Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida (406-son)
03.09.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda radiochastotalarni rejalashtirish, ulardan foydalanish va ularni belgilash masalalari boʻyicha Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida respublika manfaatlarini ifodalash, huquqiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi tuzilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining raisi etib tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-sentabr,
406-son
