Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4810-son)
17.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorazm viloyatining mavjud sanoat va ishlab chiqarish salohiyatidan yanada samarali foydalanish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, hududga investitsiyalarni keng jalb etish va infratuzilmani takomillashtirish hamda bu orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning “NBU Invest Group” MCHJ, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning “PSB Capital” MCHJ hamda “Asaka” ATBning “Asaka Capital Invest” MCHJ investitsiya kompaniyalari taʼsischiligida “Khorezm Invest Project” MCHJ investitsiya kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Xorazm viloyatidagi investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, loyihalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish investitsiya kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilanganligi;
investitsiya kompaniyasining ustav fondi dastlab 30 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorida shakllantirilganligi, keyinchalik investitsiya kompaniyasining ustav fondi investitsiya kompaniyasi taʼsischilarining qoʻshimcha hissalari va (yoki) jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan 100 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha koʻpaytirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Xorazm viloyatida 2020 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati 2,2 trln soʻmlik 84 ta investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 516,8 mln dollarlik 26 ta istiqbolli investitsiya loyihalarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi:
uch oy muddatda qarorning 2-ilovasidagi istiqbolli 26 ta yirik investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqsin;
Xorazm viloyatining tuman va shaharlariga belgilangan tartibda biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalariga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini taʼminlasin;
Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli tarmoq korxonalari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar istiqbolli 26 ta yirik investitsiya loyihalari bilan bir vaqtda Xorazm viloyatining har bir tumanida qoʻshimcha yangi sanoat ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilishini taʼminlasin.
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Xorazm viloyati hokimligining:
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytirilayotgan hududlarini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlari bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK” davlat unitar korxonasini buyurtmachi etib belgilash;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyiha tashkilotini tanlov asosida tanlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
5. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
Mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining boʻsh yer maydonlariga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Polsha va Turkiya davlatlaridagi elchixonalari Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish choralarini koʻrsin.
6. Xorazm viloyati hokimligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Infratuzilma jamgʻarmasi tashkil etilsin va quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratiladigan grant va kredit mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Infratuzilma jamgʻarmasi mablagʻlari “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida infratuzilma qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
7. Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tijorat banklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Xorazm viloyatidagi tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha loyihalarni ishlab chiqsin va ushbu loyihalarni amalga oshirishni tadbirkorlarga taklif etsin.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2020-yil 1-sentabrdan boshlab eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasida eksport qiluvchilarga temir yoʻl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etsin.
9. Xorazm viloyati hokimligi:
a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich joylashtirish choralarini koʻrsin;
b) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Xorazm viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslari va infratuzilmani inobatga olgan holda, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida zamonaviy raqobatbardosh, import oʻrnini bosuvchi, eksportga yoʻnaltirilgan tayyor sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga muntazam ravishda yetkazilishini taʼminlasin;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlari jalb etilishi hamda investitsiya buyurtmanomalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin;
v) Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi bilan kelishgan holda viloyat mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi Direksiyasi” DUKga kelgusi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish sharti bilan 2020-2021-yillar davrida saqlash xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
10. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish uchun Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi Infratuzilma jamgʻarmasiga 10 yil muddatga 2,5 foiz stavkasida 13 mln AQSH dollari ekvivalentida mablagʻlar ajratilsin.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq ushbu bandga asosan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin.
11. Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarni soʻndirishda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini qurish xarajatlari tegishli ravishda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan mutanosib ravishda ajratilgan yer maydoni koʻlamidan kelib chiqib bosqichma-bosqich qoplanadi, soʻndirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari N.Q. Xolmuradov va Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.O. Toʻlaganov Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanish va oʻz muddatida qaytarilishi uchun masʼuldirlar.
12. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Asaka” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Markaziy bank bilan birgalikda investitsiya kompaniyasining nizomi va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
13. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — qaror ijrosini tarmoq va hududlarda samarali tashkil etsin hamda muvofiqlashtirib borsin;
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F.N. Arziyev — Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga chet el investorlarining jalb qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarining faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
transport vaziri va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi X.N. Xasilov — Xorazm viloyatidan respublikaning boshqa hududlariga temir yoʻl transporti orqali yuk tashish xizmatlari boʻyicha muammolarning oʻz vaqtida bartaraf etilishini taʼminlasin;
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov — Xorazm viloyatining har bir tumani kesimida amalga oshirilayotgan sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida bajarilishi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov — hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat korxonalari va yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ushbu qaror natijadorligi toʻgʻrisida 2020-yil 1-dekabrda va 2021-yilning har choragi yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-avgust,
PQ-4810-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi PQ-4810-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm viloyatida 2020 — 2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Tuman (shahar) Loyiha tashabbuskori Loyiha nomi Loyiha qiymati (mln soʻm) Oʻz mablagʻi(mln coʻm) Bank krediti(mln coʻm) Xorijiy kredit (ming doll) Xorijiy investitsiya(ming doll) Ish oʻrni Ishga tushish muddati Xizmat koʻrsatuvchi bank 1. Urganch shahri “Most forest produkts” MCHJ Tayyor eshik romlari ishlab chiqarish 40080 30000 – 1000 – 80 2021-yil mart Aloqa bank 2. Urganch shahri “Biznes markaz Humo” MCHJ Zamonaviy savdo va biznesni tashkil etish 40000 20000 20000 – – 25 2021-yil aprel Aloqa bank 3. Urganch shahri “Urganch qurilish beton” MCHJ Shagʻal ishlab chiqarish 13964 7680 – 623,4 – 22 2021-yil aprel Oʻzsanoatqurilish bank 4. Urganch shahri “Urganch Lyuks Story Servis” MCHJ Gazobeton ishlab chiqarish 625 20 – 60 – 5 2021-yil aprel Oʻzsanoatqurilish bank 5. Urganch shahri “Chinobod Qurilish” XK Temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish 1550 450 1100 – – 20 2021-yil mart Oʻzsanoatqurilish bank 6. Xiva shahri “Sobir Arqonchi” XK Umumiy ovqatlanishni tashkil qilish 1700 800 900 – – 6 2021-yil mart Milliy bank 7. Xiva shahri “Xiva Gold Tur” MCHJ Mehmonxona tashkil qilish 5200 2700 2500 – – 20 2021-yil mart Milliy bank 8. Xiva shahri “Gandimyan Davr Savdo” MCHJ Mebel ishlab chiqarishni tashkil qilish 1580 500 1080 – – 3 2020-yil oktabr Milliy bank 9. Xiva shahri “Akva Park Okean” OK Mehmonxona tashkil qilish 15000 5000 10000 – – 55 2021-yil mart Milliy bank 10. Xiva shahri “Erkin Palas” MCHJ Mehmonxona tashkil qilish 7040 2000 – 500 – 20 2021-yil dekabr Qishloq-qurilishbank 11. Xiva shahri “Xorazm Ark” MCHJ Umumiy