2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4798-son)
08.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fargʻona viloyati Soʻx tumanining mavjud resurslaridan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, qishloq xoʻjaligi, servis va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, shuningdek koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish hisobiga tuman aholisining turmush darajasini yaxshilash maqsadida:
1. 2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari etib belgilansin:
zamonaviy raqobatbardosh sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va ularni ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish, tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash;
qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, sohada foydalanilmayotgan va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni oʻzlashtirish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish, chorvachilik, shu jumladan parrandachilik va baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish;
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga, aholining uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilashga, sogʻlomlashtirish va madaniy hordiq chiqarishini tashkillashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, tuman markazini obodonlashtirish;
taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot sohasi va pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish, tumanda oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni qondirish, taʼlim va tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish;
aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning ish bilan bandligini taʼminlash.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari asosida 2020-2021-yillarda Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturini tasdiqlasin.
5. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida:
a) 2020-yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etilsin;
b) joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi amaldagi qatʼiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilansin;
alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinsin.
7. Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratilishini taʼminlasin.
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda tumandagi sogʻliqni saqlash muassasalariga yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb qilsin.
10. Belgilansinki:
Soʻx tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng koʻp miqdori 100 foiz oʻrnatiladi;
Soʻx tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga oylik qoʻshimcha ustamalar, ijtimoiy nafaqalar hamda Soʻx tumani mahalliy budjetining soliqlardan berilgan imtiyozlari hisobiga vujudga kelgan yoʻqotishlari joriy yilda Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.
11. Tashqi ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirgʻiziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etsin.
Transport vazirligi Qirgʻiziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi toʻliq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga havo transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda Soʻx tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini tashkil etsin.
Moliya vazirligi Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga havo transporti qatnovi boʻyicha koʻrilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
12. Fargʻona viloyati hokimligi:
Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratsin;
Fargʻona viloyati hududida markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlariga, shuningdek sanoat korxonalarida yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlariga Soʻx tumani aholisini keng jalb qilsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Soʻx tumanining ish bilan bandligi taʼminlanmagan aholining bir qismini Toshkent shahrida yirik obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinishini taʼminlasin.
13. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi belgilangan tartibda Dastur doirasida qurilish materiallari va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar hamda yer osti ichimlik suv manbalari boʻyicha tegishli xulosalar berilishini taʼminlasin.
14. Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
15. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi markazlashgan manbalar hisobiga Dasturning 2020-yilda amalga oshiriladigan loyihalarini 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturining 2020-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin va keyingi yillar uchun belgilangan tadbirlarning asosiy koʻrsatkichlarini aniqlashtirib va yangilab borgan holda, kelgusi yillar Investitsiya dasturini shakllantirishda koʻzda tutsin.
16. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — mazkur qarorning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida ajratish va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, investorlar hamda investitsiyalarni, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish hamda tumanning eksport salohiyatini oshirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga — tumanda qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni oʻzlashtirish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga — tumanda ijtimoiy sohada kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-avgust,
PQ-4798-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi PQ-4798-son qaroriga 1-ILOVA
2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
T/r Chora-tadbirlarning nomlanishi Sarf-xarajatlar (mlrd soʻm) Moliyalashtirish manbalari Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar I. Sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish 1. Sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish. 99,4 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-2021-yillar Fargʻona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari 57,0 tijorat banklari kreditlari 52,8 (5,2 mln dollar) xorijiy investitsiyalar 2. Tumanning tabiiy gaz taʼminoti yaxshi boʻlgan “Navobod” MFY hududida “Rishton kulolchilik markazi” bilan kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali, kulolchilik, chinnichilik va yogʻoch oʻymakorligiga ixtisoslashgan “Hunarmandchilik markazi”ni barpo etish va bu orqali 60 nafar aholining bandligini taʼminlash. 0,6 Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi mablagʻlari 2020-yil Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi, “Hududgaztaʼminot” AJ 3. “Sebzor” MFY hududida “Mikrokreditbank” ATB xususiy sherikchiligi asosida adras, atlas va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Toʻquv tikuvchilik” kooperatsiya markazini tashkil etish hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan kooperatsiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishni tashkil etish va bu orqali kam taʼminlangan oilalar vakillari boʻlgan 120 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash. 1,2 “Mikrokreditbank” ATB, Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” va tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil “Mikrokreditbank” ATB, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi 4. Tumandagi maydoni 0,5 gektar boʻlgan 6ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida investorlarning takliflaridan kelib chiqqan holda boshlangʻich narxini belgilash orqali Fargʻona viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoʻshma qaroriga asosan tadbirkorlarga yangi ish oʻrinlarini yaratish majburiyati bilan ommaviy savdolarda sotish. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Savdoga chiqarish 2020 iyul, loyihalarni amalga oshirish- 2020-2021-yillar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi 5. “Soʻx dehqon bozori” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini (51%) investorlar takliflari asosida hududiy tanlov komissiyasi orqali belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan ommaviy savdo orqali sotish va bozor negizida zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi 6. “Qalʼacha” MFYda 2 gektar, “Chashma” MFYda 2 gektar, “Ravon” MFYda 1 gektar, “Hushyor” MFYda 1 gektar, jami 6 gektar maydonda kichik sanoat zonalarini tashkil etish va zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi”, Kichik sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hamda Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2020-yil Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminoti” AJ, “Oʻztransgaz” AJ 7. Xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, milliy va chet el valyutasini ayirboshlashga moʻljallangan zamonaviy 2 ta “Bank xizmatlari markazi” va 1 ta “24/7 oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchasi”ni tashkil qilish Hisob-kitoblar asosida “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, Xalq bank 2020-yil 1-sentabr “Agrobank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, Xalq bank, Fargʻona viloyati hokimligi 8. Chetdan olib kelinadigan chorva mollarini aholi tomonidan sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi hisobidan kreditlar ajratish. Kredit olish istagini bildirgan fuqarolar roʻyxati asosida Xalq banki va “Agrobank” ATB kreditlari Xalq banki, “Agrobank” ATB, Fargʻona viloyat hokimligi 9. Ohaktosh, gil, bentonitli gil, gips, slanets, qum va shagʻal istiqbolli maydonida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va kon zaxiralarini tasdiqlash. Loyiha hujjatlariga asosan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 2020-yil 15-dekabr Davlat geologiya va mineral resur?lar qoʻmitasi 10. Mavjud foydalanilmayotgan noruda foydali qazilma Surattosh marmar (635 ming m3) va Suratsoy qurilish toshi (830,7 ming m3) konlarini sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish uchun salohiyatli tadbirkorlarga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar berish. Mazkur konlarda qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish. Hisob-kitoblar asosida Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2020-yil avgust 2021-yil 1-yarim yillik Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 11. Sement ishlab chiqarish boʻyicha loyihani amalga oshirish. 