Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-2812-son)
02.03.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurilishiga doir dasturiy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish va qishloq joylarda aholining keng qatlamlari uchun zamonaviy, qulay uy-joylar mavjudligini oshirish orqali ularning hayot sifati yaxshilanishini taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan quyidagilar tasdiqlangan:
2017-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining umumiy va asosiy koʻrsatkichlari;
2017-yilda uy-joy massivlari uchun muhandislik-transport kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloqqurilishbank” ATB, “Ipoteka-Bank” ATIB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Xalq banki” AT, “Asakabank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi tijorat banklari) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturining hududlar kesimidagi umumiy va asosiy koʻrsatkichlari, 1, 1.1 — 1.4-ilovalarga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida muhandislik-transport, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini qurishning hududlar kesimidagi umumiy va asosiy koʻrsatkichlari, 2, 2.1 — 2.4 va 3-ilovalarga muvofiq.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AK va ishtirok etuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga Dastur koʻrsatkichlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) bilan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun 500,0 mln. AQSH dollari miqdorida OTB qarzini jalb qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda. Moliyalashtirish mexanizmi — natijalarga asoslangan kreditlash boʻlib, qarzning qaytarish muddati 18 yilni, shundan 3 yili imtiyozli davrni tashkil etadi.
Shu bilan birga, 499,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarz Dastur doirasida ipoteka kreditlarini berish uchun kredit liniyasini ochishga hamda 1,0 mln. AQSH dollari — salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda koʻmaklashishga yoʻnaltiriladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi — Dastur doirasida loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTB mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek OTB ishtirokida salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda koʻmaklashish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ etib belgilansin;
“Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka-bank” ATIB, “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi — Dasturni amalga oshirish va monitoring qilish boʻyicha agentlari sifatida belgilansin;
OTB qarzini qaytarish, shuningdek, u boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka-bank” ATIB mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar:
2017 ― 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirish manbalari, 4-ilovaga muvofiq;
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi boʻyicha OTB qarzini taqsimlash va qaytarish sxemasi, 5-ilovaga muvofiq;
OTB qarzini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmuasi, 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan loyihaning ikkinchi bosqichi boʻyicha qarz bitimini hamda “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” ATIB bilan OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi OTBdan 2017-yilda olinadigan 100,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi avans mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan maxsus maqsadli hisob raqamiga joylashtirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi qarz bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka-bank” ATIB oʻrtasidagi OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha yuridik xulosalar bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi amaldagi loyihani amalga oshirish guruhi loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish guruhiga aylantirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurishda pudratchi tashkilotlarni hamda qurilish materiallari va uskunalarini yetkazib beruvchilarni aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hamda “Oʻzgidromet” markazi bilan birgalikda har yili 1-mayga qadar, keyinchalik “Qishloq qurilish invest” IK MCHJga uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish uchun berish maqsadida, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati mavjud boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi toifasiga kirmaydigan, shuningdek sugʻorilmaydigan va unumdorligi past boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibidan himoya choralari talablariga mosligini hamda iqlim oʻzgarishlari, tabiiy ofatlar (favqulodda vaziyatlar) xavfiga moyilligini baholash nuqtai nazaridan yer massivlarini tanlashni amalga oshirsin.
11. OTB ishtirokidagi Dasturni amalga oshirish davrida, shuningdek kafolat muddati davomida quyidagilar ozod etilsin:
yuridik shaxslarning foyda soligʻidan — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (loyiha ijrochilari);
jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan — Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar;
qoʻshilgan qiymat soligʻidan — Dasturni amalga oshirish doirasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Belgilansinki, yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu loyihani amalga oshirishdagi hissasi hisoblanadi.
12. 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish Dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi 7-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) quyidagilarning aniq muvofiqlashtirilishini taʼminlasin:
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturining amalga oshirilishi;
OTB qarzini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishish qismida tashkiliy-texnik tadbirlar Kompleksini amalga oshirish boʻyicha investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilari oʻzaro hamkorligi, 6-ilovaga muvofiq.
13. Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dastur ijrosida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini, konsullik va boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtirishni taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dastur ijrosida ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislar uchun koʻp martalik vizalarni berish va ularni uzaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirilmasdan taʼminlash topshirilsin.
15. Mehnat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining talabnomalari asosida Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatilgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-mart,
PQ-2812-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining
YIGʻMA PARAMETRLARI
* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 1.1-ILOVA
2018-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI
* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 1.2-ILOVA
2019-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI
* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 1.3-ILOVA
2020-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI
* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 1.4-ILOVA
2021-yil uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI
* Loyiha turlari boʻyicha uy-joylar soni ularga boʻlgan talabni oʻrganish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
** Uy-joylarning hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida muhandislik va transport infratuzilmasini qurish boʻyicha
UMUMIY PARAMETRLARI
*Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 2.1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq hududlaridagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida ichimlik suv taʼminoti inshootlarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 2.2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida kirish va ichki avtomobil yoʻllarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 2.3-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida elektr taʼminoti obyektlarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 2.4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida gaz taʼminoti obyektlarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
* Koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va namunaviy loyihalarni hududga muvofiqlashtirish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 3-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylardagi yakka tartibdagi uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurishning
ASOSIY PARAMETRLARI
* Koʻrsatkichlar uy-joy massivlariga boʻlgan talabni oʻrganish va bosh rejalarni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI
* Prognoz koʻrsatkichlari OTB qarzi jalb etilishiga qarab Loyihani amalga oshirish jarayonida aniqlashtirilishi lozim. ITBning ishtiroki hisobga olinmagan.
** Suv taʼminoti obyektlari, gaz taʼminoti, elektr taʼminoti tarmoqlari va avtomobil yoʻllari qurilishini moliyalashtirish ushbu jadvalga kiritilmagan va tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, “Oʻztransgaz” AK, “Oʻzbekenergo” AJ va Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
*** OTBning 1,0 mln. dollar miqdoridagi qarz mablagʻlari salohiyatni rivojlantirish va loyihani boshqarishda qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 5-ILOVA
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini taqsimlash va qaytarish
SXEMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 6-ILOVA
OTB qarz mablagʻlarini olish bilan bogʻliq indikatorlarga erishishni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar
MAJMUASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 7-ILOVA
2017 ― 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirishga doir Respublika komissiyasining
TARKIBI
Eslatmalar: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, ularning oʻrniga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Respublika komissiyasi zarur hollarda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasini koʻp transhli moliyalashtirish dasturini amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi tarkibida raqamlar “499,0” va “1,0” mos ravishda “498,16” va “1,84” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning uchinchi xatboshida “499,0” raqami “498,16” raqami bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovada:
“2015-yil/Qiymati” ustunida raqamlar “501,69”, “109,85”, “0,66” va “0,15” mos ravishda “500,85”, “109,01”, “1,5” va “0,99” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Jami/Qiymati” ustunida raqamlar “2191,99”, “499,00”, “4,40” va “1,00” mos ravishda “2191,15”, “498,16”, “5,24” va “1,84” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli “2013-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga quyidagicha qoʻshimcha kiritilsin:
a) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTBning ikkinchi bosqich qarzini taqsimlash va qaytarish sxemasini 6-ilovaga muvofiq tasdiqlash.”
b) qarorga quyidagi mazmunda 6-ilova kiritilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga 6-ILOVA
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha OTBning ikkinchi bosqich qarzini taqsimlash va qaytarish
SXEMASI
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy massivlarida suv taʼminoti va avtomobil yoʻllari obyektlarini qurish boʻyicha quyidagilarni belgilash:
buyurtmachi — “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ;
bosh loyiha tashkiloti — “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ”.
