Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4804-son)
11.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambagʻal va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash maqsadida:
1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
2021-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda “Ishga marhamat” monomarkazlarini 1-ilovaga muvofiq;
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarini 2-ilovaga muvofiq;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarini 3-ilovaga muvofiq;
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarini 4-ilovaga muvofiq tashkil etsin.
2. Vazirlik doimiy ravishda nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarini jalb qilib, aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga oʻqitishni tashkil etsin. Bunda, xususiy sektor imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida:
a) nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarini tashkil etayotgan xususiy investorlarga quyidagilar davlat yordami sifatida koʻrsatiladi:
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarini tashkil etish uchun Vazirlikning “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarining, kasb-hunarga oʻqitish muassasalarining binolari yoki ularning bir qismi hamda mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga koʻra boshqa boʻsh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi;
oʻquv dasturi va oʻqituvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi;
kasb-hunarga oʻqitish markazlari binolari bir qismi berilgan taqdirda mazkur markazlarning oʻquv jihozlari va anjomlari imtiyozli ravishda foydalanishga topshiriladi;
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan oʻqitish uchun davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasini belgilash;
b) nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalari olinayotgan davlat yordami evaziga quyidagilarni taʼminlaydi:
kasb-hunarga oʻqitish va koʻnikmalarni baholash sifatining tashqi va milliy mehnat bozori talablariga mosligini;
ishsiz, kambagʻal fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan toʻlanayotgan davlat buyurtmasining miqdoridan oshirmaslikni;
kasbiy koʻnikmalari baholanayotgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Vazirlikning Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestriga qoʻshish uchun taqdim etishni;
v) nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarida taʼlim olgan hamda WorldSkills va boshqa xalqaro standartlar darajasida kasbiy malaka sertifikatini (Skills pasporti) olgan bitiruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi imtiyozlar beriladi:
kasb-hunarga oʻqish va malaka imtihonini topshirish xarajatlarini qoplash;
tadbirkorlikka jalb etish va oʻzini oʻzi band qilganlik uchun ragʻbatlantirish subsidiyalarini ajratish;
oʻz biznesini boshlashi uchun imtiyozli kredit ajratishga yoʻllanma berish.
3. Quyidagilar:
Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi 5-ilovaga muvofiq;
Aholi bandligini taʼminlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, mazkur qarorning 1 va 2-bandlariga muvofiq oʻqitish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
mehnat organlari yoʻllanmasi bilan yuborilgan ishsiz fuqarolarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
boshqa fuqarolar uchun — fuqarolarning oʻz mablagʻlari yoki oʻz ishchilarini kasbiy malakasini oshirish uchun (kasbiy oʻqitish, qayta oʻqitishga) yuborgan ish beruvchilar yoki yangi ishchilarni kasbga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Moliya vazirligi bir oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq “Ishga marhamat” monomarkazlarini va 2-ilovaga muvofiq kasb-hunarga oʻqitish markazlarini saqlash, qayta taʼmirlash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash hamda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining ish haqlarini toʻlash uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 150 milliard soʻm mablagʻ ajratsin.
6. Vazirlik 2021-yil 1-yanvardan boshlab “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti berilishini yoʻlga qoʻysin va kasbiy malakasi tasdiqlangan bitiruvchilarning Yagona reyestrini shakllantirsin.
“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari tomonidan bitiruvchilarga berilgan oʻqishni tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjat hamda Skills pasporti oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilib, egallagan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi, biroq, taʼlimning keyingi turini davom ettirish uchun asos hisoblanmasligi belgilansin.
7. Belgilansinki, “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari:
faoliyat yoʻnalishlari Vazirlik tomonidan belgilanadi, ularning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan moddiy-texnik taʼminlash va saqlab turish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, xoʻjalik faoliyati natijasida tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
tarkibiy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, oʻqituvchi va boshqa barcha xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdori Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;
oʻquv-metodik faoliyati Vazirlik hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtiriladi;
oʻquv jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) ushbu markazlar hududida joylashgan koʻrgazmali pavilyonlar va yarmarkalar hamda elektron tijorat orqali namoyish qilishi va sotishi (tushgan tushumlarni oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlari va xomashyo materiallarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni ragʻbatlantirish uchun sarflashga yoʻnaltirish sharti bilan) mumkin.
8. Vazirlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” boʻyicha nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalari oʻrtasida ochiq tanlov oʻtkazish;
tanlov gʻolibi sifatida taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan, hududlarning asosan qishloq va chekka joylari, chegara hududlarini qamrab olgan holda ishsiz va band boʻlmagan aholi, ayniqsa, kambagʻal fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga, chet tillari yoki tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni zimmasiga olgan, oʻquv dasturi va qoʻllanmalariga ega, oʻqish jarayonida axborot-kommunikatsiya vositalaridan va innovatsion oʻqitish uslublaridan keng foydalanadigan nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasasini aniqlash.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” tanlovi gʻoliblarining loyihalarini moliyalashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 50 milliard soʻm mablagʻ ajratsin.
