Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (539-son)
04.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisida yagona markazlashtirilgan axborot manbaini shakllantirish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan klassifikator va maʼlumotnomalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini (keyingi oʻrinlarda — markaziy maʼlumotlar bazasi) yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
markaziy maʼlumotlar bazasi soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot-resurs bazasi negizida tashkil etiladi va yuritiladi;
markaziy maʼlumotlar bazasini tashkil etish, amaliyotga joriy qilish va yuritishni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish loyihasining moliyalashtirish mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
markaziy maʼlumotlar bazasi davlat xizmatlarini koʻrsatish va davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur boʻlgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumot manbai hisoblanadi;
mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq masʼul davlat organlari tomonidan tegishli maʼlumotnomalar va klassifikatorlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimida joylashtiriladi va yangilab boriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda 2020-yil 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini markaziy maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish grafigini tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda:
Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan zamonaviy server uskunalarini xarid qilsin va oʻrnatsin, “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash uchun ishlatiluvchi server uskunalari keyinchalik Elektron hukumatning maʼlumotlarni qayta ishlash yagona markaziga joylashtirilishini nazarda tutsin;
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini markaziy maʼlumotlar bazasi bilan birlashtirish uchun texnik talablarni tasdiqlasin;
v) 2021-yil 1-yanvarga qadar markaziy maʼlumotlar bazasini ishlab chiqsin va ishga tushirsin.
4. Markaziy maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarning kiritilishi va yangilanishiga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari:
ikki oy muddatda mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan maʼlumotnomalar va klassifikatorlardan foydalanish boʻyicha oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalariga oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasinlar;
2021-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisida oʻzlarining mavjud maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarni haqqoniyligi va dolzarbligini taʼminlash boʻyicha xatlovdan oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda markaziy maʼlumotlar bazasidagi yigʻma maʼlumotlarni eʼlon qilish jadvallari namunalarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
har oy yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni belgilangan tartibda vazirlik va idoralarga taqdim etib borishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda idoralararo elektron hamkorlik orqali quyidagi maʼlumotlarning:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — roʻyxatdan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlari, advokatlik byurolari va firmalari, advokatlar hayʼati toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — roʻyxatdan oʻtgan banklar, kredit byurolari va xorijiy banklarning vakolatxonalari toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — xorijiy tijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtgan vakolatxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markaziy maʼlumotlar bazasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning 7-bandi 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-sentabr,
539-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 1-ILOVA
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlarning) markaziy maʼlumotlar bazasini (keyingi oʻrinlarda — markaziy maʼlumotlar bazasi) shakllantirish, yangilash, yuritish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Markaziy maʼlumotlar bazasida davlat xizmatlarini koʻrsatish va davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur boʻlgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai boʻlgan davlat axborot resursi jamlanadi.
3. Markaziy maʼlumotlar bazasi:
davlat xizmatlarini, jumladan, elektron shaklda koʻrsatish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini avtomatlashtirish va vaqtini qisqartirish;
davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur boʻlgan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlash;
davlat xizmatlarini koʻrsatishda yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash;
vakolatli organlarning axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining yagona infratuzilmasiga birlashtirish maqsadida shakllantiriladi va yuritiladi.
4. Markaziy maʼlumotlar bazasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida shakllantiriladi va yuritiladi.
2-bob. Markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilash
5. Markaziy maʼlumotlar bazasi vakolatli organlar tomonidan yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamidan (keyingi oʻrinlarda — STIR) va jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqamidan (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR) foydalangan holda shakllantiriladi va yangilanadi.
6. Markaziy maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritish va yangilash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida saqlanadigan va qayta ishlanadigan maʼlumotlar roʻyxatiga muvofiq maʼlumotlarni kiritish va ularni yangilash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritish va yangilash qatʼiy ravishda Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registriga kiritilgan maʼlumotnomalar va klassifikatorlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
7. Maʼlumotlar vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining avtomatlashtirilgan soʻrovlariga muvofiq yangilanadi.
