Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining 150 million yevro miqdoridagi kreditini jalb qilish toʻgʻrisida (465-son)
06.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga muvofiq hamda elektr energetika sohasida islohotlarni amalga oshirish, jumladan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-apreldagi 260-son qaroriga muvofiq elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining (keyingi oʻrinlarda ― FTA) 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʻrtasida 2020-yil 6-iyunda Oʻzbekiston Respublikasiga 150 million yevro miqdorida “Energiya iqlimi” davlat maqsadli kreditini jalb qilish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolanganligi;
FTA Direktorlar kengashi tomonidan 2020-yil 9-iyulda elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan 150 million yevro miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilishi maʼqullanganligi, shuningdek, 2020-yil 15-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi va FTA oʻrtasida muzokaralari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini soʻndirish hamda ushbu qarz boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlarni toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
FTA krediti Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda ― loyiha) amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FTA tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
FTA asosiy kreditini soʻndirish, shuningdek ular boʻyicha foizlar, majburiyat uchun toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda budjetni qoʻllab-quvvatlash (Policy Based Loan) uchun FTA tomonidan ajratilgan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 150 million yevro ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni AQSh dollarida, oʻn besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz Oʻzbekiston Respublikasi ustamasi) toʻlash sharti asosida kredit ajratsin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul organ etib belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun FTAning 150 million yevro miqdoridagi (Policy Based Loan) kreditini jalb etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va FTA oʻrtasida qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan FTA oʻrtasida imzolangan qarz bitimi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda yuridik xulosa berilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-avgust,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-avgustdagi 465-son qaroriga ILOVA
Fransiya taraqqiyot agentligining qarzini soʻndirish hamda ushbu qarz boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va boshqa toʻlovlarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI*
Qarz summasi ― 150,0 million yevro Qarz muddati ― 20 yil Imtiyozli muddat ― 5 yil Foiz stavkasi** ― 6 oylik Euribor+90 bazis punktlari+TEC 10 har kunlik indeksi Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi ― 0,5% oʻzlashtirilmagan qarz qismi boʻyicha Boshlangʻich bir martalik toʻlov ― 0,5%
Yevro Toʻlov muddatlari Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foiz summasi Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi toʻlovlari Boshlangʻich bir martalik toʻlov Jami toʻlanadigan summa*** 2020yil avgust - - - 750 000 750 000 2021-yil fevral - 391 500 - - 391 500 2021-yil avgust - 391 500 - - 391 500 2022-yil fevral - 391 500 - - 391 500 2022-yil avgust - 391 500 - - 391 500 2023-yil fevral - 391 500 - - 391 500 2023-yil avgust - 391 500 - - 391 500 2024-yil fevral - 391 500 - - 391 500 2024-yil avgust - 391 500 - - 391 500 2025-yil fevral - 391 500 - - 391 500 2025-yil avgust 5 000 000 391 500 - - 5 391 500 2026-yil fevral 5 000 000 378 450 - - 5 378 450 2026-yil avgust 5 000 000 365 400 - - 5 365 400 2027-yil fevral 5 000 000 352 350 - - 5 352 350 2027-yil avgust 5 000 000 339 300 - - 5 339 300 2028-yil fevral 5 000 000 326 250 - - 5 326 250 2028-yil avgust 5 000 000 313 200 - - 5 313 200 2029-yil fevral 5 000 000 300 150 - - 5 300 150 2029-yil avgust 5 000 000 287 100 - - 5 287 100 2030-yil fevral 5 000 000 274 050 - - 5 274 050 2030-yil avgust 5 000 000 261 000 - - 5 261 000 2031-yil fevral 5 000 000 247 950 - - 5 247 950 2031-yil avgust 5 000 000 234 900 - - 5 234 900 2032-yil fevral 5 000 000 221 850 - - 5 221 850 2032-yil avgust 5 000 000 208 800 - - 5 208 800 2033-yil fevral 5 000 000 195 750 - - 5 195 750 2033-yil avgust 5 000 000 182 700 - - 5 182 700 2034-yil fevral 5 000 000 169 650 - - 5 169 650 2034-yil avgust 5 000 000 156 600 - - 5 156 600 2035-yil fevral 5 000 000 143 550 - - 5 143 550 2035-yil avgust 5 000 000 130 500 - - 5 130 500 2036-yil fevral 5 000 000 117 450 - - 5 117 450 2036-yil avgust 5 000 000 104 400 - - 5 104 400 2037-yil fevral 5 000 000 91 350 - - 5 091 350 2037-yil avgust 5 000 000 78 300 - - 5 078 300 2038-yil fevral 5 000 000 65 250 - - 5 065 250 2038-yil avgust 5 000 000 52 200 - - 5 052 200 2039-yil fevral 5 000 000 39 150 - - 5 039 150 2039-yil avgust 5 000 000 26 100 - - 5 026 100 2040-yil fevral 5 000 000 13 050 - - 5 013 050 Jami 150 000 000 9 591 750 - 750 000 160 341 750
* Prognoz jadvaliga Fransiya taraqqiyot agentligi taklifiga asosan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
** 6 oylik Euribor+90 bazis punktlari+TEC 10 har kunlik indeksi jami foiz stavkasi 0,52 foizga teng deb qabul qilingan. Ushbu foiz stavkalarida kredit Moliya vazirligiga beriladi. Moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga kredit qaror matnidagi foiz asosida ajratiladi.
*** Jami toʻlovlar summasiga kredit mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishi, shuningdek 6 oylik EURIBOR va TEC 10 kunlik indeksi oʻzgarishidan kelib chiqib aniqlik kiritiladi.