Vazirlik tanlov gʻolibi aniqlangandan keyin uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tanlov gʻoliblarini, zarur hollarda, oʻn besh kun muddatda ijara toʻlovlari bevosita tanlov gʻolibi tomonidan toʻlanishi sharti bilan ularni maqbul shart-sharoitlarga ega binolar bilan taʼminlash choralarini koʻrib borsin.
10. Vazirlik Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslarning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida tajriba tariqasida:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari yaratayotgan tadbirkorlik subyektlariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali har bir yaratilayotgan ish oʻrni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, biroq jami har bir tadbirkorlik subyekti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida, yaratilgan ish oʻrnida nogironligi boʻlgan shaxslarning kamida bir yil ishlashi sharti bilan mikrokreditlar ajratish tartibi joriy etilishini;
ishga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini shakllantirish va reyestrga kiritilgan shaxslarni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirishga koʻmaklashishni;
tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratilishini;
Vazirlik tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ayniqsa, kam taʼminlangan va mehnat migrantlari oilalarining aʼzolari, nogironligi boʻlgan shaxslarni bepul oʻqitish kurslarining tashkil etilishini taʼminlasin.
Vazirlik Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar ushbu bandda belgilangan tajriba doirasida amalga oshirilgan ishlar monitoringini olib borsin hamda tajribaning ijobiy yakunlari boʻyicha uni keyinchalik doimiy asosda joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Soliq va Bojxona kodekslariga asosan Koreya Respublikasi Hukumatining grantlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan Fargʻona va Xorazm viloyatlarida ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun chetdan olib kelinadigan tovarlar, shu jumladan avtotransport vositalari, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
12. Quyidagilarga:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq kasbga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Vazirlik tizimiga berilgan kasb-hunar kollejlaridagi xorijiy grant va kreditlar hisobiga sotib olingan jihoz va uskunalardan ushbu kasbga oʻqitish markazlarida ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish maqsadlarida foydalanish;
b) ishsiz va band boʻlmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalariga, ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har bir taʼlim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratish;
v) hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va band boʻlmagan aholini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat yoki nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarida, bevosita ishlab chiqarishning oʻzida oʻqitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish asosida amalga oshirish;
g) ishsiz va band boʻlmagan aholini mehnat organlari yoʻllanmasi asosida:
Vazirlik tasarrufida boʻlmagan davlat yoki nodavlat oʻquv muassasalarida yoxud ishlab chiqarishning oʻzida tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
“usta-shogird” anʼanasi asosida milliy hunarmandchilikka oʻrgatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni, biroq har bir band boʻlmagan shaxs uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berishni nazarda tutuvchi takliflarga rozilik berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi Vazirlik hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari koʻpchilikni tashkil etgan Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk shaharlarida va boshqa hududlarida davlat hamda nodavlat taʼlim muassasalari va markazlari bilan muzokaralar olib borib, mazkur hududlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga va rus tiliga, ayniqsa, kechki payt (ish vaqtidan keyin) oʻqitishni tashkil etish, shu jumladan oʻqitish uchun joy, oʻquv qoʻllanmasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishish choralarini koʻrsin;
ikki oy muddatda Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN), “Molodie professionali (WorldSkills Russia)” ittifoqi hamda boshqa taʼlim va kasbiy malakani baholash muassasalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida kasb-hunarga va rus tiliga oʻqitilishini tashkil etishda hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrsin;
bir oy muddatda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida kasb-hunarga va rus tiliga oʻqitish xarajatlari Vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
14. Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning bandligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etish maqsadida mazkur qaror quyidagi tartibda ijro etilsin:
a) Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi rahbari J.A. Qoʻchqorov mazkur qarorga muvofiq davlat va nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalarining samarali faoliyat yuritishini hamda sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan kasb-hunarga oʻqitish tizimi joriy etilishini tashkillashtirsin, shuningdek ushbu maqsadda ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli sarflanishini taʼminlasin;
b) bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Husanov:
ishsiz va band boʻlmagan aholini mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlari asosida qisqa muddatlarda zamonaviy kasbiy koʻnikmalarga oʻqitishning samarali dasturlarini ishlab chiqsin;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga tayyorlashda va ularning bandligini taʼminlashda xususiy sektor vakillari bilan uzviy hamkorlik qilsin va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlasin, shu jumladan grantlar ajratib borsin;