8. Markaziy maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan va davlat xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar elektron hukumatning yagona identifikatorlari asosida shakllantirilgan tegishli vakolatli organlarning axborot resurslarida saqlanadi.
3-bob. Markaziy maʼlumotlar bazasini yuritish va undan foydalanish tartibi
9. Markaziy maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuritiladi va quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan:
markaziy maʼlumotlar bazasi dasturiy-texnik majmuasining ishlashini texnik taʼminlash va uni yanada takomillashtirish;
belgilangan tartibda markaziy maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarning saqlanishi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
vakolatli organlar bilan kelishgan holda markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilash grafigini tasdiqlash;
vakolatli organlar tomonidan markaziy maʼlumotlar bazasida saqlanadigan maʼlumotlarning oʻz vaqtida yangilanishini nazorat qilish;
markaziy maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning toʻliqligini tekshirish;
vakolatli organlarning axborot tizimlarini markaziy maʼlumotlar bazasi bilan birlashtirish uchun texnik talablarni tasdiqlash.
10. Markaziy maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarning kiritilishi va yangilanishiga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariga markaziy maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi shakllangan markaziy maʼlumotlar bazasining nusxalarini unga kirish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
12. Vakolatli organlar tomonidan markaziy maʼlumotlar bazasiga taqdim etiladigan maʼlumotlar taqdim etilayotgan vaqtda ishonchli, toʻliq va dolzarb boʻlishi kerak.
13. Maʼlumotlar markaziy maʼlumotlar bazasidan elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish orqali olinadi.
14. Idoralararo elektron hamkorlikda boshqa identifikatorlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikda markaziy maʼlumotlar bazasi maʼlumotlaridan foydalanish “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi yordamida amalga oshiriladi.
16. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslardan markaziy maʼlumotlar bazasida va tegishli vakolatli organlarning axborot resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni talab etish taqiqlanadi.
Bunda vakolatli organlar boshqa organlarda va tashkilotlarda mavjud boʻlgan axborotlarni oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
17. Markaziy maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi uchun javobgarlik vakolatli organlarga yuklanadi.
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarBajarish muddatlariI. Tashkiliy tadbirlar1-bosqichDavlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiMarkaziy maʼlumotlar bazasini vakolatli organlarning axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish grafigini tasdiqlash.bir oy muddatda 2-bosqichDavlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiVakolatli organlarning axborot tizimlari va resurslarini markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish uchun texnik talablarni tasdiqlash.uch oy muddatdaII. Texnik tadbirlar3-bosqichVakolatli organlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiMaʼlumotnomalar va klassifikatorlarni shakllantirish hamda “Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimiga joylashtirish.2021-yil 1-yanvar 4-bosqichVakolatli organlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiDavlat xizmatlarini koʻrsatish uchun vakolatli organlarning axborot tizimlari va resurslarini markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish.alohida grafikka muvofiq 5-bosqichDavlat soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiMarkaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish.alohida grafikka muvofiq 6-bosqichDavlat soliq qoʻmitasiMarkaziy maʼlumotlar bazasini yuritish, texnik qoʻllab-quvvatlash va yanada takomillashtirish.doimiy ravishda 7-bosqichVakolatli organlar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiMaʼlumotnomalar va klassifikatorlardan foydalanish va ularni yangilash.doimiy ravishda 8-bosqichVakolatli organlarElektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish va idoralararo elektron hamkorlikda markaziy maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlardan foydalanish.doimiy ravishda 9-bosqichDavlat soliq qoʻmitasi,Milliy statistika qoʻmitasi,Davlat xizmatlari agentligi,Adliya vazirligi,Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Markaziy bankMarkaziy maʼlumotlar bazasini yangilash va yuritish.doimiy ravishda
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasida saqlanadigan va qayta ishlanadigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