ovqatlanishni tashkil qilish 4000 1000 3000 – – 20 2021-yil dekabr Qishloq-qurilishbank 12. Xiva shahri “Yoʻldosh majid” MCHJ Ekobozor tashkil qilish 15120 7120 8000 – – 80 2021-yil dekabr Milliy bank 13. Xiva shahri “Xiva Fayz” XK Gazoblok, penoblok, shlakoblok va beton plitalarini ishlab chiqarish 12223 6175 – 600 – 30 2021-yil sentabr Milliy bank 14. Xiva shahri “Xiva Fayz” XK Gʻisht ishlab chiqarishni tashkil qilish 2516 500 – 200 – 20 2021-yil sentabr Milliy bank 15. Xiva shahri “Xiva Muhandis” XK AGNTS shoxobchasini tashkil qilish 10856 3800 – 700 – 14 2021-yil oktabr Milliy bank 16. Xiva shahri “Xorazm Green House” MCHJ Oynani qayta ishlashni tashkil qilish 59472 30240 – 2900 – 85 2021-yil mart Milliy bank 17. Xiva shahri “Xorazm Garant Invest” MCHJ Mebel ishlab chiqarishni tashkil qilish 4275 1900 2375 – – 8 2021-yil aprel Milliy bank 18. Bogʻot tumani “Royal Agro House” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 25860 5700 – 2000 – 70 2021-yil mart Ipoteka bank 19. Bogʻot tumani “Inna Green Garden Project” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 25860 5700 – 2000 – 70 2021-yil mart Ipoteka bank 20. Bogʻot tumani “Davronbek Amirbek Issiqxonasi” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 25860 5700 – 2000 – 70 2021-yil mart Ipoteka bank 21. Bogʻot tumani “MM Agro Services Tomorqa Xizmat” MCHJ Efir moyi ishlab chiqarish 78900 28500 – 5000 – 250 2021-yil mart Ipoteka bank 22. Bogʻot tumani “Taʼmirqurilish” XK Plastik (kanalizatsiya) trubalar va fitinglar ishlab chiqarish 20384 12320 – 800 – 40 2021-yil aprel Ipoteka bank 23. Bogʻot tumani “Muzaffar” FX Qovun yetishtirish hamda chuqur qayta ishlash klasteri 99060 28500 – 7000 – 100 2021-yil iyun Oʻzsanoatqurilish bank 24. Gurlan tumani “Perfekt platinum” MCHJ Tayyor dori vositalari (tabletka va kapsulalar) ishlab chiqarish 13864 5800 – 800 – 15 2021-yil mart Agro bank 25. Gurlan tumani “Gurlan eksport” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 142800 42000 – 10000 – 100 2021-2022-yillar Agro bank 26. Gurlan tumani “Avar Woods” MCHJ MDFni qayta ishlashni tashkil etish (laminatni yopishtirish) 11415 6375 – 500 – 20 2021-yil mart Agro bank 27. Gurlan tumani “Moy dom” MCHJ Un tegirmonini tashkil etish 2966 950 – 200 – 10 2021-yil mart Agro bank 28. Gurlan tumani “Avar Woods” MCHJ Sholi somonidan DSP ishlab chiqarishni tashkil qilish 26535 6375 – 2000 – 100 2021-yil mart Agro bank 29. Gurlan tumani “Odilbek Laylo” MCHJ Burama mix va zamonaviy mebel ishlab chiqarish 3974 950 – 300 – 18 2021-yil mart Agro bank 30. Qoʻshkoʻpir tumani “Issiqxona xizmati” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 26160 6000 – 2000 – 17 2021-yil avgust Xalq bank 31. Qoʻshkoʻpir tumani “Xadra issiqxona servis” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 11568 3000 – 850 – 16 2021-yil mart Xalq bank 32. Qoʻshkoʻpir tumani “Jayhun Servis” MCHJ Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish 9000 4000 5000 – – 50 2021-yil mart Xalq bank 33. Qoʻshkoʻpir tumani “Zohidjon Qoʻshkoʻpir” OK Chorvachilikni rivojlantirish 6000 2500 3500 – – 13 2021-yil mart Xalq bank 34. Qoʻshkoʻpir tumani “Inform Lider” FX Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 