Adliya vazirligi, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ijrochilarga, tashkilotlarga, fuqarolik jamiyati institutlariga va aholi eʼtiboriga yetkazish maqsadida chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin;
mazkur qarorga asosan ajratilayotgan mablagʻlar boʻyicha ularning sarflanish yoʻnalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha jamoatchilikka eʼlon qilsin va oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirib borsin;
ushbu qarorning ijrosi holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oʻqitish jarayonlariga yuqori malakali oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalari jalb etilishini taʼminlasin, zarur hollarda, ularning malakasini WorldSkills va boshqa xalqaro standartlarga asosan oshirib borsin;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda har bir tuman va shahar kesimida kambagʻal va ishsiz fuqarolarni, ayniqsa moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlasin va ijrosini Vazirlik bilan birgalikda taʼminlasin;
d) Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilayotgan xarajatlar samaradorligi hamda qonuniyligini oʻrnatilgan tartibda tekshirib borsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
16. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-avgust,
PQ-4804-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan “Ishga marhamat” monomarkazlari
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi “Ishga marhamat” monomarkazlarini tashkil etish uchun binosi ajratilayotgan taʼlim muassasalari va boshqa obyektlar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri Nukus kommunal xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bir qismi 2. Andijon viloyati Andijon shahri Andijon transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bir qismi 3. Buxoro viloyati Buxoro shahri Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji 4. Jizzax viloyati Jizzax shahri Jizzax iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji 6. Navoiy viloyati Navoiy shahri Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 7. Namangan viloyati Namangan shahri Namangan viloyati hokimligi operativ boshqaruvidagi sobiq “Karbonam” masʼuliyati cheklangan jamiyati bino va inshootlari 8. Samarqand viloyati Samarqand shahri Samarqand “Bogʻishamol” sanoat kasb-hunar kolleji 9. Surxondaryo viloyati Angor tumani Angor politexnika kasb-hunar kolleji 10. Sirdaryo viloyati Guliston shahri Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 11. Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani Oqqoʻrgʻon qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 12. Fargʻona viloyati Fargʻona shahri Fargʻona sanoat kasb-hunar kolleji 13. Xorazm viloyati Urganch shahri Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji 14. Toshkent shahri Yashnobod tumani * Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlari
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi Shahar va tumanlar nomi Kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etiladigan muassasalar nomi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani Kerder kasb-hunarga oʻqitish markazi 2. Ellikqalʼa tumani Ellikqalʼa kasb-hunarga oʻqitish markazi 3. Andijon viloyati Shahrixon tumani Shahrixon kasb-hunarga oʻqitish markazi 4. Ulugʻnor tumani Ulugʻnor kasb-hunarga oʻqitish markazi 5. Qoʻrgʻontepa tumani Qoʻrgʻontepa kasb-hunarga oʻqitish markazi 6. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Qorakoʻl kasb-hunarga oʻqitish markazi 7. Jizzax viloyati Zarbdor tumani Zarbdor kasb-hunarga oʻqitish markazi 8. Mirzachoʻl tumani Mirzachoʻl kasb-hunarga oʻqitish markazi 9. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Dehqonobod kasb-hunarga oʻqitish markazi 10. Shahrisabz shahri Shahrisabz ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi 11. Qarshi shahri Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 2-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi boʻlim 12. Koson tumani Koson shahar “Agrobiznes” kasb-hunar kollejining Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 10-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi boʻlim 13. Navoiy viloyati Nurota tumani Nurota kasb-hunarga oʻqitish markazi 14. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani Toʻraqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi 15. Uchqoʻrgʻon tumani Uchqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi 16. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri Kattaqoʻrgʻon kasb-hunarga oʻqitish markazi 17. Samarqand shahri Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi 18. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Oqoltin kasb-hunarga oʻqitish markazi 19. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Oltinsoy kasb-hunarga oʻqitish markazi 20. Sherobod tumani Sherobod kasb-hunarga oʻqitish markazi 21. Toshkent viloyati Bekobod tumani Bekobod kasb-hunarga oʻqitish markazi 22. Piskent tumani Piskent kasb-hunarga oʻqitish markazi 23. Zangiota tumani Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi 22-son kasb-hunar maktabi 24. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimining Tarbiya koloniyasi qoshidagi 24-son kasb-hunar maktabi 25. Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Fargʻona tumani kasb-hunarga oʻqitish markazi 26. Xorazm viloyati Xonqa tumani Xonqa kasb-hunarga oʻqitish markazi 27. Yangibozor tumani Yangibozor kasb-hunarga oʻqitish markazi 28. Toshkent shahri Sergeli tumani Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi 29. Shayxontohur tumani Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi 30. Sergeli tumani Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslari tarkibidagi kasb-hunarga oʻqitish boʻlimi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarini tashkil etish uchun ajratilayotgan professional taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