T/rT/rMaʼlumotlar nomiMaʼlumotlarni kiritish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariMaʼlumotlarni yangilash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariTasniflagich mavjudligiTasniflagich uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariMaʼlumot turiRoʻyxatga olish maʼlumotlari1. 1. Subyektning toʻliq nomiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq2. 2. Subyektning qisqacha nomiDXA, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq3. 3. Tashkiliy-huquqiy shakliDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq4. 4. Mulkchilik shakliDXADXAmavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq5. 5. STIRDSQDSQmavjud emas-ochiq6. 6. IFUT raqamiDXADavlat statistikaqoʻmitasimavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq7. 7. MHOBT kodiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDavlat statistika qoʻmitasimavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq8. 8. DBIBT kodiDavlat statistika qoʻmitasiDavlat statistikaqoʻmitasimavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq9. 9. Roʻyxatga oluvchi organDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq10. 10. Roʻyxatga olish sanasiDXA, AV, MB, ITSV,TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq11. 11. Roʻyxatga olish raqami (reyestr raqami)DXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV,TIV, DSQmavjud emas-ochiq12. 12. Qayta roʻyxatga olish sanasiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq13. 13. HolatiDXA, AV, DSQDXA, AV, DSQmavjudDSQochiq14. 14. Holatni oʻzgartirish sanasiDXA, AV, DSQDXA, AV, DSQmavjud emas-ochiq15. 15. Korxona maqomiDSQDSQmavjudDSQochiq16. 16. Tugatish sanasi (reyestrdan chiqarilgan sana)DXA, AV, MB, ITSV,TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq17. 17. Tugatish sababi (reyestrdan chiqarish asosi)DXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudDSQfoydalanish cheklangan18. 18. Faoliyatni vaqtincha toʻxtatib turish sanasiDXADXA/DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan19. 19. Faoliyatni vaqtincha toʻxtatib turish sababiDXADXA/DSQmavjudDSQfoydalanish cheklangan20. 20. Soliq rejimiDXADSQmavjudDSQfoydalanish cheklangan21. 21. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchining raqamiDSQDSQmavjud emasDSQochiq22. 22. Soliq toʻlovchi turiDSQDSQmavjudDSQochiq23. 23. Korxona turiDavlat statistika qoʻmitasiDavlat statistikaqoʻmitasimavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq24. 24. Ustav fondi miqdori, soʻmdaDXA, AV, MBDXA, AV, MBmavjud emas-ochiqSubyektning pochta manzili25. 1. Mamlakat DXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudMBochiq26. 2. Viloyat/shaharDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq27. 3. Tuman/shaharDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq28. 4. SektorDXA, DSQDXA, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq29. 5. MahallaDXA, DSQDXA, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq30. 6. Koʻcha (QFY, mavze, daha)DXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq31. 7. UyDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq32. 8. XonadonDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq33. 9. Koʻchmas mulk obyektining kadastr raqamiDXADXAmavjud emas-ochiq34. 10. Pochta indeksiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiqSubyektning faoliyatni amalga oshirish manzili35. 1. MamlakatDXADXAmavjudDavlat bojxonaqoʻmitasiochiq36. 2. Viloyat/shaharDXADXAmavjudDavergeodezkadastrochiq37. 3. Tuman/shaharDXADXAmavjudDavergeodezkadastrochiq38. 4. SektorDXA, DSQDXA, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq39. 5. MahallaDXA, DSQDXA, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq40. 6. Koʻcha (QFY, mavze, daha)DXADXAmavjud emas-foydalanish cheklangan41. 7. UyDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklangan42. 8. XonadonDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklanganRahbar toʻgʻrisida maʼlumotlar43. 1. FamiliyasiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq44. 2. IsmiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-ochiq45. 3. Otasining ismiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV,TIV, DSQmavjud emas-ochiq46. 4. JinsiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq47. 5. MillatiDXA, MB, ITSV, TIV, DSQMB, ITSV, TIV, DSQmavjudMilliy statistika qoʻmitasifoydalanish cheklangan48. 6. FuqaroligiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudMBfoydalanish cheklangan49. 7. Pasport seriyasiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV,TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan50. 8. Pasport raqamiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan51. 9. JSHSHIRDXADSQmavjud emas-foydalanish cheklangan52. 10. STIRDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklanganRahbarning bogʻlanish uchun maʼlumotlari53. 1.Telefon raqamiDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV,TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan54. 2.E-mailDXA, MB, ITSV, TIV, DSQMB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklanganRahbarning manzili55. 1. MamlakatDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjudDavlat bojxonaqoʻmitasifoydalanish cheklangan56. 