18608 5000 – 1350 – 17 2021-yil mart Xalq bank 35. Qoʻshkoʻpir tumani “Yusufboy Matkarimov” FX Chorvachilikni rivojlantirish 1358 350 – 100 – 4 2021-yil aprel Xalq bank 36. Qoʻshkoʻpir tumani “Yangi Qoʻshkoʻpir” XK Zamonaviy ixtisoslashtirilgan qushxona tashkil qilish 1500 1200 300 – – 13 2021-yil mart Xalq bank 37. Qoʻshkoʻpir tumani “Qoʻshkoʻpir silikat gʻisht zavodi” MCHJ Gazobeton ishlab chiqarish uskuna sotib olish 20104 7000 – 1300 – 15 2021-yil mart Xalq bank 38. Qoʻshkoʻpir tumani “Mohinur hayot” OK Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish 4500 4000 500 – – 20 2021-yil iyun Xalq bank 39. Qoʻshkoʻpir tumani “Dovud quyon savdo” MCHJ Quyonchilikni tashkil qilish 1300 800 500 – – 5 2020-yil noyabr Xalq bank 40. Qoʻshkoʻpir tumani “Kenagas quyon savdo” MCHJ Quyonchilikni tashkil qilish 1400 900 500 – – 5 2020-yil noyabr Xalq bank 41. Qoʻshkoʻpir tumani “Qoʻshkoʻpir qurilish” MCHJ Avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasini tashkil qilish 10548 4500 – 600 – 12 2020-yil dekabr Xalq bank 42. Qoʻshkoʻpir tumani “Qo'shko'pir yuksalish” MCHJ Transport xizmatini tashkil qilish 804 300 – 50 – 1 2020-yil dekabr Xalq bank 43. Qoʻshkoʻpir tumani “Imkon sulaymon” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 37240 7000 – 3000 – 16 2021-yil mart Xalq bank 44. Tuproqqalʼa tumani “Pitnak Fayz baraka” MCHJ Diagnostika markazini tashkil etish 9948 3900 – 600 – 25 2020-yil dekabr Xalq bank 45. Tuproqqalʼa tumani “Pitnak Lola servis” MCHJ Savdo markazi va bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish 3000 1500 1500 – – 10 2020-yil dekabr Xalq bank 46. Tuproqqalʼa tumani “Obod agro klaster” MCHJ Gidroponika usulida issiqxona tashkil qilish 15988 4900 – 1100 – 25 2021-yil mart Xalq bank 47. Tuproqqalʼa tumani “Eʼzoz drim biznes” MCHJ Savdo xizmatini tashkil etish 600 150 450 – – 3 2020-yil oktabr Xalq bank 48. Tuproqqalʼa tumani “Injiniring Baxriddin” MCHJ Gazobeton bloklari va devor panellarini ishlab chiqarishni tashkil qilish 108200 57800 – 5000 – 30 2021-yil mart Xalq bank 49. Tuproqqalʼa tumani “Ziynatoy Azizbek” MCHJ Savdo markazi va bolalar oʻyinchogʻi tashkil qilish 4000 3000 1000 – – 6 2020-yil dekabr Xalq bank 50. Tuproqqalʼa tumani “Obod gʻalla klaster” MCHJ Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 12460 4900 – 750 – 20 2021-yil mart Xalq bank 51. Tuproqqalʼa tumani “Xaitbayeva Naima” YTT Savdo xizmatini tashkil qilish 130 30 100 – – 1 2020-yil oktabr Xalq bank 52. Tuproqqalʼa tumani “Global Food Impex” MCHJ Zamonaviy issiqxona tashkil qilish 150800 50000 – 10000 – 480 2021-yil sentabr Asaka bank 53. Urganch tumani “East Mining Invest” MCHJ Avtoklav gazobeton ishlab chiqarish 194110 73150,0 – 12000,0 – 75 2020-yil oktabr Oʻzsanoatqurilish bank 54. Xiva tumani “Dashyoq tolasi” FX Un ishlab chiqarishni tashkil qilish 10056 3000 – 700 – 30 2021-yil aprel Qishloq-qurilishbank 55. Xiva tumani “Xorazm chinni sopoli” XK Sopol va chinni buyumlar ishlab chiqarishni tashkil qilish 4024 1000 – 300 – 40 2020-yil noyabr Qishloq-qurilishbank 56. Xiva tumani “Xorazm terma plast” MCHJ Penoplast ishlab chiqarishni tashkil qilish 2006 1300 – 70 – 5 2020-yil noyabr Qishloq-qurilishbank 57. Xiva tumani “Xiva