Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida (O‘RQ-635-son) · Sana: 28.08.2020 · Amalda
Maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilgan, tugatilgan yoki uning chegaralari oʻzgartirilgan taqdirda uning hududida joylashgan saylov okruglarini tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda saylov okruglarini oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar maʼmuriy-hududiy birliklarni tashkil etish, tugatish yoki ularning chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi uchun kiritilguniga qadar, qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4973063
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 401-modda. Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari hal etilayotganda saylov okruglarining chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida (O‘RQ-635-son). neolex.uz/uz/laws/law-4973069/401 (lex.uz/docs/-4973063)