79,0 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari 2021-yil “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, tijorat banklari 12. Qoʻlda toʻqiladigan gilamchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish. 1,5 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda “Mikrokreditbank” ATB kreditlari 2020-yil “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi 13. “Chashma” bulogʻining suvini qadoqlab, ishlab chiqarish boʻyicha korxona tashkil etish. 1,0 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari 2021-yil mart Oʻzmilliybank, “Agrobank” ATB, Fargʻona viloyati hokimligi 14. “Ozod” shirkat xoʻjaligida zamonaviy chorva kompleksini qurish va naslli qoramol olib kelish. Biznes-reja asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, “Agrobank” ATB kreditlari 2020-yil Fargʻona viloyati xokimligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Agrobank” ATB 15. Baliqchilik yoʻnalishida 2 ta loyiha boʻyicha 1,5 gektar maydonda intensiv usulda sovuq suvga moslashgan baliqlarni yetishtirishni hamda Toshkent shahridagi yirik savdo komplekslariga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish. Biznes-reja asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2021-yil “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, tijorat banklari 16. Yirik tadbirkorlarni jalb qilgan holda tumanda 20 ming boshga moʻljallangan yirik parrandachilik kompleksini tashkil etish. 1,5 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va “Oʻzsanoat-qurilishbank”ATB kreditlari 2020-yil “Parrandasanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 17. 2020-yilda yillik quvvati 200 tonna boʻlgan meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash korxonasini tashkil etish. 2021-yilda kamida 5 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish. 1,5 “Agrobank” ATB kreditlari (1,0 mlrd soʻm) va tashabbuskorlarning oʻz mablagʻi (0,5 mlrd soʻm) Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2020-yil 2021-yil Fargʻona viloyati hokimligi, “Agrobank” ATB, tijorat banklari 18. “Hushyor” MFY hududidagi yangi oʻzlashtiriladigan yerlarda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan 10 ming dona yongʻoq, 10 ming dona pista va 20 ming dona bodom koʻchatlarini yetkazib berib, 50 gektar yer maydonda bodomzor, pistazor va yongʻoqzorlar tashkil qilish. 2,0 Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi mablagʻlari va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil noyabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi 19. Respublikamizning boshqa hududlaridan yaxshi ajribaga ega boʻlgan yirik tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda 10 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish. 60,0 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2021-yil Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi, tijorat banklari 20. 1230 gektar bogʻ maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, eski va samarasiz bogʻlar oʻrnida intensiv bogʻlarni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish va kamida 50 gektar ?aydonda intensiv olma bogʻlarini plantatsiya shaklida tashkil etish hamda aholiga 20 — 30 sotixdan sotish orqali 250 ta yangi ish oʻrinlari yaratish. 0,6 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2020-2021-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi, tijorat banklari 21. 3 ta shirkat xoʻjaliklarida ish yuritishni oilaviy pudrat asosida tashkil etib, 1 gektar maydonga 5 tadan oilani pudrat usulida biriktirish orqali 5100 ta oilani ish bilan bandligini taʼminlash. 2020-yil Fargʻona viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 22. Aholini qishloq xoʻjaligi sohasida band qilish maqsadida tumanning “Tul”, “Hazrati Ali” va “Hushyor” MFYlari hududida 10 gektardan jami 30 gektar yer maydonida 3 ta qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish va kooperativlarga aʼzo etib qabul qilingan 200 nafar ishsiz fuqarolarning har biri uchun 2,2 mln soʻmdan subsidiya ajratish. 