“Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (230-I-son)
26.04.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qayd etilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
3. 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 179-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
230-I-son