sher siti” XK Profil ishlab chiqarishni tashkil qilish 2008 1000 – 100 – 12 2020-yil noyabr Qishloq-qurilishbank 58. Xiva tumani “Ali Brend haus” MCHJ QK Shlakoblok, penoblok va gazoblok ishlab chiqarishni tashkil qilish 6040 1000 – 200 300 15 2021-yil aprel Qishloq-qurilishbank 59. Xiva tumani “Standart mahsulot tayyorlov” MCHJ Shlakoblok, penoblok, gazoblok ishlab chiqarishni tashkil qilish 5008 4000 – 100 – 20 2020-yil noyabr Qishloq-qurilishbank 60. Xiva tumani “Baliqchi chorvador” XK Sutni qayta ishlash, yem ishlab chiqarish 13955 7000 – 690 – 15 2020-yil noyabr Qishloq-qurilishbank 61. Xonqa tumani “Oasiss Dream” MCHJ Yogʻ ishlab chiqarishni tashkil qilish 44 490 14 250 – 3 000 – 100 2020-yil dekabr Oʻzsanoatqurilish bank 62. Xonqa tumani “Xonqa chevar” MCHJ Tikuvchilik va toʻquvchilik faoliyatini tashkil etish 4524 1500 – 300 – 10 2021-yil mart Milliy bank 63. Xonqa tumani “Xonqa Diagnostika” XK Diagnostika markazini tashkil etish 6000 4000 2000 – – 30 2020-yil dekabr Milliy bank 64. Xonqa tumani “Namunali Matnazar” XK Qurilish materiallari ishlab chiqarish 4524 1500 – 300 – 10 2021-yil mart Milliy bank 65. Xonqa tumani “Xorazm teks” MCHJ Chorvachilik kompleksini tashkil qilish 42240 12000 – 3000 – 20 2021-yil mart Agro bank 66. Xonqa tumani “Oltin Sohil” XK Supermarket tashkil qilish 9100 5600 3500 – – 10 2021-yil mart Milliy bank 67. Xonqa tumani “Sobir Rozzoq” OK Charm va attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish 5500 4300 1200 – – 10 2021-yil mart Milliy bank 68. Xonqa tumani “Artur Best Dizayn” OK Savdo doʻkoni va tikuvchilik sexi tashkil qilish 7000 6000 1000 – – 5 2021-yil mart Qishloq-qurilishbank 69. Xonqa tumani “Ata Plast” MCHJ Tomchilab sugʻorish tizimi uskunalarini ishlab chiqarish 72576 14112 – 4800 1000 70 2021-yil mart Milliy bank 70. Shovot tumani “Max Gold trade” MCHJ Chorvachilikni rivojlantirish 1000 500 500 – – 3 2020-yil dekabr Mikrokredit bank 71. Shovot tumani “Shovot siti” MCHJ Mevani qayta ishlash 3950 950 3000 – – 22 2020-yil oktabr Mikrokredit bank 72. Shovot tumani “Faol invest” OK Mehmonxona tashkil qilish 1300 600 700 – – 10 2020-yil oktabr Mikrokredit bank 73. Shovot tumani “Prof stil” XK Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish 400 200 200 – – 3 2021-yil mart Mikrokredit bank 74. Shovot tumani “Jannat green house” MCHJ Parrandachilikni rivojlantirish 600 200 400 – – 5 2020-yil dekabr Mikrokredit bank 75. Shovot tumani “Mohira Jahongir Dostonbek” MCHJ Penoblok, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish 210 60 150 – – 6 2020-yil dekabr Mikrokredit bank 76. Shovot tumani “Avezmetova Zulfiya” FX Parrandachilikni rivojlantirish 2000 600 1400 – – 4 2021-yil iyun Oʻzsanoatqurilish bank 77. Shovot tumani “Azamat Farhod” FX Baliqchilikni rivojlantirish 700 200 500 – – 6 2021-yil aprel Mikrokredit bank 78. Shovot tumani “Kunjut” MCHJ Issiqxona qurish (1 ga) 7940 2900 – 500 – 5 2021-yil aprel Mikrokredit bank 79. Shovot tumani “Choʻqli agro injener” MCHJ Issiqxona qurish (25 ga) 99516 11820 – 8700 – 157 2021-yil aprel Mikrokredit bank 80. Yangiariq tumani “Global Food Impex” MCHJ Zamonaviy issiqxona tashkil qilish 452520 135000 – 31500 – 1500 2021-yil sentabr Asaka bank 