Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (474-son)
11.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishiga qarshi kurashishda mamlakatda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar taqchilligining oldini olish, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-avgust,
474-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 474-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-iyuldagi 449-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dori vositalarini ayrim kimyoviy tahlillarni oʻtkazgan holda sertifikatlashtirish uchun dori vositasining qadogʻida yoki qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalarida xalqaro patentlanmagan nomi oʻzbek yoki rus yoxud ingliz tilida koʻrsatilishini taʼminlagan holda ishlab chiqaruvchi korxonaning sinov bayonnomasini va sinov usullari koʻrsatilgan hujjatni taqdim etishlari shart”.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona rejimi bundan mustasno) 2020-yil 1-oktabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatilsin.
Bunda, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Agentlikning qoʻshma xulosasi asosida ruxsat beriladi”.
3. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar*
ROʻYXATI
T/r Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar nomi Shakli 1. Bakteritsid lampalar dona 2. Oʻmrov osti kateteri dona 3. Soʻrib oluvchi kateter dona 4. Intubatsion trubka dona 5. Bir marotabalik himoya kombenzoni dona 6. Bir marotabalik respirator № 95 dona 7. Bioboks dona 8. Nebulayzer dona 9. UTT apparati (UZI) dona 10. Kardiomonitor dona 11. Angiokatetorlar dona 12. Foley kateter dona 13. EKG va EKG elektrodlari dona 14. Endotraxeal trubka dona 15. Traxeoostomiya uchun toʻplam toʻplam 16. Kislorod kanyulasi va kislorod niqoblari dona 17. Oshqozon zondi dona 18. Rentgen plyonkasi dona 20. Infuzion nasos uchun shprits dona 21. Qon namunalari, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlarini saqlash uchun konteynerlar dona 22. Oksigenatorlar dona 23. Traxeal, endotraxeal, nafas olish, traxeostomatik trubkalar dona 24. Anesteziya filtrlari, nafas filtrlari, nafas konturlari va nafas olish niqoblari dona 25. Oʻpkani sunʼiy nafas oldirish apparati (IVL) dona 26. Tibbiy termometrlar dona 27. Kontaktsiz termometrlar (pirometr) dona 28. Teplovizor uskunasi dona 29. Koʻlqoplar (steril va steril boʻlmagan) dona 30. Defibrillyator dona 31. Loringoskop dona 32. KSHS apparat toʻplami toʻplam 33. Pulsoksometr dona 34. Infuzion nasos dona 35. Kislorod konsentratori dona 36. Infuzion dozator dona 37. Kompyuter tomografiya uskunasi (KT) dona 38. Mobil (koʻchma) raqamli rentgen apparata dona 39. PSR apparati toʻplami toʻplam 40. Funksional krovat dona 41. Raqamli statsionar rentgen apparati dona 42. Ambu qopchasi dona 43. Bolalar tanometri dona 44. Kattalar tanometri dona 45. Multispiral kompyuter tomografiya uskunasi (MSKT) dona 46. Elektrosoʻrgʻich dona 47. Elektrokoagulyator dona 48. Xolter monitori dona 49. Bronxofibroskop dona 50. SRAR apparati va SRAR maskalari dona 51. Chaqaloqlar uchun oʻpkani sunʼiy nafas oldirish (IVL) uskunasi (sarflov materiallari bilan) dona 52. Bemorlarni tashish uchun gʻildirakli arava (katalka) va nogironlik aravachalari dona 53. Harorati ― 18 S va undan past boʻlgan, 160 ― 200 litr sigʻimli muzlatgich dona 54. Reagentlarni saqlash uchun haroratni boshqarish funksiyali muzlatgich dona 55. Laboratoriya shkafi (vityajnoy) dona 56. Termostat dona 57. Distillyatorlar dona 58. Avtoklav 400 litrli (bikslari bilan) toʻplam 59. Avtoklav 100 litrli (bikslari bilan) toʻlam 60. Sentrifuga dona 61. Quritish shkafi dona 62. Xirurgik otsos dona 63. 