Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2169-5-son)
29.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169-5]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet va Soliq kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-iyun,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 30-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 69-banddagi, 267-bandning birinchi xatboshisidagi va 320-bandning birinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 260-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 261-bandda:
birinchi xatboshidagi “maktabgacha taʼlim muassasalarida” va “maktabgacha taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” va “maktabgacha taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 262-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotidan chiqarib olingan taqdirda oldindan toʻlangan summa ota-onalarga ularning arizasiga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining koʻrsatmasiga binoan qaytariladi. Ariza maktabgacha taʼlim tashkiloti buxgalteriyasiga rahbarning koʻrsatmasi va bolalarning bogʻchaga qatnashining hisobi olib boriladigan navbatdagi tabel bilan birgalikda topshiriladi.”.
5. 63-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 63-ILOVA
Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish
MEʼYORLARI
Guruhlar tartib raqami Kichik guruhlar tartib raqami Asosiy vositalarning nomi Eskirishning yillik eng yuqori normasi, foizlarda I Binolar, imoratlar va inshootlar 1. Binolar, imoratlar 3 2. Neft va gaz quduqlari 5 3. Neft-gaz omborlari 4. Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari 5. Koʻpriklar 6. Dambalar, toʻgʻonlar 7. Daryo va dengiz prichal inshootlari 8. Korxonalarning temir yoʻllari 9. Qirgʻoqni mustahkamlovchi, qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar 10. Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar 11. Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi 12. Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi 13. Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlaklari, toʻxtash joylari 14. Istirohat bogʻlarining va hayvonot bogʻlarining inshootlari 15. Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari 16. Issiqxonalar va parniklar 17. Boshqa inshootlar II Uzatish qurilmalari 1. Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari 8 2. Ichki gaz quvurlari va quvurlar 3. Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari 4. Magistral quvurlar 5. Boshqalar III Kuch mashinalari va asbob-uskunalar 1. Issiqlik texnik asbob-uskunalari 8 2. Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari 3. Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar 4. Kompleks qurilmalar 5. Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari) IV Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari) 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar 15 2. Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va asbob-uskunalari 3. Kommutatsiyalar va maʼlumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi 4. Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari 5. Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash asbob-uskunalari 6. Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari 7. Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari 8. Nasoslar 9. Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar 10. Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari 11. Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar 12. Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari 13. Boshqa mashinalar va uskunalar V Harakatlanuvchan transport 1. Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi 4 2. Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari 3. Havo transporti 4. Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti 20 5. Yengil avtomobillar 6. Sanoat traktorlari 7. Kommunal transport 8. Maxsus vaxta vagonlari 9. Boshqa transport vositalari VI Kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari 1. Kompyutyerlar 20 2. Periferiya qurilmalari va maʼlumotlarga ishlov berish uskunalari 3. Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi 4. Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarga ishlov berish uskunalari VII Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar 15 ”.