0,45 Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil avgust Fargʻona viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi 23. Tumandagi “Qayroq”, “Vargan”, “Toyon”, “Javpaya”, “Dukur” massivlaridagi hamda “Soʻx”, “Ozod”, “Hushyor” shirkatlari hududida qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni oʻzlashtirish orqali fuqarolarga 20 sotixdan dala tomorqalari uchun yer maydoni ajratib, har bir fuqaroga 2,2 mln soʻmdan subsidiya ajratish. 0,89 Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil sentabr Fargʻona viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi 24. Yil yakuniga qadar band boʻlmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish hisobiga 2235 ta, ehtiyojmand va kam taʼminlangan ishsiz fuqarolarning shaxsiy tomorqalariga 2,2 mlrd soʻm subsidiya ajratish hisobiga 325 ta, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya berish hisobiga 122 ta, ehtiyojmand aholini ishga qabul qilish uchun subsidiya ajratish orqali 25 ta, ishsizlik nafaqasi toʻlab berish hisobiga 60 ta, vakant ish oʻrinlariga ishsiz fuqarolarni doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hisobiga 180 ta, Agrosanoat va Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlari bazasida qisqa muddatli kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish hisobiga 300 ta ishsiz aholining bandligini taʼminlash. 6,6 Jamoat ishlari jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi 25. “Soʻx-don” xususiy korxonasidagi mavjud tegirmon sexini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilib, yillik un ishlab chiqarish quvvatini qoʻshimcha 18 ming tonnaga oshirish. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2021-yil iyun Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzdonmahsulot” AK 26. Tumanning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-2021-yillar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi 27. Soʻx daryosi himoya zonasidagi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va sholichilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativini tashkil etish. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil Fargʻona viloyati hokimligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi 28. Xotin qizlar bandligini taʼminlash maqsadida tuman hududidagi mavjud tikuv-trikotaj korxonalariga buyurtmalar taqdim etgan holda uzluksiz faoliyat yuritishini tashkil etish. Hisob-kitoblar asosida Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Fargʻona viloyat hokimligi 29. Turistlarni jalb qilish uchun zarur infratuzilmani tashkil qilgan holda ekoturizmni rivojlantirish, mehmon uylarini tashkil qilish. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari 2020-2021-yillar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi II. Yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 30. 160 km shagʻal qoplamali yoʻllarni sementobeton qoplamaga oʻtkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yoʻllarni shagʻal qoplamaga oʻtkazish va 40 km sementobeton piyodalar yoʻlaklarini qurish: 2020-yilda 96 km yoʻl va 20 km piyodalar yoʻlaklari; 2021-yilda 170 km yoʻl, 20 km piyodalar yoʻlaklari. 104,1 shundan: 34,6 69,5 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Fargʻona viloyati mahalliy budjetidan ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida 2020-yil 2021-yil Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 31. Fargʻona viloyati Rishton tumanidan Soʻx tumaniga Rishton-Ravon yoʻnalishi boʻyicha avtobuslar (mikroavtobus) qatnovini (Qirgʻiziston orqali tranzit) yoʻlga qoʻyish. 1,2 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Qirgʻiziston Respublikasi yer hududidan foydalanish va chegara oʻtkazish punktlarini ochish masalalari hal etilgandan soʻng oʻn kun ichida Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, DXX Chegara qoʻshinlari 32. Tumanning “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir”, “Qarir-Sebzor”, “Sarikanda”, “Hazrat ali”, “Ravon”, “Yangiariq”, “Navobod”, “Lenburg”, “Qalacha”, “Gʻaznov”, “Soʻx”, “Chashma”, “Demursad”, “Sharqobod” MFYlari hududida yashovchi 59 ming nafar aholini ichimlik suv bilan taʼminlash maqsadida 274 km ichimlik suv tarmogʻi tortish va 30 ta ichimlik suv inshooti qurish va rekonstruksiya qilish. Shuningdek, tuman suv taʼminoti korxonasiga 4ta texnika vositalarini ajratish. 