Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3274-son)
30.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3274]
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. SHADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-iyun,
124-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 12-iyundagi 124-son buyrugʻiga ILOVA
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish tibbiyot muassasalari tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homilador ayolning xohishiga koʻra;
homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlganda homiladorlik muddatidan qatʼi nazar.
2. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish akusherlik-ginekologik muassasa tomonidan er va xotinning yozma roziligi bilan, er boʻlmagan taqdirda ayolning oʻz roziligi yoki ota-onasining roziligi yoxud u voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillarining mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni qoʻllash boʻyicha ixtiyoriy rozilik arizasiga asosan amalga oshiriladi.
3. Ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishga majbur qilinishi mumkin emas.
4. Tibbiyot muassasasi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish toʻgʻrisida yoki homiladorlikni toʻxtatishni rad etish haqida qaror qabul qilgan ayolni uning sogʻligʻi uchun har qanday ehtimol tutilgan salbiy oqibatlar haqida xabardor etishi shart.
5. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirishda homilador ayolning qonunchilik hujjatlarida belgilangan reproduktiv huquqlari taʼminlanishi shart.
6. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish va undan keyingi kontratsepsiya bilan bogʻliq maʼlumotlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shifokorlik sirini tashkil etadi.
2-bob. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish
7. Homilaning holati boʻyicha birlamchi maslahat olish, tibbiy tekshiruvdan oʻtish va homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun homilador ayol yashash manzili yoki yashash joyi yohud turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga (markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari) (bundan buyon matnda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi deb yuritiladi) murojaat qiladi.
8. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasining umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolga homiladorlik muddatini aniqlash va homilador ayolning sogʻligʻi holatini baholash uchun kerakli tekshiruvni oʻtkazish hamda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi.
9. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun homilador ayol umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homiladorlik muddati va salomatlik holatidan kelib chiqib, belgilangan standartlarga muvofiq zarur boʻlgan tibbiy tekshiruvlardan, shuningdek tor mutaxassislar maslahatidan oʻtkaziladi.
10. Tekshirish natijasida homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha aniqlanadi.
11. Tekshiruvlardan oʻtgan ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun yashash manzili yoki yashash joyi yohud turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan akusherlik-ginekologik muassasaga yuboriladi.
12. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish dori vositalari yoki jarrohlik usuli orqali amalga oshiriladi.
13. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usullari toʻgʻrisida akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, akusherka va patronaj hamshiralari homilador ayolga maslahat berishlari lozim.
14. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usuli homilaning muddati, homilador ayolning umumiy ahvoli hamda tibbiy koʻrsatmalar asosida homilador ayolning xohishiga koʻra tanlanadi.
15. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish homiladorlikning muddati va homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish usuliga koʻra ambulator yoki statsionar sharoitda oʻtkaziladi.
16. Homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda dori vositalari bilan toʻxtatish birlamchi ambulator-poliklinikada, jarrohlik usuli bilan toʻxtatish akusherlik-ginekologik muassasa qoshidagi ambulator-poliklinikada ambulator sharoitda amalga oshiriladi.
Homilador ayolda yuqori xavfli yondosh kasalliklar yoki homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya boʻlimida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
17. Homiladorlikning oʻn ikki haftadan yigirma ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining ginekologiya boʻlimida, homiladorlikning yigirma ikki haftadan keyingi muddatlarida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish qanday usulda boʻlishidan qatʼi nazar tibbiyot muassasasining akusherlik boʻlimida statsionar sharoitda amalga oshiriladi.
18. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilayotgan homiladorga ogʻriqsizlantirish usullari taklif etiladi. Bunda, ogʻriqsizlantirish usulini tanlash va qoʻllash boʻyicha anesteziolog-reanimatolog tomonidan koʻrsatmalar beriladi va homilador ayolning tanloviga asosan ogʻriqsizlantirish usullari amalga oshiriladi.
19. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish oʻtkazilayotgan akusherlik-ginekologik muassasada homilador ayol toʻgʻrisidagi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun lozim boʻlgan hujjatlar shakllantiriladi.
20. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish uchun markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikasi rahbari buyrugʻiga asosan konsilium tashkil etiladi.
Konsilium tarkibiga markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikada ishlovchi boʻlim mudiri, akusher-ginekolog shifokor, umumiy amaliyot shifokori, neonatolog, ultratovush tekshiruvi shifokori, zaruratga koʻra tor mutaxassislar va huquqshunoslar kiritiladi.
Konsilium homilador ayolning va homilaning holatidan kelib chiqib homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa qiladi.
21. Umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor homilador ayol, uning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga tekshiruv natijalari, homilador ayolning yondosh kasalliklari, homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar, homilador ayol yoki homila sogʻligʻi va hayoti uchun kelajakda kutilayotgan xavflar, davolash usullari, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishning kutilayotgan oqibatlari, asoratlari haqida maʼlumot beradi, uning asosida konsilium tomonidan homilador ayol homiladorlikni davom ettirish yoki uni toʻxtatish toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
22. Homilador ayol homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish taklifini rad etsa, konsilium xulosasiga binoan umumiy amaliyot shifokori yoki akusher-ginekolog shifokor tomonidan homilador ayolning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ushbu homiladorlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida maʼlumot berilishi lozim.
23. Homilador ayolning eri, eri boʻlmagan taqdirda ota-onasi, shuningdek homilador ayol voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda boshqa qonuniy vakillariga ayolning homiladorligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar haqida maʼlumot berilgandan soʻng, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish rad etilgan taqdirda, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni rad etish belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ayolning homiladorlikni davom ettirishi nazorat qilib boriladi.
24. Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi homilador ayolning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilgandan soʻng er-xotin yoki ayol oʻz hududidagi skrining markazlarga keyingi homiladorlikkacha tekshirish oʻtkazish uchun yuboriladi.
25. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish natijasida olingan barcha materiallar (homila, platsenta, homila tuxumi) akusher-ginekolog shifokor tomonidan tegishli laboratoriyalarda patologoanatomik, genetik tekshirishdan oʻtkazish uchun yuborilishi lozim.
26. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilgan ayolda qon rezusi manfiy boʻlganda, unga 72 soat ichida odam rho (D)-antirezusi immunoglobulin preparati bilan muolaja oʻtkaziladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
2020-yil 12-iyun
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Homiladorning hayotiga xavf soluvchi tibbiy koʻrsatmalar
ROʻYXATI
T/r Tibbiy koʻrsatmalar nomi Qarshi koʻrsatmalar shakli, bosqichi, darajasi, fazasi Izohlar Ayrim infeksion va parazitar kasalliklar 1. Sil kasalligi: Barcha faol shakllari a) bakteriologik va gistologik tasdiqlangan nafas aʼzolari sil kasalligi b) bakteriologik va gistologik tasdiqlanmagan nafas aʼzolari sili v) asab tizimi sili Sil meningiti (tuberkulyozli meningit) — miya poʻstlogʻi sili (bosh miya, orqa miya) homiladorlikni toʻxtatish uchun nisbiy qarshi koʻrsatma boʻlib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi. g) boshqa aʼzolar va tizimlar sili d) suyaklar va boʻgʻimlar sili e) siydik yoʻllari sili (ayollarda) j) ichak va charvi limfatik tugunlari sili z) miliar sil Homiladorlikni toʻxtatish uchun nisbiy qarshi koʻrsatma boʻlib hisoblanadi, konsiliumda individual ravishda hal etiladi. 