Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (871-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Qoʻriqlanma (oraliq) tegralar davlat qoʻriqxonalariga, davlat milliy tabiat bogʻlariga, davlat buyurtma qoʻriqxonalariga, davlat tabiat yodgorliklariga va alohida muhofaza etiladigan oʻzga tabiiy hududlarga boʻladigan salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida cheklangan xoʻjalik faoliyati yuritiluvchi hududni qamrab oladi.
Qoʻriqlanma (oraliq) tegrada xoʻjalik faoliyati va tabiatdan foydalanishning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsir keltirib chiqaruvchi turlari bilan shugʻullanish man etiladi.
Qoʻriqlanma (oraliq) tegralarning katta-kichikligi va ularning ish tartibi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilab qoʻyiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2718
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 29-modda. Qoʻriqlanma (oraliq) tegralar Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida (871-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-4977/29 (lex.uz/docs/-2718)