Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga kiritish haqida (264-I-son)
29.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishi va bekor qilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
264-I-son