2. Qizilcha Homiladorlikning oʻn ikki haftasigacha boʻlgan muddatida toʻxtatish, jumladan homilador ayol qizilcha bilan kasallangan bemor bilan aloqada boʻlganida, homilador ayolda immunitet mavjud boʻlmaganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. Oʻsma kasalliklar 3. Kichik tos sohasidagi kimyoterapiya yoki nur terapiyasini talab etadigan xavfli oʻsmalar Qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari 4. Ilk bor aniqlangan oʻtkir leykozlar 5. Miyelodisplastik sindromlar 6. Yuqori xavf guruhidagi limfomalar 7. Limfogranulematoz III-IV bosqichlar 8. Surunkali miyeloleykoz: a)tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolashni talab etadigan b) kasallikning soʻnggi bosqichi Homiladorlikni oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida toʻxtatish; tirozinkinaza ingibitorlari bilan davolash davrida homiladorlik yuzaga kelganda, davolash toʻxtatilishi va terapiyaning boshqa turlari tavsiya etilishi zarur. 9. Surunkali miyeloproliferativ kasalliklar 10. Aplastik kamqonlik Ogʻir shakli Homiladorlikning yigirma haftagadan keyingi muddatlarida homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 11. Gemolitik kamqonlik Oʻtkir gemolitik krizlarning ogʻir qaytalanuvchi kechishi 12. Idiopatik trombotsitopenik purpura Surunkali uzluksiz qaytalanuvchan kechishi, terapiyaning har qanday shakliga refrakterlik Homiladorikning muddatidan qati nazar homiladorlikni saqlab qolish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 13. Porfiriyaning oʻtkir davri, soʻnggi hurujidan 2 yildan kam boʻlgan davrda “yorugʻ” davrning davom etishi Izoh: 1. Ilk tashxislangan oʻtkir leykoz, miyelodisplastik sindromlar, yuqori xavf limfomalari, limfogranulematoz III-IV bosqichi, surunkali miyeloproliferativ kasalliklar, gemolitik kamqonlik va porfiriyaning oʻtkir hurujida homiladorlikning oʻn ikki haftagacha boʻlgan muddatida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish tavsiya etiladi. 2. Homiladorlikni oʻn ikki haftadan keyingi muddatlaridahomilador ayolning hayotiga xavf soluvchi qon va qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari mavjud boʻlganda, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi, bunda shifokor-gematolog ishtiroki taʼminlanishi lozim. 3. Homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish qon komponentlari (yangi muzlatilgan, trombokonsentratlar, eritrotsitar massa) bilan taʼminlash sharoitiga ega boʻlgan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda amalga oshiriladi. Endokrin tizim kasalliklari. Ovqatlanish tartibi va modda almashinuvining buzilishi 14. Qandli diabet kasalligi ogʻir nefropatiya asorati bilan 15. Buyrak transplantatsiyasidan keyingi qandli diabet 16. Qandli diabet proliferativ retinopatiya rivojlanishi bilan 17. Giperparatireoz Faol davri (jarrohlikkacha) Visseral va suyaklarda oʻzgarish bilan boʻlgan ogʻir kechishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 18. Akromegaliya 19. Prolaktinoma Dopamin agonistlariga rezistentlik va xiazmal buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 20. Itsenko-Kushing sindromi Faol davri Ruhiy buzilishlar 21. Surunkali va davomli ruhiy buzilishlar, ogʻir va barqaror ogʻriq bilan (psixozlar va aqliy zaiflik) yoki homiladorlik va tugʻruq taʼsirida zoʻrayishining katta ehtimoli bilan 22. Irsiy va degenerativ ruhiy buzilishlar Psixiatriya muassasasi tomonidan bolaning onasi yoki otasida tasdiqlangan boʻlishi kerak. 