Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida (PQ-3951-son)
26.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
1. Quyidagilarga:
2001-yil 28-sentabr kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga;
2011-yil 18-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlari hukumatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan 2001-yil 28-sentabrdagi Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi Protokolga qoʻshilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi, shuningdek, ularning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vakolatli organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3951-son