81. Yangibozor tumani “Mard Jaloladdin” FX Issiqxona tashkil qilish 20160 6250 – 1380 – 15 2021-yil mart Turon bank 82. Yangibozor tumani “Export Holding” FX Issiqxona tashkil qilish 20160 6250 – 1380 – 15 2021-yil mart Turon bank 83. Yangibozor tumani “Matyusuf Yuldash” FX Issiqxona tashkil qilish 20160 6250 – 1380 – 15 2021-yil mart Turon bank 84. Yangibozor tumani “Bogʻolon Grin Xous” FX Zamonaviy issiqxona (gidroponika) tashkil qilish 6048 4536 – 150 – 6 2020-yil dekabr Turon bank JAMI: 2237720 772513 76855 135633 1300 4141
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi PQ-4810-son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining
ROʻYXATI
T/r Tuman (shahar) Loyiha tashabbuskori Loyiha nomi Loyiha qiymati (mln AQSH dollar) Ish oʻrni 1. Bogʻot tumani “Xorazm tex” MCHJ Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun toʻqimachilik klasterini tashkil etish 36,8 1286 2. Bogʻot tumani “Perfekt Logistik” MCHJ Parfyumeriya moylarini ishlab chiqarish 1,0 20 3. Bogʻot tumani “Avto Xizmat” AJ Qizilmiyadan glitsirin kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish 5,0 50 4. Gurlan tumani “Tianfeng” MCHJ Tomchilab sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarish 13,5 945 5. Qoʻshkoʻpir tumani “Qoʻshkoʻpir texnoimpeks” MCHJ LED lampalarini ishlab chiqarish 3,1 215 6. Urganch tumani “AR Logistics Vegetables & Fruits” MCHJ Agrologistik markazini tashkil etish 102,6 500 7. Urganch tumani “Energy technologies” MCHJ Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va muqobil yoqilgʻi ishlab chiqarish 75,6 600 8. Urganch shahri “Urganch qurilish beton” MCHJ Suv filtrlarini ishlab chiqarish 7,0 69 9. Urganch shahri “Imkoniyat Saxovat” MCHJ Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish 10,0 200 10. Urganch shahri “Sayyod qurilish” MCHJ Uy qurilishi kombinatini tashkil etish 14,0 200 11. Xiva tumani “Urugʻ Trans” MCHJ Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqarishni tashkil etish 1,1 74 12. Xiva tumani “Xiva maishiy texnika” MCHJ Elektr texnika jihozlari (muzlatkichli savdo rastalari, vitrinalar va boshqalar)ni ishlab chiqarish 5,1 210 13. Xiva tumani “Sam Amper Gilam” MCHJ Kovrolin ishlab chiqarishni tashkil etish 9,1 250 14. Urganch shahri “Abrorbek Hayitboy” FX Mayda va yirik shoxli qoramol terilarini qayta ishlash, teri ishlab chiqarishni tashkil etish 5,8 70 15. Xiva tumani “Alkusair” kompaniyasi Turistik rekreatsion klasterni tashkil etish 31,2 625 16. Hazorasp tumani “Baliqchi chorvador” XK Qora ikra va baliq (osyotr) yetishtirish 91,0 200 17. Xiva shahri “Xorazm chinni sopoli” XK Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish 1,7 119 18. Xonqa tumani “Foodmeed” MCHJ Sut yoʻnalishida chorvachilik kompleksini va yiliga 14 ming tonna quvvatga ega kombikorm ishlab chiqarishni tashkil etish 10,5 300 19. Xonqa tumani “Xankagro Impeks” MCHJ Mevali intensiv bogʻlar tashkil etish 2,3 161 20. Hazorasp tumani “Future industries” MCHJ Maishiy texnikalarni ishlab chiqarish va yigʻishni tashkil etish 21 200 21. Hazorasp tumani “Oriyent Keramiks” MCHJ Sopol plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish 6,9 150 22. Yangiariq tumani “Xorazm Green House” MCHJ “Float” texnologiyasi boʻyicha