2. Viloyat/shaharDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV,TIV, DSQmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan57. 3. Tuman/shaharDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, �B, ITSV, TIV, DSQmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan58. 4. SektorDXA, DSQDSQmavjudDavergeodezkadastrochiq59. 5. MahallaDXA, DSQDSQmavjudDavergeodezkadastrochiq60. 6. Koʻcha (QFY, mavze, daha)DXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emasfoydalanish cheklangan61. 7. UyDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan62. 8. XonadonDXA, AV, MB, ITSV, TIV, DSQAV, MB, ITSV, TIV, DSQmavjud emas-foydalanish cheklanganMuassis — jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar63. 1. FamiliyasiDXADXA/DPMmavjud emas-ochiq64. 2. IsmiDXADXA/DPMmavjud emas-ochiq65. 3. Otasining ismiDXADXA/DPMmavjud emas-ochiq66. 4. JinsiDXADXA/DPMmavjudMilliy statistika qoʻmitasiochiq67. 5. MillatiDXADXA/DPMmavjudMilliy statistika qoʻmitasifoydalanish cheklangan68. 6. FuqaroligiDXADXA/DPMmavjudDavlat bojxona qoʻmitasifoydalanish cheklangan69. 7. Pasport seriyasiDXADXA/DPMmavjud emas-foydalanish cheklangan70. 8. Pasport raqamiDXADXA/DPMmavjud emas-foydalanish cheklangan71. 9. JSHSHIRDXADXA/DPMmavjud emas-foydalanish cheklangan72. 10. STIRDXADXA/DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan73. 11. Muassisning ulushi, foizdaDXA, MBDXA, MBmavjud emas-ochiq74. 12. Muassisning ulushi, soʻmdaDXA, MBDXA, MBmavjud emas-foydalanish cheklanganMuassis — yuridik shaxs toʻgʻrisidagi �aʼlumotlar75. 1. NomiDXADXAmavjud emas-ochiq76. 2. STIRDXADXA/DSQmavjud emas-ochiq77. 3. Roʻyxatdan oʻtgan mamlakatiDXADSQmavjudDavlat bojxonaqoʻmitasiochiq78. 4. Muassisning ulushi, foizdaDXA, MBDXA, MBmavjud emas-ochiq79. 5. Muassisning ulushi, soʻmdaDXA, MBDXA, MBmavjud emas-foydalanish cheklanganMuassisning bogʻlanish uchun maʼlumotlari80. 1.Telefon raqamiDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklangan81. 2.E-mailDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklanganMuassisning manzili82. 1. Mamlakat DXADXAmavjudDavlat bojxonaqoʻmitasifoydalanish cheklangan83. 2. Viloyat/shaharDXADXAmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan84. 3. Tuman/shaharDXADXAmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan85. 4. SektorDXADXAmavjudDavergeodezkadastrochiq86. 5. MahallaDXADXAmavjudDavergeodezkadastrochiq87. 6. Koʻcha (QFY, mavze, daha)DXADXAmavjud emas-foydalanish cheklangan88. 7. UyDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklangan89. 8. XonadonDXADXAmavjud emas-foydalanish cheklanganHisobchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar90. 1. FamiliyasiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan91. 2. IsmiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan92. 3. Otasining ismiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan93. 4. Pasport seriyasiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan94. 5. Pasport raqamiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan95. 6. JSHSHIRMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan96. 7. STIRMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklanganHisobchining bogʻlanish uchun maʼlumotlari97. 1. Telefon raqamiMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan98. 2. E-mailMB, DSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklanganHisobchining manzili99. 1. Mamlakat MB, DSQMB, DSQmavjudDavlat bojxona qoʻmitasifoydalanish cheklangan100. 2. Viloyat/shaharMB, DSQMB, DSQmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan101. 3. Tuman/shaharMB, DSQMB, DSQmavjudDavergeodezkadastrfoydalanish cheklangan102. 4. SektorMB, DSQMB, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq103. 5. MahallaMB, DSQMB, DSQmavjudDavergeodezkadastrochiq104. 6. Koʻcha (QFY, mavze, daha)MB, DSQMB, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan105. 7. UyMB, DSQMB, DSQmavjud emas-foydalanish cheklangan106. 8. XonadonMB, DSQMB, DSQmavjud emas-foydalanish cheklanganSubyektning bank rekvizitlari107. 1. MFOMBMBmavjudMBfoydalanish cheklangan108. 2. Hisob raqamiMBMBmavjud emas-foydalanish cheklanganSubyektning boshqa maʼlumotlari109. 1. Xodimlarning oʻrtacha yillik soniMilliy statistika qoʻmitasiMilliy statistika qoʻmitasimavjudMBfoydalanish cheklangan110. 2. Xodimlarning oylik soniDSQDSQmavjud emas-foydalanish cheklangan
Izoh:
AV — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
ITSV — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
TIV — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
MB — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
DPM — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi;
DXA — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi;
IFUT — iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi;
MHOBT — Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi;
DBIBT — davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi;
QFY — qishloq fuqarolar yigʻini;
MFO — bank kodi.
