Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida (510-son)
24.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga rus tili matnidagi 2-ilovaning 56-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 56. Goskomstat — 62 44 18 — — — Sentralniy apparat — 9 6 3 — — — Oblastnie zvenya — 28 14 14 — — — Rayonnie zvenya — 23 23 — — — — Podvedomstvennie organizatsii — 2 1 1 — — — ”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va qambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va qambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
510-son
