Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini oʻzgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish toʻgʻrisida (149/18-6-son)
19.08.2020
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qarori, Sergeli tuman hokimi va Sergeli tumanidagi “Humo” mahalla fuqarolar yigʻinining hududiy chegarasini oʻzgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining 2020-yil 3-avgustdagi 07-B-37-sonli bayoniga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi, qaror qiladi:
1. Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini oʻzgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining 2020-yil 3-avgustdagi 07-B-37-sonli bayoni, Sergeli tuman hokimi va “Humo” mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan iltimosnomasi maʼqullansin.
2. Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini qayta koʻrib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar roʻyxati hamda ularning nomlari 1-ilovaga, yangi tashkil etilayotgan mahallalar chegaralari va tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yigʻinlari soni 519 ta deb yuritilsin.
4. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi (D. Zufarov), Sergeli tuman hokimligi:
yangi tashkil etilgan mahallalarning toʻliq shakllanishi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilsin;
hududlarga oʻzgartirish kiritilgan mahalla fuqarolar yigʻini aholisi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.
5. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻribosari (X. Shakirov), Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi (L. Ismatullayev) yangi tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlarni mahalliy budjetdan belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrilsin.
6. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi (D. Zufarov), Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Gʻ. Rasulov), Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi (N. Tursunov) mazkur qarorga asosan hujjatlarga oʻrnatilgan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Toshkent shahar hokimligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (P. Xaliulin) mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020-yil 3-avgustdagi “Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini oʻzgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 134/17-6-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan soʻng kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi H. Akilov va Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi D. Zufarov zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari T. MATIBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-avgust,
149/18-6-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020-yil 19-avgustdagi 149/18-6-con qaroriga 1-ILOVA
Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasining hududiy chegaralarini qayta koʻrib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar roʻyxati va ularning nomlari
T/r Boʻlinadigan mahallaning nomi Boʻlish hisobiga yangi tashkil etilgan mahallalar nomi Izoh 1. Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi “Yangi turmush” mahallasi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent shahar komissiyasining taklifi asosida nomlandi 2. “Yangi Hayot” mahallasi 3. “Oriyat” mahallasi 4. “Marhamat” mahallasi 5. “Gulshanobod” mahallasi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2020-yil 19-avgustdagi 149/18-6-con qaroriga 2-ILOVA
Yangi tashkil etilayotgan mahallalar chegaralari va tavsifi
“Xumo” mahallasi
Markazi: 3B-mavzesidagi 8-koʻp qavatli uy
Aholi: 8024 ta
Oila: 2675 ta
Mirzo Tursunzoda koʻchasi va Shokirariq kanali kesishgan joydan Shokirariq kanalining chap tomoni boʻylab Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, Qoʻrgʻontepa koʻchasining chap tomoni boʻylab Shokirariq koʻchasigacha, Shokirariq koʻchasining chap tomoni boʻylab Mirzo Tursunzoda koʻchasigacha, Mirzo Tursunzoda koʻchasining chap tomoni boʻlab Shokirariq kanaligacha boʻlgan chegaralarda.
“Yangi turmush” mahallasi
Markazi: 3A-mavzesidagi 25-qoʻp qavatli uy
Aholi: 5256 ta
Oila: 1752 ta
Mirzo Tursunzoda koʻchasi va Shokir ariq kanali kesishgan joydan Shokir ariq kanalining oʻng tomoni boʻylab Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, Qoʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Mehrigiyo koʻchasigacha, Mehrigiyo koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Mirzo Tursunzoda koʻchasigacha, Mirzo Tursunzoda koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Shokir ariq kanaligacha boʻlgan chegaralarda.
“Yangi Hayot” mahallasi
Markazi: 332-maktab binosi
Aholi: 8790 ta
Oila: 4395 ta
Koʻrgʻontepa koʻchasi va 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasi kesishgan joydan 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 332-maktabgacha, 332-maktab hududi va 88-uyni qamrab olgan holda Katta xalqa yoʻligacha, Katta halqa yoʻlining oʻng tomoni boʻylab, Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, Qoʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasigacha boʻlgan chegaralarda.
“Oriyat” mahallasi
Markazi: 332-maktab binosi
Aholi: 4028 ta
Oila: 2008 ta
1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasi va 332-maktab kesishgan joydan 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab, 3-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, 3-tor Koʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab Katta halqa yoʻligacha, Katta halqa yoʻlining oʻng tomoni boʻylab, 88-uygacha, 88-uy va 332-maktabning qamrab olmagan holda 1-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha boʻlgan chegaralarda.
“Marhamat” mahallasi
Markazi: 331-maktab binosi
Aholi: 9450 ta
Oila: 4725 ta
Koʻrgʻontepa koʻchasi va 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasi kesishgan joydan 1-tor Koʻrgʻontepa koʻchasining chap tomoni boʻylab 9-qurilish hududidagi ichki koʻcha boʻylab 45 va 37-koʻp qavatli uylarni qamrab olgan holda Shokirariq koʻchasigacha, Shokirariq koʻchasining chap tomoni boʻylab Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, Qoʻrgʻontepa koʻchasining chap tomoni boʻylab 1-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha boʻlgan chegaralarda.
“Gulshanobod” mahallasi
Markazi: 331-maktab binosi
Aholi: 4450 ta
Oila: 2225 ta
1-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasi va 9-qurilish hududidagi ichki koʻcha kesishgan joydan 46, 47 va 50-koʻp qavatli uylarni qamrab olgan holda ichki yoʻl boʻylab Shokirariq koʻchasigacha, Shokirariq koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 2-tor Koʻrgʻontepa koʻchasigacha, 2-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 10-qurilishi hududini qamrab olgan holda Katta halqa yoʻligacha, Katta halqa yoʻlining oʻng tomoni boʻylab 2-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, 2-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 1-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasigacha, 1-tor Qoʻrgʻontepa koʻchasining oʻng tomoni boʻylab 46-koʻp qavatli uygacha boʻlgan chegaralarda.