* Adliya vazirligi tomonidan yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlar yuridik shaxslarning tegishli davlat reyestrlarida hamda maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlar doirasida kiritiladi (yangilanadi).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 2-ILOVA
Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan klassifikator va maʼlumotnomalar
ROʻYXATI
T/rKlassifikator va maʼlumotnomalar nomiMaʼlumotnoma/ klassifikator turiMasʼul davlat organi1. Millatlar klassifikatoriXalqaro klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi2. Oʻzbekiston Respublikasi tashkiliy-huquqiy shakllari klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi3. Mulkchilik shakli klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi5. Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha klassifikatori (2-tahrir)Umumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi6. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik boshqaruv organlarini belgilash tizimiBoshqa maʼlumotnoma/ klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi7. Maʼmuriy-hududiy tuzilma obyektlari maʼlumotlari toʻplamiUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi8. “Jahon mamlakatlari” klassifikatorlariXalqaro klassifikatorlarDavlat bojxona qoʻmitasi9. Gender klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi10. Valyutalar klassifikatoriXalqaro klassifikatorlarMarkaziy bank11. Manzillar maʼlumotnomasiBoshqa maʼlumotnoma/ klassifikatorlarDavergeodezkadastr12. Yuridik shaxsning holati klassifikatoriBoshqa maʼlumotnoma/ klassifikatorlarDavlat soliq qoʻmitasi13. Yuridik shaxslarni tugatish sabablari maʼlumotnomasiBoshqa maʼlumotnoma/ klassifikatorlarDavlat soliq qoʻmitasi14. Faoliyatni vaqtincha toʻxtatib turish sababi maʼlumotnomasiBoshqa maʼlumotnoma/ klassifikatorlarDavlat soliq qoʻmitasi15. Kichik biznesga aloqadorligi maʼlumotnomasiUmumdavlat klassifikatorlarMilliy statistika qoʻmitasi16. Soliq rejimi klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarDavlat soliq qoʻmitasi17. Soliq toʻlovchi turi klassifikatoriUmumdavlat klassifikatorlarDavlat soliq qoʻmitasi18. “Oʻzbekiston Respublikasi banklari” maʼlumotnomasiTarmoq maʼlumotnoma/ klassifikatorlariMarkaziy bank
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“33. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzgarishi bilan bogʻliq holda NNT qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda yangidan roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organi bu toʻgʻrida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organini, tegishli roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi. Olingan maʼlumotlar asosida oldingi roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi adliya organi bu toʻgʻrida davlat reyestriga tegishli yozuvni kiritadi hamda bu oʻzgarishlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
34. Pochta manzili, bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda NNT bir oy muddatda bu toʻgʻrida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga xabar qilishi shart.
Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ pochta manzili oʻzgarganligi boʻyicha bildirishnomani olgan kuni bu oʻzgarishning axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi”;
b) 46-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“46. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida davlat reyestridan NNT toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi”ga kiritilishini taʼminlaydi.
Bunda NNT bir vaqtning oʻzida joylashgan joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyiladi”.