48,0 60,5 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan va Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Fargʻona viloyati uchun qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2020-yil 2021-yil Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 33. Tumandagi markaziy A.Temur koʻchasining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash. Mazkur loyihaga asosan koʻchani zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rekonstruksiya qilish, koʻchada koʻp kvartirali uy-joylar hamda bozor infratuzilma obyektlarini qurish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Fargʻona viloyati mahalliy budjeti, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari 2020-yil sentabr 2020-2021-yillar Qurilish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi Fargʻona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari 34. “Chashma” bulogʻi atrofini obodonlashtirish, buloqni tozalash tizimini joriy etish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Fargʻona viloyati mahalliy budjeti va homiylik mablagʻlari 2020-yil Fargʻona viloyati hokimligi, DXX Chegara qoʻshinlari, Qurilish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi 35. Tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar qurib, foydalanishga topshirish. 28,0 2020-yilda qishloq joylarda koʻp-kvartirali arzon uy-joylar qurish uchun Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan 2020-yil dekabr “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq qurilish bank 36. Soʻx tumani Chashma qishlogʻidagi boʻlib oʻtgan tartibsizliklar oqibatida buzilgan 2ta uyni taʼmirlash. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ mablagʻlari hisobidan 2020-yil avgust “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ 37. Tuman aholisiga suyultirilgan gazni oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish maqsadida barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega boʻlgan suyultirilgan gaz toʻldirish majmuasini qurish. 1,8 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari 2020-yil avgust Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ 38. Tuman hududidagi tabiiy gaz bilan taʼminlangan 8536 ta aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlarni oʻrnatish hamda avtomatlashtirilgan tizimga ulash. 8,0 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari 2021-yil oktabr Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ 39. Tumandagi 12,9 km tabiiy gaz tarmogʻini joriy taʼmirlash va tuman gaz taʼminoti korxonasi moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida 3 ta maxsus avtotransport vositasini ajratish. 2,0 “Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari 2020-yil dekabr Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ 40. Tumanning elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 46 ta transformator punktlarini modernizatsiya qilish, 103,1 km havo tarmoqlarini yangidan qurish va taʼmirlash hamda 14000 ta aholi xonadonlariga onlayn rejimda ishlaydigan oldindan toʻlov tizimiga ega elektron elektr hisoblagichlarni oʻrnatish. 12,1 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari 2020-yil dekabr Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 41. “Lenburg”, “Qalʼa”, “Saribozorcha”, “Hazrati Ali”, “Sharqobod”, “Oftobroʻ”, “Soʻhibkor”, “Qalʼacha”, “Devayron”, “Malbut”, “Chashma”, “Guliston”, “Chumoqcha”, “Hushyor”, “Sebzor”, “Qaqir”, “Qizilqiyoq” va “Soʻx” MFYlarning tor koʻchalariga tungi yoritgichlar oʻrnatish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Fargʻona viloyati mahalliy budjeti va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan 2020-yil Fargʻona viloyati hokimligi 42. Yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida zamonaviy radiorele qurilmasini oʻrnatish orqali magistral telekommunikatsiya tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 10 baravarga oshirish, optik GPON texnologiyasi asosida 512 portga teng qurilmalar oʻrnatish, tuman markazi hamda Lenburg MFYni telekommunikatsiya transport tarmogʻi bilan ulash maqsadida 20 km optik tolali aloqa liniyalarini tashkil etish. 4,24 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2020-yil dekabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 43. Mobil aloqa va internet xizmatlarini sifatini yaxshilash: “Oʻzbektelekom” AK “Oʻzmobayl” filiali tomonidan mobil aloqa tarmogʻidagi 9 ta baza stansiyalarni yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish va 3 ta qoʻshimcha yangi baza stansiyalarini oʻrnatish orqali aholi punktlari qamrovini 99,9 foizga yetkazish; “UMS” MCHJ tomonidan “Navobod”va “Demursad” MFYlar hududlarida 2 ta yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida baza stansiyalarini oʻrnatish hamda 2 ta mavjud baza stansiyalarni zamonaviy texnologiya asosida modernizatsiya qilish; “COSCOM” MCHJ tomonidan “Sohibkor” va “Lenburg” MFYlar hududlarida 2ta yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida baza stansiyalarini oʻrnatish; “UNITEL” MCHJ tomonidan yuqori tezlikdagi internet texnologiyasi asosida 2 ta yangi baza stansiyalarini oʻrnatish va 1 ta mavjud baza stansiyasini zamonaviy texnologiya asosidamodernizatsiya qilish. 