, Majnuntol qishlogʻi 7. 7-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yangiqishloq MFY, Yangiqishloq qishlogʻi 8. 8-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani PonsodMFY, Ponsod qishlogʻi 9. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Xonobod MFY, Xonobod qishlogʻi 10. 10-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Bachkir MFY, Bachqir qishlogʻi 11. 11-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Xasanqoʻrgʻoncha MFY, Xasanqoʻrgʻoncha qishlogʻi 12. 12-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani BegobodMFY, Begabod qishlogʻi 13. 13-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani DexqonobodMFY, Dexqonobod qishlogʻi 14. 14-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oyim MFY, Oyim qishlogʻi 15. 15-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Shoʻr MFY, Shoʻrqishlogʻi 16. 16-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Shoʻr MFY, Shoʻr tepa qishlogʻi 17. 17-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani ChoʻmbogʻishMFY, Choʻmbogʻish qishlogʻi 18. 18-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani ChoʻmbogʻishMFY, Alimbergan qishlogʻi 19. 19-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oʻrtaqoʻngʻirot MFY, Oʻrtaqoʻngʻirot qishlogʻi 20. 20-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yangiqishloq MFY, Oqtom qishlogʻi 21. 21-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oqqoʻrgʻon MFY, Oqqoʻrgʻon qishlogʻi 22. 22-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oqqoʻrgʻon MFY, Yuqori mangʻit qishlogʻi 23. 23-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Togʻliq MFY, Togʻliq qishlogʻi 24. 24-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Buvayda MFY, Buvayda qishlogʻi 25. 25-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Buvayda MFY, Gul qishlogʻi 26. 26-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Beshterak MFY, Beshterak QFY 27. 27-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Beshterak MFY, Urganchi QFY 28. 28-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Qum MFY, Qum qishlogʻi 29. 29-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Turk MFY, Gulobod qishlogʻi 30. 30-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yangihayot MFY, Yangixayot qishlogʻi 31. 31-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Begobod MFY, Bachqir qishlogʻi 32. 32-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Poshshopirim MFY, Fayzabod qishlogʻi 33. 33-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oqqoʻrgʻon MFY, Choʻtaka qishlogʻi 34. 34-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yangiqadam MFY, Yangiqadam qishlogʻi 35. 35-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Qoraqum MFY, Qoraqumqishlogʻi 36. 36-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Buvayda MFY, Alqor QFY 37. 37-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Uzumzor MFY, Uzumzor qishlogʻi 38. 38-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani OqqoʻrgʻonMFY, Jov qishlogʻi 39. 39-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Buvayda MFY, Uzun qishlogʻi 40. 40-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Begobod MFY, Begobod qishlogʻi 41. 41-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Oqtepa MFY, Oqtepa qishlogʻi 42. 42-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Dexqonobod MFY, Dexqonobod qishlogʻi 43. 43-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Alqor MFY, Yangixayot qishlogʻi 44. 44-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Nayman MFY, Nayman qishlogʻi 45. 45-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Togʻliq MFY, Oʻrta qishlogʻi 46. 46-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Xakimtoʻra MFY, Xakimtoʻra qishlogʻi 47. 47-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buv�yda tumani Tuman MFY, Qoʻngʻirot qishlogʻi 48. 48-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Alqor MFY, Bostonbuva qishlogʻi 49. 49-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Yangiqishloq MFY, Yangiqishloq qishlogʻi 50 50-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Shoʻr MFY, Shoʻrqishlogʻi 51. 51-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Bumazor MFY, Bumazor qishlogʻi 52. 52-umumiy oʻrta taʼlim maktab Buvayda tumani Alqor MFY, Arabqishlogʻi 53. 2-idumi Hududsiz 54. FIDUM Hududsiz