23. Yaqqol ifodalangan psixogen buzilishlar 24. Psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq ruhiy buzilishlar 25. Kayfiyat buzilishlari (affektiv buzilishlar) Homilador ayolda oʻz joniga suiqasd qilish harakatlari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. Asab tizimi kasalliklari 26. Markaziy asab tizimining yalligʻlanish kasalliklari 27. Asosan markaziy asab tizimini shikastlovchi tizimli atrofiyalar(Gvitington xoreyasi) Ogʻir kechishi Kuchli ifodalangandemensiya, psixotik buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 28. Harakat nevroni kasalligi (yonbosh amiotrofik skleroz) Ogʻir kechishi Oʻsib borayotgan bulvar falaj, orqa miyaga xos, mushak atrofiyalari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 29. Parkinsonizm Ogʻir shakli (oʻziga oʻzi xizmat qilishning imkoni yoʻqligi) Parkinsonga qarshi davolash asoratlari (diskineziyalar, ortostatik gipotoniya) mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 30. Distoniyalar Umumlashgan shakllari 31. Markaziy nerv sistemasining demiyelinizirlovchi kasalliklari (tarqalgan skleroz) Rivojlanuvchi kechishi Oʻsib borayotgan falajlar, koʻruv asablarining atrofiyasi, yutinish, nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati buzilishi, tos oʻzgarishlari (siydik tutib tura olmaslik, siydikning oʻtkir tutilib qolishi) mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 32. Epilepsiya Ogʻir kechishi Epilepsiyaga qarshi terapiya va epileptik psixozlarga rezistentlik, hurujlarning tez-tez kuzatilishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 33. Miya qon aylanishining oʻtkir buzilishlari (serebral, orqa miya) Ogʻir kechishi Kuchli ifodalangan ong (sopor, koma) va vital funksiyalarning (nafas olish, yurak qon-tomir faoliyati) buzilishlari mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 34. Uyqu buzilishi: katalepsiya va narkolepsiya 35. Nerv chigallari va tutamlarining shikastlanishi 36. Yalligʻlanishli polinevropatiya, Giyena-Barre sindromi Ogʻir kechishi Oʻsib borayotgan boʻshashtiruvchi tetraparez, vital funksiyalar buzilishi mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 37. Asab-mushak sinapsi va mushak kasalliklari 38. Gepatolentikulyar degeneratsiya (Vilson-Konovalov kasalligi) Ogʻir shakli Jigar yetishmovchiligi va portal gipertenziya mavjudligi, qiziloʻngach venalari varikoz kengayishlaridan qon ketish, psixotik buzilishlar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. Koʻz va uning yondosh apparati kasalliklari 39. Koʻrish aʼzolarining xavfli oʻsmalari (yordamchi apparati, koʻz, koʻz kosasi) Aralash kimyoviy nurli davo muolajalari olish davrida va shu muolaja oʻtkazilganidan keyin 3 — 5 yil davomida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. Qon aylanish tizimi kasalliklari 40. Yurak revmatoid nuqsonlari: a) revmatoid jarayon faolligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari b) qon aylanishi yetishmovchiligi bilan kechadigan yurak nuqsonlari 2B, 3-darajasi v) bakterial endokardit asorati boʻlgan yurak nuqsonlari g) yurak ritmi buzilishi bilan kechadigan yurak nuqsonlari: tebranuvchi aritmiya, paroksizmal taxikardiyaning tez-tez hurujlari, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechuvchi toʻliq atrioventrikulyar blokada Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarida elektrokardiostimulyator oʻrnatilishi mumkin, bunda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshirilmaydi. d) homiladorlik davomida yoki anamnezda tromboembolik asoratlar bilan kechadigan yurak nuqsonlari, hamda yurak sohasida tromblar mavjudligi e) atriomegaliyali yoki kardiomegaliyali yurak nuqsonlari 41. Yurakning tugʻma nuqsonlari: a) qon otilishi nuqsoni boʻlgan yurak kasalliklari (yurak boʻlmasi orasidagi toʻsiq nuqsoni, yurak qorinchalar orasidagi toʻsiq nuqsoni, ochiq arterial naycha): qon aylanishi yetishmovchiligi 2B-darajasi bilan yondosh kechadigan yurak nuqsonlari; oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi yurak nuqsonining 3-darajasi; bakterial endokardit asorati boʻlgan yurak nuqsonlari. Oʻpka gipertenziyasi II-IV darajasi (Xit-Edvards boʻyicha tasniflash) b) yurak chap qorinchasi (aorta stenozi, aorta koarktatsiyasi) yoki oʻng qorinchadan (oʻpka arteriyasi stenozi) qon otilishi qiyinlashgan yurak nuqsonlari: qon aylanishi yetishmovchiligi 2A-darajasi va undan yuqori darajalar