4,3 1,3 1,1 1,2 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari tashabbuskorlar mablagʻlari tashabbuskorlar mablagʻlari tashabbuskorlar mablagʻlari 2020-yil iyul 2020-yil dekabr 2020-yil oktabr 2020-yil dekabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 44. Soʻx tumani mahalliy televideniyesi dasturlarining qamrov hududini kengaytirish. 0,5 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Fargʻona viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari 2020-yil dekabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK, Fargʻona viloyati hokimligi 45. Tumanda IP televideniye xizmatlarini joriy etish. 0,1 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2020-yil oktabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 46. Tumandagi Ravon pochta aloqa bogʻlamasi va mavjud 2 ta aloqa boʻlimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni markazlashgan axborot tizimlariga ulash, zamonaviy xizmatlar koʻrsatish imkonini yaratish. 0,02 “Oʻzbekiston pochtasi” AJ mablagʻlari 2020-yil oktabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ 47. Ijtimoiy soha obyektlarini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash maqsadida 27 ta maktab, 21 ta maktabgacha taʼlim, 5 ta sogʻliqni saqlash muassasalariga jami 56 km optik tolali aloqa liniyalarini tortish. 1,98 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari 2020-yil dekabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 48. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan 13 ta davlat idora va tashkilotlarini (Qishloq xoʻjaligi, Veterinariya, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Ekologiya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, Gʻazna, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari, “Toza hudud” DUK, “Suvoqava” DUK, Obodonlashtirish boshqarmasi, Maʼnaviyat boʻlimi) alohida binolar bilan taʼminlash hamda moddiy texnika bazasini rivojlantirish. Hisob-kitoblar asosida Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hamda Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari 2020-2021-yillar Fargʻona viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi 49. Tuman davlat arxivini alohida bino bilan taʼminlash hamda moddiy texnika bazasini mustahkamlash. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Fargʻona viloyati mahalliy budjeti 2021-yil Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzarxiv” agentligi 50. Tumanning “Toza hudud” DUK hisobiga 1 dona chiqindi tozalash uchun zanjirli texnika va 2 dona maxsus chiqindi tashish uchun “ISUZU” rusumli avtomashinasi ajratish. 2,0 Davlat ekologiya qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-2021-yil Davlat ekologiya qoʻmitasi III. Ijtimoiy sohani rivojlantirish 51. 180 oʻringa moʻljallangan qoʻshma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 oʻrin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 oʻrin) moʻljallangan) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida 2020-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan 2020-yil Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 52. Tumanda 10 ta oilaviy shakldagi maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish, 11 ta maktabgacha taʼlim tashkilotining boʻsh turgan xonalarini taʼmirlash orqali qoʻshimcha guruhlar ochib, tumanda maktabgacha taʼlim tizimiga joriy yil yakunlariga koʻra bolalarni qamrab olish koʻrsatkichini 37,4 foizdan 53 foizga yetkazish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 53. 2020-yilda “Sharqobod” MFYdagi 14-son maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruksiya qilish 2021-yilda “Qaqir” MFY hududida yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida 2020-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligiga, Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan, Investitsiya dasturi doirasida 2020-yil 2021-yil Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 54. “Saribozorcha” MFY hududida 25-son maktabga qoʻshimcha 240 oʻrinli yangi bino qurish. 2021-yilda “Oftobru” hududida 220 oʻrinli yangi maktab qurish, 4, 18, 25-son maktablarni rekonstruksiya qilish, 1-son maktab binolarini mukammal taʼmirlash. 2,5 Loyiha smeta hujjatlari asosida 2020-yilda Xalq taʼlim vazirligiga Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan Investitsiya dasturi doirasida 2020-yil 2021-yil Fargʻona viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi 55. Tumandagi xorijiy davlatlar diplomlariga ega boʻlgan fuqarolarni roʻyxatlarini shakllantirish, diplomlarini nostrifikatsiya qilishga koʻmaklashish. - - Doimo Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 56. Tuman tibbiyot birlashmasining 25 oʻrinli yuqumli kasalliklar shifoxonasini rekonstruksiya qilish. Kardiologiya, endokrinologiya, nevrologiya, travmatologiya va bolalar boʻlimlari binosi hamda “Lenburg” va “Mulgʻon” qishloq vrachlik punktlari binosini yangidan qurish va 7 ta mavjud qishloq vrachlik punktlari binolarini rekonstruksiya qilish. 