2-kamerali muzlatgich (― 18 ― +4) dona 64. Binokulyar mikroskop chiroqli dona 65. Laboratoriya uchun elektron tarozi dona 66. PSR test-sistemasi (test-diagnostikum) toʻplam 67. PSR shkaf dona 68. Biokimyoviy analizator dona 69. Avtomatik gematologik analizator dona 70. Avtomatik qon ivishini aniqlash analizator (reagentlari bilan) dona 71. Immunoferment analizator (IFA apparat) dona 72. Avtomatik peshob analizator dona 73. Gemodializ uskunasi dona 74. 20 oʻrinli gemodializ uskunasi uchun suv tozalash tizimi dona 75. Multifiltrat uskunasi dona 76. Gemodializ uskunasini tozalash mikseri dona 77. Elektrolitli analizator dona 78. Duodenogastrofibroskop dona 79. Eritrotsitlarni choʻkish tezligini aniqlash uchun avtomatik analizator (SOE analizator) dona 80. Mufel pechkasi (kichik) dona 81. Himoya koʻzoynagi dona 82. Spirt saqlovchi antiseptik dona 83. Antiseptik dozator dona 84. Dezinfeksion sprey dona 85. Infuzion va shprits nasoslari uchun kraynik, shpritslar va magistral uzaytirgich liniyalar dona 86. MSKT uchun shprits-kolba va magistral uzaytirgich liniyalar dona 87. Kislorod ballonlari, yostiqchalari, butlovchi va sarf materiallari dona 88. Muzlatilgan qon va plazmani eritish uchun apparat dona 89. Kislorod klapanlari va kislorod regulatorlari (reduktorlari) namlagich butilkalari bilan dona
Izoh. Ushbu tartib mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan tibbiy texnikalarning butlovchi, sarf va ehtiyot qismlariga nisbatan ham qoʻllaniladi”.
4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar
ROʻYXATI
T/r Dori vositalari xalqaro patenlanmagan yoki boshqa nomi va biologik faol moddalar nomi Shakli 3. Gidroksixloroxin, xlorxin tabletka 6. Favipiravir tabletka, kapsula 9. Remdesivir Tabletka, kapsula, ampula, flakon 12. Prednizolon Ampula, tabletka 15. Paratsetamol, atsetaminofen tabletka 16. Askorbinovaya kislota Tabletka, ampula, kukun 17. Deksametazon Ampula, tabletka, flakon 18. Siprofloksatsin tabletka, rastvor 19. Sefoperazon / sulbaktam flakon 20. Aminokislota saqlovchieritmalar flakon 27. Atsetilsistein Tabletka, ampula 28. Strofantin K ampula 29. Epinefrin ampula 30. Atropin sulfata ampula 31. Salbutamol Sprey, aerozol 34. Enoksaparin Shprits, eritma, leofilizat 35. Geparin ampula, flakon 36. Azitromitsin tabletka, kapsula, suspenziya 39. Ambroksol Tabletka, ampula 40. Dipiridamol tabletka 41. Albumin flakon 42. Furosemid Tabletka, ampula 44. Meropenem flakon 45. Apiksaban Tabletka, kapsula 46. Rivaroksaban Tabletka, kapsula 47. Amikatsin flakon 48. Amoksitsillin+klavulan kislotasi Tabletka, kapsula, suspenziya 49. Atsetilsalitsil kislotasi Tabletka 50. Dopamin Ampula 51. Jelatin (modifikatsiyalangan) flakon 52. Ibuprofen Tabletka, kapsula, suspenziya, 53. Imipinem/Silastatin Flakon 54. Klopidogrel Tabletka, kapsula 55. Kolxitsin Tabletka, kapsula 56. Levofloksatsin Tableta, kapsula, flakon 57. Linezolid Flakon, tabletki 58. Moksifloksatsin Flakon, tabletka, kapsula 59. Nistatin Tabletka 60. Norepinefrin Flakon, ampula 61. Metilprednizolon Tabletka, flakon 62. Pipekuroniya bromid Tabletka, ampula, flakon 63. Piperatsillin/tazobaktam Flakon 64. Rabeprazol Tabletka, kapsula, flakon 65. Spironolakton Tabletka, kapsula 66. Rux, magniy, selen, D va D3 vitaminlari hamdaularni oʻzida saqlovchi dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalar Tabletka, kapsula, sirop, suspenziya, tomchilar 67. Totsilizumab, Levilimab, Sarilumab, Kanakinumab Flakon, ampula, shprits, shprits-ruchka 68. Flukonazol Tabletka, kapsula, flakon 69. Flutikazon Sprey, aerozol, kukun 70. Sefepim Flakon 71. Sefepim/sulbaktam Flakon 72. Seftriakson/sulbaktam Flakon 73. Lianhua Qingwen Jiaonang Kapsula, granula
”.
