2-modda. Asosiy tushunchalar
Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida (402-II-son) · Sana: 30.08.2002 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
donor — oʻz qoni va uning tarkibiy qismlaridan bir qismini tibbiyot ehtiyojlari uchun ixtiyoriy ravishda beruvchi jismoniy shaxs;
donor qoni banki — qon bilan ishlash xizmati tomonidan vujudga keltiriladigan va yangilab boriladigan, uzoq muddat saqlashga moʻljallangan donor qoni tarkibiy qismlarining zaxiralari;
donor qoni preparatlari — donor qoni tarkibiy qismlarini qayta ishlashda olingan davolash vositalari;
donor qoni tarkibiy qismlari — qonning qon plazmasi va hujayralari shaklidagi tarkibiy qismlari.