3,6 Loyiha smeta hujjatlari asosida 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida nvestitsiya dasturi doirasida 2020-yil 2021-yil va kelgusi yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 57. Tuman kasalxonasini zarur zamonaviy tibbiy uskunalar va maxsus jihozlangan avtotransport (reanimobil), tez tibbiy yordam brigadalarini zamonaviy tibbiy jihozlar va kislorod ishlab chiqarish mini stansiyasi bilan taʼminlash. 1,5 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida Sogʻliqni saqlash muassasalarini tibbiy asbob uskunalari uchun ajratilgan mablagʻlarni iqtisod qilingan mablagʻlari hisobidan 2020-yil Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 58. Tumandagi markaziy shifoxonani Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda respublika tibbiyot markazlari oʻrtasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda telemeditsina tizimini joriy etish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 2020-yil sentabr Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbektelekom” AK 59. Tor soha mutaxassislar taʼminotini yaxshilash va aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida Soʻx tumanida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining malaka oshirishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, klinik ordinatura va magistratura bosqichlariga qoʻshimcha imtiyozli kvotalar ajratish. — Davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida 2020-yil Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 60. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha dorixonalarga dori-darmon vositalarni imtiyozli ravishda markazlashgan tartibda yetkazib berish hamda aholi koʻp yashaydigan (“Demursad”, “Gʻaznob”, “Chashma” MFY) hududlarda ehtiyojdan kelib chiqqan holda qoʻshimcha dorixonalar tashkil etish. Hisob-kitoblarga muvofiq Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil yakuniga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Dori-darmon” AK 61. Tuman kasb-hunar maktabi binosida tumandagi maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun tabiiy va aniq fanlar boʻyicha tayyorlov kurslarini tashkil etish. Hisob-kitoblarga muvofiq Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari 2020-yil Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi 62. Raqamli texnologiyalar oʻquv markazini tashkil etish hamda maktablardagi informatika sinflarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika va boshqa toʻgaraklarni tashkil etish. Hisob-kitoblarga muvofiq Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil dekabr Fargʻona viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi 63. Mahalla fuqarolar yigʻinlari ish faoliyatini yaxshilash maqsadida oʻz balansiga ega boʻlmagan: 11 ta mahalla fuqaro yigʻini uchun xizmat binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish; 4 ta mahalla fuqaro yigʻini binosini Fargʻona viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qurish; 5 ta mahalla fuqaro yigʻini binolarini kapital taʼmirlash, 27 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarini kompyuter jamlanmalari va mebel jihozlari bilan taʼminlash. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari 2020-yil 2020-2021-yillar 2020-yil Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 64. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida tuman markazida yoshlar istirohat bogʻi va madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun zamonaviy jihozlangan yozgi amfiteatrni tashkil etish. 8,0 Fargʻona viloyati mahalliy budjeti va Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari 2021-yil Fargʻona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi 65. Tumanda “Yoshlar sport kompleksi”ni tashkil etish. Soʻx tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabining “Rovon” shaharchasida joylashgan mavjud bino va inshootlari hamda ochiq oʻyingohini toʻliq rekonstruksiya qilib va uning negizida Soʻx tumani 2-son bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Investitsiya dasturi doirasida 2021-yil Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 66. “Oftobru” MFY hududida joylashgan sobiq Ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogika kasb-hunar kolleji binosining hozirda faoliyat koʻrsatmayotgan yopiq sport zal binosini tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga bepul oʻtkazish va bolalar-oʻsmirlar sport maktabining mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish. Loyiha-smeta hujjatlari asosida Investitsiya dasturi doirasida 2021-yil Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 67. Oʻrta maxsus maʼlumotli 7 nafar trenerlarni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining maxsus sirtqi taʼlim shakliga maqsadli qabul qilish va jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni 34 nafariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun bepul asosda ruxsatnoma berish. - - 2020/2021 oʻquv yili Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi IV. Qishloq xoʻjaligi yerlari va aholi tomorqalarini suv taʼminotini yaxshilash, foydalanilmayotgan yerlarni oʻzlashtirish hamda sel-toshqin oqibatlarini oldini olish 68. Soʻx tumani Qayroq massividagi 1448 gektar yaylov maydonlarini oʻzlashtirish uchun uch koʻtarmali “Qayroq” nasos stansiyasini bosqichma-bosqich qurish. 10,0 80,7 Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari Investitsiya dasturi doirasida 2020-yil 2021 — 2023-yillar Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 69. Soʻx tumani Hushyor shirkat xoʻjaligi Boʻston hududidagi 600 gektar ekin yer maydonlari va 100 gektar aholi tomorqalarini kafolatli suv bilan taʼminlash uchun “Hushyor-1” va “Hushyor-2” nasos stansiyalarini taʼmirlash, 1 dona yangi nasos agregatini oʻrnatish va 1,5 km uzunlikdagi yuqor? k?chlanish?i elektr liniyasi tortish. 1,3 Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil sentabr Suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi 70. Tumanning “Vargan”, “Kasmidon”, “Samidon”, “Malbut”, “Devayron”, “Toyon” va “Hushyor” massivlaridagi foydalanishdan chiqib ketgan 336 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini 11 ta tik sugʻorish quduqlari va nasos agregatlarini qurish orqali oʻzlashtirish. Bunda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan 2ta burgʻulash texnikasini ajratish. 3,5 Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari 2020-yil sentabr Suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 71. 4525 ta xonadonning 462 gektar tomorqa yer maydonlarini kafolatli suv bilan taʼminlash maqsadida 12 ta tik quduq qazish va “Sharqobod” hududidagi mavjud nasos agregatlarni toʻliq rekonstruksiya qilish. 5,4 Investitsiya dasturi doirasida 2021-2022-yillar Suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 72. Loyiha institutlarini jalb qilgan holda “Javpoya” massividagi adirlik yer maydonlarini oʻzlashtirishning iqtisodiy samaradorligi boʻyicha xulosa tayyorlash. Hisob-kitoblar asosida Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari 2020-yil sentabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 73. Tumanda barcha turdagi texnikalarga boʻlgan talabni aniqlash va talab etiladigan texnikalarni 2020-2021-yillarda tijorat banklarining kam foizli kreditlari yoki lizing asosida yetkazib berish. Hisob-kitoblar asosida Lizing tashkiloti mablagʻlari 2020-yil, sentabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrolizing” AJ, Fargʻona viloyati hokimligi, tijorat banklari 74. 2020-yilda 9,5 km va 2021-yilda 12,4 km sel yoʻllarini taʼmirlash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish. Jami 27,1 mlrd soʻm, shundan 2020-yilda — 9,4 mlrd soʻm (shundan 3,3 mlrd soʻmi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan), 2021-yilda — 17,7 mlrd soʻm Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi va Se? toshqini o?ibatlarini bartaraf qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar 2020-2021-yillar Fargʻona viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 75. Soʻx tumani “Chashma” MFY hududidagi “Obishirsoy” ustida joylashgan “Tariq” koʻprigini yangidan qurish. 1,9 Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti (Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan) 2020-yil Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi V. Hukumatlararo komissiyalar uchrashuvlarida muhokama qilinadigan masalalar 76. Oʻzbekiston — Qirgʻiziston Davlat chegaralari delimitatsiya masalasini hal etish. - - Tomonlar kelishuviga asosan Tashqi ishlar vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, DXX Chegara qoʻshinlari, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari 77. Fargʻona viloyatining Rishton tumanidan Qirgʻiziston hududidan oʻtuvchi Soʻx tumaniga avtomobil yoʻlini ochish masalasini koʻrib chiqish. - - Tomonlar kelishuviga asosan Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Fargʻona viloyat hokimligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, DXX Chegara qoʻshinlari 78. Qirgʻiziston hududidagi yaylovlardan foydalanish masalasini koʻrib chiqish. - - Tomonlar kelishuviga asosan “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX Chegara qoʻshinlari