yupqa oyna ishlab chiqarish 31,9 300 23. Yangiariq tumani “Agro Park Demetr” MCHJ Issiqxona uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish 6,8 68 24. Yangibozor tumani “Yangibozor Ulgurji Savdo” MCHJ Bolalar ovqatlarini ishlab chiqarish 15,6 156 25. Yangibozor tumani “Yangibozor Ulgurji Savdo” MCHJ Qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,4 25 26. Yangibozor tumani “Dostonbek” FX Qadoqlash uchun taralar ishlab chiqarishni tashkil etish (PET, polimerli, qogʻozli va boshqalar) 3,8 22 JAMI: 516,8 7015
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi PQ-4810-son qaroriga 3-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytirilayotgan hududlari
T/r Tuman nomi Manzili Kontur raqami Yer maydoni (gektar) 1. Qoʻshkoʻpir tumani Yangiliq qishlogʻi, M. Rahimov massivi (1) 15,0 2. Yangibozor tumani Boʻzqalʼa qishlogʻi 30 15,0 Jami: 30,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi PQ-4810-son qaroriga 4-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish
ROʻYXATI*
Biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar Ixtisoslashuv yoʻnalishi Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi Bolalar uchun oziq-ovqat, tibbiyot uskunalari, dori vositalari va maishiy elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi Meva va sabzavotlarni konservalash, tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi Qurilish materiallari va qurilish asbob-uskunalarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi Qurilish materiallari (keramik plitalar) ishlab chiqarish, meva va sabzavotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi Shirinliklar tayyorlash uchun asbob va uskunalar ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi Immunitetni quvvatlovchi va virusga qarshi preparatlarni ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi Maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi Ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi Tekstil uskunalari, tayyor tikuvchilik mahsulotlari, bolalar va kattalar uchun taglik, charmpoyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi Tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish
* Ixtisoslashuv yoʻnalishlari boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatidan kelib chiqqan holda, 2 — 2,5 gektardan yer uchastkalari ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi PQ-4810-son qaroriga 5-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
DASTURI
T/r Hudud nomi Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash Suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish quvvati (km) qiymati (mln soʻm) quvvati (km, dona) qiymati (mln soʻm) quvvati (km, dona) qiymati (mln soʻm) quvvati (km, dona) qiymati (mln soʻm) quvvati (km, dona) qiymati (mln soʻm) 1. Qoʻshkoʻpir tumani 3 km 2 700,0 4,5 km D-200 polietilen ichimlik suv quvuri 675,0 1 km 10 kV havo liniyasi 2ta GKTP 630 kVA transformator punkti 630,0 2 dona GTK, 150 metr D-114 gaz quvuri 15,9 1,5 km 70,0 2. Yangibozor tumani 2 km 1 800,0 1,0 km D-200 polietilen ichimlik suv quvuri 150,0 1,0 km 10 kV havo liniyasi 2ta GKTP 630 kVA transformator punkti 630,0 2 dona GTK 800 metr D-114 gaz quvuri 35,0 1,0 km 55,0 Jami: 4 500,0 825,0 1 260,0 50,9 125,0
