Notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida (3276-son)
30.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3276]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar shakllari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
notariuslar faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar shakllari “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maʼlumotlardan foydalangan holda toʻldiriladi va har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasiga elektron shaklda taqdim etiladi;
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi statistik maʼlumotlarning “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi maʼlumotlar bilan muvofiqligi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasiga taqdim etilishi uchun masʼuldir.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
6. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
182-mh-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi raisi D. Ashurov
2020-yil 30-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 182-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar boʻyicha
STATISTIK HISOBOT
20___ yil “___” __________ (oylik hisobot davri)(1-ustun yigʻindisi 2 — 7 ustunlar yigʻindisiga teng; 35-ustun yigʻindisi 36 — 38-ustunlar yigʻindisiga teng;56-ustun yigʻindisi 1, 8 — 10, 16 — 29, 33 — 35, 39 — 45, 50 — 55-ustunlar yigʻindisiga teng)1-shaklT/rHudud nomiNotarial harakatlar turlari boʻyichaKoʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashShundan(1-ustundan)Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashShundan(8 — 10-ustunlardan)Shundan (8 — 10-ustunlardan)Mulk ijara shartnomalarini tasdiqlashUy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarKorxonani oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomasiNoturar joylarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish shartnomasiUmrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasiOldi-sotdiHadyaAyirboshlashYaqin qarindoshlar oʻrtasidaBegonalar oʻrtasidaJismoniy shaxslar oʻrtasidaJismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasidaYuridik shaxslar ishtirokidaAvtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomalariTurar joy ijara shartnomalariNoturar joy ijara shartnomalariKorxonani ijaraga berish shartnomalariOldi-sotdiHadyaAyirboshlash123456789101112131415161718191.2.3.4.5....
1-shaklning davomiNotarial harakatlar turlari boʻyichaVasiyatnomalarni tasdiqlashMerosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish (fuqarolarga)Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish (boshqalarga)Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrishEr-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berishIshonchnomalarni tasdiqlashBoshqa ishonchnomalarni tasdiqlashShundan(29-ustundan)Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashHujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlashIjro xatlarini yozishGarov shartnomalarini tasdiqlashIpoteka shartnomalarini tasdiqlashLizing shartnomalarini tasdiqlashRenta shartnomalarini tasdiqlashNikoh shartnomalarini tasdiqlashAliment toʻlash haqidagi kelishuvni tasdiqlashAvtomototransport vositalaridan foydalanish huquqi bilanAvtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilanKoʻchmas mulklarni tasarruf etish huquqi bilanPensiya va nafaqa pullarini olishgaJami (36 — 38)Kredit munosabatlariKommunal xizmatlaruchun toʻlovlarBoshqa toʻlovlarYaqin qarindoshlargaBegonalargaYaqin qarindoshlargaBegonalargaYaqin qarindoshlargaBegonalarga20212223242526272829303132333435363738394041424344
1-shaklning davomiNotarial harakatlar turlari boʻyichaJami (1, 8 — 10, 16 — 29, 33 — 35, 39 — 45, 50 — 55-ustunlardan)ShundanBosh prokuratura xuzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etilgan maʼlumotlar soniOʻrtacha oylik notarial harakatlar soniCudlarda bekor qilingan notarial harakatlar soniJami undirilgan davlat boji miqdoriShu jumladanNotariuslar tomonidan amalga oshirilgan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar miqdoriBoshqa shartnoma va bitimlarni tasdiqlashShundan (45-ustundan)Dalillarni taʼminlashDublikatlarni tasdiqlashMediativ kelishuvlarni tasdiqlashMualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashElektron hujjatning qogʻoz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlashBoshqa notarial harakatlarKoʻchmas mulk boʻyicha (2 — 4 ustunlardan)Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashAvtotransportdan tekin foydalanish shartnomalariUy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan tekin foydalanish shartnomalariKafillik shartnomalariShartnomani bekor qilish haqidagi kelishuv bitimlariNotarial idoradan tashqariga chiqqan holda amalga oshirilgan notarial harakatlar soniDavlat boji toʻlashdan ozod etilgan holda rasmiylashtirilgannotarial harakatlar soniOʻzgaga oʻtkazish boʻyicha (8 — 10-ustunlar)Ijara shartnomalari boʻyicha (16-ustundan)Ishonchnomalar boʻyicha (25 — 28-ustunlardan)4546474849505152535455565758596061626364656667
Notariuslar tomonidan gerbli blankalarning sarflanishi boʻyicha
STATISTIK HISOBOT
20___ yil “___” __________ (oylik hisobot davri) 2-shakl T/r Gerbli (maxsus) blankalar nomi 1-yanvar holatidagi qoldiq blankalar Adliya organidan olingan jami blankalar Shundan, hisobot davrida olingan blankalar Hisobot davrida notarial idoradan qaytarib olingan blankalar Hisobot davrida sarflangan blankalar Shundan Hisobot davri oxiridagi qoldiq blankalar Hisobot davrida undirilgan gerb yigʻimi summasi Buzilgan Yoʻqolgan Takroran berilgan 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1. Koʻchmas mulk shartnomasi blankalari 2. Avtomototransport vositasi shartnomasi blankalari 3. Koʻchmas mulk ishonchnomasi blankalari 4. Avtomototransport vositasi ishonchnomasi blankalari
