“Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xususida (810-I-son)
19.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi oʻz qarorlarini “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-avgust,
810-I-son
