2018-2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ-3632-son)
29.03.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga muvofiq, transport inshootlarini qurish va rivojlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni saqlash va ekspluatatsiya qilishni yanada taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻprikqurilish” tresti” UK avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar (yondoshish yoʻllari bilan birga 500 pogon metrdan koʻproq uzunlikda) va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha vakolatli tashkilot etib belgilandi;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Koʻprikqurilish” tresti” UK tarkibida “Ko'prikqurilishta'mirlash Direksiyasi” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish Direksiyasi” unitar korxonasi hamda “Ko'prikqurilishloyiha” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” unitar korxonasi tashkil etildi;
“Ko'prikqurilishta'mirlash Direksiyasi” unitar korxonasi zimmasiga avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajarish, “Ko'prikqurilishloyiha” UK zimmasiga esa bosh loyiha tashkiloti vazifasi yuklandi.
2. Quyidagilar:
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
““Koʻprikqurilish” tresta” UKni modernizatsiyalash va jihozlash boʻyicha maqsadli parametrlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Komissiya (A.J. Ramatov):
dahldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan xolda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda ularni saqlash boʻyicha texnikaviy boshqarish sohasidagi zarur normativ hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkillashtirsin;
avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish borasida jahon tajribasini tatbiq etgan xolda zamonaviy loyihalar ishlab chiqilishini tashkil qilsin;
Dasturni sifatli va uz vaqtida bajarish uchun avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshoatlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish sohasida yetakchi xorijiy mutaxassislar, zarur xollarda jalb etilishini taʼminlasin;
tarmoqning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan xolda oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimiga ega malakali kadrlarga boʻlgan talabini aniqlash, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish institutida, Toshkent arxitektura-qurilish institutida, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida, shuningdek, sohaga oid kasb-hunar kollejlarida har yilgi qabul, shu jumladan kadrlar tayyorlashning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha maxsus sirtqi taʼlimga qabul kvotalarini shakllantirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqishda ishtirok etsin;
tarmoq mutaxassislarining koʻprik xoʻjaligi sohasida jahon tajribasini oʻrganish uchun chet ellarda stajirovkadan oʻtishlarini tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Komissiyaga zarur xollarda Dastur parametrlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish xamda amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib;
umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarida joylashgan inshootlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
xoʻjalik avtomobil yoʻllari, shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida joylashgan inshootlar uchun, shu jumladan turar-joylar va noturar joy imoratlarini buzish, shuningdek, yer ustida piyodalar oʻtadigan yoʻlkalar qurish, transport inshootiga tutash hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jala suvlarini chiqarib tashlash va sugʻorish vodoprovodlarini qurish qismidagi xarajatlarni qoplash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari belgilab qoʻyilsin.
Loyihalarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-sonli qarori xamda “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi PQ-3464-sonli qarori bilan oʻrnatilgan tartibda roʻyobga chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan belgilangan tartibda tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
6. “Qurilishmashlizing” respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi “Koʻprikqurilish” tresti” UKning buyurtmanomalari asosida Dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yoʻl-qurilish xamda ixtisoslashtirilgan texnika va mexanizmlar oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 989-F-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq qushimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3632-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 1-ILOVA
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash
DASTURI
* Obyektlarning yakuniy quvvati va qiymati loyiha-smeta hujjati tasdiqlanganidan soʻng aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 2-ILOVA
“Koʻprikqurilish” tresti” UKni modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha
MAQSADLI PARAMETRLAR
* “Koʻprikqurilish” tresti”ni modernizatsiya qilish va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi moliyalashtirish manbai boʻlib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 3-ILOVA
2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash Dasturi oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish komissiyasi
TARKIBI
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Komissiya zarur hollarda oʻz ishiga boshqa vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-sonli qaroriga kiritiladigan
QOʻSHIMCHA VA OʻZGARTISHLAR
1. 2-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishloyiha” — “ soʻzi bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — “soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK” soʻzlaridan oldin “Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — ” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” UK” “Ko`prikqurilishloyiha” — ” soʻzi bilan toʻldirilsin.