bilan kechadigan yurak nuqsonlari; poststenotik kengayishi mavjud nuqsonlar (aorta yoki oʻpka arteriyasi anevrizmasi). v) 3-4 darajali regurgitatsiya va ritmning jiddiy buzilishlari bilan kechadigan atrioventrikulyar klapanlarning tugʻma nuqsonlari g) kardiomiopatiyalar: dilatatsion kardiomiopatiya; restriktiv kardiomiopatiya; chap, oʻng yoki ikkala qorinchalar chiqish traktining kuchli obstruksiyasi bilan kechuvchi gipertrofik kardiomiopatiya; yurak ritmi jiddiy buzilishlari bilan kechadigan chap qorincha obstruksiyasisiz gipertrofik kardiomiopatiya. d) Fallo tetradasi Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. e) Fallo pentadasi Palliativ jarrohlikdan keyin korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. j) Ebshteyn anomaliyasi Korreksiya qilinmagan hollarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. z) yurakning murakkab tugʻma nuqsonlari (magistral tomirlar transpozitsiyasi, atrioventrikulyar kommunikatsiyaning toʻliq shakli, umumiy arterial ustun, yurak yagona qorinchasi, atrioventrikulyar yoki yarim oy qopqoqlari atreziyasi) i) Eyzenmenger sindromi k) Lyutambashe sindromi l) Ayers (Aerza) (sindromi) kasalligi (oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi oʻpka arteriyasining chegaralangan sklerozi) 42. Miokard, endokard va perikard kasalligi: a) har qanday etiologiyali miokardning oʻtkir va oʻtkir osti shakllari b) surunkali miokardit, qon aylanish yetishmovchiligi 2B va 3-darajasi, ritmningmurakkab va turgʻun buzilishlari — tebranuvchi aritmiya, paroksimal taxikardiya qaytalanuvchi hurujlari, toʻliq atrioventrikulyar blokada, Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan miokardioskleroz va miokardiodistrofiya v) homiladorlik vaqtida yoki anamnezda qon aylanishi yetishmovchiligi va ritm buzilishlari mavjud vaziyatdagi miokard infarkti g) bakterial endokardit: oʻtkir va oʻtkir osti bakterial endokardit d) perikardit: oʻtkir, oʻtkir osti, jarrohlik va konstriktiv perikardit 43. Yurak ritmi buzilishlari: a) tebranuvchi aritmiya Antikoagulyant dori vositalarini qabul qilmasdan homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. b) hurujlar tez-tez kuzatiladigan paroksizmal taxikardiya Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin. v)aritmiyaning tez-tez hurujlari bilan kechadigan Volf-Parkinson-Uayt sindromi Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin. g) Morgani-Adams-Stoks hurujlari bilan kechadigan toʻliq atrioventrikulyar blokada va yurak qisqarishlar sonining bir daqiqada 40 tadan kam boʻlishi Homiladorlikning yigirma haftasidan keyingi muddatlarda radiochastotali ablatsiya qoʻllanilishi mumkin. 44. Boshdan kechirilgan kardiojarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar: a) mitral komissurotomiyadan keyin: mitral klapanning travmatik yetishmovchiligi; restenoz; oʻpka gipertenziyasi; faol revmatizm b) sunʼiy yoki biologik tranplantatlar bilan protezlashdan keyin (revmatik yoki yurak tugʻma nuqsonlarida) koʻp klapanli protezlashdagi bir klapan protezi funksiyasining buzilishi v) yurak tugʻma nuqsonining palliativ (toʻliqmas) korreksiyasi g) oʻpka gipertenziyasi qoldiq alomatlari qolgan yurak tugʻma nuqsonining jarrohlik korreksiyasidan keyin d) qoniqarsiz natija bilan bajarilgan har qaysi yurak nuqsonining jarrohlik korreksiyasi 45. Tomir kasalliklari: a) aorta va uning shoxlari kasalliklari: aortaning har qaysi sohasida joylashgananevrizmalar (koʻkrak, qorin), jumladan rekonstruktiv jarrohlik amaliyotidan keyin, yaʼni magistral arteriya qon tomirlarini (miya, buyrak, taloq, yonbosh) shuntlash va protezlash shuningdek jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda b) tromboemboliya kasalligi va tromboembolik asoratlar (bosh miya, qoʻl, oyoq, buyraklar arteriyalari, mezenterial qon-tomirlar va oʻpka arteriya shoxlarining tizimli emboliyasi) 46. Gipertoniya kasalligi, gipertoniya kasalligi oʻtkazilgan