Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat don inspeksiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida (377-son)
04.11.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada don etishtirishning koʻpayganligi, uni saqlash va qayta ishlashning moddiy-texnik bazasi kengayganligi munosabati bilan, shuningdek gʻalladan oqilona foydalanish hamda mamlakat ichkarisida xarid qilishda va import boʻyicha olib kelishda uning sifati ustidan tegishli davlat nazoratini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining Respublika Davlat don inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (“Oʻzdavdoninspeksiya”) tashkil etilsin.
4. “Oʻzdavdoninspeksiya” xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar va mehnatga haq toʻlash shartlari joriy etilsin.
7. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi va “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda bir oy muddatda meʼyoriy hujjatlarni va donni saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
8. “Oʻzdavdoninspeksiya” “Oʻzdavstandart” markazi bilan birgalikda 3 oy muddatda “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasining barcha korxonalarida ishlab chiqarish-texnologiya laboratoriyalarining zarur priborlar, asbob-uskunalar va inventarlar bilan butlanganligini, shuningdek attestatsiya guvohnomalarining mavjudligini tekshirishdan oʻtkazsin.
9. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Oʻzdavstandart” markaziga donga amaldagi davlat standartlarini qayta koʻrib chiqish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida bir oy muddatda taklif kiritsin.
10. Belgilansinki, “Oʻzdavdoninspeksiya” apparati va uning hududiy organlari joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida “Oʻzdavdoninspeksiya” xarajatlari, shuningdek uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur inventarlar, priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashga budjetdan ajratiladigan zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ni va uning hududiy organlarini telefon va teleks aloqasi, shu jumladan markaziy apparat rahbarlari uchun hukumat ATSi aloqasi bilan taʼminlasin.
13. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi Respublika Davlat don inspeksiyasi balansida boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga tekin bersin.
14. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasiga xizmat koʻrsatish uchun 3 ta yengil avtomobil ajratsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzdavdoninspeksiya”ga 3 ta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
15. Respublika Davlat don inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga 1-ilovadan chiqarilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 4-noyabr,
377-son
