Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik kodeksini amalga kiritish toʻgʻrisida (354-II-son)
04.04.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar mazkur Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 264-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-aprel,
354-II-son