terapiyadan samara boʻlmagan vaziyatda II-III bosqichlari Gipotenziv terapiyaning munosibligi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi. Nafas aʼzolari kasalliklari 47. Oʻpka kasalliklari natijasida kelib chiqqan, terapevtik davo muolajalari samara bermagan ogʻir nafas yetishmovchiligi 48. Terapevtik davo muolajalari samara bermagan yuqori oʻpka gipertenziyasi bilan kechuvchi kasalliklar Ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari 49. Oʻn ikki barmoqli ichak pilorik qismi stenozi va qon ketishi bilan asoratlangan oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligi 50. Jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi yuqori faol surunkali gepatit Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi. 51. Portal gipertenziya mavjud holatdagi jigar sirrozi, qiziloʻngach varikoz venalaridan qon ketish xavfi, jigar yetishmovchiligi 52. Jigar oʻtkir yogʻli distrofiyasi 53. Stenoz va oqmalar bilan asoratlangan, soʻrilish va qon ketishlar bilan kechadigan Kron kasalligi 54. Yoʻgʻon ichak toksik dilatatsiyasi, profuz ich ketishlar, ichakdan massiv qon ketish bilan asoratlangan nespetsifik yarali kolit 55. Seliakiya, ingichka ichakda soʻrilish buzilishi Tashxis ingichka (oʻn ikki barmoqli ichak) ichakning gistologik tekshiruvi va toʻqima transglutamazasi va gliadinga antitelarni immunologik testlar orqalitekshirish yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim. 56. Qorin devori churrasi Qorin devori ajralishi bilan kuzatiladigan katta hajmdagi churralar mavjud boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal etiladi. 57. Ichak tutilishi bilan kechadigan ichak chandiq kasalligi 58. Ichak yaralari Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium tomonidan individual ravishda hal qilinadi. Siydik-ayiruv tizimi kasalligi 59. Oʻtkir glomerulonefrit 60. Surunkali glomerulonefritning har qanday shakli huruj davrida: nefrotik sindrom; antigipertenziv terapiyaga rezistent arterial gipertenziya; buyraklar funksiyasining buzilishi (qondagi kreatinin 200 mkmol/l) Antigipertenziv terapiyaning homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi. 61. Har qanday etiologiyali surunkali buyrak yetishmovchiligi Homiladorlik yuzaga kelgunga qadar har qanday tashxisda qon zardobidagi kreatinin darajasi 200 mkmol/l (1,8 mg/dl) dan oshmasligi zarur; Homiladorlikning muddatidan qatʼi nazar qon zardobida kreatinin miqdorining progressiv oshib borganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 62. Yagona buyrak (tugʻma yoki nefrektomiyadan keyin), azotemiya, arterial gipertenziya, sil, piyelonefrit, gidronefroz Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima kasalliklari 63. Tugʻma koʻp sonli artrogrippoz 64. Axondroplaziya 65. Distrofik displaziya 66. Axondrogeneziya 67. Tugallanmagan osteogenez 68. Qoʻl-oyoqning tugʻma yoʻqligi 69. Revmatoid vaskulit Huruj davrida 70. Boshqa aʼzolar va tizimlar ishtirokidagi revmatoid artrit Huruj davrida Hayot uchun muhim aʼzolarni zararlovchi yuqori faollik boʻlganda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 71. Katta yoshdagi shaxslarda rivojlanadigan Felti sindromi, Still kasalligi Huruj davrida 72. Tugunli poliarteriit Huruj davrida va (yoki) ogʻir kechishi Xavfli gipertenziya, koʻp aʼzolar zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 73. Oʻpkani zararlovchi poliarteriit (Cherdj-Stross) Huruj davrida Oʻpka zararlanishi va qon tuflash natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 74. Vegener granulematozi Huruj davrida va (yoki) ogʻir kechishi Oʻpka va buyraklar zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 75. Aorta yoyi sindromi (Takayasu) (nospetsifik aortoarteriit) Ogʻir kechishi Qon aylanishi yetishmovchiligi simptomlari bilan kechuvchi yurak aortal klapanlari zararlanishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 76. Tizimli qizil boʻricha Oʻtkir kechishi, jarayon