Afgʻoniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash masalalari boʻyicha komissiya toʻgʻrisida (413-son)
05.09.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Afgʻoniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, zarur chegara tartibini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilsin (Komissiyaning tarkibi ilova* qilinmoqda).
* Ilova berilmaydi.
2. Qayd etilgan komissiya oʻn kun muddat ichida oʻsha joyga borib Afgʻoniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash, zarur tartibni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-sentabr,
413-son
