Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq belgilash toʻgʻrisida (HQ-702/08-son)
11.08.2020
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2900-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat xokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019-yil 25-fevraldagi 05/1-4774-sonli topshirigi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2019-yil 11-fevraldagi 02/04-533-sonli xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2020-yil 1-avgustdan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori 50 sum/m3 qilib belgilansin.
3. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi (A. Temirov), “Qashqadaryo viloyat suv taʼminoti” MChJ (X. Usmonov) va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (F. Rajabov) bilan birgalikda:
xizmat koʻrsatuvchi banklarda suv taʼminoti tashkilotlariga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq mablagʻlarini jamlash uchun maxsus hisob varaq ochilishini taʼminlasin;
2020-yil 1-avgustdan boshlab, banklarda suv taʼminoti tashkilotlariga ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq mablagʻlarini jamlash uchun maxsus hisob varaqda toʻplangan maxsus ustama haq pulning umumiy summasini Moliya vazirligi gʻaznachiligi h/r 23402000300100001010 Toshkent shahar MB XKKM, MFO 00014, STIR 201122919 Jamgʻarma Sh/x/v 401010860262667950100110001, STIR 304931516, OKED 84111 raqamli Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazish toʻgʻrisida bank xizmat koʻrsatish shartnomasiga oʻzgartirish kiritsin.
4. Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflariga maxsus ustama xaq summasi maqsadli tushum hisoblanishi hamda barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmasligi, shuningdek, suv taʼminoti va oqova suv tashkilotlarining moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilmasligi inobatga olinsin.
5. Viloyat hokimining 2017-yil 26-dekabrdagi X-1038/12 hamda 2019-yil 15-martdagi X-353/03-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat xokimining birinchi oʻrinbosari U. Butayev, viloyat hokimining oʻrinbosari S. Azizov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim Z. MIRZAYEV
Qarshi sh.,
2020-yil 11-avgust,
HQ-702/08-son