yuqori faollikda surunkali kechishi, hayotiy muhim aʼzolarning zararlanishi Buyraklar (nefrotik sindromli nefrit), markaziy asab tizimi (psixoz, episindrom), yurak (endokardit, perikardit), oʻpka (pnevmonit, plevrit) zararlanishi yoki funksiyalarining buzilishi homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 77. Dermato(poli)miozit Huruj davri va (yoki) uzoq vaqt glyukokortikoidlar katta dozalarini talab etadigan terapiya 78. Kuchayib boradigan tizimli skleroz (tizimli sklerodermiya) Jarayonning yuqori faolligida oʻtkir va surunkali kechishi Buyrak, oʻpka, yurak zararlanishi, funksiyalarining buzilishi natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 79. Quruq sindrom (Shegren) Huruj davrida Buyrak, oʻpka zararlanishi, gipergamma va (yoki) krioglobulinemik purpura natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 80. Biriktiruvchi toʻqimaning aralash kasalligi Huruj davrida Oʻpka, buyrak, yurakni zararlovchi yuqori faollik natijasida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 81. Ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi) Qon aylanishi buzilishi alomatlari bilan kechadigan aortal qopqoqlar zararlanishida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. Homiladorlik, tugʻruqlar va tugʻruqdan keyingi davr 82. Yelboʻgʻoz Yelboʻgʻoz 2 yildan kam boʻlmagan muddatda avval oʻtkazilgan boʻlsa, homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi. 83. Xorionepitelioma 84. Statsionar sharoitda davo choralari oʻtkazilganligiga qaramasdan homiladorlik davrida davomiy kuchli qayd qilish Davo muolajalarining homilador ayol holatiga mosligi konsilium tomonidan baholanadi. 85. Homiladorlik davrida teratogen taʼsirga ega dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilgan kasalliklar va holatlar Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi konsilium va shifokor-genetik tomonidan individual ravishda qilinadi. Fiziologik holatlar 86. Fiziologik holatlar 14 yoshga toʻlgunga qadar homilador ayolning fiziologik yetilmagan holati Homiladorlikning yigirma ikki haftasigacha boʻlgan muddatda homiladorlik sunʼiy ravishda toʻxtatish amalga oshiriladi, homiladorlikning yigirma ikki haftasidan keyingi muddatlarda homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish masalasi individual ravishda konsilium tomonidan hal qilinadi. Izoh: Homilador ayolda mazkur Roʻyxatda mavjud boʻlmagan kasallik(lar) aniqlansa hamda mazkur kasallik (lar) homiladorlik va tugʻruq uchun xavf tugʻdirsa yoki homilador ayol salomatligi uchun jiddiy shikast yetkazishi mumkin boʻlsa, homiladorlikni suniy ravishda toʻxtatish masalasi individual tartibda konsilium tomonidan hal qilinadi.
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uchun lozim boʻlgan hujjatlar
ROʻYXATI
1. Ambulator tibbiy varaqa (F.025/X)
2. Homilador va (yoki) tuqqan ayolning individual varaqasi (F.111-x)
3. Ambulatoriya-poliklinika sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
4. Shifoxona sharoitida dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
5. Jarrohlik yoʻli bilan homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish bayonnomasi
6. Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish varaqasi (F.003-1)
7. Homilador ayolning kasallik tarixi (F.003/X)
8. Homilador ayolning tugʻruq tarixi (F.096/U)
9. Homilaning rivojlanish tarixi (F. 097/X)
10. Konsilium jurnali
11. Homiladorlikni dori vositalari orqali sunʼiy ravishda toʻxtatishga ixtiyoriy rozilik arizasi
12. Dori vositasi orqali homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatish uyda oʻtkazilgan ayollarga oʻz-oʻzini kuzatish boʻyicha eslatma
13. Homiladorligi sunʼiy ravishda toʻxtatilgan ayollarga oʻz-oʻzini kuzatish boʻyicha eslatma
14. Ayollarga maslahat berish maqsadida homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni jarrohlik yoʻli bilan amalga oshirish taʼriflangan koʻrgazma va yozma materiallar.