T/r Tuman nomi Muassasalar nomi Toshkent shahrida joylashgan hamda qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarini doimiy nazorat qilish va koʻmaklashish uchun biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari 1. Bektemir tumani Respublika televideniye va radio kasb-hunar kolleji Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2. Mirzo Ulugʻbek tumani Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji Toshkent arxitektura qurilish instituti 3. Mirobod tumani Toshkent temir yoʻl transporti kasb-hunar kolleji Toshkent davlat transport universiteti 4. Olmazor tumani Olmazor yengil sanoat kasb-hunar kolleji Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti 5. Sergeli tumani Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 6. Uchtepa tumani Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji Toshkent davlat texnika universiteti 7. Chilonzor tumani Toshkent radiotexnika va avtomatika kasb-hunar kolleji Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 8. Shayxontohur tumani Shayxontohur transport kasb-hunar kolleji Toshkent davlat transport universiteti 9. Yunusobod tumani Yunusobod turizm kasb-hunar kolleji Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 10. Yakkasaroy tumani Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining akademik litseyi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 11. Yashnobod tumani Toshkent mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 4-ILOVA
Mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etiladigan mahallalar
ROʻYXATI
T/r Tuman va shaharlar nomi Mahallalar nomi Uy xoʻjaliklari soni Aholi soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi 6089 33090 1. Amudaryo tumani Qipchoq 385 2250 2. Beruniy tumani Toʻqimachi 1763 9101 3. Qoraoʻzak tumani Qoraoʻzak 409 2097 4. Taxtakoʻpir tumani Otakoʻl 546 3022 5. Toʻrtkoʻl tumani Markazobod 342 2155 6. Qoʻngʻirot tumani Mingjorgan 635 3262 7. Chimboy tumani Temir yoʻl guzari 1055 6047 8. Xoʻjayli tumani Jan Qoʻngʻirot 954 5156 Andijon viloyati 9227 47494 9. Andijon tumani Islomobod 831 4745 10. Boʻston tumani Gʻolib 552 3024 11. Jalaquduq tumani Osuda hayot 275 1021 12. Izboskan tumani Oybek 872 5011 13. Jonobod 790 2590 14. Shahrixon tumani Barkamol avlod 722 3890 15. Paxtaobod tumani Chayraobod 886 3197 16. Toʻqqizbogʻ 493 2740 17. Marhamat tumani Oybek 989 6051 18. Yangi hayot 731 4066 19. Asaka tumani Mexnatobod 575 3219 20. Qadim 900 4549 21. Baliqchi tumani Markaz 611 3391 Buxoro viloyati 4998 22204 22. Buxoro shahri Olim Xoʻjayev 1300 3950 23. Kogon shahri Bunyodkor 619 2386 24. Jondop tumani Dovud 492 2441 25. Vobkent tumani Charmgaron 653 3340 26. Kogon tumani Choloqi 499 2484 27. Qorakoʻl tumani Oq oltin 497 2790 28. Romiton shahri Chelongʻu 437 2121 29. Shofirkon tumani Sultonobod 501 2692 Jizzax viloyati 3788 21814 30. Arnasoy tumani Doʻstlik 417 2791 31. Baxmal tumani Gulbuloq 1148 7034 32. Forish tumani Xonbandi 990 3911 33. Sh.Rashidov tumani Umar 520 3718 34. Gʻallaorol tumani Olimlar 713 4360 Qashqadaryo viloyati 11092 53214 35. Qarshi tumani Tallikron 1197 6191 36. Gʻuzor tumani Sovligʻor 673 3521 37. Dehqonobod tumani Beliboyli 610 3124 38. Qamashi tumani Qamay 722 3491 39. Qarshi shahri Mahallot 935 4386 40. Kasbi tumani Yuksalish 850 4450 41. Kitob tumani Qoʻshdaryo 635 3244 42. Mirishkor tumani Ayzabod 938 1101 43. Nishon tumani Yangiobod 684 4312 44. Chiroqchi tumani Uyshun 1251 4832 45. Shahpisabz shahri Xabarlik 389 2669 46. Ipak yoʻli 529 2428 47. Shahrisabz tumani Dukchi 768 4251 48. Yakkabogʻ tumani Chinobod 911 5214 Navoiy viloyati 2968 16077 49. Gʻozgʻon shahri Shayxon 353 2037 50. Karmana tumani Mirsaid Baxrom 424 2600 51. Navbahor tumani Qalqon ota 425 1864 52. Nurota tumani Gʻ.Gʻulom 476 2940 53. Xatirchi tumani Qoʻrgʻon tepa 571 3076 54. Qiziltepa tumani Vangʻozi 719 3560 Namangan viloyati 10276 55800 55. Namangan shahri Yuksalish 2041 8616 56. Majnuntol 1106 7856 57. Kosonsoy tumani Choʻngbosh 570 3758 58. Mingbuloq tumani Alami 447 2455 59. Namangan tumani Bozorboshi 471 2670 60. Norin tumani Norinkapa 923 4565 61. Pop tumani Obod 286 1552 62. Ultarma 472 2700 63. Toʻraqoʻrgʻon tumani Yortepa 1030 5130 64. Uychi tumani Doʻstlik 718 3838 65. Uchqoʻrgʻon tumani Katta moʻgʻol 501 3066 66. Chortoq tumani Mustaqillik 643 3412 67. Chust tumani Baymoq 481 2720 68. Yangiqoʻrgʻon tumani Gaiston 587 3462 Samarqand viloyati 12109 124870 69. Samarqand shahri Bogʻibaland 601 6800 70. Kattaqoʻrgʻon shahri Noqush 655 6500 71. Bulungʻur tumani Guliston 580 6400 72. Jomboy tumani Toshkent 900 7900 73. Ishtixon tumani Oʻzbekiston 804 5320 74. Kattaqoʻrgʻon tumani Doʻstlik 874 7300 75. Qoʻshrabot tumani Yuqori joʻsh 796 8110 76. Narpay tumani Islom Shoir 833 8400 77. Nurobod tumani Nurbuloq 710 9800 78. Oqdaryo tumani Kumushkent 976 8700 79. Payariq tumani Alisher Navoiy 623 9600 80. Pastdargʻom tumani Charxin 658 4700 81. Paxtachi tumani Nurafshon 940 7900 82. Samarqand tumani Gulobod 546 9500 83. Toyloq tumani Bogʻichinor 652 7400 84. Urgut tumani Mergancha 961 10540 Sirdaryo viloyati 1431 8490 85. Boyovut tumani Istiqlol 319 2029 86. Mirzaobod tumani Haqiqat 444 2934 87. Navbahor 668 3527 Surxondaryo viloyati 10107 60197 88. Boysun tumani Toʻda 357 1791 89. Chor-Chinor 406 2528 90. Obi 521 2671 91. Jarqoʻrgʻon tumani Yangiqishloq 452 2920 92. Qoraqursoq 890 4892 93. Qiziriq tumani Zarobod 635 3288 94. Yangihayot 645 4014 95. Qumqoʻrgʻon tumani Elobod 662 4186 96. Oltinsoy tumani Jilibuloq 475 3306 97. A.Boʻtayev 465 2915 98. Ekraz 516 