Yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida (PQ-3465-son)
09.01.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2020 — 2026-yillarga moʻljallangan “Navoiy KMK” DKda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturining belgilangan prognoz parametrlarini bajarish, yangi tashkil etilayotgan kon-metallurgiya ishlab chiqarish obyektlarining barqaror elektr taʼminotini taʼminlash va Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismining elektr tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. “Navoiy KMK” DKda qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida 2026-yilgacha 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida kombinatning talab qilinadigan elektr quvvati 400 MVtdan 2026-yilga borib 703 MVtga yetkazilishi;
“Energosetproyekt” AJ tomonidan “Navoiy KMK” DK tomonidan ishga tushiriladigan quvvatlarga boʻlgan ehtiyoj va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismini 2020 — 2026-yillarga moʻljallangan rivojlantirish sxemasi ishlab chiqilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. “Navoiy KMK” DK va “Oʻzbekenergo” AJ bir oy muddatda Dasturda belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Belgilansinki:
a) “Navoiy KMK” DK ichki energiya taʼminoti obyektlari boʻyicha Dasturni amalga oshirish doirasida:
“Navoiy KMK” DK — bosh buyurtmachi;
“OʻzInjiniring” RPI — loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi;
“Uzelektroaparat-elektroshit” AJ — qurilish, elektromontaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajargan holda, istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan, “tayyor holda topshirish” shartlarida kompleks ishlarni bajarish, shu jumladan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallarni tayyorlash va yetkazib berish boʻyicha bosh pudratchi tashkilot;
b) Energetika tizimi Shimoliy-Gʻarbiy qismining tarmoqli va podstansiya qurilishi obyektlari boʻyicha
“Oʻzbekenergo” AJ — bosh buyurtmachi;
“Sredazenergosetproyekt” AJ — loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh pudratchi;
“Elektrqishloqqurilish” AJ — qurilish boʻyicha bosh pudratchi;
“Oʻzbekenergo” AJ tarkibiy boʻlinmalari — istisno tariqasida, tanlov savdolari oʻtkazmasdan pudrat qurilish-montaj tashkilotlari hisoblanadi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, Dastur doirasida:
“Navoiy KMK” DK ichki elektr taʼminoti investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Navoiy KMK” DKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismi obyektlarining tarmoq va podstansiya qurilishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Oʻzbekenergo” AJning oʻz mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari, ishlab chiqaruvchi quvvatlar — xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
6. “Navoiy KMK” DK va “Oʻzbekenergo” AJga Dasturni amalga oshirish doirasida:
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqqan holda loyihaoldi hujjatlarini bir bosqichli tartibda ishlab chiqish;
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilsin.
7. “Navoiy KMK” DK va Oʻzbekiston energetika tizimining Shimoliy-Gʻarbiy qismi ichki energiya taʼminoti tarmoq va nimstansiyalar qurilishi obyektlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda loyihalarni amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov, “Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U.M. Mustafoyev va “Navoiy KMK” DK bosh direktori K.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
PQ-3465-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qaroriga 1-ILOVA
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yangi tashkil etilayotgan “Navoiy KMK” DK ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha elektr energiyasi bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Eslatmalar:
* loyihani amalga oshirish uchun asos:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy oʻzgartirish, modernizatsiya va diversifikatssiya qilishni taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 4-martdagi PF-4707-son Farmoni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 18-maydagi F-4647-son farmoyishi.
Loyihalarning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalari loyihalarning TIHK/TIAlarini tasdiqlash va tender savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qaroriga 2-ILOVA
“Navoiy KMK” DK va Oʻzbekiston energetika tizimining shimoliy-gʻarbiy qismi ichki energiya taʼminoti tarmoq va podstansiya qurilishi obyektlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhining
TARKIBI
Eslatma. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga ushbu funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