3970 99. Muzrabot tumani Obi hayot 590 3017 100. Sariosiyo tumani Jannatmakon 517 3402 101. Termiz tumani Sh.Rashidov 545 3180 102. Uzun tumani Fayzova 1107 6923 103. Chinor 663 3781 104. Sherobod tumani Uchyogʻoch 661 3413 Toshkent viloyati 6635 31584 105. Bekobod shahri Istiqlol 389 1843 106. Boʻka tumani Madaniyat 661 2927 107. Zangiota tumani Chinor 710 2580 108. Boʻstonliq tumani Maʼrifat 923 5786 109. Qibray tumani Yoshlik 576 2695 110. Istiqlol 587 2798 111. Nurafshon shahri Toʻytepa 359 2099 112. Oqqoʻrgʻon tumani Tortuvli 704 3759 113. Ohangaron shahri Adolat 728 1927 114. Parkent tumani Buloqboshi 308 2148 115. Yuqorichirchiq tumani Guliston 690 3022 Fargʻona viloyati 8437 45290 116. Soʻx tumani Oftobru 804 4251 117. Bogʻdod tumani Oʻzbekiston 782 4105 118. Yozyovon tumani Bahor 721 3526 119. Dangʻara tumani Navbahor 1024 5320 120. Rishton tumani Ahror 778 3929 121. Quva tumani Mustaqillik 963 5517 122. Qoʻshtepa tumani Lanchgar 541 3136 123. Margʻilon shahri Bobur 647 4501 124. Oltiariq tumani Qapchugʻay 667 3465 125. Uchkoʻprik tumani Baxrin 730 3707 126. Oʻzbekiston tumani Tuyul 780 3833 Xorazm viloyati 7377 39749 127. Gurlan tumani Navroʻz 350 1975 128. Navbir-yop 618 3482 129. Bogʻot tumani Oltinqum 577 3519 130. Hazorasp tumani Beshta 1404 7341 131. Urganch tumani Mevazor 551 3392 132. Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi 1052 2887 133. Hazorasp tumani Shovot 505 3705 134. Xonqa tumani Oydin hayot 830 5330 135. Urganch tumani Qoramon 735 4017 136. Shovot tumani Mevazor 755 4101 Respublika boʻyicha jami 94534 559873
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 5-ILOVA
Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi
TARKIBI
J. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari N. Husanov — bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari Lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi I. Madjidov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri T. Ishmetov — moliya vaziri R. Mamatov — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sh. Kudbiyev — Davlat soliq qoʻmitasi raisi A. Ortiqov — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari E. Muhitdinov — bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari A. Xadjibayev — sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari F. Arziyev — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari A. Voitov — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A. Ikramov — Savdo-sanoat palatasi raisi Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 6-ILOVA
Aholi bandligini taʼminlash va ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddatlari Masʼul ijrochilar I. Aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida xizmatlar koʻrsatish sifatini yanada oshirish va bu borada normativ-huquqiy bazani mustahkamlash 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish: a) “Ishga marhamat” monomarkazlarining: davlat muassasasi hisoblanishi hamda kasb-hunar, tadbirkorlik, xorijiy tillar, kasbiy malakani baholash, ishga joylashtirish va ketishdan oldin tayyorgarlikdan oʻtkazish hamda moslashtirish yoʻnalishlarini oʻz ichiga olishi; ishsiz va kambagʻal aholida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish uchun olti oydan oshmagan oʻqitishni tashkil etishi hamda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi; qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari buyurtmachisi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi hisoblanishi, shuningdek qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi; oʻquv jarayonida foydalanish uchun asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish Ishchi kasblarni ommalashtirish va rivojlantirish assotsiatsiyasi (WorldSkills Uzbekistan) talablari asosida (WorldSkills standartlari asosida) belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilishi; b) tuman (shahar)lardagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarining: davlat muassasasi hisoblanishi hamda mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqib, ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatini amalga oshirishi; kasb-hunarga oʻqitish jarayonida aholini mahalliy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga, shuningdek tadbirkorlik va xorijiy tillarga olti oydan oshmagan oʻqitish bilan qamrab olishi; tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv jarayoni uchun asbob-uskuna va jihozlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinishi; v) qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarining: oʻzi joylashgan muassasa huzurida uning rahbari buyrugʻi asosida tashkil etilishi hamda oʻquv-metodik faoliyati Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan muvofiqlashtirilishi; ular joylashgan tumanlarda ehtiyoj yuqori boʻlgan ishchi kasblarga, ayniqsa, xizmat koʻrsatish, qurilish, kommunal sohalar boʻyicha qamrab olinishi; oʻqitish muddati uch oygacha boʻlib, kunduzgi, kechki yoki aholiga qulay boʻlgan boshqa vaqtlarda ayrim kasblar boʻyicha masofaviy shaklda oʻtkazilishi; faoliyati mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydigan oliy taʼlim muassasalari va Toshkent shahri Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat qilib borilishi, kurslarda oʻqitish jarayoniga professional va oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari keng jalb qilinishi; oʻqish jarayoniga jalb etilgan oʻqituvchilarning mehnatiga kasb-hunarga oʻqish uchun tushgan toʻlovlar hisobidan kasb-hunar kurslarini tashkil etgan muassasa tomonidan haq toʻlanishi; moddiy-texnika bazasini taʼminlash, shu jumladan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan tegishli taʼlim muassasalariga zarur mablagʻ ajratilishi; g) mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarining: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi oʻquv markazlarining filiallari (boʻlinmalari) sifatida tashkil etilishi. Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarini tashkil etish uchun mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq mahallalarda joylashgan mahalla guzarlari, oʻquv muassasalari yoki hududdagi boshqa muassasalar binolaridan alohida joy ajratilishini va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishini taʼminlashi; kasb-hunarga oʻqitishning tikuvchilik, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi, tadbirkorlik asoslari va boshqa murakkab asbob-uskunalar talab etilmaydigan yoʻnalishlar boʻyicha uch oydan oshmagan qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etishi; kasb-hunarga oʻqitadigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari kasb-hunarga oʻqitish maskanlari joylashgan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar yoki markazdagi taʼlim ustalari orasidan tanlab olinishi hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlari bilan shartnoma asosida ish faoliyatini olib borishi; kasb-hunarga oʻqitadigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi oʻquv markazlari va taʼlim muassasalari tomonidan oʻqitilishi hamda ularning malakasi oshirilishi; alohida yuridik shaxs tashkil etmasdan oʻqitish quvvati bir vaqtning oʻzida 15 kishidan oshmagan holda kasb-hunar koʻnikmalarini oʻrgatish faoliyati vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlariga kirishi hamda ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga ularning xohishiga binoan mehnat stajini hisoblash uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalari rasmiylashtirib berilishi. Vazirlar Mahkamasining qarori Bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining markaziy apparati huzurida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari faoliyatini videokuzatuv kameralari va “abkm.mehnat.uz“ tizimi orqali doimiy nazorat qilish imkonini beruvchi Situatsion tezkor markazni tashkil etish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3. Davlat mehnat inspeksiyasi huzurida Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi hamkorligida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan va kollegial-maslahat organi hisoblangan “Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni oʻrganish va hal qilish markazi” tashkil etish, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash: Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari va emiratlashtirish vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaatlarini “bir darcha” tamoyili asosida tezkor koʻrib chiqish hamda Davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratish; mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish doirasida xodimlar va ish beruvchilarga metodik yordam berish, maslahat xizmatlari koʻrsatish, mehnatni muhofaza qilish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2020-yil oktabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 4. “Mehnat.uz” axborot-kompyuter markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatini “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati etib qayta tashkil etish choralarini koʻrish, uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilab berilgan istiqbolli yoʻnalishlarda, jumladan, ishsizlikni kamaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish, norasmiy ish bilan band boʻlganlarning mehnat munosabatlarini qonuniylashtirish, ishsizlarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish; bandlik va mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha axborot-maʼlumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib borish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlash. Bunda, “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati binosini qurish va saqlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini belgilash. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Monomarkaz” masʼuliyati cheklangan jamiyatni band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Monomarkaz) etib qayta tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda: Monomarkaz bevosita Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga boʻysunishi, uning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirilishini; ish bilan band boʻlmagan aholini kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitishni tashkil etish, aholiga bandlik va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga oid xizmatlar koʻrsatish hamda boshqa faoliyat yoʻnalishlarini joriy etish va amalga oshirishni; Jahon bankining aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihasi doirasida hududiy kasb-hunarga oʻqitish markazlarida Monomarkaz namunasi asosida oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik va tikuvchilik kasblari boʻyicha oʻqitishni tashkil etishni; Monomarkaz tarkibida kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga qaratilgan umummilliy tizimning qisqa muddatli oʻquv kurslari uchun oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanmalari va metodik materiallarni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi Metodik taʼminlash boʻlimi tashkil etilishini taʼminlashni nazarda tutish. Ijrochilar qarorlari 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 6. “Ishga marhamat” monomarkazida ikki oy muddatda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida 2020-2021-yillarda ish qidiruvchi fuqarolar, tashkillashtirilgan tartibda xorijga mehnat migratsiyasiga ketmoqchi boʻlgan fuqarolar, nodavlat oʻquv markazlari bitiruvchilari va boshqa aholi toifalari uchun WorldSkills standartlari asosida Ishchi kasblar boʻyicha kasbiy malakani baholashga doir tarkibiy boʻlinmalarni tashkil etish. Ijrochilar qarorlari 2020-2021-yillar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 7. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Yunusobod va Sergeli tumanlarida vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurolarining namunaviy loyihalar asosida qurilishini yakunlash. Binolarni foydalanishga topshirish 2020-yil oktabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent shahri hokimligi 8. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan har bir koʻrsatilayotgan xizmatning maʼmuriy reglamentini aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, vaqti, xodimlarning mehnat va ijro intizomi, aholining xizmatlardan qanoatlanishi darajasini oshirish maqsadida qayta koʻrib chiqish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 9. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida ishga joylashtirishga yoʻllanma berilayotgan ishsizlarning shaxsiy rezyumesini shakllantirish maqsadida ularni markazlarning oʻzida rasmga olish tizimini yoʻlga qoʻyish va mazkur markazlarni zarur moslamalar (raqamli fotokamera va planshet) bilan taʼminlash choralarini koʻrish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 10. Mehnat organlariga murojaat etayotgan, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar, qaytib kelayotgan mehnat migrantlarini mehnat bozoriga moslashtirish (reintegratsiya qilish), jumladan, kasbga moslashtirish, ish beruvchi bilan suhbatga tayyorlash uchun autsorsing shartlarida psixolog mutaxassislarni jalb etish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 11. Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslari faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan mehnat organlari xodimlarining, tashkilotlardagi xodimlar bilan ishlash boʻyicha boʻlim rahbarlari va mutaxassislarining bilim va koʻnikmalarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy taʼlim, oʻqitish va treninglarning interfaol uslublarini keng joriy etish orqali oshirish hamda mehnat organlariga ?shga qabul qilishda nomzodlarning samarali tanlovini oʻtkazishni taʼminlash. Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash 2020-yil 1-dekabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 12. Ishchi kasblarni ommalashtirish va rivojlantirish WorldSkills Uzbekistan assotsiatsiyasining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari va boshqa nodavlat taʼlim muassasalari oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalarining xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish uchun nodavlat taʼlim muassasasi shaklidagi “WorldSkills Akademiyasi”ni taʼsis etish. Ijrochilar qarorlari 2020-2021-yillar davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi 13. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasblarning asosiy xususiyatlari va kasb standartlarini taʼriflovchi multimedia vositalari bilan jihozlangan situatsion xonalarni tashkil etgan holda kasbga yoʻnaltirish dasturini joriy etish. Situatsion xonalarni tashkil etish va kasbga yoʻnaltirish dasturini joriy etish. 2020-yil 1-dekabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 14. Kasb-hunar maktablari hamda ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini nodavlat kasb-hunarga oʻqitish muassasalariga toʻliq boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi tartibni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori Uch oy muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi 15. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan namunaviy loyihalar asosida ishsizlar soni yuqori boʻlgan mahallalarda kamida 10 ta “Mehnat guzari” majmualarini qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolariga xizmat koʻrsatish hamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli ravishda (bepul foydalanish uchun) xona ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan binolarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini yaratish. Ijrochilar qarorlari 2021-2022-yillar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 16. “Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasb-hunarga oʻqitish markazlarini saqlash, qayta taʼmirlash, asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 150milliard soʻm mablagʻ ajratish. Ijrochilar qarorlari Bir oy muddatda Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 17. “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” tanlovi gʻoliblarining loyihalarini moliyalashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 2020-yil uchun ajratiladigan mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda 50 milliard soʻm mablagʻ ajratish. Ijrochilar qarorlari Bir oy muddatda Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi II. Bandlik sohasida uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish 18. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli milliy strategiyani ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish: mehnat bozori holatini chuqur oʻrganish, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishni har tomonlama tahlil qilish, sifatli va xolisona baholash orqali mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishning ilgʻor mexanizmlarini joriy qilish; bandlikni oshirishga yordam beradigan va har bir hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ishsizlik darajasini kamaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish; bandlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish va samarali siyosat olib borish orqali aholini doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash asosida ularning real daromadlarini oshirish; bandlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan siyosatni va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarishning asosiy koʻrsatkichlarini baholash. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil 1-dekabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 19. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: tashkilotlarda ilgʻor xorijiy tajriba asosida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mamlakat ishchi kuchining inson kapitali darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, uni aniqlash va baholash indekslari metodikasini tarmoqlar va hududlar boʻyicha yaratish; iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida mehnatni meʼyorlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish reja-jadvallarini tasdiqlash. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil 1-dekabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 20. Ishsiz va band boʻlmagan aholini, ayniqsa, uning kambagʻal qatlamini, xotin-qizlar va yoshlarni, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, “Ishga marhamat” monomarkazlarida qisqa muddatda kasb-hunarga oʻqitish tartibini belgilash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 21. Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi hamda hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha yangi mexanizmlarini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2020-yil sentabr Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi III. Yaratilgan ish oʻrinlari va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha axborot almashinuvini tashkil etish 22. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2020-yilda yirik korxonalarni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar hamda oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar va ular hisobiga yaratilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etib borishi. Yaratilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish Har oy yakuni boʻyicha Markaziy bank, tijorat banklari 23. Koronavirus pandemiyasi taʼsiri natijasida tarmoq va hududiy investitsiya dasturidagi bajarilmaslik xavfi boʻlgan loyihalar ijro muddatlariga oʻzgartirish kiritish. Koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash va ularning xodimlarini oʻz ish joylariga qaytarish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Korxonalar faoliyatini qayta tiklash Zarurat boʻlganda Har hafta Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 24. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib borishi, shuningdek, tizim tashkilotlari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilib borishi. Mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni tizimga kiritish Doimiy Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 25. Koronavirus pandemiyasi davrida Toshkent shahri hududida faoliyat yuritayotgan korxonalardagi mavjud boʻsh ish oʻrinlaridan kelib chiqib, ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyoj yuzasidan buyurtmanoma shakllantirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etib borish. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi ishsizlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarga keta olmagan mehnat migrantlarini Toshkent shahri hokimligining buyurtmanomasiga asosan ishga joylashtirish uchun Toshkent shahriga tashkillashtirilgan holda yuborishni taʼminlash. Buyurtmanoma taqdim etish Hududdagi ishsizlarni Toshkent shahriga ishga joylashtirish Yil davomida Toshkent shahri hokimligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3913-son qarorida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishi etib band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga oʻqitish, ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, belgilangan tartibda xorijga vaqtinchalik ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tajriba sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin”;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent koʻchasi, 331-uy manzilida joylashgan Yashnobod politexnika kasb-hunar kollejining bino va inshootlari, ularga tutash maydonlar bilan birgalikda band boʻlmagan aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazini joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati devonining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 83 nafar, ishlab chiqarish xodimlari soni — 10 nafar, kichik mutaxassislar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari soni — 26 nafar”;
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 21 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 nafar.
* Davlat mehnat inspeksiyasining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
** Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi”;
e) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
NAMUNAVIY TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 21 — 28 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 — 9 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 284 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni — 86 nafar.
* Davlat mehnat inspeksiyasining huquqiy masalalar boʻyicha oʻrinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
** Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
**** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019-yildagi PQ-4231-son qaroriga muvofiq faqat Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasida boʻlim tashkil etilgan.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining 2019-yil uchun asosiy parametrlari jadvalining rus tilidagi matni quyidagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Primechaniye: Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan vprave vnosit izmeneniya v parametri prognoza”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4555-son qarori 40-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining xarajatlari 434,3 mlrd soʻm miqdorida”.
